Uglevodorod gazlarini nordon komponentlardan tozalash



Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana31.10.2020
Hajmi0.49 Mb.
  1   2   3

Uglevodorod gazlarini nordon komponentlardan tozalash


Reja:


  1. Uglevodorod gazlaridagi nordon komponentlar.

  2. Gazlarni monoetanolamin yordamida tozalash qurilmasi texnologik tizimi.

  3. Gazlar tarkibidagi vodorodsulfid va uglerod oksidi miqdori tozalanguncha va tozalashdan keyingi ko’rsatkichlari.

Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi

Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbstion va adsorbstion usullar qo’llaniladi. Absorbstion usulda asosan kimyoviy absorbstiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va SO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsorstion usulda tozalash esa asosan aktiv ko’mir va sintetik steolit vositasida amalga oshiriladi.

Absorbstion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99% (massa) gacha, adsorbstion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta’minlanishi mumkin. Absorbstion usulda H2S bilan bir vaqtda SO2 ham ajratib olinadi.

Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbstion tozalash texnologik tizimi ko’rib chiqiladi. Bu tizim bo’yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo’lib, absorbstiya jarayoni amalga oshiriladi.

Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va SO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o’tib, zarur temperaturagacha sovitiladi va E-1 sig’imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug’lari XK-1 sovitgichkondensator orqali o’tib E-2 sig’imga yig’iladi va undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug’lari kondensati esa desorberga qaytariladi.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti