Umumiy ixtiologiya 64x84. indd



Download 41.07 Kb.
bet6/17
Sana20.02.2021
Hajmi41.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Teri qatlami va rangi. Baliqlarning tanasi teri bilan qoplangan bo‘lib, uning ustki qatlami epidermis, ichki qismi haqiqiy teri yo- ki korium deb ataladi. Baliqlarning tanasi suyak tangachalar bi- lan qoplangan. Har bir tangacha oldingi chekkasi bilan teriga kirib turadi, orqa chekkasi bilan esa keyingi qatordagi tangachalarning ustiga yondashadi. Ularning hammasi birgalikda himoya qoplami- ni – tana harakatlariga xalaqit bermaydigan tangachalarni hosil qiladi. Baliq o‘sgan sari tangachalar ham yiriklashadi, ularga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Baliq terisidagi tangachalar plakoinli, gonoinli va suyakli tangachalarga bo‘linadi.

Plakoinli tangachalar akulalar, skat, kambala kabi tog‘ayli ba- liqlarga xos bo‘lib, ularning ildizi ichki bo‘shlig‘idan boshlanadi. Plakoinli tangachalar ba’zan terining tishi deb ham atalib, doimiy bo‘lmasdan ayrim hollarda tushib ham ketadi.

Usti emalga o‘xshash ganoin bilan qoplangan, shakli rombik- simon tangachali baliqlarning turlari bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Hozirgi osyotrsimon baliqlarning dum suzgichlarining ustki qismi uchlarigina qisman ganoin bilan qoplangan xolos.

Suyakli tangachalar suyakli baliqlarga xos bo‘lib, o‘z navba- tida, shakllan bir xil bo‘lgan sikloidli va ktenoidli tangachalarga bo‘linadi. Ktenoidli tangachalarning orqa qirrasida shpigi mav- judligi bilan sikloidli tangachalardan farq qiladi.

Tangachalarning katta-kichikligi ham bir-biridan farq qiladi. Ilonsimon baliqlarning tangachalari juda kichik, hind mo‘ylovli

baliqlarida esa birnecha santimetrgacha kattalikda bo‘ladi. Turli oilalarga mansub baliqlarning tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, karp- simonlarda sikloidli, okunsimonlarda ktenoidli bo‘ladi.

Qutb kambalasining urg‘ochilari sikloidli, erkaklari esa ktenoid- li tangachalar bilan qoplangan.

Tangacha tashqi tomondan shilimshiq qavat bilan qoplangan, bu shilimshiq modda teri bezlaridan ajraladi. Shilimshiq modda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va uni bakteriya hamda zamburug‘lardan himoya qiladi.

Okun turdagi baliq tanasining rangi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib, tubi qoramtir bo‘lgan o‘rmon ko‘llarida u to‘q rangda bo‘ladi, ba’zan esa u yerlarda hatto qora rangli baliqlar ham uchraydi. Tu- bi och rangli qum bilan qoplangan suv havzalarida oqish yoki yor- qin rangli baliqlar ham yashaydi. Chuchuk suv havzalarida yashay- digan baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o‘xshash to‘q-yashil tusda, qorin qismining rangi orqasiga qaraganda oqish- roq bo‘ladi. Orqasi ust tomondan qaraganda, ma’lum darajada suv tubining qoramtir rangiga o‘xshab ketadi. Baliqlarning oqish rang- li qorni suv yuzasining nim oqim fonida kam seziladi. Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqlarni yuqoridan qarab payqab olish qi- yin. Suv yuzasida suzib yurgan baliqqa pastdan qaraganda uni suv qatlamining oqish rangidan ajratib bo‘lmaydi. Baliqlarning rangi atrof-muhitga mos ravishda o‘zgarishi ham mumkin, chunki ba- liq rangining atrof-muhitga mos bo‘lishi uni dushmanlardan saq- lanishiga va o‘ljani poylashga yordam beradi, shuning uchun bu hodisa himoya rangi deyiladi.

Okun turdagi baliq tanasining yon tomonlari bo‘ylab boshidan dumigacha to‘q rangli ingichqa yon chiziqlar o‘tadi. Bu o‘ziga xos sezgi organi hisoblanadi.




Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat