Umumiy va tarixiy geologiya



Download 176,3 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi176,3 Kb.
#682421
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

«GEOLOGIYA VA KONCHILIK ISHI» FAKULTETI
«FOYDALI QAZILMALAR GYEOLOGIYASI VA RAZVYEDKASI» KAFEDRASI

UMUMIY VA TARIXIY GEOLOGIYA” FANIDAN


KURS ISHI


MAVZU: “SHAMOLNING GYEOLOGIK ISHI”.
Qabul qildi: prof.Xolbayev B.M.


Bajardi: GR-104-20
guruh talabasi Aliyev B.R.
Qarshi – 2022
Tabiatda kechadigan geologik jarayonlarning rivojlanishi, bir tomondan, bashariyat uchun katta iqtisodiy zarar va kulfatlar keltirsa, ikkinchi tomondan,farovon hayot uchun kerakli bo‘lgan mineral boyliklarni vujudga keltiradi. Bu esa yashab turgan zaminda kechadigan geologik jarayonlar rivojlanishidagi qonuniyatlarni mukammal bilish lozimligini taqozo etadi.
Yerning tarixini davriylash juda muhim va shu bilan birga murakkab masala hisoblanadi. Chunki bu qariyb 4,5 mlrd yil davomida kechgan geologik jarayonlarni qonuniy ketma-ketlikda qayta tiklashni ko‘zda tutadi. Bunda geodinamik vaziyatlarning almashinishi, paleogeografik ladshaftlarning o‘zgarishi va organik dunyoning evolyutsiyasi yetakchi o‘rinda turadi
Yer tarixida uzoq davr davomida kechgan geologik jarayonlarni tahlil qilib ikkita muhim masalaga oydinlik kiritish mumkin. Bulardan birinchisi yer po‘sti rivojlanishida uzoq vaqt davomida (tog‘lar yoki tekisliklarning vujudga kelishi) yoki bir zumda kechadigan katostrofik jarayonlar (zilzila, vulkanizm) va ikkinchisi foydali qazilmalarning shakllanishidagi davriylikdir. Masalan, temir ma’danlari zahirasining asosiy qismi quyi proterozoyda, neft va gaz konlariniki esa mezozoy va kaynozoyda shakllangan.
Yerning ustki tosh qobig‘i - yer po‘sti - tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan tog‘ jinslaridan tuzilgan. Har qanday tog‘ jinsi muayyan minerallarning majmuasidan tarkib topgan bo‘ladi, minerallar esa o‘z navbatida kimyoviy elementlar yoki ularning tabiiy birikmalaridan iborat.
Shunday qilib, yer moddasi tashkil topishining murakkablanish tartibida qaralsa quyidagi toifalar qatoridan iborat bo‘ladi: kimyoviy element - mineral tog‘ jinsi. Quyida aynan shu tartibda yerning moddiy tarkibi ko‘rib chiqiladi.
Yer po‘stining kimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ko‘proq ishonchli ma’lumotlar bevosita o‘rganish mumkin bo‘lgan uning ustki qismiga (16-20 km chuqurlikkacha) taalluqli. Yer po‘stining kimyoviy tarkibi, uning makon va zamonda o‘zgarish qonuniyatlari masalalari bilan hali nisbatan yosh bo‘lgan geokimyo fani shug‘ullanadi.
Hozirgi zamon geokimyosining ma’lumotlariga ko‘ra yer po‘stida 93 ta kimyoviy element aniqlangan. Ularning ko‘pchiligi turli izotoplarning aralashmasidan iborat. Faqatgina 22 ta kimyoviy element (masalan, natriy, marganets, ftor, fosfor, oltin) izotoplariga egamas va shuning uchun oddiy elementlar deyiladi. Yer po‘stida kimyoviy elementlar juda notekis taqsimlangan. Kimyoviy elementlarning tarqalishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki ko‘lamli tadqiqotlar amerikalik geoximik F. Klark tomonidan o‘tkazilgan. Turli tog‘ jinslarining 6000 ta kimyoviy tahlilini matematik yo‘l bilan qayta ishlab chiqib F. Klark yer po‘stida 50 ta eng keng tarqalgan kimyoviy elementlarning o‘rtacha miqdorini aniqlab chiqqan. Ilk bor 1889 yilda chop etilgan F. Klark ma’lumotlariga keyinchalik olimlar tomonidan aniqlik kiritilgan.

5
Yerning shakli, oichamiari va tuziiishi


Yer po'sti — magmatik, metomorfik va cho‘kindi tog‘ jismlaridan tashkil topgan bo'lib, Yerning eng ustki tosh po‘stidir. Uning qalinligi 7 dan 70-80 kilometrgacha o'zgarib turuvchi, magmatik va tektonik jarayonlar kechadigan, Yeming faol qatlamidir. Uning quyi chegarasi Yer yuzasi relyefmi takrorlaydi, ya’ni materiklar ostida mantiyaga chuqur botib kiradi, okeanlar ostida esa Yer yuzasiga yaqinlashadi. Seysmik tadqiqotlar yordamida Yer po'stining tuzilishida hosil bo‘lish tarkibi va xususiyati bo‘yicha turli xil bo'lgan tog* jinslaridan tashkil topgan uchta qatlam ajratiladi. Stratosfera (lotincha «stratum» — qatlam) cho‘kindi va cho‘kindi vulkanogen jinslaridan tashkil topadi. Ular gillar va gilli slanetslar (42%), qumli (20%) va karbonat (19%) jinslaridan iborat. Qatlam Yer yuzasining deyarli barcha maydonini qoplaydi va chuqur botqoqliklar- da ulaming qalinligi 20-25 km ga yetadi. Cho'kindi qatlamlari uchun ulaming kam dislokatsiyaga uchragan- ligi, nisbatan kichik zichlik va kam o'zgarishlar xarakterlidir. Ulardagi intensiv o'zgarishlar kesimning quyi qismida regional metamorfizmning boshlang'ich bosqichi hamda kontakt metamorfizmning paydo bo'lishi bilan bog‘liq. EfFuziv magmatik tog1 jinslari Yer po‘stida kam tarqal- gan. MDH hududlarida cho'kindi qatlamlaming o‘rtacha zichligi 2,45 g/sm3 ni tashkil qiladi, uning chegarasidan tashqarisida esa 2,28—2.80 • g/sm3 oralig'ida o'zgarib turadi. Bo'ylama to'lqinlaming tarqalish tezli- gi cho'kindi qatlamida tog' jinslarining tarkibi, zichlanish darajasi bilan bog'liq bo'lib, 1,8—5,0km/s va undan ortiq darajada o'zgarib turadi. Stratosferani tashkil qilgan jinslaming tarkibi ulaming suvli muhit- da bundan 3,3 mlrd. yil awal hosil bo'lganligini ko'rsatadi. Shu vaqtda
10
1 В О В. YER TO‘G ‘RISJDAGI UM UM IY MA’LUMOTLAR
atmosfera anchagina og'irroq va issiq bo‘lganligi uchun Yer yuzini tashkil qilgan birlamchi otqindi jinslar qaynoq va atmosferadagi to‘yin- gan kuchli kislotali bug‘lar ta’siri ostida intensiv ravishda buzilishga uchragan. Granit (granit-gneys, granit-metamorfik) qatlami xususiyati jihati- dan granit jinsiga o'xshash jinslardan tashkil topganligi uchun shu nom bilan atalgan. Qatlam gneyslardan (37,6%), granitlardan (18,1%). amblitlardan (9,8%), kristallik slanetslardan (90%) hamda gabbro. marmar, svinetslardan tashkil topadi. Granit qatlamini tashkil qiluvchi tog1 jinslari mineral tarkibi va dis- lokatsiyaga uchraganligi darajasi bo‘yicha juda xilma-xil hisoblanadi. Ular o'zgarishga uchramagan va metomorfizatsiyaga uchragan jinslardan tashkil topgan. MDH hududlarida granit qatlamining zichligi, uning tuzilishi va mineral tarkibiga bog'liq ravishda 2,6—2,8 g/sm3 oralig‘ida o‘zgarib turadi. Granit qatlami cho‘kindi qatlamidan seysmik to'lqinlar tezligi (o'rtacha 6 km/s) bilan ajralib turadi. Granit qatlamining qalinligi 6—40km. Ba’zi qatlamining quyi chegarasi Konrad seysmik chegarasi hisoblanadi. Uchinchi qatlam — bazalt qatlami — xususiyati jihatidan bazalt- larga yaqin og‘irroq magmatik, kristallik jinslaridan tashkil topadi. Qatlam turli darajada metamorfizatsiyaga uchragan magmatik jinslardan iborat. Ayrim jovlarda bazalt qatlami va mantiya oralig'ida. bazalt qatlamiga nisbatan yuqori zichlikka ega boigan eklogit qatlami yotadi. Bazalt qatlami jinslarining o‘rtacha zichligi — 2,9 g/sm3. Seysmik to’lqinlaming tarqalish tezligi 6—7.6 km/s. Bunda to'lqinlaming tar- qalish tezligi. tik kesimdagi bazalt qatlami tarkibiga turli petrografik komplekslarning taqsimlanish xarakteri bilan bog'liq. Bazalt qatlamining o'rtacha qalinligi kontinentlarda N.A.Belya- yevskiy ma'lumotlari bo'yicha 40,5 km dan iborat. Okean tublarida 7— 12 km va kontinentlaming baland tog'li viloyatlarida 70—80 km ga yetadi. Mantiya. Bu Yerning eng yirik oraliq po'sti hisoblanib, yuqori chegarasi Moxorovich ayirg'i vuzasi va quyi chegarasi Vixert- Gutenberg oralig'ida joylashgan. Mantiya massasi Yer massasining taxminan 2/3 qismini tashkil qiladi. Yuqori mantiya vertikal va gorizantal yo‘nalishlarda o'zgaruvchan- ligi bilan xarakterlanadi va uning tuzilishi kontinet va okean struktu- ralarida bir-biridan katta farq qiladi. Seysmik to'lqinlar tezligining pasaygan qatlami okeanlarda 50 km va materiklarda 80—120 km chuqurliklarda boshlanadi hamda yuqori
11
] В О В. YER TO‘G R ISID A G I UM UM IY MA’LUMOTLAR
dan va pastdan seysmik toiqinlar tezligi yuqori boigan muhit bilan chegaralanadi. Bu qatlamda bo'ylama toiqinlar kanaldagiga o'xshab tarqaladi va tashkil qiluvchi jinslaming yumshoqligi va egiluvchanligi tufayli seysmik kuzatishlarga asosan astenosfera deyiladi. Astenosfera okeanlar tagida 300—400 km gacha, materiklar ostida esa qalinligi 100—150 km gacha tarqaladi. Astenosferada ko‘pgina aniqlangan oraliq zilzilalaming o'choqlari joylashgan va unda magmatik o‘choqlar ham paydo bo‘ladi deb taxmin qilinadi. Uni po‘stloq osti konveksion oqimlar tarqalgan va Yer po'st- log‘ida vertikal va gorizontal harakatlar paydo boiadigan mintaqa deb aytish mumkin. Bu mintaqada Yer po'stini shakllanishiga eng aloqador boigan endogen jarayonlari sodir boiadi. Oraliq va quyi mantiya seysmik tavsifga ko‘ra gomogen muhit hisoblanadi va unda 600 km chuqurlikkacha seysmik toiqinlaming tezligi ortishi kuzatiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. L.V.Dmitriyev hisoblari bo'yicha mantiya tarkibi quyidagi asosiy komponentlardan tashkil tooadi (massasining tarkibi, %): Si02 — 45,5; A120 3 - 3,8; Fe20 3 - 5,3; FeO - 3,0; T i02 - 0,3; CaO - 2,1; MgO - 42,2; Na20 - 0,4; K20 - 0,1; MnO - 0,2. Mantiya tarkibida Si va Mg ko‘p bo'lganligi uchun bu geosfera “sima” deb ataladi. Yuqori mantiya asosan, olivinli, piroksenli, granatli, temir-mag- nezial silikatlardan tashkil topgan. Geofizik maiumotlar mantiya jinslari qattiq holatda ekanligidan dalolat beradi. Eritma o‘choqlari astenosferada paydo boiadi. Mantiya va Yer po’sti chegarasida harorat 1000°C, bosim esa 2000 MPa dan yuqori bo‘ladi. Bosimning keskin pasayishi natijasida mantiya jinslari suyuq holatga o'tadi. Yadro — Yerning ichki, eng zich po’stlog‘idir. Bo‘ylama to'lqinlar tarqalish tezligining keskin o'zgarishi, ko'ndalang to'lqinlaming so'nishi va yuqori elektr o'tkazuvchanligining paydo bo'lishi mod- dalaming holati o'zgarganligi haqida dalolat beradi. Seysmik ma’Iumotlar asosida tashqi yadro suyuq holatga yaqinligi aniqlanadi. Mantiya va yadro chegarasida harorat 2500—3000°C, bosim esa 300 GPa atrofida bo'ladi. Ichki yadro doirasida bo'ylama toiqinlar tezligi qaytadan ortadi va jinslar qattiq holatda deb faraz qilinadi. Ichki va tashqi yadroning kimyoviy tarkibi taxminan bir xil temirli-nikelli, ya’ni, temir meteorit- lar tarkibiga yaqin hisoblanadi.
Yer po‘stining kimyoviy tarkibi.
Yer sharining va Yer po‘sting fizik xususiyatlari bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibi ham katta ahamiyatga egadir. Yerning kimyoviy tarkibini bilish uchun uni kimyoviy jihatdan analiz qilinadi. Buning uchun Yer po‘sti tashkil yetgan jinslardan namuna olib tekshiriladi. Hozirgi vaqtda Yerning 16-20 km. gacha bo‘lgan qatlamini tekshirish mumkin, undan chuqurdagi qatlamlarning tarkibi taxminan, lekin juda muhim, ular geofizik usullarga asoslanib aniqlanadi. Yer sharinig ustki qismi havo va suv qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib og‘irligi jihatidan bu ikkala qobiq Yer massasining 6,04% ni tashkil yetadi. Yer massasining 93,06% esa har xil jinslardan iborat.
Umuman yer qobiqining kimyoviy tarkibini birinchi marta olimlardan F.U. Klark va V.I. Vernadskiy, A.E. Fersman, V.M. Goldshmidt, P.N. Chervinskiy va boshqalar aniqlab bergan. 1-jadval Ular ilmiy adabiyotlardan foydalanib va 5000-6000 ga yaqin turli tog‘jinslarini kimyoviy jihatdan analiz qilib, Yer qobig‘ining o‘rtacha kimyoviy tarkibini aniqlaganlar. Meteoritlarning kimyoviy tarkibi Yer po‘stini kimyoviy tarkibiga juda o‘xshashdir. Bu hol Quyosh sistemasidagi osmon jismlarining kimyoviy tarkibi bir-biriga o‘xshashligini ko‘rsatadi.

Akademik A.Fersmanning fikricha Yer kimyoviy tarkibini 1,1% ni bilamiz, 3,6% ni oz-moz bilamiz, qolgan 93,3% ni uncha bilmaymiz. Vinogradovning hisobiga ko‘ra Yer po‘stidagi kimyoviy elementlarning miqdori quyidagicha: O2-46,5%, Si-25,7%, Al-7,65%, Fe-6,24, Ca-5,8, Na-2,8, Mg-3,23, K-1,34, H-0,18 tashkil yetadi.

Olimlarning izlanishi natijasida olingan ma’lumotlar, Yer qobig‘ini kimyoviy tarkibi va Yerning o‘rtacha kimyoviy tarkibi yuqoridagi ikki jadvalda taqqoslash uchun keltirildi. Norvegiyalik olim V.M. Goldshmidt fikricha Yerning ichki qobiqlari, u qaynoq bo‘lgan vaqtda kimyoviy tarkibi bo‘yicha ajralgan. Hozirgi vaqtda yuqori mantiya ultraasos jinslardan (eklogit, piroksenit, peridotit, amfibolit) tashkil topgan. Yer sharining havo va suv qatlamidagi issiqlik asosan Quyoshdan keladigan issiqlikning Yer shari bo‘ylab har xil tarqalishdan paydo bo‘ladi. Yer shari baland-past, o‘nqir-cho‘nqir shaklda bo‘lganligi va doimo o‘z o‘qi hamda Quyosh atrofida aylanishi tufayli uni Quyosh nurlari bir tekisda isitmaydi. Issiqlik Yerning havo va suv qatlamidan hatto uning qattiq qobig‘idan ham o‘tadi, lekin bir tekisda o‘tmaydi. Birinchidan, dengiz yuzasidan Yuqoriga har 100 metr ko‘tarilganda harorat 0,5 gradusga kamayadi; ikkinchidan, Yer yuzasining o‘simliklar bilan qoplanganligi, undagi havo va suv oqimlari ham Yer ichida issiqlikning o‘tishida katta rol o‘ynaydi. Ko‘p -yillik kuzatishlar Quyoshdan keladigan issiqlik Yerning qattiq qobig‘iga bir tekis o‘tib bormasligini ko‘rsatadi.

Download 176,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish