Umurtqalilar zoologiyasi fanining rivojlanish tarixi



Download 18,06 Kb.
Sana13.04.2021
Hajmi18,06 Kb.
#63359

Umurtqalilar zoologiyasi fanining rivojlanish tarixi

Umurtqali xayvonlar to’grisidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Arastu (Aristotel, eramizga

Kadar 384-332 yillar) tomonidan berilgan. Uning «Xayvonlar tarixi», «Xayvonlarning kelib chiqish tarixi», «Xayvonlarning

qismlari tug’risida» kabi asarlarida 452 tur xayvon to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Arastu xayvonlarni ikki guruxga ajratgan: 1) qoni yo’q xayvonlar; 2) qoni bor xayvonlar. Bu guruxlar xozirgi sistemaga muvofik umurtkasizlar va umurtkalilarga mos keladi. Kadimgi Rim tabiatshunos olimi Gay Pliniy (eramizning 23-79 yillari) o’zining 37 kitobdan iborat «Tabiiy tarix» asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha xayvonlarni ta’riflab bergan.

Eramizning boshidan to o’rta asrlarga kadar fanda turg’unlik davri

boshlandi. Uygonish davrida (XV — XVI asrlar) tabiatni, shu jumladan, xayvonlarni o’rganishga qizikish qayta jonlandi. Bu davrda xayvonlar to’g’risida to’plangan materiallarni sistemaga solish talab qilinar edi. Mana shunday zoologik ishlardan biri shveytsariyalik olim, shifokor va naturalist E.Gesnerning (1516-1565) 17 tomli «Xayvonlar tarixi» degan kitobidir. Xayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to’g’risidagi ta’limotni XVIII asrga kelib shved olimi K.Linney yaratdi. K.Linney xamma xayvonlarni 6 ta sinfga bo’ldi: sutemizuvchilar, kushlar, suvda va kuruklikda yashovchilar, baliklar, xasharotlar va chuvalchanglar. U uzining mashxur «Tabiat sistemasi» nomli asarida sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga ajratdi. Lekin K.Linney usha davrda fanda xukmron bo’lgan

turlarning o’zgarmasligi g’oyasini ximoya kilgan. Frantsuz naturalisti va anatomi J.Kyuve (1769-1832) organizmning bir butunligi xamda organ va kismlarning uzaro bog’likligi (korrelyatsiya) to’g’risidagi ta’limotni yaratdi. J.Kyuve zoologiya faniga «tip» tushunchasini kiritdi. U xayvonot dunyosini turtta tipga buldi. ShularDan biri umurtkalilar bulib, bu tipni 4 ta sinfga:

sutemizuvchilar, kushlar, sudralib yuruvchilar va baliklarga ajratdi.

Lekin J.Kyuve xam K.Linney kabi turlarning uzgarmasligi goyasini

ma’kulladi.

Turlarning uzgaruvchanligi to’g’risidagi ta’limotni, ya’ni orga­

nik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi goyani yaratuvchilardan biri fran­

tsuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) edi. Lekin J.B.Lamark evo-

lyutsion jarayonning sabablarini echib bera olmadi.

Rossiyada umurtkali xayvonlar buyicha ilmiy materiallar Fanlar

akademiyasi ekspeditsiyalarining ishi natijasida yigildi. Akademik

P.S. Pallas Volgabuyi, Sibir, Krzogiston va Ural faunasini urgan-

di. G.V. Steller Uzok Sharkni, I.G. Gmelin Rossiyaning evropa kismi

janubini, I. I. Lepexin mamlakatning shimoliy va markaziy kism-

larining umurtkali xayvonlarini urgandilar. Ana shu materiallar

asosida P.S. Pallas uzining «Rus Osiyosi zoografikasi» (1811 y.)

degan asarini yozdi. Bu kitobda usha davrda Rossiyada tarkalgan umurt­

kali xayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarkalishi

tugrisida kimmatbaxo materiallar berilgan. Akademik A.F.Midden-

dorfning (1815-1844) umurtkalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi

to’g’risidagi materiallarni uz ichiga olgan «Sibirning shimoliga va

sharkiga sayoxat» nomdi asari katta axamiyatga ega buddi. Zoologiyada ekolo­

gik yunalishni rivojlantirishda Moskva universiteti professori

K.F.Rulening (1814-1858) xizmatlari katta. U xayvon organizmi bi­

lan tashki muxitning bir butunligi, yashash muxitining uzgarishi xay-

vonning uzgarishiga sabab bulishini tushuntirib berdi. K.F.Rulening

shogirdi N.A.Severtsov (1827-1885) ustozi ishlarini umurtkali xay­

vonlar ekologiyasi va geografiyasi yunalishlarida kuchaytirdi.

Rossiyaning umurtkali xayvonlarini urganishda L.S.Berg (ba­

likdar), G.V.Nikolskiy va P.V.Terentev (amfibiya va repti-

liyalar), G.P.Dementev (kushlar), S.I.Ognev (sutemizuvchilar)

kabi olimlarning xizmatlari juda katta. Umurtkali xayvonlar­

ning ekologiyasini keyinchalik prof.D.N.Kashkarov (1878-1941),

akademik S.S.Sh varts (1919-1976), prof.N.P.Naumovlar (1902-

1982) batafsil va xar tomonlama urgandilar. Umurtkali xayvon­

larning anatomiyasi, kelib chikishi va evolyutsiyasi soxasida aka­

demik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va uning ustozi A.N.Sever-

tsovlar (1866-1936) buyuk ishlar kildilar.

Urta Osiyo va shu jumladan, Uzbekistonda umurtkali xayvonlarni

urganishda Sharkning buyuk allomalari Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino xamda rus va ma^alliy olimlarning roli betsiyos katgadir.

Buyuk mutafakkir Abu Rayg’on Beruniy (983-1043) uzining «Xindis-

ton» (1030 y.) asarida karkidon, fil, kiyik delfin kabi Xindis-

tonda uchraydigan xayvonlar xaKVDa tsizitsarli ma’lumotlar beradi.

Ulkamizning xayvonot olami tugrisida Zaxiriddin Muxammad Bobur

(1483-1530) uzining «Boburnoma» asarida 60 dan ortits umurttsali xay­

von turlarini yashash muxiti xususiyatlariga tsarab tsurutslik va suv buyida

yashovchi xamda suv xayvonlariga ajratgan.

Markaziy Osiyo va shu jumladan, Uzbekistonning umurttsali xay-

vonlarini urganishni E.A.Eversman va N.A. Severtsovlar boshlab ber-

dilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Eversman zoolog sifatida birinchi

bulib Kdziltsumda yashovchi umurttsali xayvonlar xatsida ma’lumotlar

tupladi. N ASevertsov uzining 20 yillik umrini Urta Osiyoning umurt­

tsali xayvonlarini urganishga bagishladi va 1872 yilda «Turkiston

Xayvonlarining vertikal va gorizontal tartsalishi» degan kitobini

yozdi. N.M. Prjevalskiy uzi zoolog bulmasa-da, umurttsali xayvonlar-

ni urganishda katga ishlar tsildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Marka­

ziy Osiyo buylab (Muguliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta

sayoxat tsildi. Ikki urkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.

1884 yilda Urta Osiyoga tabiatshunos N AZarudniy keladi va u Kas-

piyorti ulkalari buylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil tsiladi,

asosan tsushlarga e’tibor berdi va 200 ga yatsin tsushlarni ta’rifladi.

1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat universitetining ochi-

lishi Urta Osiyo xaltslari uchun buyuk votsea buldi. Shu munosabat

bilan Toshkentga prof.D.N.Kashkarov xam keldi. D.N.Kashkarov Urta

Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. Uning raxbarligi-

da Urta Osiyoning umurttsali xayvonlar faunasini V.A.Selevin (sut­

emizuvchilar va tsushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-

lenburtsev (tsushlar), G.P.Bulgakov (balitslar), T.Z.Zoxidov (sudralib

yuruvchilar) urgandilar.

Undan keyin zoologiya institutlari, universitetlarda umurt-

tsalilar zoologiyasi kafedralarining ochilishi, yutsori malakali

kadrlar tayyorlash, ilmiy asarlar yozish izga tushdi. Bu borada T.Z.Zo­

xidov, R.N.Meklenburtsev, R.K.Komilov, O.P.Bogdanov, D.Yu.Kash-

karov, A.K.Sagitov, M.O.Abdullaev, B.X.Botirov, S.B.Botsoev,

E.Sh. Shernazarov va boshtsalarning xizmatlari katta.

www.ziyouz.com

Paleontologiya (paleo... va yun. ontos — jonzot va ... logiya) — o'tmish geologik davrlarda mavjud boʻlgan, qazilma qol-diqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik boʻlim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat.

Toshqotgan organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga maʼlum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan orga-nizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk oʻlib ketgan qayvonlarning turlari haqida dastlabki fiqolarni aytishgan. 18-asr oʻrtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Fransiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa gʻoyalarining rivojlanishi bilan qad. davr jonli tabiatidagi uzluksiz oʻzgarishlar va oʻtmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora koʻpaya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi boʻlib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi va shu asosda dastlabki geologik haritani tuzdi (1794).

P. fan sifatida tarixiy geol. bilan uzviy bogʻliq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuvye hisoblanadi; u kollejda "Qazilmalar tarixi" fanidan dars bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik oʻrganish natijasida umurtqalilar P.sini yaratgan (1808). Keyinroq fransuz botanigi A. Bronyarning "Qazilma oʻsimliklar tarixi" nashr etil-gach, paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuvye va A. Bronyar (1811) geol.da tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini oʻzaro bogʻlab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. "P." terminini 1marta (1822) fransuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyusion nazariya asoschisi boʻlgan J. B. Lamark umurtqasizlar P.sini yaratgan. 19-asr ning 1yarmida P.da turlarning oʻzgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin oʻzgarishlar boʻlib turishi haqidagi gʻoya hukmron boʻlgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveysariyalik L. Agassis, angliyalikA. Sejvik va fransiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik P. shakllandi va 40-yillarning boshida Yerning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi.

19-asrning 60-yillaridan P.da yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari, 1859 yil) bilan bogʻliq. 19-asrning koʻpgina paleontologlari darvinist boʻlmasalarda, evolyusionizm gʻoyalarini P.da tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hozirgi evolyusion P.ning chinakam asoschisi sifatida muhim oʻrin tutadi. Uning umurtqalilar P.si va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar P.siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega boʻldi. Umurtqalilar P.si evolyusiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

P. biologiya, sitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, xayvonlar va oʻsimliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funksional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini oʻrganish P.ni fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qad. organizmlarni qiyosiy-tarixiy oʻrganish natijasida P. ekologiya, biogeotsenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora koʻproq bogʻlanmoqda. Yer toʻgʻrisidagi fanlar ichida P.ning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geol. 18—19-asrlarda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan Yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyusion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan evolyusion taʼlimot P.ning stratigrafik geol.da qoʻllanishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Litologik fatsial haritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, kumir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir.



A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va boshqa Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda dastlabki paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. Oʻzbekistonda P.ning rivojlanishi V. A. Vaxrameyev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, Ye. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va boshqa nomlari bilan bogʻliq.
Download 18,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish