Umumiy ixtiologiya 64x84. indd



Download 41.07 Kb.
bet7/17
Sana20.02.2021
Hajmi41.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Baliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tashkil topgan. Uning asosi- ni umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dum suzgich qanotigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa pog‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (okunlarda 39–42 ta umurtqa bor).

Baliqlar rivojlanayotgan vaqtda uvildirig‘ida uning bo‘lajak umurtqasi o‘rniga xorda paydo bo‘ladi. Keyinchaliq xorda atrofi- da umurtqalar hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan baliqning umurtqalari orasida xordaning faqat tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi.

Har bir umurtqa tanadan va yuqorigi uzun o‘simta bilan tugal- lanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar umurtqa tana- si bilan birgalikda orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qi- ladi.

Tanasining gavda qismida umurtqalarga yon tomondan qo- vurg‘alar birikadi. Dum bo‘limida esa qovurg‘alar bo‘lmaydi: unda joylashgan har bir umurtqa pastki uzun o‘simta bilan tugallangan pastki yoy bo‘ladi.

Old tomonda bosh skeleti – bosh suyagi umurtqalar bilan mus- tahkam birikadi. Suzgich qanotlarining ham skleti bo‘ladi.

Ko‘krak juft suzgich qanotlarida ularning skleti yelka kamari suyaklari yordamida umurtqa pog‘onasiga birikadi. Baliqda juft qorin suzgich qanotlari skeletini umurtqa bilan birlashtiradigan suyaklar yaxshi rivojlanmagan.

Skelet katta ahamiyatga ega: u muskullar uchun tayanch va ich- ki organlarni himoya qilish vazifasini bajaradi. Barcha baliqlarning skeleti ularning muskullarini biriktirib turuvchi vazifani bajaradi. Baliqlarning butun skeleti umurtqa pog‘onasi, bosh skeleti, juft va toq suzgichlarining skeletidan iborat bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra tur- li guruhlarga mansub baliqlarning skeletlari bir-biridan farqlanadi. Baliqsimon – (minog va miskin)lar skeletining tuzilishi eng oddiy bo‘lib, o‘q skeleti (umurtqa pog‘onasi o‘rnida) butun orqa bo‘ylab cho‘zinchoq tolalar to‘plamidan – xordadan iborat. Uning faqat ayrim joylarigina tog‘aysimon qattiqlashgan bo‘ladi. Tog‘ayli ba- liq (akula va skat)larning o‘q skeleti ketma-ket birikkan, ikki mar- ta qayrilgan shakldagi alohida-alohida umurtqalar tizimidan tash- kil topgan. Akulalar qobirg‘ali bo‘lib, qobirg‘alari umurtqalaridan o‘sib chiqqan, skatlarning esa qobirg‘alari bo‘lmaydi. Bosh suyak- lari bir butun tog‘ayli qutichasimon bo‘ladi. Baliqlarning yoshi kat- talasha borgan sari tog‘aylari tuzlar bilan to‘yina borishi sababli, ular suyakka o‘xshab qattiqlashib qoladi.

Tog‘ayli-suyakli (osyotrasimon) baliqlarning skeleti suyak- simon bo‘lib, bu umurtqalar bir butun tog‘aydan tashkil top- gan. Bosh skletida suyaksimon qatlami mavjud. Suyakli (yuqori darajada shakllangan) baliqlarning skeleti suyakdan iborat bo‘lib, umurtqalari ikki marta qayrilgan. Umurtqalaridan esa umurtqa o‘simtasi va qobirg‘alari o‘sib chiqadi. Suyakli baliqlarning bosh suyagi o‘ta ko‘p mayda suyakchalardan iborat. Karpning bosh suya-

gi 99 ta, okunniki – 44 ta muskullararo joylashgan mayda suyak- lardan iborat. Suzgichlarining skeleti bir qancha nayzasimon qil- tiqli suyaklardan iborat bo‘lib, oraliqlari suzgich parda bilan qop- langan. Bu qiltiqlar tuzilishiga ko‘ra bir butun va bo‘g‘in-bo‘g‘inli ham bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘inli qiltiqlar shakliga ko‘ra tarqaladi- gan va tarqalmaydigan ko‘rinishda ham bo‘ladi. Masalan, okunsi- monlarning qiltiqlari tarmoqlangan bo‘g‘inli, karpsimonlarniki tar- moqlanmagan (silliq) bo‘g‘inli bo‘ladi.


Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat