Universiteti falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi


Uzluksiz yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni



Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana15.07.2021
Hajmi0.6 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
 

1.2. Uzluksiz yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni 

     Uzluksiz  ta‘lim  tizimi,  xususan,  kasbiy  ta‘limni  rivojlantirish  borasida  belgilangan  ustuvor 

maqsadlarni  amalga  oshirish,  mamlakat  iqtisodiyotining  murakkab  hamda  ko‗p  turdagi 

ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‗lgan yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta‘minlashga 

qaratilgan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  va  dasturini  hayotga  tatbiq  etish  jarayonini 

muntazam ravishda tahlil qilib borish taqozo etiladi. Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va 

ma‘naviy sohalardagi bugungi ilg‗or o‗zgarishlar, ta‘lim tizimining moddiy-texnik bazasi tubdan 

yangilanayotgani,  ta‘lim  muassasalarida  yangi  texnika  va  texnologiyalar,  AKTdan  keng 

foydalanish  yo‗lga  qo‗yilayotganligini  nazarda  tutgan  holda  Milliy modelining  mazmun  va 

mohiyati,  uni  amalga  oshirish  jarayonlariga doir  olib  borilayotgan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  ham 

takomillashtirish  zaruriyati  yuzaga  kelmoqda.  Shu  tariqa  Milliy  dasturda  yaqin  yillarda  hamda 

istiqbolda bajarilishi belgilangan vazifalarni ishonchli yondashuv asosida amalga oshirish hamda 

uning 

mexanizmlarini 



ishlab 

chiqish 


mumkin.  

   Ta‘kidlash  joizki,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ijrosini  ta‘minlashda  davlat  ta‘lim 

siyosatining  asosiy  tamoyillari,  maqsadli  ko‗rsatmalari,  uning  shaxsga,  barkamol  avlodni 

tarbiyalashga  yo‗naltirilganligi  o‗zgarishsiz  qolishi  muqarrardir.  Vaqt  o‗tishi  bilan  jamiyat 

hayotining  barcha  sohalaridagi  chuqur  islohotlar,  ularning  mamlakatdagi  jadal  rivojlanishga 

ta‘siri,  natijalari  Milliy  dasturni  amalga  oshirishda  yangi  talablar  qo‗ymoqda,  tegishli  ustuvor 

vazifalarni  hal  qilish  ehtiyojini  yuzaga  keltirmoqda.  Bu  talab  uning  mazmuni  (2.2.-bo‗lim)da 

berilgan hozirgi bosqich vazifalarida o‗z aksini topgan: ―... to‗plangan tajribalarni tahlil etish va 

umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollariga  muvofiq 

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish‖. 

                                                           

4

 



I.А.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni хаlq-millаtni millаt  qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur» jurnаli,1998y, 2-sоn, 30-bеt.  

 

 




Tahlillar  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  hamda  dasturini  amalga 

oshirishda uni faqatgina tayanch tushuncha va kategoriyalar asosida rasmiyatchilik bilan hayotga 

tatbiq  etish  holatlari  kuzatilmoqda.  Bu  uzluksiz ta‘lim  tizimida  faoliyat  yuritayotgan  rahbarlar, 

bevosita  ijrochilar,  shuningdek,  tadqiqotchilar  tomonidan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli 

hamda  dasturining  fundamental  g‗oya  va  qoidalariga  yetarlicha  e‘tibor  berilmayotganini  yoki 

yuzaki yondashilayotganini anglatadi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida mamlakatda ijtimoiy 

va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik va ahillikni ta‘minlash eng muhim vazifalardan edi. 

Ayniqsa, mamlakatning taraqqiyot  yo‗lini, jamiyat rivojining aniq va yorqin istiqbolini belgilab 

olish kun tartibida kechiktirib bo‗lmas vazifa sifatida turgan edi.  Ana shunday muhim bir davrda 

mamlakat  kelajagining  yaqin  va  uzoq  muddatli  taraqqiyot  vazifalarini  belgilab  berishda 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  ilmiy  mardligi,  donoligi  va  uzoqni 

ko‗ra bilish qudrati keng qamrovliligi bilan namoyon bo‗ldi. Buning yaqqol misoli 1992 yilning 

8  dekabrida  qabul  qilingan  Asosiy  qonun  —  O‗zbekiston  Konstitutsiyasidir.  Mustaqillikning 

dastlabki  yillarida qabul qilingan asosiy qonunchilik hujjatlaridan biri  — ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi 

hamda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‗g‗risida»gi  qonunlari  o‗zimizga  xos  va  o‗zimizga 

mos bo‗lgan kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanish yo‗llarini belgilab berdi. 

Bugungi  kunda  Prezidentimiz  tomonidan  belgilab  berilgan  va  amalga  oshirilayotgan  yo‗lning 

to‗g‗riligi  hech  kimda  shubha  qoldirmadi,  rivojlanishning  besh  asosiy  tamoyiliga  asoslangan 

o‗ziga xos ―o‗zbek modeli‖ esa, umume‘tirofga sazovor bo‗ldi. U O‗zbekistonda qator davlatlar 

amaliyotida  kuzatilgan  ko‗plab  xatolarning  chetlab  o‗tilishiga,  mamlakat  rivojida  ilg‗or 

tadrijiylik  ta‘minlanishiga  hamda  haqli  ravishda  yurtimizning  xalqaro  hamjamiyatda  o‗zining 

munosib 


o‗rinini 

egallashida 

mustahkam 

asos 


vazifasini 

o‗tadi.  

 Mazkur  siyosat  o‗zining  dinamikasi,  zamonaviy  hayot  haqiqatlarini  chuqur  ijtimoiy-falsafiy 

nuqtai  nazardan  talqin  qilganligi,  strategik  maqsadga  erishishdagi  qat‘iyligi  hamda  bu  borada 

izchillikni  ta‘minlaganligi  bois  O‗zbekiston  xalqini  hamda  jahon  hamjamiyati  ishonchini 

qozonib 


bormoqda, 

mamlakatda 

tinchlik, 

barqarorlik 

va 

farovonlikka 



kafolatni 

mustahkamlamoqda.Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, yangilanishlar zamirida 

avvalo inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash, ilg‗or ijtimoiy ongni shakllantirish, barkamol 

avlodni  tarbiyalash  kabi  eng  ezgu  maqsadlar  mujassamlashgan. Tanlangan  strategiyaning 

noyobligi ham shundaki, o‗tish davrida, ko‗plab iqtisodiy va siyosiy muammolar mavjud bo‗lib 

turgan bir paytda, davlat va jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy sohaga  —  ta‘lim  va tarbiyaga, 

aholi  sog‗ligini  saqlashga,  ma‘naviy  yangilanish,  tiklanishga  va  yangi  ijtimoiy  ongni 

shakllantirishga  ustuvorlik  berildiki,  buning  asosiy  maqsadi  mamlakat  mustaqilligi  va  gullab-

yashnashiga  erishish,  xalqning  erki  va  farovonligini  ta‘minlash  edi.  Qisqacha  aytganda, 

O‗zbekiston Respublikasi rahbariyati strategik maqsadga erishishning eng muhim sharti va omili 




sifatida  iqtisodiyot,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyalarning  zamonaviy  yutuqlariga 

asoslangan  yuqori  sifatli  ta‘lim-tarbiya  tizimi  faoliyatini  yo‗lga  qo‗yish  ekanligini  ko‗rsatib 

berdi.  

Davlat  ta‘lim  siyosati  aynan  mana  shu  aniq,  chuqur  o‗ylangan  maqsadni  amalga  oshirishga 

yo‗naltirilgan  bo‗lib,  u  Milliy  modelda  aniq  aks  etgan:  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat