Uchquduq tuman 18- maktab biologiya fani o’qituvchisi



Download 71,5 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi71,5 Kb.
#19784
Uchquduq tuman 18- maktab

biologiya fani o’qituvchisi

Mirzayeva Dilfuza

Abdikayumovnaning

zoologiya fanidan

“Baliqlarning ichki tuzilishi”

mavzusida yozgan

dars ishlanmasi

Darsning texnalogik xaritasi


Mavzu :

“Baliqlarning ichki tuzilishi”

Darsning maqsad va vazifalari

Ta’limiy : o’quvchilarga baliqlarning ichki tuzilishi haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ,o’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish

Rivojlantiruvchi: Baliqlarning ichki tuzilishi haqidagi bilimlarni rivojlantirish


O`quv jarayonining

mazmuni


Baliqlarning ichki tuzilishi haqidagi bilimlarni oshirish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:noan’anaviy

Dars turi:og`zaki, yozma

Dars jihozi:darslik, ko’rgazma, tarqatma, test, jadval, biologik diktant, boshqotirma, elektron darslik, tezkor savollar,klaster


Kutiladigan natijalar

O’qituvchi : mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishiga erishish,

Baliqlarning ichki tuzilishi haqidagi bilim,ko’nikma, malakaga ega bo’lishini va darsda o’quvchilarni faolligiga erishish

O’quvchi : Baliqlarning ichki tuzilishi va vazifasi haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar.,tibbiy bilimni oshirishga,sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga o’rganadilar


Kelgusi rejalar

O’qituvchi : ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, ta’limda uni qo’llay olish yo’llarini izlash va takomillashtirish , o’quvchilarni tezkorlikka, fikrlashga undash, sog’lom raqobatni yuzaga keltirish

O’quvchi: darslik bilan mustaqil ishlash, o’z fikrini erkin bayon qilish,tengdoshlari fikrini ma’qullash va yangi fikrlarni aytish





1

I. Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

II .O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3

III. Yangi mavzu bayoni

15daqiqa

4

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

V.O`quvchilarni baholash

2 daqiqa

6

VI.Uyga vazifa

1daqiqa


Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism ( 5 daqiqa )

1. O`quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini tinglash.

2. O`zbekistonda va jahonda yuz berayotgan yangiliklar.

3.O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini sindirish

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yozilgan “ONA YURTIMIZ BAXTU IQBOLI VA BUYUK KELAJAGI YO’LIDA XIZMAT QILISH-ENG OILY SAODATDIR” asari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tiladi.

Ingliz tilida bugun haftaning qaysi kuni (Friday)- Frayde

Yanvar oyi qaysi fan oyligi (tarix va huquq)
Yanvar oyining muhim sanasi

14- yanvar Vatan himoyachilari kuni

O`quvchilar tomonidan bu muhim sanaga ta’rif beriladi sh’erlar aytiladi va guruhlar o`z guruhiga ta’rif berishadi .
I guruh “ Chaqqonlar ”

II guruh “ Bilimdonlar ”

III guruh “ Zukkolar ”

Rag`batlar bilan guruhlar tanishtiriladi: ”Ofarin”, ”Barakalla”, ”Izlanuvchan” nominatsiyalari bilan dars davomida rag’batlantirilib boriladi.

5”- ofarin

4”- barakalla

3”- izlanuvchan

Psixologik iqlim yaratish uchun o`quvchilar bilan “Atamalar zanjiri” o`yini o`ynaladi. Bunda guruhlar navbat bilan atamalarni aytadi, keyingi guruh izohlaydi.

Masalan:

Tut ipak qurti faqat- tut bargi bilan oziqlanadi.

Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi.

Ninachilar- eng qadimgi hasharotlar

I. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: (10 daqiqa ) o’quvchilarga tarqatma savollar beriladi va har bir tarqatma ikkitadan savollardan tashkil topgan .
1.Zog’ara baliqni qayerlarda uchratish mumkin

2.Baliqning terisi nima bilan qoplangan


1.Zog’ara va boshqa baliqlarning tanasi qanday shaklda bo’ladi

2.Baliqlar tanasi rangi nimaga bog’liq


1.Baliqning dumi qanday vazifani bajaradi

2.Zog’ara baliqning uzunligi va og’irligi


1.Zog’ara baliq skeleti asosini tana bo’ylab o’tadigan nima tashkil etadi.

2.Baliqning yoshini qanday bilish mumkin


1.Baliqning orqa miyasi qayerda joylashgan.

2.Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat


1.Baliqning qaysi muskullari kuchli rivojlangan.

2.Baliqning muayyan chuqurlikda muallaq turishi nimaga bog’liq


Biologik diktant ….. (Tushirib qoldirilgan so’zlarni o’z o’rniga qo’yish)

1.Tangachalarning oldingi qirrasi ….. botib kirgan. (teriga)

2.Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan …. (himoya) qiladi.

3.Dum suzgichi …… (ikkiga) ajralgan.

4.Qovurg’alarning ikkinchi uchi …… (muskullar) orasida erkin yotadi.

5.Baliq umurtqa pog’onasi kalla suyagi bilan ….. (harakatsiz) birikkan.

6.Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular …… (kamari) suyaklaridan iborat.

7.Skelet muskullar uchun …..(tayanch) , ichki organlarni ….. (himoya) qilish vazifasini bajaradi.

8. ……. (suzgich) pufagi qorin bo’shlig’ining ustida joylashgan.

9.Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan ……..(rezonator) vazifasini bajaradi.

10.Pufak yuzasi ……… (kapillyar) qon tomirlar bilan tutashgan.

11.Tanasi birmuncha og’irlashgan baliq suv ….. (tubiga) tushadi.

12.Anal suzgichlari dumining …….. (ostida) joylashgan.

Tezkor savollar

1.Zog’ara baliqning tanasi qanday shaklda?(suyri)

2.Baliqlarning qaysi suzgichlari toq bo’ladi?(orqa, dum,anal)

3.Baliqlarning juft suzgichlari?(ko’krak, qorin)

4.Baliqlarning qorin va orqa tomonining rangi?(oqish, balchiq rangiga ya’ni to’q yashil)

5.Baliqning boshi tana bilan qanday qo’shilgan?(harakatsiz)

6.Baliqning suzgich pufagi nima bilan to’lgan?(gaz)
III. Yangi mavzu bayoni ( 15 daqiqa)

Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat. Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo'ngach orqali ichakka tushadi. Zog'ora baliqning oshqozoni bo'lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo'shlig'iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqlig'i ajraladi.

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan . Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan

Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan

To'qimalarda hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo'ng'ir-qizg'ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi

Barcha tirik organizmlardagi singari baliqlar organizmida ham xilma-xil

va murakkab jarayonlar sodir bo’lib turadi.Bu jarayonlarning majmui

moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi

muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo’lgan

moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar organizmning o’sishi, nasl qoldirishi

va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo’ladi. Baliqlar sovuq-

qonli hayvonlar hisoblanadi. Ular tanasi tashqi muhit ta’sirida o’zgarib turadi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash(12daqiqa): uchun kichik guruhlarga qisqa savol-javoblar, test savollaridan to`g`ri javobni top o`yini, tezkor savollar har bir guruh uchun zig-zag, atamalar zanjiri kabi topshiriqlarni bajaradilar. Biz bu bilan o`quvchilarni tezkorlikka, topqirlikka o`rgatamiz.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun rasmga qarab baliqning qismlarini ayting

usulidan foydalaniladi.

O’quvchilarga yangi mavzuni yanada mustahkamlash uchun har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi


I guruh “Chaqqonlar ” ga beriladigan test savollari:

1.Baliqning oshqozoni qanday

vazifani bajaradi?

A.Hazm qilish. B.Ayirish

S.Qon aylanish. D.Nafas olish

2.Yurakdan chiqadigan qon tomirlari?

A.Venalar. B.Arteriyalar.

S. Kapillyarlar D. Lenfalar



Test javoblari: 1.A; 2.B.
II guruh “Bilimdonlar” guruhiga beriladigan qisqa savollar:

3.Kislorod bilan boyigan qon

nima deb ataladi?

A.Vena. B.Arteriya

S. Arteriya va vena. D. Linfa

4.Baliqlar nimasi orqali nafas oladi?

A.Jabralari B. O’pka

S.Traxiya D.O’pka va traxiya



Test javoblari: 3.B; 4.A;
III guruh – “Zukkolar” guruhiga beriladigan test savollari:

5.Baliqning yuragi qayerda

joylashgan?

A.Boshida B.Qorin tomonida

S.Jabralardan keyinroqda

D.Oshqozonining ustida

6.Baliqning yuragi necha

kamerali bo’ladi?

A.4 kamerali B. 3 kamerali

S. 2 kamerali D. 1 kamerali



Test javoblari: 5.S; 6. S;
Tezkor savollar har bir guruh uchun zig-zag usulidan foydalanib 4tadan beriladi.

I guruh “Chaqqonlar ” guruhiga teskor savollar

1.Baliqning jag’larida bir necha qator ….. joylashgan (tishchalar)

2.Oziq oshqazon devori bezlari ishlab chiqaradigan …….. ta’sirida hazm bo’ladi (shira)

3.Baliqlar suvda erigan …… bilan nafas oladi (kislorod)

4.Qahraton qishda muz tagiga ……… o’tmasligi yoki issiq suvda ……. kam erishi tufayli baliqlar halok bo’ladi. (kislorod)
II guruh “Bilimdonlar” guruhiga teskor savollar

5.Baliqlar og’zi oraqli yutilgan suvni jabra ………. orqali chiqaradi (yoriqlari)

6.Jigar ajratadigan suyuqlik …….. (o’t suyuqligi)

7.Yurakka keladigan qon tomirlari ……… (vena)

8.Baliqlar …….. qonli hayvonlar (sovuq)
III guruh – “Zukkolar” guruhiga beriladigan test savollari:

9.Qon aylanish sistemasi ……doiradan iborat.(bitta)

10.Baliqlar tanasi harorat doimiy bo’lmasdan, atrof- muhit ……… ta’sirida o’zgarib turadi.(harorati)

11.Yurak bo’lmacha va …….. iborat.(qorinchadan)

12.Karbonat angidrid vena qon tomirlariga to’planib yurak ……. qoyiladi.(bo’lmasiga)
Rasmga qarab baliqning qismlarini ayting. Har bir guruh o’quvchilarining faolligi aniqlanadi.

Rasmdagi baliqning qismlari qo’yidagilar:

O’g’iz, til, halqum, qizilo’ngach, jigar, oshqazon, oshqazonosti bezi,ichak, anal teshigi.

Rasmga qarab qismlarini tekshirish uchun slayd orqali javoblarini namoyish etamiz va bunda biz yangi mavzu bo’yicha barcha o’quvchilarni baholagan bo’lamiz.


V. O’quvchilarni baholash (2daqiqa) rag’bat kartochkalari yig’ilib go’lib guruh e’lon qilinadi va kundaliklarga baholar qo’yib chiqiladi.
VI. Uyga vazifa: (1daqiqa)

Sinfdagi barcha o’quvchilar “Baliqning ichki tuzilishi”mavzusini



o’qib kelish,mavzuga doir qisqa savol-javoblar yozish
5”-ofarin kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar test tuzib keladi.
4”-barakalla kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar qisqa savol-javoblar yozadi.

3”-izlanuvchan kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar mavzu yakunida berilgan savollarga javob yozib kelishadi.
Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish