Turoperatorlik faoliyati



Download 0,75 Mb.
bet16/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

Tayanch so‘z va iboralar: turoperatorning funksiyalari, qabul qilish bo‘yicha turoperator, turmahsulot, turoperator vazifalari, turistik safar.


Nazorat savollari:

1. Turizm xizmat bozorida turoperatorlik faoliyatining mohiyati nimadan iborat?

2. Turoperatorning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

3. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning funksiyalarining o‘ziga xosligi qanday namoyon bo‘ladi?

4. Turoperatorlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

3-BOB. TURIZM BOZORI TUSHUNCHASI VA VAZIFALARI

3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.

3.2.Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.

3.3.O‘zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning muammolarini tahlil qilish.
3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi sohadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.

Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste’molchisi o‘rtasida bir-biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos bir xususiyat bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste’molchi yaratadi. YAxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi.

Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi vositachi (dallol) orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent-iste’molchi) sotiladi.

Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak:-ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mehmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik bozor ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralanmagan. SHuning uchun turistik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitoblar orqali amalga oshirilishi mumkin.

Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi:


  • erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yoki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar;

  • ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;

  • iste’molchining erkin holatda tanlay olish imkoni;

Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi:

1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.

2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni etkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistik mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini qoplagan xolda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi.

3.Mehnatga moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi.Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugalangan shaklidan iborat.

Turistik bozor o‘ziga xos xususiyatlariga ega:



1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi. Bunda ko‘rsatilgan xizmat qilingan daraja va sifatning kafolati, mahsulotning ishonchligi, shuningdek turning iste’molchilik xususiyatlari haqida mukammal egadir.

2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (maxsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o‘ta muhimdir.

3.Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differetsiallash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab), shuningdek turistlarni etkazib berish hajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin.



4.Mahsulot sifati ko‘p hollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.

5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun uzoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muhim hisoblanadi.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish