U jo'Rayev, R. F a r m o n o V, s h. E r g a s h e V



Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/230
Sana15.05.2021
Hajmi1.61 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   230
Savdoning rivojlanishi.  X V I - X V I I asrlarda savdo va tadbir-
korlikning markazi bo'lgan shaharlarning o'sishi davom etdi. Bu esa, 
o'z navbatida, shahardabozor savdosining o'sishiga olib keldi. Odatda 
15 


bozorlarda savdo haftasiga bir yoki ikki kun bo 'lardi. Shaharlarning о' sib 
borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshladi. 
XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday 
bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. 
Shu asr oxiriga kelib, bozor savdosi bilan  d o ' k o n savdosi o'rtasida 
raqobat vujudga keldi. Yangi davr bozorlarining yana bir о 'ziga xos tomoni 
- bu tovarlarni uni ishlab chiqarganlarning о 'zlari emas, savdogarlikni kasb 
qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi edi. 
O ' s h a davr manbalarida:  « D o ' k o n l a r dunyoni egalladilar. Ular 
shaharlarni yutib yubormoqdalar», - degan ibora yozilgan edi. 
Shaharlar to 'xtovsiz о 'sib borayotgan bir sharoitda, ahyon-ahyonda 
tashkil etiladigan yarmarkalar shahar ahoUsining talabini qondirolmay qoldi. 
О 'rta asr yarmarkalari о 'z ahamiyatini yo 'qotdi. Shahar ahoUsining ehtiyojini 
har kuni savdo qiluvchibozorginaqondira boshladi. Savdogarlarhayotiga, 
mol-mulMga solinayotgan doimiy xavf-xatar ularni birlashishga majbur etgan. 
Bu omil, o'z navbatida, savdo kompaniyalari sonining ko'payishiga olib 
kelgan. Kompaniya a'zolari uning faoliyati uchun o'z mol-mulklari bilan 
javobgar edilar. Shu tariqa dastlabki aksionerlik jamiyatlari tashkil topgan. 
Savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi oqibatida 
savdo monopoliyalari vujudga keldi. Bu hodisa ham yangi davrning muhim 
belgilaridan biri edi. 
Jahon savdosi. Gollandiya va Angliya  j a h o n savdo-sotig'ining 
markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini 
h a m kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. 
Angliyaga chetdan qalampir oUb keUsh huquqi faqat «Ost-Indiya» kom-
paniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi 
boylikka ega bo 'ldi. Natijada о 'z aksiyadorlariga hatto 500% gacha miq-
dorida dividend  h a m to 'lay boshladi. Angliyaga paxta olib kelish huquqi 
esa «Levantiy» kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda О'rta 
Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini  h a m qo 'lga kiritgan. 
Rossiya bilan savdo aloqasi olib borishga «Moskva» kompaniyasi haqli 
edi. 
Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va hatto eng 
mashhur dvoryanlargacha -  h a m m a qaysidir bir kompaniyaning aksiya-
dori edilar. Hatto qirollar  h a m bundan mustasno emasdilar. Ayni paytda 
ular savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar. Chunki 
k o m p a n i y a tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga  j u d a katta 
16 


miqdorda daromad keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari 
o ' z l a r i g a u z o q mamlakatlarda Angliya manfaatlarini  h i m o y a qilish 
majburiyatini  h a m olar edilar.  X V I I asr boshlarida Angliya savdo 
kompaniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hin-
distongacha bo 'lgan juda katta hududni о 'z ta'sirida tutgan. Hindiston va 
Amerikaga tobora  k o ' p r o q kirib borgan. 
Qisqa vaqt ichida Angliya savdosining hajmi ikki barobar ortgan. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat