Urganch davlat universiteti «iqtisodiyot va turizm» fakulteti



Download 220 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2020
Hajmi220 Kb.
#38239
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

«IQTISODIYOT VA TURIZM» FAKULTETI

“Turizm” yo’nalishi talabasi Quronbayeva Lobarning “Turizm nazariya va asoslari” fanidan tayyorlagan



KURS ISHI

Mavzu: Qishloq xo’jaligi turizmi

Bajardi: 191 – guruh talabasi Quronbayeva Lobar

Ilmiy rahbar: Akmal Rahimboyev

Urganch 2019



MUNDARIJA

I

Kirish

3

II

Asosiy qism




I-bob

Qishloq xo’jaligi turizmi - ekologik,ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror turizm shakli sifatida


1.1

Qishloq xo’jaligi turizmi tushunchasining mohiyati va turlari

6

1.2

Qishloq xo’jaligi turizmida ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi

12

II-bob

Qishloq xo’jaligi turizmini rivojlantirishda xorij tajribasi va uning tahlili





2.1

Xorijiy mamalakatlar turizm industriyasida ekoturizmning o’rni

17

2.2

Qishloq xo’jaligi turizmi Singapur davlati misolida

23

III-bob

O’zbekistonda xorij tajribasidan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari





3.1

O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mavjud bo’lgan muammolar va ularning yechimlari.(O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish va Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi)

27

3.2

Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish

32

III

Xulosa

34

IV

Foydalanilgan adabiyotlar

35

KIRISH

Bugungi kunda ekoturizm butun dunyoda eng serdaromad sohalardan biriga aylandi. Ekspertlarning fikricha, bu tarmoqni yanada rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish, balki ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko'ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ayni paytda turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Bu o'rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O'rta Sharq hamda Yevropa mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi kunda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm tarmog'i jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda.

BMT ma`lumotlariga qaraganda, har yili ekoturizmdan nisbatan kichik davlatlar ham Keniya - 1,4, Ekvador - 1,18, Kosta-Rika - 1,14, Nepal - 1,55 million AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuni aytish joizki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70-80 foizini tashkil etadi. Ayni paytda jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft, gaz ishlab chiqarish sanoatidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.

O‘zbekiston boy tabiiy resurslar, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko‘paytirish maqsadida ko‘plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy, ijtimoiy sharoitni yaxshilash, aholini yangi ish joylari bilan ta`minlashda yaxshi samara beradi. Mamlakatimizda nafaqat dunyoga mashhur, xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq betakror go'zal tabiat, landshaftlar (sahro, cho'l-adirlar, tog'lar, pasttekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot olami, nodir, dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar va shunga o'xshash tabiiy yodgorliklarning 8000 dan ortig'i mavjudligi ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport-geografik hududda joylashgan, rivojlangan turli xildagi kommunikatsiya aloqa yo'llari bilan bog'langan bo'lib, o'zining xalqaro turizm salohiyati bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Mamlakatda ekoturizmni to’laqonli rivojlantirishga to’sqinqinlik qiluvchi ,marshrutlarning yo’qligi, ma’lum bir hududlarda infratuzilmaning yaratilmaganligi,ekologik bilimning pastligi kabilar,muammolarning mavjudligi. Mamlakatda mavjud bo’lgan ekoturistik hududlarda yashovchi aholini ekoturizm sohasidagi biznesga jalb etish.Ekoturizm taraqqiy etgan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish.



  • Ekoturizm tushunchasi,mohiyati va uning turizm industriyasida tutgan o’rnini yoritish;

  • Ekoturizmning rivojlanishi tabiatni asrashda samarali muqobil yo’l ekanligini yoritish;

  • O’zbekistonning ekoturistik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish;

  • Ekoturizm taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda ekoturizmning holatini tahlil qilish va ularning tajribasini o’rganish;

  • Xorijiy davlatlar tajribasiniO’zbetonda qo’llash va rivojlantirish yo’llarini yoritish;

  • Mamlakatda ekoturizmni yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar berish.

O’zbekistonning ekoturistik hududlari (noyob hayvonlar va o`simliklar dunyosi, betakror,xushmanzara ko`llari,tog`lari, daryolari, qirlari ,cho’l va dashtlari,qo’riqxonalari,bog’lari ) bo’lib, predmeti esa mavjud tabiiy turistik resurslar va xorij tajribasidan foydalangan holda sohani O’zbekistonda rivojlantirish yo’llari.

I BOB.QISHLOQ XO’JALIGI TURIZMI – EKOLOGIK, IJTIMOIY VA MADANIY JIHATDAN BARQAROR TURIZM SHAKLI SIFATIDA

1.1.Ekoturizm tushunchasining mohiyati va turlari

Ekоturizm tаbiiy turizm infrаstrukturаsining аjrаlmаs qismi bo‘lib, ufаqаt g‘оyaginа emаs, bаlki umumiy turizmning kоnkrеt xili, uning аtrоfmuhitgа

tа’siri turlichа (sаlbiy, nеytrаl vа ijоbiy) bo‘lishi mumkin.

“Ekоturizm” tushunchаsi qo‘riqxоnа zоnаlаri vа tаbiiy pаrklаrning hоzirgi

zаmоnаviy fаоliyatidа kеng qo‘llаnilmоqdа. Jаhоndа bu sаyyohаt turining

jаdаl o‘sishigа sаbаb fаqаt аtrоf muhitning аhvоli yomоnlаshishiginаemаs, bаlki mаshhur xоrdiq chiqаrish jоylаri-tоg‘ bаg‘ridаgi kurоrtlаr, iliq dеngizlаrning qirg‘оqlаri, tеkisliklаr vа o‘rmоnzоrlаrning bоrgаn sаri ko‘prоq o‘zlаshtirilаyotgаnligi hаmdir.

Ko‘pinchа, ekоturizm аtаmаsi o‘rnigа bоshqааtаmаlаr, ya’ni tаbiiy turizm, bаrqаrоr turizm, yashil turizm, “mа’suliyatli” turizm vа xаyriyaturizmi kаbilаrni ishlаtishаdi. Turizmning bu turli xillаri uchun bа’ziunsurlаr bir xil bo‘lsа hаm bu аtаmаlаr bir-birining sinоnimihisоblаnmаydi vа biri ikkinchisining o‘rnini egаllаmаydi. Ekоturizm-butаbiiy turizm (tаbiаtgа sаyyohаt) ning bir turi. Ungа tаbiiy turizmningbа’zi bo‘lаklаri, mаsаlаn, sаrguzаshtli turizm-оtdа sаyr qilish yoki kаnоedаsuzish kаbilаrni o‘z ichigаоlishi mumkin. Ekоturizmning quyidаgi tа’rifiko‘prоq ishlаtilаdi:

Ekоturizm-tаbiiy turizm bo‘lib, tаbiаt muhitini hоsil qilish vаtushinishni o‘z ichigаоlаdi. Uning mеnеjmеnti shundаy аmаlgаоshirilаdiki, nаtijаdа bu fаоliyat ekоlоgik, ijtimоiy vа mаdаniy jihаtdаnbаrqаrоr bo‘lib, “tаbiiy muhit”, mаdаniy tаrkiblаrni, “ekоlоgik bаrqаrоrlik” mаhаlliy аhоli uchun tеgishlichа dаrоmаdni vаfоydаlаnilаyotgаn rеsurslаrning uzоq muddаtli muhоfаzа qilinishini o‘zichigаоlаdi. Ekоturizm turizmning bоshqа turi kаbi ekоlоgik bаrqаrоrbo‘lishi, sаyyohlаrgа zаvq-shаvq bаxsh etishi vа mаhаlliy аhоligа dаrоmаd kеltirishi lоzim. Bundаn tаshqаri, tаbiiy vа mаdаniy muhitgа “mоstushishi” kеrаk. “Mоs tushishi” dеgаn so‘zning mа’nоsi shuki bufаоliyatning uslubi, hаjmi vа xili lаndshаftning ko‘lаmi vа xаrаktеrigа,mаhаlliy аhоlining urf-оdаtlаrigа to‘g‘ri kеlishi zаrur.

Tаbiаtni muhоfаzа qilish xаlqаrо Ittifоqining tа’rifigа ko‘rа,“ekоlоgik turizm yoki ekоturizm-tаbiаt muhitgа nisbаtаn mа’suliyat bilаn sаyohаt qilish, tаbiаt hududlаrigа ziyon yеtkаzmаgаn hоldа o‘rgаnish, hаmdа tаbiаtning bеtаkrоr jаlb etuvchi jоylаridаn zаvq оlish mаqsаdidа tаbiаtni muhоfаzа qilishgа ko‘mаklаshаdi, аtrоf-muhitgа “yumshоq” tа’sir etаdi, mаhаlliy xаlqning ijtimоiy-iqtisоdiy shаrоitini fаоllаshtirаdi vа shu fаоliyatdаn ulаrning imtiyozlаr оlishini tа’minlаydi”.

Turizm jаmiyati esа “ekоturizmni tаbiiy hududlаrgа mа’suliyat bilаn sаyohаt qilish nаtijаsidа tаbiаtni muhоfаzа etishni tа’minlаydi vа mаhаlliy xаlqning turmush dаrаjаsini yaxshilаydi”- dеb hisоblаydi.

Yovvоyi tаbiаt umumjаhоn jаmg‘аrmаsi -“Ekоturizm-nisbаtаn tаbiаtgа ziyon yеtkаzilmаgаn hududlаrgа sаyohаt, mаdаniy-etnоgrаfik xususiyatlаri hаqidа tаsаvvur оlish mаqsаdidа, ekоturizmning butunligini buzmаgаn hоldа, shundаy iqtisоdiy shаrоitlаr yarаtаdiki, undа tаbiаtni muhоfаzа qilish vа tаbiiy rеsurslаr mаhаlliy xаlqqа fоydа kеltirаdi” – dеb tа’rif bеrаdi.

Yanа bir tа’rifdа “Ekоturizm nаfаqаt mа’rifiy-mа’nаviy mаqsаdlаrni ko‘zlаgаn hоldа ekzоtik tаbiiy hududlаrgа, ulаrning hаyvоnоt vа o‘simlik dunyosigа sаyohаt, bаlki ijtimоiy-iqtisоdiy mаsаlаlаrni hаl qilish bilаn bir – birigа bоg‘liq mаjmuаlаr yig‘indisi” -dеb tushunilаdi.

Bu tа’riflаr fаqаt juz’iy jihаtdаn bir-birlаridаn fаrq qilsаdа, ulаrningаsоsiy xulоsаsi tаbiаtni аsrаsh, o‘simlik vа hаyvоnоt dunyosini sаqlаsh vаko‘pаytirish, shu mаqsаddа muhоfаzа etilаdigаn hududlаr, milliy tаbiiybоg‘lаr tаshkil etish, mаhаlliy аhоlini yangi ish jоylаri bilаn tа’minlаshnаtijаsidа ulаrning turmush shаrоitini yaxshilаshdаn, mаhаlliy vа chеt elinvеstоrlаrini jаlb etish оrqаli dаvlаt byudjеtini bоyitish mаqsаdini nаzаrdа tutаdi. Rоssiyalik mutаxаssislаr I. Zоrin vа V. Kvаrtаlnоv ekоturizm tushunchаsini ikki shаkldа bеrishаdi: birinchi shаkl-ekоturizm “yovvоyi”tаbiаtdаn turistlаrning turishi vа sаyyohаt qilish muhiti sifаtidа bilvоsitаfоydаlаnishgа, lеkin bundа turning bаrchа kоmpоnеntlаrigа ekоlоgik,tеxnоlоgik tеxnоlоgiyalаrni jоriy qilishgа yo‘nаltirilgаn turizm. Bu mа’nоdа ekоlоgiya tur mаhsulоt аtrоf muhitgа zаrаrni minimаllаshtirаdi hаmdа tаrbiyaviy vа rеkrаsiоn аhаmiyatgа egа bo‘lаdi. Ikkinchi shаkli ekоturizm-sаyyohаt bilаn tаbiаtgа ekоlоgik jihаtdаn yondоshuvining uyg‘unlаshuvidir,-dеb qаrаlаdi. U yangi lаndshаftlаr bilаn tаnishuv quvоnchi hаmdа flоrа vа fаunа nаmunаlаrini o‘rgаnish lаzzаtini ulаrni muhоfаzа qilish imkоniyati bilаn uyg‘unlаshtirаdi,-dеb hisоblаngаn. Ekоturizmning аsоsiy rеsurslаri sifаtidа qo‘riqlаndigаn qo‘riqxоnаlаr,mаhаlliy vа tаbiiy pаrklаr, nоyob vа оddiy lаndshаftlаr ko‘zdа tutilаdi.“Ekоlоgik turizm” tushunchаsining аlоmаtlаridаn ilоji bоrichа ko‘prоg‘ini chuqurrоq tushunish uchun I. Zоrin vа V. Kvаrtаlnоv o‘zаrо bоg‘lаngаn “ekоtizim”, “ekоlоgiya”, “ekоlоgik sаyyohаt etikаsi” kаbi tushunchаlаr sistеmаsini tаklif qilishаdi. Аyniqsа, оxirgi tushunchа аhаmiyatgа mоlik. Uni jоnli tаbiаtgа, bоrilаyotgаn lаndshаftlаrgа, u yеrdа yashоvchi kishilаrgа nisbаtаn hurmаt kоdеksi, dеb shаrhlаnаdi. “Ekоlоgik turizm” tushunchаsini turlichа tа’riflаshlаrni tаhlil qilib, uni umumlаshtirish shuni ko‘rsаtаdiki, uning quyidаgi bеlgilаrini fаrqlаsh lоzim:


  • yovvоyi tаbiаtdаn turistlаr tаshrif buyurаdigаn muhit sifаtidа bilvоsitа

fоydаlаnish;

  • аtrоf muhitgа minimаl zаrаr еtkаzish;

оdаmgа rеkrаsiоn vа ijоbiy tаrbiyaviy tа’sir ko‘rsаtish;

  • yangi lаndshаftlаr bilаn tаnishish, muhоfаzа qilish uchun flоrа vа

fаunа nаmunаlаrini o‘rgаnish;

  • turizmdаn tushgаn mаblаg‘lаrdаn dunyodаgi bаrchа hududlаr flоrа vа

fаunаsini аsrаsh vа tiklаsh uchun fоydаlаnish;

  • bаrchа turistlаr vа xizmаt ko‘rsаtuvchi shаxslаrning jоnli tаbiаtgа vа

mаhаlliy аhоligа hurmаt kоdеksigа riоya qilishlаri vа bоshqаlаr.

“Ekоlоgik turizm” tushunchаsini umumlаshtirish quyidаgi xulоsаlаrgа аsоs bo‘lа оlаdi: Turizmni tаshkil qilishning yuqоridа ko‘rsаtilgаn аlоmаtlаridа shаkllаngаn tаmоyillаr lоkаl emаs, bаlki glоbаl xаrаktеrgа egа. Shuning uchun bu tаmоyillаr jаhоnning аyrim qismlаri yoki yеr, suv vа hаvо bo‘shlig‘ining аyrim qismlаridа emаs, bаlki butun dunyodаgi turistik fаоliyat sоhаsigа tааlluqli bo‘lishi lоzim. Shuningdеk “ekоlоgik turizm” tushunchаsini nаzаriy аsоslаb bеrish mintаqаdа yashоvchi ko‘pchilik аhоlining оngini ekоturizm tаlаblаrigа mоslаshtirishgа imkоn bеrаdi. Bu esа, o‘z nаvbаtidа, tаbiiy bоylikgа zаrаr yеtkаzmаgаn hоldа turistik fаоliyatni rivоjlаntirishning оptimаl tеxnоlоgiyasini аstа-sеkin shаkllаntirib bоrаdi. Shundаy qilib, ekоturizm tizimi аsоsidа turistik fаоliyatning turli xillаrdа qo‘llаnilishi mumkin bo‘lgаn tаmоyillаr yotаdi. Bulаr: bilimni оshirаdigаn yoki sаrguzаsht sаyyohаtlаri (piyodа, оtdа, suvdа, tоg‘dа, sаyrvа hоkаzо), tаlаbаlаr tа’tillаri , ilmiy turlаr vа ekspеdisiyalаr, dаm оlish kuni ekskursiyalаri, yozgi bоlаlаr lаgеrlаri vа hоkаzо. Ekоturizmgа bo‘lgаn qiziqish hаqiqiy turistik tаjribаgа tаlаb оshib bоrаyotgаni hаmdа tаbiаtni qo‘riqlаshgа qiziqish kuchаyayotgаni tufаyli pаydо bo‘ldi. U tаbiiy, mаdаniy vа ijtimоiy qаdriyatlаr bilаn mоslаshаdigаn hаmdа mаdаniyat vа tаbiаtning tаbiiy muhitidа bir-birigа uyg‘unlаshuvini tаrg‘ib qilаdigаn turizm xillаrini o‘z ichigа оlаdi. Ekoturizm so`zi XX asrning 80 – yillaridan boshlab turizm industriyasiga kira boshlagan bo`lsa-da, biroq ekoturizm tushunchasiga hozirgacha yagona ta`rif yo`q. "O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish kontseptsiyasida" - ekoturizm deganda nafaqat ma`rifiy - ma`naviy maqsadlarni ko`zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simlik dunyosiga sayohat balki ijtimoiy -iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog’liq majmualar yig’indisini tushunamiz. O`zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha - ekoturizm ma`rifiy-ma`naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog’liq majmualar kiradi. Ekoturizmning haqiqiy muxlislari o`zining yangi tabiat go`shalariga sayohati vaqtida aynan ana shu munosabatlarni ko`rishni kuzatishni xoxlaydi. Umumfikrlarni jamlab, tahlil qilganimizda ekoturizm tabiat qo`ynida bo`lishlikdir. Hozirgi vaqtda to`rt xil ekoturizm turlari mavjud.

1. Ilmiy turizm. Bunda sayyohlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, tabiat izlanishlarida ishtirok etadilar. Masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri - Kolumbiyada boy qushlar olamini o`rganish uchun "Kolumbiya qushlari" degan ekoturlar o`tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda sayyohlar faol harakat usullari qo`llab, tabiiy go`zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizm yana chet elga bo`lgan ilmiy-tekshirish ekspeditsiyalari va tabiiy fakul'tetlarda o`qiyotgan talabalarning dala praktikasi ham kiradi.

2. Tabiat tarixini o`rganish turlari. Bu atrof-muhitni va mahalliy madaniyatni o`rganish uchun qilingan sayohatdir. Ular ko`pincha qo`riqxonalar va milliy bog’larda tashkil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenomenlari bor joylarda ham tashkil qilinadi. Bunga maktab o`quvchilarining safarlari ham kirib, unda o`qituvchi o`quvchilarga o`tilgan joylarning tabiati, tarixi to`g’risida hikoya qilib beradi. Samarqand shahrining janubi-g’arbida g’oratepa tog’lari joylashgan bo`lib, undagi cho’qqi ustida hazrati Dovut g’ori joylashgan. Bu g‘orga borish yo`li obodonlashtirilgan va unga hamma ham borishi mumkin. Lekin g’orga borgan vaqtda malakali ekskursiya rahbari boshchilik qilib, g’orning paydo bo`lish tarixi và sabablarini tushuntirib bersa, unda taxminlarga yo`l qolmas hamda g’or to`g’risidagi afsonalarga izoh berilgan bo`lar edi. Bundan tashqari ekosayyohlar olib borgan tozalash ishlarida g’or ichi va tashqarisining ko`rinishi kuchli o`zgarishi mumkin bo`lardi.

3. Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm - barcha faol harakat turlarini o`zida jamlagan sayohatlarni o`z ichigà oladi hamda unga tabiatda dam olish turlari ham kiradi. Ulardan maqsad yangi hissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, sayyohlarning fizik shakllarini yaxshilash va yangi sport yutuqlariga erishishdir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog’, piyoda yurish, suv-chang’i va tog’-chang’i va otda yurish turizmlari kiradi.

4. Alohida muhofaza etiladigan turizm. Tabiat hududlariga alohida (AMEThga) sayohat etish ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi.

Ekoturizm vazifalarining asosiy farqi va o`ziga xosligi.

Ekoturizm o`ziga xos xususiyatlarga ega:



  • mahalliy aholi o`z hududlarining sotsial-iqtisodiy rivojida ishtirok etishi;

  • turizm ob`ektlari ichida tabiiylarining ko`pchiligi;

  • mustaqil tabiatdan foydalanish;

  • quvvatni kam iste`mol etishi;

  • sayyohlarning ekologiya sohasida bilimli bo`lishi

Sayyohlik sayohatlarga chiqishdan maqsad - sayohat vaqtida yangi joylarni ko`rish, tabiat go`zalligidan, toza tog’ yoki o`rmon havosidan bahra olish, "yovvoyi" tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, o`zga xayot urf-odati, madaniyati, san`ati, tarixiy obidalarini ko`rishdan iboratdir .

Ekoturizmni rekreatsion resurslariga, tabiat, tog’ va tekisliklar, daryolar, cho`l va vohalar, ko`l va turli landshaft zonalari kiradi. SHular asosida ekoturizm quyidagi tarkibiy qismlarga bo`linadi:



  • Dengiz va okeanlar ekoturizmi;

  • O`rmon va sun`iy bog’lar zonalari ekoturizmi;

  • Daryo va ko`llar ekoturizmi;

  • Tog’ ekoturizmi;

  • Tarixiy obidalar ekoturizmi;

  • Arxitektura yodgorliklari ekoturizmi;

  • Ekologik tang zonalar ekoturizmi;

  • Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi.

Yuqorida ta`riflangan ekoturizmning tarkibiy qismlari ichida oxirgisi alohida salmog’li o`rin tutadi va ko`pchilik olimlar ekoturizm tushunchasiga nisbatan faqat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmini qo`llashadi.

1.2.Ekologik turizmda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi

Ekologiya" va "Ekonomika" so`zlariga e`tibor bersak - bu so`zlarning umumiy o`zagi "Eko". "Ekologiya" so`zi grekcha "oikos" -uy va "logos" - fan so`zlaridan hosil bo`lgan. Demak, bu bizning "Tabiat uyimiz", "Ekonomika" so`zining ma`nosi "Uy xo`jaligi" (ro`zg’or) ni yuritish san`atini bildiradi. Shuning uchun ham bu ikki fan "Uyimizni saqlanishi" va "Rivojlanishi"ga yordam berishi lozim. Agar biz tabiat bilan "Kelishuvda" yashashni, uning ne`matlaridan foydalanishni, go`zalliklaridan zavqlanishni xoxlasak uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o`z ehtiyojlarimizni qondirish uchun atrof muhitni o`zgartirayotganda muayyan chegaralardan chiqmaganligimiz zarur. Ekologik turizmning asl maqsadlari qayd qilingan xulosalarni tashkil qiladi. Ekoturizm o`zining ta`rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo`ynida bo`lib uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta`kidlaydi. Tabiat va uning biologik xilma-xil resurslaridan zavq-shavq olgan inson albatda bu ob`ektni asrash istagini tuyadi. Shu bilan birga ekologik turizm rivojlanishiga sabab bo`lgan boshqa sabablar ham bor. Jumladan: Ekologik inqirozning sayyoraviy tus olishi insoniyatni tobora tashvishga solmoqda. Ekologik muammolarning dunyo miqyosida haddan tashqari og’irlashib ketayotganligi zamirida tabiatning o`zini-o`zi tiklash kuchi pasayib borayotganligi, uning resurslari kamaygani, atrof muhitning ifloslanib, zaharlanib borayotganligi, insoniyatning bir me`yorda sog’lom yashashiga tabiat to`liq sharoit yarata olmayotganligi yotadi. Bu holda tabiatning tobora zaiflashib borishi ham ekoturizmda tabiatni asrab qolish g’oyalarining kuchini oshirib boradi. Shu nuqtai nazardan ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi ekoturizmning rivojlanishini ta`minlaydi. Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida tabiat qonunlarining mohiyatini anglash, insonning o`zi ham tabiatning biologik turi ekanligini tushunib olishidir. Sultonov P.S. insonda insoniy fazilatlarning kamol topishida tabiatning o`rnini quyidagicha izohlaydi: - "Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deyilganda, sof haqiqiy tabiatning kishilarda oliyjanoblik, xushfe`llik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, ulug’vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg’otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo`ynida tez-tez birga bo`lish insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi. Ekoturizm muxlislarining eng ulug’ xislatlari ham ularni tabiat bag’riga chorlagan hissiyot ham aslida ana shundan iboratdir. "Jamiyatda kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo`pollik, jahldorlik, shafqatsizlik, mol-dunyogà o’chlik kabi xislatlarning avj olishi sabablaridan biri ham kishilarning sun`iy (texnogen) muhitga tushib tabiatdan ajralib qolganligidir". Inson o`z uyi bo`lgan tabiatga qancha ko`p zarar yetkazar ekan uning o`zi ham ma`naviy jihatdan qashshoqlashib boradi. Tabiatni asrab qolishdek og’ir muammoni echishda insonni ekologik savodxon, ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati beqiyosdir. Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong hisoblanadi. Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabatda bo`lishda, resurslaridan me`yorida foydalanishda, tabiiiy inqirozning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhitni doimo toza saqlashda namoyon bo`ladi.

Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi tamoyillar ma`nosini o`rganish, tushunish va amaliyotda (o`zida) qo`llash tushuniladi. Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta`minlash uchun tabiatdan turistik yo`nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun "O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi" da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu kontseptsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:



  • ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

  • ekoturistik fan, ta`lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

  • aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o`stirish;

  • ekoturizm yo`nalishidagi ta`lim va tarbiyani yo`lga qo`yish;

  • ekoturizm bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • ekoturistik ob`ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;

  • ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo`lga qo`yish;

  • milliy davlat hududlarini ekoturizm bo`yicha rayonlashtirish;

  • davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

  • biologik xilma-xillikni saqlash.

Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni, ya`ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo`naltirilgan qoidalarga qattiq, ma`suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:

  • ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustivorligi;

  • ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog’langanligi;

  • turizm va servis sohasi yo`nalishidagi barcha ta`lim muassasalarida ekoturistik o`quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

  • mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o`stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;

  • davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi;

  • ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

  • ekoturizmda milliy g’urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O`zbekistonda ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta`minlaydi. Tabiatdan foydalanishning to`rt turi mavjud bo`lib, ularga quyidagicha tavsir beriladi:

1. Qo`riqxonadagi tabiatdan foydalanish uchun asosan, ilmiy xodimlar tajriba va izlanishlar olib boradi, talabalar amaliyot, sayyohlar uchun qisqa vaqtga kirib tomosha qilishga ruxsat berishadi. Insonning tabiatga aralashuvi - jonivorlarni ovlash va otishga ruxsat berilmaydi qo`riqning tabiiy holatini saqlash va tabiiy kompleksning yo`qolgan qismini tiklash uchun ruxsat beriladi. Qo`riqxonadagi tabiatdan foydalanish xom-ashyo olish uchun emas, tabiiy resurslardan ma`lumot yig’ish ma`nosida ishlatiladi. Qo`riqxona xodimlar uylari va sayyohlar uchun mehmonxonalar - qo`riqxona tashqarisi boshqa zonalarda o`rnashadi.

2. Rekreatsion tabiatdan foydalanish - shahar tashqarisida tabiiy bog’lar qurish, undan uzoq vaqt dam olish va turizm maqsadida foydalanish, o`rmon va ov xo`jaliklari tuzish, tabiiy pichan yig’ish, yaylov sifatida foydalanish, ya`ni, tabiiy kelib chiqishga ega bo`lgan komplekslarda me`yorida foydalaniladi. Qo`riqxonadan foydalanib ekskursiya olib boriladi va manzara katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ko`m-ko`k maysalar ustida yotishga, cho`milish, meva va qo`ziqorinlarni terish, baliq tutishga ruxsat berilmaydi. Bu erda sayyohlik negizlari, dala uylar, safar so`qmoqlari bo`ylab marshrutlar qatnovi yo`lga qo`yilgan.

3. Rural' (qishloq xo`jalik) tabiatdan foydalanish qishloq xo`jalik ishlarini o`rtacha va yuqori darajada olib boriladi. Bog’lar, polizlar, dalalar, firmalar bor joyda suv omborlari, o`rmonlar va tabiiy bog’lar shaharliklarni dam olish kunlari o`z bag’riga chorlaydi. Bu erlarda ob`ekt yoki xom ashyodan foydalanish ishlari olib boriladi.

4. Urbanizatsiyalik tabiatdan foydalanish shahar ichidagi odamning doimiy yashash manzillari, jamoaga xizmat ko`rsatish zonasi, sanoat korxonalari kirib, ular shahar ichidagi bog’lar va xiyobonlar bilan almashib turadi.

Qismlarga bo`lingan landshaft uch avtonom turlar: landshaft yo`laklari, avto-ulov bosh yo`llari và sayyohlik shoh yo`llardan tashkil topadi va ular tizimlarning ishlashiga kafolat bo`lib xizmat qiladi, tabiat, urbanizatsiya va rekreatsiyalikni. Landshaft yo`laklari bo`ylab qo`riqxonalarga o`tayotgan yovvoyi hayvonlar so`qmoqlari o`tadi. Avto-ulov bosh yo`llari bo`ylab boshqa erlarga junatilayotgan yuklar và odamlar, sayyohik bosh yo`llari bo`yicha - sayyohlar va ekskursantlar hisoblanishadi. Bu xil tabiatdan foydalanish, alohida muhofaza qilinayotgan tabiiy hududlarga ishlatiladi. Ekoturizmning yuqoridagi prinsiplari asosida kishilarda ekologik madaniyatni shakllantirish mumkin.



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish