Умумий саволлар



Download 93,32 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi93,32 Kb.
#669763
Bog'liq
tarixdan javoblar 1-13


Умумий саволлар

  1. Ўрта Осиё масаласида Англия билан Россия ўртасида рақобат. (Ангилия-Россия муносабатлари, элчилик, махфий ҳужжатлар, хариталар, қрим уруши)

1.
Angliya-Rossiya raqobati. XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afiika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. XIX asr o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala davlat bir-biridan yashirin ravishda O’rta Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron sulolalar bilan til topish yo’llarini qidirardi, shu maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, Rossiya qozoq cho’llari va Sibir tomondan harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z ta’sir doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydalanish, o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati kundan-kunga kuchayib bordi. Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish podshoalarini ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan E.K.Meyendorf 1824-yildayoq Buxoroda bo’lgan, ammo maqsadiga erishaolmay shu yerda halok bo’lgan edi. 1831-1833-yillarda mazkur kompaniya leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi. Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati-mayor Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan Turkiya homiyligida-mayor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845- yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki- marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi. Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Rossiya imperiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi.
Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo- Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847-yilda Yettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860-yilda Qo’qon xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola boshladi. Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861-yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta Osiyoni egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi.

  1. Тарихни ўрганишда инсонпарварлик, ватанпарварлик, миллий истиқлол ғоясига асосланиш тамойиллари. («Тарих–халқ маънавиятининг асосидир», инсонпарварлик, ватанпарварлик, миллий истиқлол).

2.Yurtboshimiz Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Tarix - xalq manaviyatining asosidir» kabi asarlarida ilgari surilgan nazariy-mеtodologik muammolari, O’zbеkiston tarixining ilmiy mеtodlari va mеtodologik tamoyillari haqida gapirib o’tganlar. Ular quyidagilardan iborat:
- tarixiy hodisa va voqеalarni, hujjat va faktlarni ilmiy holisona va halol o’rganish va tahlil qilish;
- tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o’ganish, tahlil qilish;
- tarixni haqqoniy ob'еktivlik, tarixiy-falsafiy, mantiqiylik asosida o’rganish va yozish;
- tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e'tiborli bo’lish;
- xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, talantli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o’rniga alohida e'tibor bеrish;
- tarixiy voqеa va hodisa, hujjat va faktlarni to’g’ri va noto’g’riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
- tarixni o’rganishda tarixiy univеrsallikka amal qilish;
- tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o’rganish;
- etnografiya, arxеologiya, antropologiya, gеnеologiya va boshqa fanlarning yutuqlari, hamda usullaridan foydalanish;
- tarixni o’rganishda vorislik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.

  1. Маздак ҳаракати ва унинг асосий ғоялари. (Маздак Ҳамадоний, «зан», «зар», «замин» тенглиги ғояси, Кубодшоҳ)

3.Mozdakiylik ta’limotining asoschisi mozdakiylar harakatining rahbari Mazdak xalk ommasining zardo‘sht kohinlari va zodagonlariga qarshi kurashni boshqargan. Bu harakat ta’sirini pasaytirish maqsadida Yeron shohi Qubod I (488-531) Mazdakni qo‘llab quvvatlagan yedi. Mazdak Qubod hukmronligi davrida avval otashgohlarning birida kohin, keyinchalik butun Yeron bo‘yicha bosh kohin bo‘lgan. Kohinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod bo‘lgandan so‘ng Qubod I Mazdak bilan aloqani uzgan. 529 yili mazdakiylar harakati bostirilgan. Mazdak qatl yetilgan.
Mazdakizm diniy-falsafiy ta’limoti (5-6 asrlarda) Yeronda keng tarqalgan. Mazdak ta’limotiga ko‘ra olamda bo‘ladigan voqea, hodisalar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi yezgulik, yorug‘lik manbai bilan ko‘r-ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong‘ulik (johillik) manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «axshilik»ning «yomonlik» ustidan muqarrar g‘alabasi bilan tugallanadi. Mazdakizm ijtimoiy tengsizlikni yo‘qotish uchun kurashga da’vat yetgan mazdakiylar harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Mazdakiylar harakati bostirilgan bo‘lsa ham (6 asr) Mazdak ta’limoti keyingi asrlar davomida Yeron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlar, shahar kamba-g‘allarining feodal zulmiga qarshi, keyinchalik Markaziy Osiyoga Islom tarqalgach, unga va arablar istilosiga hamda xokimiyatiga qarshi (Muqanna, Bobak qo‘zg‘olonlari) kurashning g‘oyaviy bayrog‘i bo‘lib xizmat qildi.
MIZDAKXON qal’a va Mazlumxon Suluv tarixiy obidalarini o‘z ichiga olgan kompleksning keyingi atamasi. Ilmiy izlanishlarda Govur qal’a yeramizdan avvalgi 1–ming yillikning o‘rtalaridan yeramizning XI–asriga qadar Mizdakxon deb atalib kelinganligi haqida yoziladi. Zardusht dining bosh xudosi Axura Mazdaning nomi qal’aning shunday nomlanishiga asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo u holda ikki narsaga oydinlik kiritish zarur. Birinchidan, qal’aning yeramizdan avvalgi III asrdan boshlab ko‘p davrlar mobaynida Antiox deb nomlanib kelinganligi xususida yuqorida aytgan yedik. Ikkinchidan, qadimgi Sharq toponimlarining orasida zarostrizm dinida ulkan salmoqqa yega mazdakiylik ta’limoti bilan bog‘liq atamalarning ham ko‘p uchrashini yodimizdan chiqarmasligimiz kerak.
Ta’limotning asosini yaratgan Mazdak Ibn Xamdodon yeramizning 470 – 529 yillarida yashagan bo‘lib, avval olovga sig‘inadigan diniy makonlarning birida, keyinchalik Yeron bo‘yicha bosh qohin (diniy boshchi) lavozimini yegallagan. Tishunoslik fani jihatdan qaraydigan bo‘lsak ham Mizdakxon toponimiga Axura Mazdaga qaraganda Mazdak ismining asos bo‘lganligi yehtimoli yuqori. Agar qal’aga nisbatan Mizdakxon atamasi yeramizning VI – VII asrlaridan boshlab ishlatilgan deb hisoblasak, ne uchun antioxiya atamasining ham asrlar davomida teng yashab kelganligini tushinish mumkin.
Kitoblarda mazdakiylarning xorazmga keng tarqalganligi, hatto arablar kelganidan so‘nggi bir necha asrlar davomida ham mahalliy aholini mazdak ta’limotiga sig‘inib kelganligi xususida yozilgan. Arablarga qarshi bir necha marta qo‘zg‘alishlarga xam mazdakiylik sababchi bo‘lgan.
Yeramizning V-VI asrlarida Yaqin va O‘rta Sharq mamla-katlarida keng tarqalgan Mazdakiylik diniy-falsafiy ta’-limotida ham inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bisyor yedi. Mazdakiylik ta’limotidagi inson to‘g‘risidagi qarash-lar moniychilik ta’siri ostida shakllandi. Ushbu ta’limot-ning asoschisi Mazdak ibn Hamadon (470-529) yedi. Zardusht ta’limotining asosida yakka Xudolik yotgan bo‘lsa, Mazdak ta’limoti ko‘p Xudolikka asoslangan yedi.
Mazdak qarashlariga binoan, butun borliq suv, olov, ha-vo, tuproqdan tashkil topgan. Xuddi shu unsurlarning qo‘shi-lib turishi olamda salbiy hodisalar, voqelarni vujudga keltiradi. Bu hodisalar, voqealar, o‘z navbatida, yaxshilik va yomonlik, ular orasidagi to‘Qnashuvning sodir bo‘lishiga olib keladi. Kurash asta-sekin yomonlik ustidan yaxshilik g‘a-labasini ta’minlaydi.
Mazdak ta’limotiga muvofiq, olamda bo‘layotgan o‘zga-rishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati yezgulikka baxshi-da yetilsa, yezgulik, albatta, yovuzlik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf yetish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini yegallar yedi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasida sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U mulkning ayrim kishilar qo‘lida to‘planib borishiga, oddiy, qashshoq kishi-larga hukmdorlarning zulm o‘tkazishlariga Qarshi chiqdi. Birinchi bo‘lib, xotin-qizlar va yerkaklar tengligini himoya qilib, o‘sha zamon ayollariga bo‘lgan munosabatlarni qattiq Qoraladi. Xotin-qizlarning aqliy imkoniyatlari yerkaklar-nikidan kam yemasligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi va uni asoslab berdi. O‘sha zamon amaldorlariyu boyvachchalarining xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirgan qabih ishlarini, ularning insoniy haq-huquqlarini oyoq osti qilayotganlik-larini fosh yetdi. Xotin-qizlar maxsus saroylarda, xaram-xonalarda saqlanayotganligini qattiq Qoraladi va unga qar-shi kurashga da’vat yetdi. Xuddi shuning uchun ham Mazdak qa-rashlari keng mehnatkashlar ommasi orasida tez yoyildi.
Yeron va Turon xalqlarining islomga qadar bo‘lgan in-son to‘g‘risidagi falsafiy qarashlarini qadimgi Sug‘d yozma yodgorliklaridan ham bilib olish mumkin[1].
Ana shunday mada-niy yodgorliklardan biri “Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari” sutrasidir2. Buddizm ta’limoti ta’sirida vujudga kelgan ushbu asarning yetakchi g‘oyasi odamlarni yaxshi-lik, yezgulik tomon boshqarish, ularni ma’naviy yetuk, iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sug‘d sutrasida, ya’ni diniy-axloqiy pandnomasida ta’kidlanishicha inson ma’naviyatining asosida dinu ye’tiqodga sadoqat yotmog‘i dar-kor. Dinu ye’tiqodga sadoqat inson hayotining ma’nosini tashkil yetmog‘i lozim. Rahm-shafqat, saxovatpeshalik, jaho-latni yaxshilik bilan yengish, muslih tabiatli bo‘lishga chor-lash, tirik jonzotlarga ozor yetkazmaslik, miskin, beva-bechoralarga sidqidildan yordam berish, din va dindorlarga, bilimli ziyolilarga izzat-ikrom, dinning turli belgilari, ramzlari, muqaddas qadamjolariga, ibodatgohlariga va ular-ning turli qismlariga hurmat, muqaddas kitoblarga yuksak ixlos va ye’tiqod va boshqa ko‘plab insoniy xislatlarni shakllantirish sutraning asosiy mazmunini tashkil yetadi.
“Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari”da in-son taqdirining turli ko‘rinishlari: “Birov shodu-xandon, birov xonavayron, yana birov past, birovi baland, birov qul, birov farmon yetuvchi butkul, yana birov tuzalmas dardmand, boshqasi sog‘lom, sarbaland, birov ulkan, lekin hukmu buy-ruqlarni bajaruvchi mute, birov kichkina, lekin u hukmron, uning qo‘lida qancha odamlar tobe, birov umrzoq, boshqa kim-sa o‘lim topadi ona qornidayoq...[1].
Ko‘rinib turibdiki, inson taqdiri turli-tuman bo‘lga-nidek, uning qilmishlarining sabablari ham turlicha bo‘-ladi. Xuddi shuning uchun ham, inson bugungi taqdirining sabablarini uning o‘tmishdagi xatti-harakatidan, bir ibora bilan aytganda, uning o‘zidan izlash zarur.
Sug‘dlarning buyuk madaniy yodgorligida ta’kidlani-shicha, insonning bugungi taqdiri o‘tmishda qilgan ishlariga berilgan mukofot yoki jazodir. Insonning taqdiri qayta tug‘ilishi (sajara) natijasidir. O‘tmishda qilgan yaxshi ish-lariga qarab inson jamiyatda martabasi ulug‘, hurmat-e’ti-borli, boy-badavlat, shodu-xurram bo‘lib tug‘iladi. Inson o‘z nafsi qabohatlaridan qutilsa, qilgan yaxshi ishlari vosita bo‘lib, qayta tug‘ilganda Budda bo‘lib tug‘iladi. Ko‘rinib tu-ribdiki, qadimgi sug‘d yozma merosi “Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari” sutrasi, inson o‘ziga berilgan bu-gungi hayoti davomida faqat yezgu ishlar qilib, o‘zining ru-hini va tanini turli noxushliklardan tozalashi zarur. “Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari” kitobi umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lovchi yuksak va teran g‘oyalar targ‘ibotiga qaratilgan yedi.
Shunday qilib, Yeron va Turonda qadimgi zamonda keng tarqalgan zardushtiylik (eramizdan avvalgi VII-VI asrlar), moniylik (eramizning III-IV asrlari), mazdakiylik (eramiz-ning V-VI asrlari) ta’limotlarida, shuningdek qadimgi Sug‘d pandnomasida (sutrasida) inson to‘g‘risida fikr-muloha-zalar ko‘p yedi. Ushbu ta’limotlar Yaqin va O‘rta Sharq xalq-lari azaldan, inson kamoloti, ayniqsa uning ma’naviy-ax-loqiy pokligi, iymon-e’tiqodi bilan amaliy faoliyatining mushtarakligiga ye’tiborni qaratganligidan dalolat beradi. Ushbu ta’limotlarda ona Vatanga muhabbat, kattalarga hur-mat, kichikka g‘amxo‘rlik, ayniqsa yoshlar tarbiyasida katta-larning shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishi kabi insonparvarlik g‘oya-lari olg‘a suriladi. Odamlarni yezgulikka, yaxshilikka unda-di, tinchlik, osoyishtalik, halol mehnat har tomonlama ulug‘-landi. Bu yesa o‘z navbatida zardushtiylik, moniylik, mazda-kiylik ta’limotlari qadimgi Yeron va Turon jahon sivili-zasiyasining yirik markazlaridan biri yekanligidan dalolat beradi.



  1. Манғитлар даврида Бухоро амирлигининг ижтимоий ва давлат тузуми. Маданий ҳаёт. (Муҳаммад Раҳимбий, 1747 йил, Дониёлбий, Амир Муҳаммад, «Айи ул-ҳикмат», Амир Насрулло)

4.Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan biri mang’itlarning nufuzi baland edi. Bu qabila hokimiyat to’la ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qildi. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo’lish uchun astoydil kurashdilar va Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar. Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgach Rahimbiy o’z qo’shini bilan Buxoroga qaytib keldi va o’zining muntazam qo’shiniga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qila boshladi. So’nngi ashtarxoniy Abulfayzxon uni otasining o’rniga tayinlashga majbur bo’ldi. Nodirshoh 1747-yilda o’ldirilgandan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochdi. Uning buyrug’I bilan Abulfayzxon o’g’li Abdulmo’minni o’tqazdi va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad Rahimbiy soxta xonlarni ham qatl ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni to’la egalladi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub emas edilar. Shuning uchun mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb atadilar.
Doniyolbiy(1758-1785)-Buxoro hukmdori.Mang’itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. 1758-yil 24-martda Muhammad Rahim vafotidan so’ng uning o’g’illari bo’lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi-Fozilto’ra o’tqazilgan, Miyonkol hokimi bo’lgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi bo’lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko’tarib, 10ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko’ra Fozilto’rani taxtdan tushirib, o’rniga ashtarxoniy shag’zodalardan bo’lgan Abulg’ozi xonlik taxtiga o’tqazilgan. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham o’zaro urushlar davom etib, Karmana, O’ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh ko’tarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 o’zbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasliginibildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan ancha past bo’lganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab bo’lgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qo’shin ta’minoti uchun ko’plab qo’shimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o’ziga qarshi qo’yib qo’ygan edi. 1784-yil Buxoroda qo’zg’olon ko’tarilib, unda mingga yaqin kishi o’ldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obro’-e’tibori baland bo’lgan o’g’li Shohmurodga topshirishga majbur bo’ldi.
Mang’itlardan bo’lgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha:
“Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur bo’lgan, lekin davlat(moliya)ishlari bilan qiziqmagan. Doniyolbiy davrida me’moriy yodgotliklardan “Xalifa Xudoydod” majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-yil) qurilishi boshlangan.
Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826).
Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.
Nasrullaxon Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun Qoʻqon xonlari tomonidan tortib olingan Xoʻjand, Ura-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi (1840—42). Fargʻona vodiysi ulamolarining tala-bi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixotsh qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabetmnp ham oʻldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahal-liy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirdi. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketadi. Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga boʻysindiradi (1843). Shuningdek, Nasrullaxon qoʻshini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan soʻng Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valineʼma)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi.
Nasrullaxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya man-faatlari oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi.
Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy "Fathnomai sultoniy" ("Sulton fathnomasi") asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yoshAhmad Donish Nasrullaxon nazariga tushib, sa-royga xizmatga olingan. Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.

  1. Ўзбекистон тарихининг фан сифатидаги ўрни. Унинг предмети ва ўрганиш объекти. (Ўзбек халқи давлатчилиги, этник шаклланиши, тсивилизатсия, тарих фалсафаси, мустақиллик).

5.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib qtgan uzoq va murakkab tarixiy yqlini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona qrganishdan, tushuntirishdan iboratdir. «O‘zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yqliga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini qrgatadi. «O‘zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi kqzgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
O‘zbekistonning, qzbek xalqining boy, betakror tarixi bqlib, uning qziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bqlish mumkin:
1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr.
2. Qrta asrlar davri.
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
4. Sovetlar istibdodi davri.
5. Milliy istiqlol davri.

Tarix falsafasi - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.


Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.
Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
Sharq Tarix falsafasi bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.

Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o‘tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko‘pgina xalqlarni, jumladan, o‘zbek xalqini o‘z tarixidan judo qilish, ularni qz qtmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qqyildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga qqitish va qrgatishga izn berilmadi. Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi qz qrnini topdi, barcha qquv maskanlarida talaba-qquvchilarga Vatan tarixini qqitish davlat siyosati darajasiga kqtarildi, Vatan tarixini qqitish yqlga qqyildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bqlmaganidek, qz tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bqlmaydi», «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yqq», «Qzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bqlish - hayotdan judo bqlish demakdir»4 degan ifodali sqzlari va kqrsatmalari dasturilamal bqlib xizmat qilmoqda.





  1. Эфталийлардавлатинингшаклланиши, унингҳудудийўрни. (457 йил, Вахшунвор эфталон, Чоғониён, Тоҳаристон, Бадахшон)

Eftallar davlati. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan. Yozma manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan bo‘lib, bu nomlar Eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar” dan olingan.
ü Eftallar davlati - ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan
Eftallar V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuborgan.
Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘z 484-yilda eftallarga qarshi bo‘lgan urush Pero‘zning halokati bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgan sosoniylar ularga kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to‘lab turganlar.
ü Boj - o‘lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga to‘lanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov 
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor - Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan.
V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm, So‘g‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan.

Badaxshon (toj. Бадахшон; fors. ﺑﺪﺧﺸﺎن) – tarixiy va tabiiy oʻlka. Amudaryoning yuqori oqimida, daryoning har-ikkala sohilida joylashgan. Hududi butunlay togʻlar bilan qoplangan.


Badaxshon Pomir togʻlarining bir qismi boʻlib, ikki oʻlkadan iborat: 1) Gʻarbiy Pomirni ishgʻol qilgan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (Tojikiston Respublikasi); 2. Shimoli-sharqiy Afgʻonistonni ishgʻol qilgan katta oʻlka. B. qadimdan savdo markazi boʻlib, chetga laʼl, yoqut va zumrad chiqargan. Laʼlni badaxsh yoki balaxsh deb yuritganlar. B. toponimi shundan olingan boʻlishi ehtimol. Miloddan avvalgi 2-asrda B. Toharistonga, soʻng Kushon podsholigiga tobe boʻlgan. 5–6-asrlarda eftalitlar, 8-asrda arablar, 12-asrning 2-yarmida gʻuriylar, 13-asrning 1-choragidan moʻgʻullar qoʻl ostida boʻlgan. B.da 15–16-asrlarda temuriylar hukmronlik qilgan. 1520 yil Bobur B.ni oʻgʻli Humoyunga topshirdi. 1584 yil B.ni Abdullaxon II egallagan. 17-asrda ashtarxoniylar, keyinroq Dahbed (Samarqand) sayyidlaridan Mir Yorbek (1656– 1706) asos solgan sulola hukmronlik qildi. Mir Yorbek B.ning poytaxti Fayzobod (Juzgʻun) shahriga asos solgan. B.da 18–19-asrlarda hukmronlik Qunduz beklariga oʻtgan. 1872 yilda tuzilgan rus-ingliz ahdnomasiga muvofiq Buxoro xonligi bilan Afgʻonistonning B.dagi chegarasi Panj daryosi deb hisoblandi. 1873 yil Afgʻoniston xoni Doʻstmuhammadxon B.ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan (yana qarang Afgʻoniston).
Toxariston, Toʻxoriston - hozirgi Jan. Oʻzbekiston, Jan. Tojikiston, Shim. Afgʻonistonni oʻz ichiga olgan tarixiy viloyat. Shim.da Hisor togʻlari, Jan.da Hindukush, Gʻarbda Murgʻob va Herirud daryolari, Sharqda Pomir bilan chegaralangan. "T." nomi mil. av. 2-asrda YunonBaqtriya podsholigini tugatgan koʻchmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va arab tarixchi, geograflari (9—13-asrlar) "T." atamasini 5-asrdan 13-asrgacha qoʻllagan. T. mil. 1— 4-asrlarda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning oʻzagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, T. alohida mulklarga boʻlinib ketgan. 7-asr boshida Syuan Szanning soʻzlariga koʻra, T. 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shim. Afgʻonistonda), Termiz, Chagʻoniyon, Xuttal va boshqalardan iborat boʻlgan. 5 —6 a.larda T. mulklari eftaliylarta, 7-asrda Turk xoqonligiga tobe bulgan. 618 y. turk xoqoni Tun yabgʻu (618 — 630) T.ni toʻngʻich oʻgʻli Tardushodga topshirgan. U yabgʻu unvoni bilan T.da hukmronlik qilgan turkiy sulola asoschisi boʻlgan. 8-asrning 1yarmida T.ni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Gʻuriylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asr boshida T. moʻgʻullar istilosi natijasida vayron qilingan. Oʻzbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar T. Oʻrta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi boʻlganligini koʻrsatdi. T. Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdomadaniy aloqalar oʻrnatgan. Kushonlar va ilk oʻrta asrlarda T. Markaziy Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol oʻynagan. 9— 13-asrlarda T. islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri boʻlgan.

  1. Хивахонлигинингташкилтопишиваундагиижтимоий-иқтисодий, маданийҳаёт. (1511 йил, Абулғозихон, «Шажараитурк»,Элбарсхон, шохИсмоил)

7.1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormaydi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshladi. Bu kurashga mahalliy aslzodalar boshchilik qildi. Xorazmni Eron safaviylaridan ozod qilish va mustaqil davlat tuzish uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o’sha davrda Xorazmning markazi bo’lgan Vazir shahrining qozisi Umar qori bo’lgan.
Xorazmning bo’lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga ega bo’lishi juda ham muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo’lgan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni taklif etadilar. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan bir shajaradan bo’lsada, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. Elbarsxon 1512-yil Xorazm taxtiga o’tqazildi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko’chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga ’’g’ozi’’ laqabini qo’yib aytishni buyurdi.

XVII asrda yaratilgan va Xiva xonligi vujudga kelgan davrdan to XVII asrning 2-yarmigacha bo’lgan davr tarixini yoritishga xizmat qiluvchi eng muhim mahalliy manbalardan biri Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» asaridir. Abulg’ozixon o’zining «Shajarayi turk» asarida Xiva xonlarining tashqi siyosati, hamda chet davlatlar bilan aloqalari haqidagi muhim ma’lumotlarni bayon etadi.


Asarda tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar ko’p o’rinlarda eslatiladi. Unda shoh Ismoil vafotidan so’ng Xiva-Eron munosabatlari nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Jumladan, Buchg’axon hukmronligi davrida shoh Tahmaspning xonlikka elchi yuborganligi haqida berilgan ma’lumot diqqatga sazovor:
«MEN XONG’A O’G’UL BO’LAYIN DEYTURURMAN. TEMURBIY ChINGIZXON AVLODINA KUYoV BO’LDI ERSA, HANUZGAChA ANI TEMUR KO’RAGAN DEYTURURLAR. MEN HAM ChINGIZXON AVLODINA KO’RAGAN BO’LMOQNI KO’NGLIM IZLAY TURUR. TO XUNKORDEK ULUG’ DUShMANIM AYTQAY KIM ShOH TAHMOSIB O’ZBEK PODShOHINING QIZIN OLDI; YaXShI YaRAShDI».
Bundan Eron shohining Buchg’axon jiyaniga uylanib o’rtadagi aloqalarni nikoh munosabatlari bilan mustahkamlashga intilishida siyosiy maqsad ko’zlanganligi, Eron shohining Amir Temurning Chingiziylarga kuyov bo’lgani kabi Xorazm xoniga kuyov bo’lmoqchi ekanligi bu davrda Xiva xonligida xon hokimiyati nisbatan mustahkam ekanligi ko’rinadi.
Dinmuhammadxon davrida vaziyat birmuncha o’zgaradi. Asarda Abulg’ozixon «Dinmuhammadxon bir erda farog’at turqudek kishi ermas erdi. Hamisha qizilboshni chopdi. Ul sababdin Shoh Tahmosib lashkar yubordi» deya qayd etadi.
Xiva xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) davrida Eron saroyi bilan o’zaro aloqalar va yozishmalar ayniqsa, kuchayib, nisbatan muntazam tus oladi. Bu davrda Xivaning Buxoro xonligi bilan keskinlashgan munosabatlari Xiva-Eron siyosiy aloqalarning mustakamlanishiga xizmat qilgan. Chunki, Abdullaxon II singari kuchli raqibga qarshi kurashda bir tomondan kuchli ittifoqchiga ega bo’lish, yoki hech bo’lmaganda, ikki davlat o’zaro urushayotgan davrda uchinchi davlatning betarafligini ta’minlash zarur edi.
XVII asr boshlarida o’zaro sulolaviy kurashlar Buxoroda bo’lgani singari Xiva xonligida ham avj oldi.
Hojimxondan so’ng taxtga o’tirgan Arab Muhammadxon va uning o’g’illari Elbars va Habash sultonlar o’rtasidagi ziddiyat hokimiyat uchun jiddiy kurashlarga aylanib ketgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, tashqi siyosatda Xiva xonlari Eron shohlari bilan barqaror bo’lmasa-da har qalay doimiy aloqalarni saqlab qolganlar va bunday munosabatlardan o’z navbatida, Eron shohlari ham manfaatdor edilar.
Ma’lumki, xonliklar davrida rus davlati bilan ham aloqalar o’rnatilgan edi. Ularning aksariyati, asosan XVII asrning oxiri hamda XVIII asrda amalga oshirilganligiga qaramay, albatta bu davrgacha ham O’rta Osiyo xonliklari va rus davlati o’rtasida o’zaro savdo munosabatlari shakllangan edi. «Shajarayi turk» asarida bunday savdo aloqalari haqida deyarli ma’lumot keltirilmagan. Faqatgina bir o’rinda «Biz dunyog’a kelgan yilining avval bahorinda o’n etti kishi o’rusg’a savdog’a ketar» deyiladi. Biroq bundan Rossiyadan xonlikka qanday mahsulotlar
keltirilishi yoki olib borilishini tushunish qiyin.
Buxoro xonligi bilan munosabatlarda esa «Shajarayi turk»da asosan urushlarning sabablari, qay tarzda kechganligi, natijalari bayon etiladi. Masalan, Ubaydullaxonning Xivaga yurishiga o’sha davrda Xiva xonligidagi o’zaro ichki kelishmovchiliklar sabab bo’lganligi, Ubaydullaxonning qulay vaziyatdan foydalanib Abulxayrxon o’g’illari Toshkentda Baroqxon, Samarqandda Javonmardxon, Hisordan Mamza Mahdiyning nabiralari bilan ittifoq tuzib yurish qilganligi haqida ma’lumot berilgan. Abdullaxon II ning Xivaga yurish qilishi haqida esa «Abdullaxon ikkinchi kelganining zikri»da yurishning uch sababi sanab o’tiladi.
Abulg’ozi Bahodirxonning asarida Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot, xalqning turmush kechirishi, xonlikdagi soliq tizimi, xonlar faoliyatidagi o’ziga xos ijobiy tomonlar va ba’zi xatolar, o’zaro ichki va tashqi kelishmovchiliklar va urushlar haqidagi ma’lumotlarni batafsil yoritishga harakat qilingan. Tashqi siyosat masalalari yoritilayotganda esa, asosan Xiva xonligining siyosiy va harbiy aloqalari qayd etiladi. Biroq Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo munosabatlari haqidagi ma’lumotlar juda oz. Abulg’ozixon yashagan davrda turli nizolarning ko’payganligi balki muallifni ko’proq siyosiy jihatga e’tibor berishga undagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsa-da asarni o’rganish Xiva xonligining tashqi aloqalari haqida yaxshi tushunchaga ega bo’lish imkonini beradi.

  1. Ўзбекистонтарихиниўрганишнингметодологиктамойиллари, унингжаҳонтарихибиланбоғлиқлиги. (Илмийлик, миллийлик, умуминсонийлик, тарихий-фалсафиймантиқийлик, умуминсонийбирлик)

8.Tarixiy voqealarni qrganishda tqg‘ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni qqitish va qrganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bqysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga- ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag‘allar, mulkdorlar va yqqsillar tarixiga bqlindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag‘allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bqysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in qilindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bqlindi. Dinga e’tiqod qilganlar idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini qrganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yqqotib yuborildi. Oqibatda kqpgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. g‘sh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb qrgatildi. Tarix faqat jangu jadal urushlardan iboratdek qilib kqrsatildi.


Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bqlgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bqldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni tqg‘ri yoritish va qrganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik printsiplarga tayanmoq zarur. Dialektik metod ana shunday printsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bqladigan hodisalar, voqealar umumiy va qzaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bqladi deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy dunyoni uzviy bog‘liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, qzgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog‘lanishda olib qrganish qoidalarini yaratdilar. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O‘zbekiston tarixini, qzbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‘liq holda qrganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, qziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog‘lanishdadir. Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi kqpgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bqlib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug‘, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo qzaro ta’sirda va aloqada bqlganlar, qqshilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog‘liq qtgan. Shu sababdan O‘zbekiston tarixini qqshni mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama- qarshi qqymagan holda qrganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg‘on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O‘zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama qrganishga imkon yaratadi, kqmaklashadi. Tarixiy voqea, hodisalarni qrganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik printsiplardir. Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni qrganayotganda ular bilan bog‘liq bqlgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, qzaro aloqada va munosabatda deb qrganish darkor.
Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «Qzbek olimlarining kuch g‘ayratlari bilan, - deb yozadi I.A.Karimov, - tariximizning kqpdan kqp g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, qtmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bqlindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1 . Tarixni qrganishda tarixiylik printsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni qz davrining aniq tarixiy sharoitidan, qsha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda qrganishni taqazo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‘lab qrgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi qrnini tqg‘ri aniqlash, belgilash mumkin bqladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bqlagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bqlganligini, bu hodisa qz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib qtganligini, keyinchalik u qanday bqlib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bqlsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bqldi, ikkinchidan, u qz taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib qtdi, uchinchidan, uning tarixiy qrni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bqladi. Tarixiylik printsipi xalqning qtmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, qtmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yqldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bqlgan avlod tarix fani orqali qtmishni yaxshi bilmog‘i lozim. Qtmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni tqg‘ri tasavvur etamiz.
Ijtimoiy yondashuv printsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yqlboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga kqrsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yqldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.

Mamlakatimiz tarixini qrganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf- odatlari, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bqlib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bqlish, birinchisini qoralashdan iborat lenincha yqriqnomaning naqadar zararli ekanligini kqrsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, kqpgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Tarixni qrganishda yuqorida qayd etilgan metodologik printsiplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni qtkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Vatanimiz tarixini tadqiq etish, qrganishda uni tqg‘ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, bizning Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g‘oyaga bqysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa


tuzimi, quldorlik tuzimi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bqlindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi, degan «g‘oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g‘oyaning qanchalik tqg‘riligini XX asrda kqpgina xalqlar taqdirida sinab kqrildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g‘oyasi amalda mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag‘allar, yqqsillar darajasiga tushirdi, jamiyatda ommaviy loqaydlik, dangasalik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Shu bois insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu g‘oyani qz elkasidan uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi.



  1. Эфталийлардавридаижтимоий-иқтисодийвамаданийҳаёт. (Суғоришканаллари, ҳунармандчилик, савдойўллари, диний эътиқодлар)

9.Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot Kidariylar. V asrning 20—yillarida O'rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali yana bir ko'chmanchi ahdli — kidariylar (yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi.?Kidar ismli hukmdor yo'lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar So'g'diyonani, Amudaryo bo'ylaridagi yerlarni egallab, o'z hukmronligini o'rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o'z davlatining poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o'rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o'rtasida bir necha marta qurolli to'qnashuvlar bo'ladi. 456— yilda bo'lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar. Ayni paytda, shimoldari januBga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo'ldilar. Kidariylar u yerda 75 yilcha hukmronlik qiladilar./ Kflaliylar. Ulaming etnik tarkibi, daviat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Marselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma'lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «xeptal», arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eflalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar bar bir til va yozuvning o'ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so'nggi bo'g'inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog'laydi. Biroq nima bo'lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko'pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir. Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457— yilda Chag'oniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston va Badaxshonni o'ziga bo'ysun-diradi. So'ngra eftaliylar So'g'dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko'p o'tmay o'z hududiy yerlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Qoshg'ar va Xo'tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birin-ketin qo'lga kiritib, o'z siyosiy hokimiyatini kuchaytirishga erishadilar. Ular tuzgan qudratli daviat O'rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi.


Eftaliylar o'zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham bir necha bor urush olib bordilar. Xususan, Eron shohi Peruz bilan bo'lgan urushlarda ularning qo'li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to'lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Peruz o'g'li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo'ladi. Peruzning 484—yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og'ir o'lpon yuklanadi. Peruzdan so'ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to'lashga majbur bo'lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502—yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506 — yilda ikki o'rtada tuzilgan sulh shartnomasi bo'yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o'lja olib qaytganlar. Kubodning o'g'li Xusrav I Anushervon ham 554— yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to'lab turgan. Keyinroq, Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar ta'siridan qutilishga mtivaffaq bo'lgan.
Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo'lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.
Yer egaligi munosabatlari. Ilk o'rta asrlardayoq ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o'zgarishlar yuz berdi. Vohalarda yirik sug'orish inshootlari barpo etilib, yangi yerlar o'zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi yerlarni o'zlashtirish ishlariga urug' boshliqlari, qishloq oqsoqollari boshchilik qiladi. Shu bois, ular o'zlashtirilgan yerlarni katta qismini, sug'orish inshootlari yonidagi yerlarni
egallaydilar. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. O'sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlarning shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo'rg'onlari bo'lib, xizmatkor-cho'rilargaqo'riqlovchichoparlarga ega bo'lgan.
V asrda obikor yerlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalari-ning qaramog'ida edi. Qishloq jamoalarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkda o'ziga tegishli yerlari bo'lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o'ziga tegishli yerlaridan mahrum bo'lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar. Kadivarlar dehqonlar yerini ijaraga olib ishlashga majbur bo'ladi va dehqonlarga qaram tabaqaga aylanadilar. Shu tariqa, qishloq ahli uch tabaqaga bo'linadi.
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo'lidagi xalq harakatlari, g'alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. VI asr birinchi choragida Eronda boshlanib, O'rta Osiyo hududida ham keng tarqalgan Mazdak qo'zg'oloni buning yaqqol namunasidir. Mazdakchilar «Z» harfi bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o'rtasida teng baham ko'rilishini yoqlab chiqqandilar: Zamin (yer), Zar (oltin, boylik), Zo'rlik (kuch-hokimiyat) va Zan (xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g'oyalardan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o'ringa qo'yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o'rtasida barovar taqsimlashni talab qilganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning daxlsizligi va qonuniy huquqlarini himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq o'sha davrda, sinfiy tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g'oyalarining tantana qilishi yohud hayotga tatbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham, Mazdak qo'zg'oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak va lining ko'plab tarafdorlari qo'lga olinib qatl etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida Mazdak g'oyalari saqlanib, ularning haq, adolat yo'lidagi kurashlariga xizmat qildi.
Eftaliylar davrida aholining katta qismi ko'chmanchi chorvadorlar bo'lib, ular chorvachilik, yilqichilik bilan shug'ullangan. Suv havzasi, daryo bo'ylariga yaqin hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm, So'g'd, Chag'oniyon va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o'rin tutgan. Darg'om, Zog'ariq, Bo'zsuv kanallari singari suv inshootlari dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Bu davrda yangi tipdagi ko'rkam va gavjum shahar-qal'a ko'rinishidagi aholi manzilgohlari vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal'a, Bozorqal'a, Toshkentdagi Oqtepa mavzeilari shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qo'rgbonlar, qalin paxsa devorlar bilan o'ralgan. Ularda hukmron tabaqa kishilariga xos hashamatli, bezakli ark-qasrlar, ko'p xonali binolar bilan birga oddiy fuqarolarga mos qilib qurilgan sodda ko'rinishdagi turar joylar ham o'rin olgan. Eftaliylar poytaxti Poykand o'z davrining eng ko'rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu yerda hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk Ipak yo'lida joylashganligidan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlari xilma-xil mollari bilan kelib savdo qilganlar. Buning uchun shaharda ko'plab bozoru rastalar, karvonsaroylar mavjud bo'lgan. Mamlakatning savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan bir qatorda buxorxudotlar tangasi, So'g'diy va Xorazm tangalari ham keng muomalada yurgan. Eftaliylar Eron, Hindiston, Xitoy va uzoq Vizantiya davlatlari bilan ham qizg'in savdo-sotiq aloqalarida bo'lganlar. Bu esa ularga foyda, manfaat keltiribgina qolmay, ayni chog'da o'sha davlatlar bilan o'zaro yaqin-lashuvlarida muhim rol o'ynagan.
Eftaliylar davrida madaniyat ham o'sdi. Varaxsha shahri obidalari, Termiz yaqinidagi
Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan betakror tasvirlar, o'ymakorlik va ganjkorlik namunalari -bular ajdodlarimiz yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir.
Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqqal'a to'g'risida bir qadar ma'lumot keltirib o'tish joizdir. Uning tuzilishi to'g'ri burchakli bo'lib (500x 360 m), gumbazsimon yo'lakli va burjli mudofaa devori bilan o'ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan ibodatxona tomon asosiy ko'cha o'tgan. Ko'ndalang tushgan ko'chalar shaharni 10 ta mavzega boigan. Tuproqqal'aning shimoli-g'arbiy qismida maxsus ko'tarma supa ustiga xom g'ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon arkbinosi joylashgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin turarjoy, xo'jalik binolari va 8 ta saroy zali mavjud bo'lgan. Qai'aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va yog'ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlartopildi.
Bu davrda o'lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o'rtasida keng tarqalgan So'g'd yozuvi bilan birga undan bir qadar farq qiluvchi xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo'llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi, taqdiriga oid ko'plab qimmatli bitiklar, ma'lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, eftaliylar davri qo'shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»sida ham o'z ifodasini topgan.
Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro'z va unga xos xalq marcsimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari -otashkadalar bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. Xullas, Eftaliylar davrida o'lkamiz odamlari o'ziga xos boy madaniy va ma'naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo'lganlar. Ayni chog'da. ular o'zlaridan keyingi avlodlar uchun ham munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko'plab noyob topilmalar, osori atiqalar guvohdir.



  1. «Ўзбек» атамасининг келибчиқиши («Ўзбек» атамаси, Оссуриябитиклари, ОлтинЎрдахони)

10. Asosiy Tarixiy dalilar O’zbek atamasining kelib chiqishi
G’arb olimlaridan bo’lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden «o’zbek» atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O’rda xoni O’zbekxondan anchagina oldin paydo bo’lgan deb ta’kidlashsa, boshqa bir guruh (P.P.Ivanov. A.Yu.Yakubovskiy, X.Hukhem) bu atamani O’zbekxon (yashagan yillari: 1283-1341, taxtda o’tirgan yillari: 1213-1241) nomi tufayli paydo bo’lgan deb da’vo qilishadi. Ba’zi olimlar esa, masalan, M.Ermatov «o’zbek» so’zining paydo bo’lishini turkiy qabilalardan bo’lmish uz(o’z)lar bilan bog’laydi.
Ammo, ma’lumki Oltin O’rda xoni O’zbekdan avval ham bu atama mavjud bo’lgan. Masalan, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O’zbek edi deb qayd etadi. Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o’zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O’zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo’shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O’zbek bo’lgani ma’lum.
Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o’zbek» etnonimi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani bepoyon Dashti Qipchokda ko’chmanchilik qilgan turk-mo’g’ul urug’larining ayrim qismi o’zlarini erkin, hech kimga bo’ysunmagan deb bilganlari sababli «o’zbek», ya’ni «o’ziga bek» deb atagan deb da’vo qilinsa, yana bir guruh olimlar Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini, demak, «o’zbek» ildizini ham olisdan izlash lozimligini uqtirib o’tishdan iborat.
Men «o’zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog’larimdan qiziqqanman. Hozir bu haqda batafsil to’xtalib o’tirmoqchi emasman. Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko’rarman.
Bu masalani hal qilish, «o’zbek» atamasining paydo bo’lishiga aniqlik kiritish oson emasligini yana bir ta’kidlayman. Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar» kitobida (Toshkent, «O’qituvchi», 1994, 196-bet) juda to’g’ri qayd etganidek, bu «masala shu qadar mushkul, jiddiy va nozikki, uni ilmiy jihatdan tahlil etish bir kishi qiladigan ish emas. Buning uchun arab, fors, xitoy va boshqa tillarda yozilgan manbalarni bemalol o’qiy oladigan tarixchi, etuk arxeolog va antropolog, yaxshi tilshunos olim, qadimiy xalqlar haqida ularning turish-turmushi, dini, e’tiqodi va boshqa belgilariga qarab ilmiy xulosa chiqara oladigan etnograf, klassik jug’rofiya ilmini, ayniqsa, toponimikani yaxshi bilgan jug’rof, xalq og’zaki ijodini mukammal bilgan folklorchi olimlarning birgalikda, boshqa yumushlarni yig’ishtirib qo’yib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shug’ullanishi talab qilinadi».
Hozircha esa “o’zbek” atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir farazning to’rt kishi tomonidan aytilishi haqidagi ma’lumotni sizning e’tiboringizga havola qilmoqchiman, xolos.

CHingizxon istilosidan keyin uning avlodlari Osiyo va Evropaning turli hududlarida o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji – Sirdaryoning shimoliga cho‘zilib ketgan qora xitoylar davlatini mulk qilib olgan edi. Ikkinchi o‘g‘li CHig‘atoy esa O‘rta Osiyoda, O‘ktoy xon (Ugaday degan nom bilan ham yuritiladi) - Jung‘oriyada, Tuluy - Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qildilar. Mazkur davlatlarning tarixdagi o‘rni to‘g‘risida o‘sha davr muarrixlarining asarlaridan ma’lumot olish mumkin.


Oltin O‘rda davlati o‘z mavqei va tarixda tutgan o‘rniga ko‘ra, CHingizxonning boshqa o‘g‘illari hukmronlik o‘rnatgan davlatlardan tamomila farq qiladi. Oltin O‘rda CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jining nomi bilan bog‘liq bo‘lsa ham, bu davlatning hududi kengayishida va rivojida uning o‘g‘illari xizmatlari katta bo‘ldi. Jo‘ji otasidan oldin vafot etdi. Jo‘jining ikkinchi o‘g‘li Botu Evropani zabt etib, g‘arbga tomon o‘z davlati hududini kengaytirdi. Jo‘jining uchinchi o‘g‘li Tovka Temur Itil daryosining yuqori oqimini - Bulg‘oristonni mulk qilib oldi. Jo‘jining to‘rtinchi o‘g‘li SHaybon keyinchalik qirg‘iz deb nom olgan cho‘l hududiga hukmronlik qildi. Beshinchi o‘g‘li Tuvol bajnoqlar (no‘g‘aylar nomi ostida mashhur bo‘lgan xalq) ustidan hukmronlik qildi.
Oltin O‘rda bu davlatlar orasida alohida iz qoldirdi. Oltin O‘rdaning davlat tuzumidan ham ko‘ra, mamlakatdagi madaniy muhit g‘oyat muhimdir. Avvalo, “Oltin O‘rda” degan nom va hududi to‘g‘risida.
“Oltin O‘rda” nomi arab va Eron manbalarida deyarli uchramaydi. Rashididdinning “Jome’-ut-tavorix” kitobida shunlay voqea keltiriladi: “To‘rtinchi yili – ot yilida CHmingizxon o‘zining o‘rdasida bo‘ldi, kuzda esa o‘sha erdan jangga otlanib, tangutlarning muhim shaharlaridan birini qo‘lga oldi. Bu shaharni Irigay deb ataydilar”96. CHamasi, Oltin O‘rdaga asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, Oltin O‘rda tashkil topa boshlaganda, CHingizxon hayot edi.



  1. И.А.Каримовнинг «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» асарида ҳозирги кунда Ўзбекистон тарихининг ечилиши зарур бўлган муаммоларининг кўтарилиши. (Ўзликнианглаш, тарихийхотира, тарихийсабоқлар, тарихфалсафаси, Ватантарихи.)




  1. Турк ҳоқонлиги ҳукмронлиги даврида Марказий Осиё. («Турк» атамаси, Ашина уруғи, Асан, Шод, Туу, Бумин)

12. Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk xoqonligiga doyr maʼlumotlar UrxunYenisey bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
Buyuk Turk Xoqonligi
Poytaxti Oʻtuken Dini Tangritanlik
6-asrning 2yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi. Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon). 555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi. Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556557 yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi. 576 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida Afgʻoniston va Shim. Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi.
580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi.
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.
Oʻz davrida "Oʻn Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 yillarda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
630y,larga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630— 641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.
Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi "Oltu Chub Sugʻdaq" oʻlkasiga, 703 yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida Turk
xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg ., 1YI yilda oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742 —744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551552), Muqan (553572), Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k



  1. Бухоро хонлиги - Аштархонийлар сулоласи даврида. (ХVI асрнинг 80-йиллари, Астрахон Жонибек, Боқимуҳаммад, Динмуҳаммад)

13.Ashtarxoniylar, Joniylar-1601 – 1757 yillarda o‘zbek dav-latchiligini boshqargan sulola. 1601 yil ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qo‘lga olgach, shay-boniylar sulolasi hukmronligi tuga-tilgan. A. Jo‘jixon naslidan bo‘lib, 14-asrning 80-yillaridan boshlab Astra-xon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalklar ustidan xukmronlik qilgan. 1556 yil Astraxonni Rossiya bosib olgandan keyin, A.dan Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga ko‘chib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563– 83) qizi Zuhroxonimni uning o‘g‘li Jonibek sultonga bergan. Jo-nibek sulton Zuhroxonimdan uch o‘g‘il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rgan. Din Muhammad Ab-dullaxon II zamoni (1583–98)da Niso va Abivard hokimi bo‘ldi. Abdulmo‘minxon o‘ldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon tax-tiga ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Lekin, Jo-nibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta o‘g‘li Din Muhammad nomiga xutba o‘qitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yo‘lda halok bo‘ldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning o‘rtancha o‘g‘li Boqi Muhammad o‘tqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi A. qo‘liga o‘tdi (A. sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati xusu-sida Buxoro xonligi maqolasiga q.). Su-lola hukmdorlari: Boqi Muhammadxon (1601–05), Vali Muhammadxon (1605-11), Imomqulixon (1611–42), Nadr Muhammadxon (1642–45), Abdulazizxon (1645-81), Subhonqulixon (1681-1702), Ubaydullaxon II (1702-11), Abulfayzxon (1711–47), Abdulmo‘minxon (1747–51), Ubaydulloxon III (1751-54), Sherg‘ozi (1754-57).Ad.: Abduraimov M. A., Ocherki agrarnix otnosheniy v Buharskom xan-stve v 16– 19 vv., t. I–II, T., 1966, 1970; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; O‘zbekiston xalqlari tarixi, 2-t., T., 1994.



  1. Ўзбекистонтарихинидаврлаштириш, униўрганишдамоддийваёзмаманбаларнингўрнивааҳамияти. (Хронология, ёзувлар, битиклар, археология, антропологик, этнографик манбалар).




  1. Турк ҳоқонлиги даврида мамлакатни идора этиш усули. Мамлакатдаги иқтисодий ва маданий ҳаёт. (Хоқон, Ябғу, Тегин, Шодунвонлари, бошқарувислоҳатлари)

  2. Бухорохонлигинингташкилтопиши. (Убайдуллахон, пулислоҳоти, «Шайбонийнома», ер эгалигитурлари)

  3. Ўзбекистонумумжаҳонсивилизасиясиўчоқлариданбири. (И.А.Каримовнинг «Тарихийхотирасизкелажакйўқ» асари, сивилизасия, тарих, мустақилликметодологияси, умуминсонийбирлик)

  4. Арабхалифалигинингпайдобўлишиваунингбосқинчиликюришлари. (Бадавийлар, Муҳаммадпайғамбар, АбуБакр, Умар, УсмонваАлилар, VIIаср)

  5. ЖаҳондагибуюкгеографиккашфиётларнатижасидаБуюкипакйўлимавқеинингпасайиши. (Буюкгеографиккашфиётлар, кемақатнови, сувйўли, ХVIаср)

  6. Ўзбекистонтарихинингҳартомонламаетук, миллийистиқлолғоясибиланқуролланганинсонларнитарбиялашдагиаҳамияти. (Тарихийилм, миллийтафаккур, Ватангасадоқатлик, юксакахлоқийфазилат).

  7. Юртимизнинг араблар томонидан истило қилиниши. (Мовароуннаҳр, Қутайба, Ғурак,Деваштич)

  8. ЮНЕСКОраҳнамолигида «Буюкипакйўли» дастуринингтузилишивауниамалгаоширишдаЎзбекистоннингиштироки. (1987 йил, ЮНЕСКО, «БуюкИпакйўли – мулоқотйўли»)

  9. Инсониятнинг дастлабки аждодлари, уларнинг маконлари. (Зинжантроп, питекантроп, синантроп, неандертал. (Олдувой, Ява ороли, Тешиктош ғори, Чжоукатян ғори).

  10. Искандар империясининг парчаланиши. Салавкийлар сулоласи. (Миср, Сурия, Македония, Салавка).

  11. Исломдининингюртимизгаёйилиши. (Исломдини, Қуръон, Макка, Мадина, ҳаж)

  12. Одамзодпайдобўлишимасаласинингфандаўрганилиши. (ОдамОта, Момоҳаво, илмийлик).

  13. МаҳаллийаҳолинингАҳамонийларбосқинчилигигақаршиозодликучункураши. (Массагетлар, Кир II, Тўмарис, Спрангиз)

  14. АрабҳукмдорларинингМарказийОсиёдаюритгансиёсати. (Солиқлар, диний мазҳаблари, мустамлакачилик сиёсати)

  15. Энгқадимгиодамларнингтурмуштарзи, машғулотлари. (Овчилик, термачилик, балиқчилик).

  16. Қадимги Хоразм ҳақидаги ёзма ва археологик маълумотлар. (Авесто, Калтаминор, Тозабоғёб, Амиробод).

  17. Муқаннақўзғолониваунингтарихийаҳамияти. (Муқанна, 776 йил, Сомқалъаси, ҲошимибнҲаким)

  18. Ибтидоий жамиятнинг даврлари. (Палеолит, мезолит, неолит, энеолит).

  19. Ўлкамиз ҳудудларида дастлабки шаҳарсозлик маданиятининг шаклланиши. ( мил.авVII-VIасрлар, Жарқўтон, Афросиёб, Узунқир, Қизилтепа).

  20. IХасрбошларидаМовароуннаҳрнингсиёсийаҳволи. Тоҳирийлардавлати. (ТоҳирибнҲусайн, 821 йилноиблик, ТалхаваАбулАббосАбдуллоҳноиблиги, давлатнингбошқариштартиблари)

  21. «Авесто» китобидақадимийдавлатчиликтарихимизгаоидмаълумотлар. (Сўғда, Бахди, Хваризам).

  22. Сомонийлардавлатинингташкилтопишивабошқарувтизими (Сомонхудотўғилларинингҳукмронлиги, ИсмоилСомоний, давлатнингбошқаруви, мудофааишлари, ижтимоий-иқтисодийҳаёт, девон)

  23. Бобурбуюкдавлатарбобиваунинголимсифатидажаҳонтарихидагитутганўрни. «Бобурнома» асари. (ЗаҳириддинМуҳаммадБобур, Шайбонийлар, «Бобурнома»)

  24. Уруғчиликжамоаси – онауруғижамоасинингшаклланишиваунингтараққиёти. (Сўнггипалеолит, матриархат, неолит).

  25. Сомонийлар давлатида ер-сув муносабатлари ва солиқ сиёсати. (Давлат ерлари, жамоа ерлари, вақф ерлари, солиқлар)

  26. Шайбонийлар давлатида бошқарув тизими, ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёт. (Бухоро, давлатлавозимлари, дипломатикмуносабатлар, деҳқончилик, ҳунармандчилик, чорвачилик)

  27. Мезолитдавримаконлари. Ўқ, ёйнингихтироқилиниши. (Обишир, Қўшилиш, Мачай, мил.авв. 12-7 мингйиллик).

  28. Юнон-МакедонқўшинларинингИскандарЗулқарнайнбошчилигидаЎртаОсиёгаюриши. (Юнон-македонлар, Искандар Зулқарнай, мил.ав. IV аср)

  29. Бухорo хони Абдуллахон IIнинг мамлакатни бирлаштириш ва марказлашган кучли ҳокимиятни тиклаш учун олиб борган урушлари. (Пул ислоҳоти, мадрасалар, сув омборлари қуриш, мулки султоний, мулки холис)

  30. Неолит даври ёдгорликлари. (Чақмоқли, Жойтун, Калтаминор, Ҳисор).

  31. Қорахонийлар давлатининг ташкил топиши ва уларнинг сомонийларга қарашли вилоятларни босиб олиши. (Х аср Еттисув, Қошғар, яғмо, жиғил, Бухоро, 999 йил Наср элоқхон)

  32. Бухоро хонлигининг ташкил топиши. (Убайдуллахон, пул ислоҳоти, «Шайбонийнома», ер эгалиги турлари)

  33. Меҳнатнингдастлабкийириктақсимоти, чорвачиликвадеҳқончиликнингшаклланиши. (Бронзадаври, биринчиижтимоиймеҳнаттақсимоти).

  34. ЕллинизммаданиятинингўзигахосхусусиятлариваунингМарказийОсиёгаёйилиши. (Еллинизм, мил.ав. III-II асрлар).

  35. Бухорохонлиги - Аштархонийларсулоласидаврида. (ХIVасрнинг 80-йиллари, АстрахонЖонибек, Боқимуҳаммад, Динмуҳаммад)

  36. «Темур тузуклари» ва унинг аҳамияти. («Темур тузуклари», ҳозирги замон, Амир Темур)

  37. Темурийлар ҳокимиятининг инқирозга юз тутиши, унинг сабаблари. (Тахт талашлар, солиқлар, халқ ғалаёнлари, суюрғол тартиби)

  38. Бухора хони Абдуллахон II нинг мамлакатни бирлаштириш ва марказлашган кучли ҳокимиятни тиклаш учун олиб борган урушлари. (Пул ислоҳоти, мадрасалар, сув омборлари қуриш, мулки султоний, мулки холис)

  39. Кушонлардавридамамлакатимизнингсиёсийваиқтисодийҳаёти. (Кушонлар, I-IV асрлар, Канишка).

  40. Бухоро хонлиги - Аштархонийлар сулоласи даврида. (ХIV асрнинг 80-йиллари, Астрахон Жонибек, Боқимуҳаммад, Динмуҳаммад)

  41. Қанғ давлатининг пайдо бўлиши ва унинг ўзбек давлатчилиги тарихида тутган ўрни. (Мил.авв III аср, ҳудуди, бошқаруви, Қанғдез, қанғарлар, «Қовунчи маданияти»)

  42. Фарғонаводийсидаилкдавлаттузилмасинингшаклланиши. Довандавлати. (Довон, мил.ав. II-аср, Хитой «Самовийотлар»)

  43. «Европа – Кавказ - Осиё» транспортйўлаги – ТРАСЕКАнибарпо этишмасаласи. (1998 йил, Бокушаҳри, «Европа – Кавказ - Осиё», транспортйўлаги – ТРАСЕКА)

  44. Алишер Навоийнинг сиёсий ва адабий фаолияти. (Султон Ҳусайн, Алишер Навоий, Фазлуллоҳ Абулайс Самарқандий)

  45. БухорохониАбдуллахонIIнингмамлакатнибирлаштиришвамарказлашганкучлиҳокимиятнитиклашучунолибборганурушлари. (Пулислоҳоти, мадрасалар, сувомборлариқуриш, мулкисултоний, мулкихолис)

  46. МуҳаммадШайбонийхоннингМовароуннаҳргаюришларивашайбонийларсулоласиҳокимиятинингўрнатилиши. (МуҳаммадШайбоний, Мовароуннаҳр, шайбонийларсулоласи, 1501-йил)

  47. Палеолит даври ва унинг ўрганилиши. (Палеолит, илк палеолит, ўрта палеолит, сўнгги палеолит, Селунғур ғори, Фергантроп, Тешиктош ғори, 1938 йил, Окладников).

  48. Кушонлардавридамаданийҳаёт. (Кушонлар, Айритом, Қоратепа, Холчаен, Фаёзтепа, Далварзинтепа).

  49. ИсмоилСомонийислоҳотлари. (Давлатбошқаруви, девонлар, иқтисодий-ижтимоийаҳволи)

  50. Спитаменбошлиқхалққасоскорларинингжасоратлари. (Мил.ав. 329-327 йй, Спитамен, Политимит)

  51. Қорахонийлардавлатидагибошқарувусуливаижтимоий-иқтисодийҳаёт. (Елоқхон, такин, раис, солиқлар)

  52. Хивахонлигинингташкилтопишиваундагиижтимоий-иқтисодий, маданийҳаёт. (1511 йил, Абулғозихон, «Шажараитурк»,Элбарсхон, шохИсмоил)

  53. Ўрта Осиё масаласида Англия билан Россия ўртасида рақобат. (Ангилия-Россия муносабатлари, элчилик, махфий ҳужжатлар, хариталар, қрим уруши)

  54. «Ҳужум» ҳаракати ва унинг моҳияти. (1927 йил, «Ҳужум» сиёсати, Хотин-қизларни паранжи ташлаши)

  55. Ўрта Осиё масаласида Англия билан Россия ўртасида рақобат. (Ангилия-Россия муносабатлари, элчилик, махфий ҳужжатлар, хариталар, қрим уруши)

  56. Манғитлар даврида Бухоро амирлигининг ижтимоий ва давлат тузуми. Маданий ҳаёт. (Муҳаммад Раҳимбий, 1747 йил, Дониёлбий, Амир Муҳаммад, «Айи ул-ҳикмат», Амир Насрулло)

  57. «ШўроиИсломия», «ШўроиУламо» ташкилотларинингтузилишивауларнингфаолияти. (1917-йил 14-март, ШералиЛапин, Ал-изоҳ)

  58. АлишерНавоийнингсиёсийваадабийфаолияти. (Султон Ҳусайн, Алишер Навоий, Фазлуллоҳ Абулайс Самарқандий)

  59. Оролфожеаси. (АмударёваСирдарё, қўриқерлар, пахтаяккаҳокимлиги, оролнингқуриши)

  60. ПодшоРоссиясинингўлкамиздагимустамлакачиликсиёсати. Мустамлакачиликбошқарувтизиминингўрнатилиши. (1886 йил 12 июн «Туркистонўлкасинибошқариштўғрисидагинизом» марказийбошқарув)

  61. Қишлоқхўжалигинижамоалаштиришсиёсативаунингоғироқибатлари. (1930-йил 17-феврал, колхозлаштириш, қулоқлаштириш)

  62. БухорахониАбдуллахонIIнингмамлакатнибирлаштиришвамарказлашганкучлиҳокимиятнитиклашучунолибборганурушлари. (Пулислоҳоти, мадрасалар, сувомборлариқуриш, мулкисултоний, мулкихолис)

  63. Қорақалпоғистонмухторжумҳуриятинингташкилтопиши. (1932-йил, РСФСРтаркибида, М. Авезов, Тўрткўл)

  64. Эфталийлардавлатинингшаклланиши, унингҳудудийўрни. (457 йил, Вахшунвор эфталон, Чоғонён, Тоҳаристон, Бадахшон)

  65. И.А.Каримовнинг «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» асарида ҳозирги кунда Ўзбекистон тарихининг ечилиши зарур бўлган муаммоларининг кўтарилиши. (Ўзликни англаш, тарихий хотира, тарихий сабоқлар, тарих фалсафаси, Ватан тарихи.)

  66. Турк ҳоқонлиги ҳукмронлиги даврида Марказий Осиё. («Турк» атамаси, Ашина уруғи, Асан, Шод, Туу, Бумин)

  67. Жаҳондаги буюк географик кашфиётлар натижасида Буюк ипак йўли мавқеининг пасайиши. (Буюкгеографиккашфиётлар, кемақатнови, сувйўли, ХVIаср)

  68. Юртимизнинг араблар томонидан истило қилиниши. (Мовароуннаҳр, Қутайба, ҒуракДеваштич)

  69. Искандаримпериясинингпарчаланиши. Салавкийларсулоласи. (Миср, Сурия, Македония, Салавка).

  70. Фарғонаводийсидақаршиликкўрсатишҳаракатинингбошланиши, унингмоҳияти, ҳаракатлантирувчикучлари, босқичлари. (1918-йилфевралохири, Бачқирқишлоғи, қўрбошилар, деҳқонлар, чорикорлар, ҳунармандлар)

  71. Туркистон АССРнинг тузилиши. «Ҳарбий коммунизм» сиёсати. (1918-йил 30-апрел, зўравонлик, талаш, ҳарбийлар)

  72. Мезолитдавримаконлари. Ўқ, ёйнингихтироқилиниши. (Обишир, Қўшилиш, Мачай, мил.авв. 12-7 мингйиллик).

  73. Сомонийлардавлатидаер-сувмуносабатларивасолиқсиёсати. (Давлатерлари, жамоаерлари, вақферлари, солиқлар)

  74. ХХасрнинг 20-йилларидаижтимоий-сиёсийваиқтисодийвазият. (Сиёсийтанглик, Турккомиссия, 1923 йилмартойидаташкилтопганСредазЕКОСО, «советлаштириш», «ҳарбийкоммунизм»)

  75. Пахтамустақиллигига эришишучункурашваунингоқибатлари. (Пахта монокултураси, экологик ҳолат, касалликлар)

  76. Темурийлар ҳокимиятининг инқирозга юз тутиши, унинг сабаблари. (Тахт талашлар, солиқлар, халқ ғалаёнлари, суюрғол тартиби)

  77. Манғитлар даврида Бухоро амирлигининг ижтимоий ва давлат тузуми. Маданий ҳаёт. (Муҳаммад Раҳимбий, 1747 йил, Дониёлбий, Амир Муҳаммад, «Айи ул-ҳикмат», Амир Насрулло)

  78. Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг Ҳаракатлар стратегиясини моҳияти

  79. Бухорохонлигинингташкилтопиши. (Убайдуллахон, пулислоҳоти, «Шайбонийнома», ер эгалигитурлари)

  80. Қанғдавлатинингпайдобўлишиваунингўзбекдавлатчилигитарихидатутганўрни. (Мил.аввIIIаср, ҳудуди, бошқаруви, Қанғдез, қанғарлар, «Қовунчимаданияти»)

  81. ЮНЕСКОраҳнамолигида «Буюкипакйўли» дастуринингтузилишивауниамалгаоширишдаЎзбекистоннингиштироки. (1987 йил, ЮНЕСКО, «БуюкИпакйўли – мулоқотйўли»)

  82. Одамзодпайдобўлишимасаласинингфандаўрганилиши. (ОдамОта, Момоҳаво, илмийлик).

  83. «ШўроиИсломия», «ШўроиУламо» ташкилотларинингтузилишивауларнингфаолияти. (1917-йил 14-март, ШералиЛапин, Ал-изоҳ)

  84. Ўзбекистонтарихинингҳартомонлама этук, миллийистиқлолғоясибиланқуролланганинсонларнитарбиялашдагиаҳамияти. (Тарихийилм, миллийтафаккур, Ватангасадоқатлик, юксакахлоқийфазилат).

  85. 2. Юртимизнинг араблар томонидан истило қилиниши. (Мовароуннаҳр, Қутайба, Ғурак Деваштич)

  86. 3. ЮНЕСКО раҳнамолигида «Буюк ипак йўли» дастурининг тузилиши ва уни амалга оширишда Ўзбекистоннинг иштироки. (1987 йил, ЮНЕСКО, «Буюк Ипак йўли – мулоқот йўли»)

  87. Инсониятнинг дастлабки аждодлари, уларнинг маконлари. (Зинжантроп, питекантроп, синантроп, неандертал. (Олдувой, Ява ороли, Тешиктош ғори, Чжоукатян ғори).

  88. Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг Ҳаракатлар стратегиясини моҳияти

  89. Исломдининингюртимизгаёйилиши. (Исломдини, Қуръон, Макка, Мадина, ҳаж)

  90. Одамзод пайдо бўлиши масаласининг фанда ўрганилиши. (Одам Ота, Момо ҳаво, илмийлик).

  91. Маҳаллий аҳолининг Аҳамонийлар босқинчилигига қарши озодлик учун кураши. (Массагетлар, Кир II, Тўмарис, Спрангиз)

  92. Араб ҳукмдорларининг Марказий Осиёда юритган сиёсати. (Солиқлар диний мазҳаблари, мустамлакачилик сиёсати)

  93. Энгқадимгиодамларнингтурмуштарзи, машғулотлари. (Овчилик, термачилик, балиқчилик).

  94. ҚадимгиХоразмҳақидагиёзмаваархеологикмаълумотлар. (Авесто, Калтаминор, Тозабоғёб, Амиробод).

  95. Муқанна қўзғолони ва унинг тарихий аҳамияти. (Муқанна, 776 йил, Сом қалъаси, Ҳошим ибн Ҳаким)

  96. Ибтидоий жамиятнинг даврлари. (Палеолит, мезолит, неолит, энеолит).

  97. Ўлкамиз ҳудудларида дастлабки шаҳарсозлик маданиятининг шаклланиши. ( мил.аввVII-VI асрлар, Жарқўтон, Афросиёб, Узунқир, Қизилтепа).

  98. IХ аср бошларида Мовароуннаҳрнинг сиёсий аҳволи. Тоҳирийлар давлати. (Тоҳир ибн Ҳусайн, 821 йил ноиблик, Талха ва Абул Аббос Абдуллоҳ ноиблиги, давлатнинг бошқариш тартиблари)

  99. «Авесто» китобида қадимий давлатчилик тарихимизга оид маълумотлар. (Сўғда, Бахди, Хваризам).

  100. Сомонийлар давлатининг ташкил топиши ва бошқарув тизими (Сомонхудот ўғилларининг ҳукмронлиги, Исмоил Сомоний, давлатнинг: бошқаруви, мудофаа ишлари, ижтимоий-иқтисодий ҳаёт, девон)

  101. Бобурбуюкдавлатарбобиваунинголимсифатидажаҳонтарихидагитутганўрни. «Бобурнома» асари. (ЗаҳирриддинМуҳаммадБобур, Шайбонийлар, «Бобурнома»)

  102. Уруғчиликжамоаси – онауруғижамоасинингшаклланишиваунингтараққиёти. (Сўнггипалеолит, матриархат, неолит).

  103. Сомонийлардавлатидаер-сувмуносабатларивасолиқсиёсати. (Давлатерлари, жамоаерлари, вақферлари, солиқлар)

  104. Шайбонийлардавлатидабошқарувтизими, ижтимоий-сиёсий, иқтисодийвамаданийҳаёт. (Бухоро, давлатлавозимлари, дипломатикмуносабатлар, деҳқончилик, ҳунармандчилик, чорвачилик)

  105. Мезолит даври маконлари. Ўқ, ёйнинг ихтиро қилиниши. (Обишир, Қўшилиш, Мачай, мил.авв. 12-7 минг йиллик).

  106. Юнон-Македон қўшинларининг Искандар Зулқарнайн бошчилигида Ўрта Осиёга юриши. (Юнон-македонлар, Искандар Зулқарнай, мил.ав. IV аср)

  107. БухорохониАбдуллахонIIнингмамлакатнибирлаштиришвамарказлашганкучлиҳокимиятнитиклашучунолибборганурушлари. (Пулислоҳоти, мадрасалар, сувомборлариқуриш, мулкисултоний, мулкихолис)

  108. Неолит даври ёдгорликлари. (Чақмоқли, Жойтун, Калтаминор, Ҳисор).

  109. Қорахонийлар давлатининг ташкил топиши ва уларнинг сомонийларга қарашли вилоятларни босиб олиши. (Х аср Еттисув, Қошғар, яғмо, жиғил, Бухоро, 999 йил Наср элоқхон)

  110. Бухоро хонлигининг ташкил топиши. (Убайдуллахон, пул ислоҳоти, «Шайбонийнома», ер эгалиги турлари)

  111. Меҳнатнинг дастлабки йирик тақсимоти, чорвачилик ва деҳқончиликнинг шаклланиши. (Бронза даври, биринчи ижтимоий меҳнат тақсимоти).

  112. Эллинизм маданиятининг ўзига хос хусусиятлари ва унинг Марказий Осиёга ёйилиши. (Еллинизм, мил.ав. III-II асрлар).

  113. Бухорохонлиги - Аштархонийларсулоласидаврида. (ХIVасрнинг 80-йиллари, АстрахонЖонибек, Боқимуҳаммад, Динмуҳаммад)

  114. «Темур тузуклари» ва унинг аҳамияти. («Темур тузуклари», ҳозирги замон, Амир Темур)

  115. Темурийлар ҳокимиятининг инқирозга юз тутиши, унинг сабаблари. (Тахт талашлар, солиқлар, халқ ғалаёнлари, суюрғол тартиби)

  116. Бухоро хони Абдуллахон II нинг мамлакатни бирлаштириш ва марказлашган кучли ҳокимиятни тиклаш учун олиб борган урушлари. (Пул ислоҳоти, мадрасалар, сув омборлари қуриш, мулки султоний, мулки холис)

  117. Кушонлардавридамамлакатимизнингсиёсийваиқтисодийҳаёти. (Кушонлар, I-IVасрлар, Канишка).

  118. Бухоро хонлиги - Аштархонийлар сулоласи даврида. (ХVI асрнинг 80-йиллари, Астрахон Жонибек, Боқимуҳаммад, Динмуҳаммад)

  119. Қанғ давлатининг пайдо бўлиши ва унинг ўзбек давлатчилиги тарихида тутган ўрни. (Мил.авв III аср, ҳудуди, бошқаруви, Қанғдез, қанғарлар, «Қовунчи маданияти»)

  120. Фарғона водийсида илк давлат тузилмасининг шаклланиши. Дован давлати. (Довон, мил.ав. II-аср, Хитой «Самовий отлар»)

  121. «Европа – Кавказ - Осиё» транспортйўлаги – ТРАСЕКАнибарпо этишмасаласи. (1998 йил, Бокушаҳри, «Европа – Кавказ - Осиё», транспортйўлаги – ТРАСЕКА)

  122. АлишерНавоийнингсиёсийваадабийфаолияти. (Султон Ҳусайн, Алишер Навоий, Фазлуллоҳ Абулайс Самарқандий)

  123. Бухоро хони АбдуллахонII нинг мамлакатни бирлаштириш ва марказлашган кучли ҳокимиятни тиклаш учун олиб борган урушлари. (Пул ислоҳоти, мадрасалар, сув омборлари қуриш, мулки султоний, мулки холис)

  124. Муҳаммад Шайбонийхоннинг Мовароуннаҳрга юришлари ва шайбонийлар сулоласи ҳокимиятининг ўрнатилиши. (Муҳаммад Шайбоний, Мовароуннаҳр, шайбонийлар сулоласи, 1501-йил)

  125. Палеолитдавриваунингўрганилиши. (Палеолит, илкпалеолит, ўртапалеолит, сўнггипалеолит, Селунғурғори, Фергантроп, Тешиктошғори, 1938 йил, Окладников).

  126. Қўқон хонлигининг ижтимоий сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти. (Солиқтурлари, савдо, мадраса, Махмур, Гулханий, Увайсий, Нодирабегим)

  127. ИсмоилСомонийислоҳотлари. (Давлатбошқаруви, девонлар, иқтисодий-ижтимоийаҳволи)

  128. Спитаменбошлиқхалққасоскорларинингжасоратлари. (Мил.ав. 327-329 йй, Спитамен, Политимит)

  129. «ШўроиИсломия», «ШўроиУламо» ташкилотларинингтузилишивауларнингфаолияти. (1917-йил 14-март, ШералиЛапин, Ал-изоҳ)

  130. Хивахонлигинингташкилтопишиваундагиижтимоий-иқтисодий, маданийҳаёт. (1511 йил, Абулғозихон, «Шажараитурк», Элбарсхон, шохИсмоил)

  131. Ўрта Осиё масаласида Англия билан Россия ўртасида рақобат. (Ангилия-Россия муносабатлари, элчилик, махфий ҳужжатлар, хариталар, қрим уруши)

Download 93,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish