Universiteti fizika fakulteti mavzu: sochilish jarayonlarining



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#44002
Bog'liq
sochilish jarayonlarining tabiati (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM 

VAZIRLIGI 

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 

UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 

 

 

 

  

 

MAVZU: SOCHILISH JARAYONLARINING 

TABIATI 

 

                                                             

 

                                                  Bajardi: Raxmatullayeva G 

                                                   Tekshirdi: Ubaydullayeva N. 

 

 

Toshkent-2014 

 

 

 

Annotatsiya 

Ushbu  kurs  ishida  yorug’lik  sochilishi  tabiati  haqida  so’z  boradi.  Ya’ni 

yorug’lik  sochilishi  yuzaga  kelishining  fizik  sabablari  tushuntirilgan.  Yorug’lik 

sochilishining  ikki  turi  molekulyar  va  kombinatsion  sochilishlar  hamda  ularning 

bugungi  kunda  texnikada  qanday  maqsadlarda  qo’llanishi  haqida  ma’lumot 

berilgan.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mundarija 

1.  Kirish…………………………………………………

…………... 



2.  Yorug’likning optik jihatdan bir jinsli bo’lmagan 

muhit orqali      o’tishi……………………………..... 



3.  Yorug’likning molekulyar sochilishi……………. 

4.  Yorug’likning kombinatsion sochilishi………… 

5.  Xulosa…………………………………………..... 

6.  Foydalanilgan adabiyotlar………………………… 

 

 



 

 

 

 

Yorug’likning optik jihatdan bir jinsli bo’lmagan 

muhit orqali o’tishi. 

Har  qanday  muhitda  yorug’lik  tarqalayotganda  sochiladi.  Bunga  sabab 

elektronlarning  majburiy  tebranishlari  tufayli  paydo  bo’ladigan  ikkilamchi 

to’lqinlar yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib 

yuboradi.    Demak  yorug’likning  sochilishi  uchun  yorug’lik  to’lqinining 

o’zgaruvchi maydoni ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlar bo’lishi yetarlidir, 

bunday  elektronlar  esa  har  qanday  muhitda  yetarli  miqdorda.  Biroq  shuni  yodda 

tutish kerakki, bu ikkilamchi to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi va demak, chetga 

sochib  yuborilgan  yorug’likning  intinsivligini  hisob  qilishda  ularning  o’zaro 

interferensiyasini e’tiborga olish kerak. 

Haqiqatdan  ham  agar  muhit  optik  jihatdan  bir  jinsli  bo’lsa,  ya’ni  uning 

sindirish  ko’rsatkichi  nuqtadan  nuqtaga  o’tilganda  o’zgarmasa,  u  holda  bir  xil 

hajmda  yorug’lik  to’lqini  bir  xil  elektr  momentlari  induksiyalaydi,  bu 

momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi 

kogerent  to’lqinlar  chiqadi.    Yassi  monoxromatik  to’lqinning  bir  jinsli  muhitda 

tarqalish  holi  1-rasmda  ko’rsatilgan.  AA'  to’lqin  frontida  chiziqli  o’lchamlari 

tushayotgan  yorug’likning    λ  to’lqin  uzunligiga  nisbatan  juda  kichik  bo’lgan  V

1

 



hajm ajratamiz, biroq bu hajm ichida molekulalar juda ko’p bo’lib muhitni yaxlit 

muhit  deb  hisoblash  mumkin.  θ  burchak  bilan  xarakterlanadigan  yo’nalishda  V

1

 

hajm  ma’lum  amplitudali  va  fazali  ikkilamchi  to’lqin  chiqaradi.  AA'  to’lqin 



frontida hamisha boshqa bir V

2

 hajm ajratish mumkinki, u ham o’sha yo’nalishda 



shunday amplitudali ikkilamchi to’lqin chiqaradi, biroq u to’lqin yo’l farqi tufayli 

kuzatish  nuqtasiga  V

1

  dan  chiqgan  to’lqin  fazasiga  qarama-qarshi  fazali  bo’lib 



keladi. Ajratilgan hajm orasidagi l masofa  

                                             

   

 

       



                                                  (1) 

 

 

1-rasm. Optik bir jinslimaslikning yorug’lik sochilishidagi roli. 

bo’lishi  1-rasmda  ko’rinib  turibdi.  Agar  muhit  mutlaqo  bir  jinsli  bo’lsa,  to’lqin 

frontida  bir-birida  l  masofada  joylashgan  tengdosh  hajmlarning  ixtiyoriy  ikkitasi 

chiqarayotgan  ikkilamchi  to’lqinlar  bir-  birini  so’ndiradi.  Bir  jinsli  muhitda 

yorug’lik  sochilmay  faqat  dastlabki  yo’nalishda  tarqaladi,  degan  da’voni 

yuqoridagi    fikr  tasdiqlaydi.  θ=0  burchakdan  boshqa  har  qanday  burchakka  oid 

yo’nalishlarda  ikkilamchi  to’lqinlar  bir-birini  butunlay  so’ndiradi,  chunki 

tushuvchi  to’lqinning  θ=0  yo’nalishida  tarqalishida  ham  ikkilamchi  to’lqinlar 

sinfazali qo’shilib, o’tuvchi to’lqin hosilqiladi.  

 

Shunday  qilib  muhitning  bir  jinsli  va  ikkilamchi  to’lqinlarining  kogerent 



bo’lishi yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Haqiqatda esa ideal 

bir  jinsli  muhitlar  bo’lmaydi.  Real  muhitda  turli  sabab  paydo  bo’lgan  optic  bir 

jinslimasliklar  hamisha  bo’ladi.  Bu  esa  yorug’likning  ba’zi  hollarda  juda  zaif 

sochilishini bildiradi. 

 

Ikkilamchi  to’lqinlarning  interferensiyasi  to’g’risida  yuqorida  keltirilgan 



mulohazalar  Frenelning  yorug’likning  to’g’ri  chiziqli  tarqalishi  nazariyasida 

yaratilgan  mulohazalarga  o’xshaydi.  Agar  Frenel  nazariyasidagi  ikkilamchi 



to’lqinlar  mavhum  manbalardan  chiqgan  bo’lsa,  sochilishda  nurlantirgichlar  real 

bo’lib,  muhitning  atom  va  molekulalaridan  iborat.  Biroq  muhit  bir  jinsli  bo’lishi 

uchun  juda  kichik  teng  hajmlarda  bir  xil  nav  nurlantirgichlar  soni  teng  bo’lishi 

kerak. Biroq qotib qolgan buday manzarani haqiqatda yaratib bo’lmaydi, shuning 

uchun bir jinslilik turli sabablarga ko’ra hamisha buziladi. 

 

Frenelning 



mushohadalaribir 

jinslilikning 

buzilishi 

bu 


fazoviy 

birjinslimasliklarda  yuz  beradigan  difraksiya  hodisasiga  sabab  bo’lishini 

ko’rsatadi. Agar birjinlimasliklarning o’lchami katta bo’lmasa , u holda difraksion 

manzarada  yorug’lik  hamma  yo’nalishlarda  ancha  tekis  taqsimlanadi.  Yuqorida 

aytib  o’tilganidek,  bunday  mayda  birjinslimasliklar  tufayli  bo’ladigan  difraksiya 

yorug’likning difraksiyasi yoki sochilishi deyiladi. 

 

Agar muhitning birjinslimaslilari qo’pol bo’lsa, ya’ni muhitning bir –biriga 



yaqin bo’lgan teng hajmli juda kichik qismlari intinsivliklari sezilarli darajada farq 

qiladigan  ikkilamchi  to’lqinlarning  manbalari  bo’lsa,  u  holda  yorug’likning 

sochilishi  juda  aniq  ko’rinadi.  Muhitning  bir  jinsliligi  salgina  buzilgan  hollarda 

chetga  sochib  yuborilgan  yorug’lik  dastlabki  dastaning  juda  oz  ulushini  tashkil 

etadi  va  uni  maxsus  sharoitlardagina  kuzatish  mumkin.  Tajriba  yorug’likninh 

sochilish hodisasi uchun muhitning ikkilamchi to’lqinlar berish qobiliyatining o’zi 

emas, balki muhitning birjinsliligi buzilishi muhim ekanligini ko’rsatadi.  

Manbdan kelayotgan deyarli parallel nurlar dastasi ichiga suv quyilgan kyuvetadan 

o’tayotgan  bo’lsin.  Agar  suv  juda  yaxshilab  tozalangan  bo’lsa,  yon  tomondan 

qaraganda yorug’lik deyarli ko’rinmaydi, ya’ni yorug’lik dastlabki dastadan chetga 

deyarli  sochilmaydi.  Agar  kyuvetaga  bir  tomchi  atir  tomizilsa,  yorug’lik  intinsiv 

ravishda  sochiladi,  yorug’lik  dastasi  hamma  tomondan  yaxshi  ko’rinadi.  Agar 

kyuveta  ancha  qalin  bo’lsa,  u  holda  hamma  yorug’lik  har  tomonga  sochilib, 

kyuvetaning  orqasida  aniq  ko’rinadigan  dastlabki  dasta  o’rniga    sochilgan 

yorug’likning  diffuz  maydonigina  ko’rinadi.  Bir  tomchi  atir  qo’shilishi  kyuveta 

ichidagi  suvning  nihoyatda  ko’p  malekulalarining  xossalarini  ko’p  o’zgartirib 

yubormaydi,  albatta,  biroq  atirda  erigan  holda  yurgan  modda  zarralari  suvli 


eritmada cho’kib , suvda muallaq turadigan mayda tomchilar , ya’ni imulsiya hosil 

qiladi.  Bunday  birjinslimasliklarning  borligi  ikkilamchi  to’lqinlarning  o’zaro 

interferensiyasi uchun juda boshqa sharoitlar yaratadi. Natijada birlamchi dasta bu 

birjinslimasliklar  tufayli  difraksiyalanib,  xira  muhitga  hos  bo’lgan  sochilish 

manzarasini hosil qiladi.  

 

Muhitning  optic  jihatdan  birjinsliligi  masalasiga  yana  qaytamiz;  ma’lumki 



bir  jinslilikning  buzilishi  yorug’lik  sochilishining  fizik  sababidir.  Yuqorida  aytib 

o’tilgandek,  optic  jihatdan  bir  jinsli  bo’lmagan  muhitda  uning  bir-biriga  yaqin 

bo’lgan  teng  hajmli  juda  kichik  qismlari  yorug’lik  to’lqinining  ta’siri  ostida 

intinsivliklari bir xil bo’lgan ikkilamchi nurlanishlar manbai bo’lib qoladi. Demak 

tegishli qismlar yorug’lik to’lqinining o’zgaruvchi maydoni ta’siri ostida bir-biriga 

teng bo’lgan elektr momentlariga ega bo’ladi, bu momentlarning vaqt o’tishi bilan 

o’zgarishi  natijasida  ikkilamchi  nurlar  paydo  bo’ladi.  Optik  jihatdan  bir  jinslilik 

sharti  muhitning  turli  qismlarining  sindirish  ko’rsatkichi  bir  xil  qiymatga  ega 

bo’lishini  bildiradi.  Bundan  muhitning  butun  hajmida  muhitning  sindirish 

ko’rsatkichi  bir  xil  bo’lganda  yorug’likning  sinish  hodisasi  yuz  bermaydi  degan 

hulosa  kelib  chiqadi.  Demak  muhitning  bir  jinsliligini  buzish  uchun  sindirish 

ko’rsatkichining doimiyligini buzish zarur.  

 

Ko’zga ko’rinadigan yorug’lik to’lqining uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan 



zarralarda yorug’likning sochilishini birinchi bo’lib Tindal kuzatgan. Turli burchak 

hosil  qilib  sochilgan  yorug’lik  oq  yorug’likdan  ko’k  bo’lishi  bilan  farq  qilishini, 

tushayotgan  yorug’lik  yo’nalganga  nisbatan  90

0

  burchak  hosil  qilib  sochilgan 



yoru’lik yassi qutblangan bo’lishini ham aniqlagan. 

 

Zarralarning  o’lchami  to’lqin  uzunligiga  nisbatan  kichik  bo’lgan  hira 



muhitlarda yorug’likning sochilishini o’rganish natijasida Tindal va undan keying 

tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan ba’zi 

qonuniyatlar  topildi.  Bu  qonuniyatlar  hususida  quyida  oddiy  tajribada  tasavvur 

hosil qilish mumkin. 



 

To’g’ri  burchakli  kyuveta  to’la  suvga  bir  necha  tomchi  sut  tomizib  suv 

xiralashtiriladida,  unga  intinsiv  yorug’lik  dastasi  yuboriladi.  Suvda  yorug’lik 

dastasining izi aniq ko’rinib turadi. 

Yon  tomondan  turib  A  yo’nalishda  kuzatganda  (2-rasm)  Sochilgan  yorug’lik  S 

manbadan  kelayotgan  yorug’likkka  qaraganda  zangoriroq  bo’ladi.  Qalinligi 

yetarlicha  bo’lgan  kyuveta  orqali  B  yo’nalishda  o’tib,  uzun  to’lqinli  nurlarga 

boyigan yorug’lik qizg’ish tusda bo’ladi.  

 

Sochilgan  yorug’likni  dastlabki  dastaga  nisbatan  90



0

  burchak  ostida  N 

qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yorug’lik tabiiy yorug’lik 

bo’lsa  ham  sochilgan  yorug’lik  chiziqli  qutblangan  ekanligi  ko’rinadi.  Sochilgan 

yorug’likka  elektr  vektorining  yo’nalishi  dastlabki  dasta  va  kuzatish  yo’nalishi 

orqali o’tuvchi tekislikka perpendikulyar bo’ladi.  

 

2-rasm. Xira muhitlarda yorug’lik sochilishini kuzatish sxemasi. 

 

Agar  turli  yo’nalishlar  bo’ylab  sochilgan  yorug’likning  intinsivligini 



boholasak,  bu  intinsivlik  dastlabki  dasta  o’qiga  nisbatan  va  unga  perpendikulyar 

bo’lgan  chiziqqa  nisbatan  simmetrik  bo’ladi  (3-rasm).  Turli  yo’nalishlar  bo’ylab 

sochilgan  yorug’lik  intinsivligi  taqsimotini  ko’rsatuvchi  grafik  sochilish 

indikatritsasi deyiladi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi. 

                                                        

           

 

   



                      

            (2) 



Reley  o’lchamlari  tushayotgan  yorug’lik  to’lqin  uzunligiga 

nisbatan  kichik  bo’lgan  sferik  zarralarda  sochilgan  yorug’likning 

intinsivligini  hisob  qilib,  dastlabki  yorug’lik  tabiiy  yorug’lik  bo’lgan 

holda sochilgan yorug’lik intinsivligi quyidagiga teng bo’lishini topdi: 

   

                  (3) 



Bu  yerda  N-  sochib  yuboruvchi  hajmdagi  zarralar  soni,  V

'

  va  ε- 



zarraning hajmi va dielektrik singdiruvchanligi, ε

0

- muhitning dielektrik 



singdiruvchanligi,  θ-  sochilish  burchagi,  I

0

-  tushayotgan  yorug’likning 



intinsivligi,  L-  sochib  yuboruvchi  muhitdan  kuzatish  nuqtasigacha 

bo’lgan masofa.  

 

3-rasm. λ daga nisbatan kichik bo’lgan zarralar uchun 

sochilish indikatritsasi. 

Releyning  (3)  formulasi  yuqorida  aytib  o’tilgan  qonuniyatlarni 

tavsiflaydi.  Sochilgan  yorug’likning  intinsivligi  to’lqin  uzunligining  4-

darajasiga  teskari  proporsional  ekan.  Bu  qonuniyat  osmonning 

zangoriligini izohlab beradi va Reley qonuni deyiladi. 

Agar  yorug’likni  sochib  yuboruvchi  zarralarning  o’lchamlari 

to’lqin  uzunligi  bilan  taqqoslas  bo’ladigan  bo’lsa,  u  holda  yorug’lik 

sochilishining  biz  muhokama  qilgan  qonuniyatlari  yaramay  qoladi. 



Kalloid  eritmalarda  ko’pincha  shunday  bo’ladi.  Bunda  sochilgan 

yorug’lik  nuri  intinsivligi  to’lqin  uzunligining  2-darajasiga  teskari 

proporsional bo’ladi.  

Olimlar  osmonning  zangori  ko’rinishiga  sabab  yorug’likning 

havo  tarkibidagi  chang  zarralarida  sochilishi  deb  hisoblashardi,  lekin 

tog’larga  ko’tarilgan  sari  bu  moviylikning  oshib  borishi  bu  fikr 

noto’griligini  ko’rsatdi.  Ushbu  hodisaning  sababi  yoruglikning 

molekulyar sochilishi ekan.  



Yoruglikning molekulyar sochilishi 

Tajribalar  ko’rsatadiki,  bir  jinli  bo’lgan  muhitlarda  ham  yorug’lik 

sochiladi.  Demak  birjinlimasliklarning  yuzga  kelishi  sabab  qandaydir  fizik 

jarayonlar mavjud. 



a) 

Kritik  opalessensiya.  Juda  muhim  bo’lgan  bir  xususiy  holda  bir 

jinlilikning  buzilishiga  olib  keladigan  sababni  M.Smoluxovskiy  ko’rsatib  berdi. 

Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug’lik intinsiv ravishda sochilishi 

ko’pdan  beri  ma’lum  edi.  Somoluxovskiy  kritik  temperaturada  muhitning 

siqiluvchamligi  juda  kata  ekanligiga  diqqat  qildi.  Bunday  sharoitda  kichikroq 

hajmlar o’rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bo’lishi mumkin., chunki 

siqiluvchanlik  katta  bo’lishi  issiqlik  harakati  kichik  hajmlarda  zichlik 

fluktatsiyalari  yuzga  keltirishga  qodir  ekanligini  bildiradi.  Optik  birjinslilikning 

buning  oqibatida  bo’ladigan  buzilishi  yorug’likning  ko’p  sochilishiga  sabab 

bo’ladi.  Shunday  qilib  Somoluxovskiy  kritik  opalessensiya  hodisasini  izohlab 

berdi. 

b) 

Yorug’likning  suyuqlik  sirtida  sochilishi.  Hajmda  bo’ladigan 

sochilishga  o’xshagan  hodisalar  suyuqlik  sirtida  ham  bo’lishi  mumkin. 

Suyuqlikning tinch sirti ko’zguga o’xshaydi,  unga tushayotgan  yorug’lik  ma’lum 

bir  yo’nalishda  tekis  qaytadi.  Biroq  yorug’lik  sirti  ma’lum  bir  sababdan  g’adir- 



budur bo’lib qolsa, yorug’likning bir muncha qismi chetga tarqoq holda sochiladi. 

Suyuqlikning  tekis  sirti,  umuman  aytganda,  molekulyar  harakat  tufayli  muttasil 

“buzilib” turishi kerak. va bu notekisliklar to’lqin uzunligiga yaqin bo’lib qolganda 

yorug’lik tekis qaytmay, suyuqlik sirti xira bo’lib qoladi.  

Biroq  odatdagi  sharoitlarda  bu  g’adir-  budirlik  kam  bo’ladi.,  sabab  sirt 

taranglik kuchlari. 

Ikki  suyuqlik  chegarasida  bu  kapilyar  kuchlar  odatda  suyuqlik  bilan  gaz 

orasidagi  chegaradagidan  kichik  bo’ladi.  Bu  kuchlar  aralashishning  kritik 

temperaturasi yaqinida ayniqsa kichik bo’ladi. Haqiqatan ham, bu holda yorug’lik 

chegaradan  Frenel  qonunlari  bo’yicha  qaytibgina  qolmay,  balki  hamma  tomonga 

intinsiv  ravishda  sochiladi.  Yaxshi  sharoitlarda  molekulyar  ga’dir-  budurliklar 

shunchalik  katta  bo’ladiki,  bunda  yorug’lik  katta  burchak  ostida  tushganda  ham 

tekis  qaytmaydi;  tekis  qaytishning  yo’qolishito’lqin  uzunligi  kichik  bo’lgan 

yorug’likda kuzatish oson, xira sirtlarda shunday bo’lishi kerak edi 



c) 

Yorug’likning toza moddada molekulyar sochilishi. Yorug’likning 

toza  moddada  molekulyar  sochilishi  sababini  Somoluxovskiy  ko’rsatib  bergan 

bo’lib,  quyidagidan  iborat:  muhit  molekulalarining  issiqlik  harakati  statistic 

harakterda  bo’lgani  sababli  muhitda  zichlik  fluktatsiyalari  sodir  bo’ladi. 

Zichlikning  Δρ  fluktuatsiyasi  sindirish  ko’rsatkichining  Δn  fluktuatsiyasiga  yoki 

dielektrik  singdiruvchanlikning  Δε  fluktuatsiyasigasabab  bo’ladi,  bular  esa  aslida 

optic bir jislimasliklardan iborat.  

Bu  holda  sochilgan  yorug’likning  intinsivligi  optic  bir  jinslimaslik  bilan 

aniqlanadi.  Sochilgan  yorug’likning  intinsivligi  Δε  ning  ishorasiga  bog’liq 

bo’lmagani  uchun  intinsivlik 

  

 

̅̅̅̅̅  ga  proporsional  bo’ladi.Oddiy  elektrodinamik 



hisob intinsivlikning quyidagicha bo’lishini ko’rsatadi: 

        


                          (4) 

 


Bu  yerda  V

*

-  fluktuatsiya  yuz  bergan  hajm  bo’lib,  yorug’lik  to’lqinining 



uzunligiga  nisbatan  kichik,  lekin  ichida  molekulalar  ko’p.  Boshqa  belgilar  (3) 

formuladagidek. 

Agar  Δε  fluktuatsiyalar  zichlik  va  temperature  yoki  p  bosim  va  S 

entropiyadan iborat faqat ikki erkli termodinamik o’zgaruvchi bilan aniqlanadi deb 

hisoblasak, u holda  

 

Bu  yerda  Δp,  ΔS-  bosim  va  entropiyaning  fluktuatsiyalari.  Bu  yerda  Δp,  ΔS 



fluktuatsiyalar  statistic  jihatdan  mustaqil  ekanligi  va  demak, 

     


̅̅̅̅̅̅̅̅      ekanligi 

e’tiborga olingan. Fluktuatsiyalar nazariyasi (4) ni quyidagicha  

     (5) 

ifodalashga imkon beradi. Bu yerda ρ-muhitning zichligi, T-absolyut temperature, 

 

 

-  adiabatic  siqiluvchanlik,  σ-  issiqlikdan  kengayish  koeffitsenti,  c



p

-  1g 


moddaning  o’zgarmas  bosim  sharoitidagi  issiqlik  sig’imi,  V-  yorug’likni  sochib 

yuborayotgan hajm. 

 

Quyidagi taqribiy tenglikdan: 



 

Agar  mashhur  termodinamik 

  munosabatdan  foydalansak  

( bu yerda β

t

- izotermik siqiluvchanlik) (5) formula 



       

            (6) 

ko’rinishga  keladi.  Bu  formulani  birinchi  bo’lib  Enshteyn  topgan  va  u  Enshteyn 

formulasi deyiladi. 



 

Shunday  qilib  osmonning  zangori  va  quyosh  botishida  qizil  bo’lib 

ko’rinishiga sabab molekulyar sochilish ekan. 

Yorug’likning kombinatsion sochilishi 

Reley qonuniga asosan , sochilish yorug’likda energiya taqsimoti birlamchi 

yorug’likdagi taqsimotdan spektrning qisqa to’lqinli qismida energiya qiyosan 

ortiq bo’lishi bilan farq qiladi. Simob lampasidan kelayotgan yorug’lik spektri 

bilan o’sha lampaning havoda sochilgan yorug’ligi 4-rasmdagi fotosuratda 

tasvirlangan. Bu suratlar hodisaning xarakteri to’g’risida sifat tomondan tasavvur 

beradi. Ekspozitsiyalar shunday tanlab olinganki, bunda to’lqin uzunligi katta 

bo’lgan chiziqlar intensivligi taxminan teng bo’ladi. Unda spektrning qisqaroq 

to’lqinli sohasidagi intensivliklar farqi yaqqol ko’rinadi. 

 

4-rasm. Simob lampasidan kelayotgan yorug’likning spektori va o’sha 



lampaning havoda sochilgan yorug’ligining spektori 

 Ilgari o’tkazilgan tadqiiqot natijalariga ko’ra , yuqorida aytib o’tilgan farq 

tushayotgan va sochilgan yorug’lik spektridagi yagona farq hisoblanadi. Biroq 

sinchiklab o’tkizilgan tekshirishning ko’rsatishicha sochilgan yorug’lik spektrida 

tushayotgan yorug’likni xarakterlaydigan chiziqlardan tashqari qo’shimcha 

chiziqlar(yo’ldoshlar) bo’ladi, bular tushayotgan yorug’likning har bir chizig’I 

yonida turadi(5 va 6- rasm). 

Yo’ldoshlar tushayotgan yorug’likning har qanday spectral chizig’i yonida 

kelganligi uchun , bu yo’ldoshlarni qanday sharoitda payqash mumkin, degan 

savol tug’iladi. Yoo’doshlar ko’rinadigan bo’lishi uchun tushayoutgan yorug’lik 



spektri tutash pektr bo’lmay ,balki alohida chiziqlar(monoxramatik chiziqlar) 

to’plamidan iborat bo’lishi kerak. bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribadan 

topilgan. 

1)  Yo’ldoshlar tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida bo’ladi. 

2) 

Uyg’otuvchi(tushayotgan) yorug’lik spectral chizig’ining ν



0

 chastotasi 

bilan yo’ldoshlardan har biri chiziqlarining 

 chastotalar bilan Δν 

farq  sochuvchi  modda  uchun  xarakterli  bo’lib,  uning  molekularining  xususiy 

tebranishlari chastotalariga (ν

i

 )teng: 


 

 

5-rasm. Uglerod tetroxloridda kombinatsion sochilish spektori 

 

3) 


Yo’ldoshlar  uyg’otuvchi  chiziqlardan  ikki  tomonda  simmetrik 

yotuvchi chiziqlarning ikki sistemasidan iborat,ya’ni 



 

buyerda  ν

r

  chastota  uyg’otuvchi  chastotalardan  uzunroq  to’lqinli  tomonda 



joylashgan 

yo’ldoshlarning 

chastotalarini,ν

chastota 



esa 

uyg’otuvchi 

chastotalardan  ikki  tomonda  yotgan  yo’ldoshlarning  chastotalarini  bildiradi. 

Spektrning  qizil  qismida  joylashgan  va  shuning  uchun  “qizil”  yo’ldoshlar  deb 

ataladigan  1-yo’ldoshlar  (6-rasmdagi  α  lar)  tegishli  “binashfa”  yo’ldoshlardan(6-

rasmdagi β lar) ancha intensivdir.  



 

6-rasm. Kvarsda kombinatsion sochilish spektri. 

4)Temperatura  ko’tarilganda  “binafsha  ”  yo’ldoshlarning  intensivligi  tez 

ortadi. 

Yorug’lik  kvantlari  to’g’risidagi  soddalshtirilgan  tasavvurdan  foydalanib, 

kombinatsion  sochilish  hodisasining  mohiyatini  anglab  yetish  mumkin.  Kvant 

tasavvurlariga ko’ra , ν

0

 chastotali yorug’lik ma’lum bir ulushlar(kvantlar) tarzida 



tarqalib  bularning  miqdori 

  

 



 ga  teng  bo’ladi,  bu  uuyerda  h=6,62*10

-34 


 

       –


plank  taklif  etgan  universal  doimiydir.  Shuning  uchun  o’zida  ν

0

  chastotali 



tebranishlar bo’layotgan atom(yoki molekula) 

  

 



 energiya zapasiga ega bo’ladi., 

bu  energiyani  atom  (yoki  molekula)  o’shanday  chastotali  yorug’lik  tarzida 

chiqarishi  mumkin.  Bu  nuqtai  nazardan  yorug’likning  molekularda  sochilishini 

yorug’lik  kvantlarining  (ya’ni  fotonlarning  )  molekulalar  bilan  to’qnashishi  deb 

qarash  kerak,  bu  to’qnashish  natijasida  fotonlar  uchish  yo’nalishini  o’zgartiradi, 

ya’ni chetga sochiladi. Fotonlar bilan molekulalar o’rtasidagi to’qnashishlar elasti 

bo’lishi  ham  ,  elastic  bo’lmasligi  ham  mumkin.  To’qnashish  elastic  to’qnashish 

bo’lgan holda molekulaning energiyasi va  fotonning  

 

 

chastotasi o’zgarmaydi, bu 



hol Reley sochilishiga mos keladi. To’qnashish elastic bo’lmagan holda fotonning 

energiyasi 

  

 

  tebranma  kvant  miqdorida  ortadi  yoki  kamayadi.  Agar  yorug’lik 



tebranish  holatida  bo’lmagan  molekula  bilan  o’zaro  ta’sir  qilsa  ,yorug’lik 

molekulaga energiyasining tegishli qismini beradi 



 

Tenglamaga  muvofiq  ravishda  kichik  chastotali  nurga  (“qizil  yo’ldoshga”) 

aylanadi,  bu  yerda 

 

 



 uyg’otuvchi  yorug’lok  chastotasi,   

 

-molekula 



tebranishlarining chastotasi. 

Agar yorug’lik tebranish holatida turgan molekula, ya’ni 

  

 

 energiyaga ega 



bo’lgan  molekulaga  ta’sir  qilsa  ,  u  holda  yorug’lik  molekuladan  bu  energiyani 

tortib olib, 



 

tenglamaga  muvofiq  ravishda  katta  chastotali  nurga  (“binafsha  yo’ldosh”) 

aylanishi mumkin. 

Tebranish  holatida  bo’lgan  (ortiqcha  energiyali)  molekulalar  soni 

uyg’otilmagan  molekulalar  sonidan  ancha  kam  bo’ladi,  shuning  uchun  binafsha 

yo’ldoshning  intensivligi  qizil  yo’ldosh  intensivligidan  beqiyos  darajadan  kam 

bo’lishi kerak; tajribada ham xuddi shunday bo’lyapti. 

Temperatura  ko’tarilgan  sari  uyg’otilgan  molecular  soni  tez  ko’payadi, 

shunga  yarasha  binafsha  yo’ldoshning  intensivligi  tez  ortishi  kerak;  bu  ham 

tajribada  tasdiqlanmoqda.  Binafsha  yo’ldoshlar  intensivligining  ortishi  6-rasmda 

yaxshi  ko’rinadi;  bu  rasmda  2  spektr  sochuvchi  moddaning  (kvarsning)  210

0

  C  



temperaturasiga mos keladi. 

Atomlarning  molekulada  tebranishi  tufayli  qutblanuvchanlikning  yuqorida 

aytib  o’tilgan  o’zgarishlari  davriy    xarakterga  ega,  shuning  uchun  sochilayotgan 

yorug’likning  intensivligi  ham  molekula  ichida  bo’ladigan  tebranishlarning 

 

 

 



chastota  bilan  davriy  ravishda  o’zgaradi.  Binobarin,  chastotasi  tushayotgan 

yorug’lik  modulyatsiya  chastotasi   

 

 

  bo’lgan  modulyatsiyalangan  yorug’likdan 



iboratdir, bu esa o’zgargan 

  chastotali  yorug’likka  mos  keladi.  Shunday 

qilib,  yorug’lik  sochilishining  bu  turi  yuz  berganda  tushayotgan  yorug’likning 

chatotasi o’zgarib borishi kerak: boshlang’ich chastotali yorug’lik bilan o’zgargan 

chastotali  chiziqlar  ham  paydo  bo’lishi  kerak.  demak,sochilgan  yorug’likning 

chastotasi tushayotgan yorug’likning chastotasi bilan molecular ichida bo’ladigan 



tebranishlar  chastotasining  kombinatsiyasidan  tarkib  topadi.  Shuning  uchun  bu 

sochilish kombinatsion sochilish deb atalgan. 

Bunday klassik nuqtai nazardan qarash ma’lum bir chastotali kombinatsion 

va infraqizil chiziqlarninf intensivliklari bir-biridan ko’p farq qilishi mumkinligini 

tushunishga  imkon  beradi.  Haqiqatan  ham,  ν  chastotali  kombinatsion  chiziqning 

intensivligi  molekulaning  bu  chastotaga  mos  keladigan  tebranishlar  qilishida 

molekulaning  α  qutblanuvchanligi  naqadar  ko’p  o’zgarishi  bilan  aniqlanadi. 

Absorbsiyaning  o’shanday  chastotali  infraqizil  chizig’ining  intensivligi  esa  mos 

chastotali infraqizil yorug’lik ta’sirida bu tebranishning qanchalik yaxshi yuz bera 

olishiga  ,  ya’ni  kelayotgan  to’lqinning  elektramagnitik  maydonini  molekula 

tegishli  tebranishda  molekulaning  elektr  momentining  o’zgarishlari  bilan 

aniqlanadi.  Qutblanuvchanlikning  o’zgarishi  bilan  elektr  momentining  o’zgarishi 

turli  xil  tebranishlarda  biri  infraqizil  spektrlarda,  boshqasi  kombinatsion 

spektrlarda yaxshi tasvirlanadi. 

Kombinatsion  sochilish  metodi  moddaning  molekulyar  tuzilishini  tadqiq 

etishning  muhim  metodi  hisoblanadi.  Molekula  tebranishlarining    xususiy 

chastotalari  bu  usul  yordamida  osongina  aniqlanadi;  bu  usul  molekula 

simmetriyasining  xarakteri,  molekulalar  ichida  ta’sir  qiladigan  kuchlarning 

kattaligi  va  umuman  molekulyar  dinamikaning  o’ziga  xos  tomonlari  to’g’risida 

imkon  beradi.  Kombinatsion  sochilish  spektrlari  molekulalar  uchun  shunchalik 

xarakterlidirki,  bu  spektrlar  yordamida  murakkab  molekulyar  aralashmalarni 

,ayniqsa  kimyoviy  yo’l  bilan  analiz  qilib  bo’lmaydigan  organic  molekulalar 

aralashmalarini analiz qilish mumkin. Masalan, uglevodorodlarning juda murakkab 

aralashmasi  bo’lgan  benzinlarning  tarkibi  kombinatsion  sochilish  metodi 

yordamida samarali ravishda analiz qilinadi. 

 

 

 



 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish