Universiteti falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi


Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni



Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana15.07.2021
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni 

  Mustaqillik yillarida O‗zbekiston xalqi iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ulkan muvaffaqiyatlarga 

erishdi.  Natijada  jamiyatda  yangicha  ma‘naviy  va  axloqiy  qadriyatlar  shakllanmoqda.  Shu 

asosda ta‘limning qadriyatlari muntazam to‗ldirib borilmoqda. Islohotlarning asosiy mohiyati —

shaxsga, uning huquqlari, fuqarolik erkinligi, orzu-umidlari, jamiyatdan munosib o‗rnini egallay 

olishiga  yo‗naltirilganligi  ustuvor  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Mamlakatda  milliy  madaniy-tarixiy 

va  ma‘naviy  merosni  tiklash  va  rivojlantirish  borasida  erishilgan  zalvorli  yutuqlar  bevosita 

o‗qitish  va  ta‘lim  jarayonining  mazmuni  hamda  shaklini  sezilarli  darajada  o‗zgartirib  yubordi. 

Bu  shubhasiz,  ta‘limni  insonparvarlashtirish,  shaxsni  vatanparvarlik  va  bag‘rikenglik  ruhida 

tarbiyalashda  ko‘rinadi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  o‘z  nutqlarida  yoshlarga  katta  ishonch 

bildirib, O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday 

ishonchga  javob  bera  oladigan  insonlar  qilib  etishtirish  o‘qituvchi  va  tarbiyachilarning, 

ziyolilarning fidokorona menati bilan boliqligini nazarda tutadi. 

  Jamiyatimiz  talab  etayotgan  har  tomonlama  etuk,  komil  insonni  tarbiyalashda  o‘qituvchining 

o‘rni  beqiyosdir.  Ta`lim  to‘g‘risidagi  qonunning  5-moddasida  tegishli    ma`lumoti  "kasb 

tayyorgarligi  bor  va  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslar  pedagogik  faoliyat  bilan 

shug‘ullanish  huquqiga  ega"  ekanligi  ta`kidlanadi.  Qonun,  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va 

hozirgi kunimiz talabi bo‘yicha o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar ham ortib bormoqda. 

  O‘qituvchilik  sharafli,  lekin  juda  murakkab  kasb.  Yaxshi  o‘qituvchi  bo‘lish  uchun  pedagogik 

nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va 

tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar,  umumlashtirilgan  uslubiy  g‘oyalar  bayon etiladi. 

Maktab  hayoti-amaliy  pedagogik  jarayon  esa  juda  xilma-xildir.  Pedagogik  nazariyaga  mos 

kelmaydigan  vaziyatlar  uchrab  turadi.  Bu  esa  o‘qituvchidan  keng  bilimdonlikni,  puxta  amaliy 

tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 

  Hozirgi  kun  o‘qituvchisi  chuqur  bilimli,  mutaxassislik  fanini  to‘liq  egallagan  bo‘lishi  bilan  

birga buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, bolalar va kattalar bilan qiynalmasdan muomalaga 

kirisha oladigan, ularning  ruhiyatini,  holatini tushuna oladigan haqiqiy  mohir pedagog bo‘lishi 

lozim.  


  Bunday  mutaxassis  pedagog-psixolog-amaliyotchi  o‘qituvchi    uchun  kerak  bo‘ladigan  yuksak 

pedagogik mahorat va texnika ko‘nikmalarini egallagan shaxs bo‘lishi kerak.  

 

Mustaqil  Respublikamizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta`lim-



tarbiya  tizimini  takomillashtirishga,  zamon  talablari  bilan  uyg‘unlashtirilgan,  jahon  andozalari  

darajasiga  mos  «milliy  modelni»  hayotga  tadbiq  qilishga,  ma`naviyatimizni  yanada 

yuksaltirishga qaratilgan. 



  Bu  esa  o‘z  navbatida  yoshlarning  bilim  darajasini  kengaytirishni,  ma`naviy  va  intellektual  

meroslarimizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni talab  qiladi.  

  Ma`lumki,  bugungi  kunda  pedagogikani  insonparvar  pedagogikaga  aylantirish  ta`lim 

sohasining muhim masalasiga  aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta`limni insonparvarlashtirish 

orqali  yuzaga  kelgan  mavjud    muammolarni  oqilona  hal  etib  borish  yangicha  ishlashni,  yangi 

pedagogik tafakkurni shakllantirishni  taqozo etadi. 

  O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini 

egallaydigan  yangi  avlodni  yuqori  kasbiy madaniyat,  ijodiy va ijtimoiy  faollik,  ijtimoiy-siyosiy 

hayotda mustaqil qatnasha olish  qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. 

  Mazkur  vazifalarni  bajarishda  zamonaviy  pedagogik    texnologiyalarning  ahamiyati  o‘ta 

salmoqlidir. 

Mamlakatimiz rahbari I. A.  Karimov ta`kidlaganidek:   «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 

butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga 

nihoyatda katta  zaruriyat sezila boshlandi»

1

.  Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod 



va  obod  jamiyat  qurilishiga  erishishimiz    ham  ma`lum  ma`noda  shu  islohatlarning  natijasiga 

boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini 

ham  belgilaydigan  omildir.  Binobarin,  ta`lim-tarbiya  tizimini  o‘zgartirmasdan  turib  ongni 

o‘zgartirib  bo‘lmaydi.  Ongni,  tafakkurni  o‘zgartirmasdan  turib  esa  biz  ko‘zlagan  oliy  maqsad- 

ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi»

2

 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya 



islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish   mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi   

asosiy omillardan  biri ekanligini  bilib olishimiz mumkin. 

 Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy  yo‘nalishlari: 

  ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish



  ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish

  ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish



  ota-ona, o‘qituvchi. O‘quvchining ta`lim jarayoniga bo‘lgan  yangicha qarashlarini 

shakllantirish; 

  va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani 



amaliyotga tadbiq etishdan iborat. 

                                                           

1

 I.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur»jurnаli, 1998y, 2-sоn, 29 bеt.



 

2

O’shа jоydаn.   29-30 bеt. 



 

 




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat