Umumiy ixtiologiya 64x84. indd



Download 41.07 Kb.
bet4/17
Sana20.02.2021
Hajmi41.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Urchuqsimon. Bunday ko‘rinishdagi baliqlarning boshi uchli, ponasimon, tanasi urchuqsimon bo‘lib, dum tomoniga qarab yassi- lanib boradi. Bu guruhga yaxshi suzuvchi, suvning har qanday qat- lamida yashay oladigan karp, okun, seld, los, treska kabi baliqlar kiradi.

  • Nayzasimon. Bunday ko‘rinishdagi baliqlarning tanasi cho‘- zinchoq, toq sonli suzgichlari dum tomoniga yaqin joylashgan bo‘lib, ular uzoq masofaga suzishga moslashmagan, o‘ljasini poylab kutib turadi, yaqinlashgach esa unga o‘qday otilib tashlanadi. Bu guruhga cho‘rtan, soxta quruq burun, sargan kabi baliqlar kiradi.

  • Tasmasimon. Bunday ko‘rinishdagi baliqlarning tanasi yon- boshlaridan yassilangan bo‘lib, tasmaga o‘xshaydi. Ular asosan tinch suv havzalarida yashab, sekin, ilonga o‘xshab harakat qiladi. Bu guruhga qilich baliqlar kiradi.

  • Ilonsimon. Bunday ko‘rinishdagi baliqlarning tanasi ilon va chuvalchanglarnikiga o‘xshash, uzun hamda ko‘ndalang kesimi yu- maloq bo‘ladi, Suzish paytidagi harakati ham ilonlarning harakati- ga o‘xshaydi. Ularning suzgich qanotlari bo‘lmaydi va asosan suv

    o‘tlarining orasida yashaydi. Bu guruhga ugor va dengiz ignasi ka- bi baliqlar kiradi.

    1. Yalpoqsimon. Bunday baliqlarning tanasi yonboshlaridan (kambala) yoki orqa va qorin tomonidan (skat) yassilangan bo‘lib, ko‘zlari tanasining bir tomonida joylashgan. Bunday baliqlar suv- ning pastki qatlamida yashashga moslashgan bo‘lib, sekin suzadi.

    2. Sharsimon. Bunday shakldagi baliqlarning tanasi deyarli sharsimon bo‘lib, dum suzgichi sust rivojlangan. Bu guruhga pina- gor kabi baliqlar kiradi.

    Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki tanasining tashqi tuzilishiga ko‘ra barcha baliqlarni aniq bir tipga kiritish qiyin.

    Baliqlarning butun tanasini boshi, asosiy tanasi, dumi va suz- gich qanotlari kabi 4 qismga bo‘lib o‘rganiladi.

    Tumshug‘ining oldingi nuqtasidan jabra qopqog‘ining orqa tir- qishigacha bosh qismi, jabra qopqog‘ining orqa tirqishidan chiqa- ruv teshigigacha asosiy tana qismi, orqa chiqaruv teshigidan dum suzgichigacha dum qism hisoblanadi.

    Bosh qismida og‘zi, burun teshiklari, ko‘zlari, jabrasi va ba’zi baliqlarda sachratkichlari bo‘ladi.



    Baliqlarning organ joylashishiga qarab yuqoriga, to‘g‘riga, yarim pastga, pastga qaragan, har tomonlama harakat qiladigan, ba’zilariniki esa suzgichsimon bo‘ladi.

    Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo‘shilib ketgan. Shu- ning uchun baliqlar tanasining suyri shaklda bo‘lishi va tuzilishi suvning qarshiligini yengib tez harakatlanishga imkon beradi.

    Sazan va ko‘pchilik baliqlar tanasining oldingi uchida, ya’ni boshining suyri yuqori qismida voronkaga o‘xshash keng ochila- digan og‘iz teshigi, boshining ustida ikki juft kichikroq teshik – hid bilish organlariga ochiladigan burun teshiklari ko‘rinib turadi. Boshining ikki yon tomonida ikkita yirik qovoqsiz ko‘zi bor.


    Download 41.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    ta’lim vazirligi
    O’zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    zbekiston respublikasi
    axborot texnologiyalari
    o’rta maxsus
    davlat pedagogika
    nomidagi toshkent
    pedagogika instituti
    guruh talabasi
    texnologiyalari universiteti
    toshkent axborot
    xorazmiy nomidagi
    navoiy nomidagi
    samarqand davlat
    haqida tushuncha
    ta’limi vazirligi
    toshkent davlat
    nomidagi samarqand
    rivojlantirish vazirligi
    Darsning maqsadi
    vazirligi toshkent
    tashkil etish
    Toshkent davlat
    Alisher navoiy
    Ўзбекистон республикаси
    matematika fakulteti
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    bilan ishlash
    pedagogika universiteti
    sinflar uchun
    Nizomiy nomidagi
    o’rta ta’lim
    таълим вазирлиги
    fanining predmeti
    maxsus ta'lim
    fanlar fakulteti
    tibbiyot akademiyasi
    ta'lim vazirligi
    махсус таълим
    umumiy o’rta
    Referat mavzu
    ishlab chiqarish
    haqida umumiy
    fizika matematika
    Toshkent axborot
    vazirligi muhammad
    universiteti fizika
    Fuqarolik jamiyati
    Navoiy davlat