Turkistondagi Milliy ozodlik kurashlarining yuzaga kelish sabablari va mohiyati



Download 39,72 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi39,72 Kb.
#794673
Bog'liq
Reja


Reja:

1.1 Turkistondagi Milliy ozodlik kurashlarining yuzaga kelish sabablari va mohiyati.


1.2 XIX asrning 80-90 yillarida Farg’ona vodiysidagi milliy ozodlik harakatlari.
2.1 Qurbonjon dodxoh boshchiligidagi ozodlik harakatlari. 1892 yilgi Toshkent qo’zg’oloni.
2.2 Andijondagi Dukchi Eshon (Muhammad Ali Halifa) boshchiligidagi halq qo’zg’oloni.
3.1 XX asr boshlarida dexqonlar g’alayonlari. Namoz Pirimqulov boshchiligidagi halq harakati. 1916 yilda Turkiston halqlarining podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi harakatlari.
3.2.Jadidlar va ularning maorifdagi mustamlkachilikka qarshi faoliyati.

1.1 Turkiston mustamlakaga aylantirilgach, podsho Rossiyasi o’zining asosiy maqsadi etib eng avvalo halqlarimizda milliy davlatchilik tuyg’ularini yo’q qilish etib belgiladi. Bunda hamma sohada rus millatchilik shovinizmini qaror toptirish ko’zlandi. Rus amaldorlaridan biri tatar A.Divayea shunday yozgan edi: - «Bu halqlar juda boy madaniyatga ega, bu madaniyatni o’rganish biz uchun juda ham og’ir. Biroq biz bu madaniyatni o’rganishga majburmiz, chunki bundan buyon bu halqlarni biz boshqaramiz». (Kirgizskiye poslovitsi. M.1900. 2-bet)1.Turkistonda barcha rus amaldorlari, ziyolilari o’lkada buyuk rus davlatchilik g’oyalarini amalga oshirishga kirishdilar. Turkistonda siyosiy, iqtisodiy va milliy ma’naviy zulm nihoyatda kuchaydi.O’lka aholisining ro’yxatga olingach, erkaklarni harbiy hizmatga olish masalasi yuzaga keldi. Biroq o’lkada mahsus taftish ishlari olib borgan maxfiy maslahatchi Girsning bergan ma’lumotlariga asosan podsho hukumati turkistonliklardan armiyaga olish fikridan qaytdi va ularga harbiy soliqlar joriy etdi. Podsho mahalliy halqlarning qo’liga qurol berib, harbiy ishlarga o’rgatish o’zi uchun nihoyatda havfli tadbir ekanligini angladi. Podsho hukumatining Turkistonda olib borgan mustamlakalashtirish siyosati mahalliy halqlarimizda kuchli norozilik keltirib chiqardi va ruslarning bu yerga kirib kelgan dastlabki kunlaridanoq mustamlakachilarga o’zining noroziligini namoyon etib turdi. XIX asrning 70-80 yillarida esa mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik harakatlari Turkiston o’lkasining deyarli barcha joylarida kuchayib ketdi. Bu haqda maxfiy maslahatchi Girs ham o’z ma’lumotlarida to’xtalib o’tib, «halqda ruslarga qarshi kurashish befoyda», degan tushuncha paydo bo’lgan, - deya ta’kidlab o’tadi. Biroq biz keyingi yillarda bo’lib bir qancha milliy ozodlik harakatlaridan halqda bunday xulosa paydo bo’lmaganligini ko’ramiz. Milliy ozodlik harakatlarining kuchayishiga yana bir sabab, mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy zulm edi. Rossiya Turkistonni bosib olgach, o’zining iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishga va o’lkani xom-ashyo bazasiga aylantirishga kirishdi. Qishloq xo’jaligidagi amalga oshirilgan siyosat, o’lkada sanoat ishlab chiqarishning shakillantirilishi to’laligicha rus podshosi manfaatlari uchun ishlay boshladi. Mahalliy halqlarning barcha insoniy huquqlari poymol etilib, ularga faqatgina arzon ishchi kuchi bo’lgan qullar kabi muomala qilindi. yer mulklarning yirik mulkdorlar qo’lida to’planishi, turli banklarning ochilishi, savdo sudxo’rlik kapitalining kuchayishi o’lkada qashshoqlarning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, ruslashtirish siyosati orqali o’lkaga ko’plab rus mujiklarini ko’chirib kelitirilishi ham halqlarimizning azaliy tiriklik manbai bo’lgan yer suvlaridan mahrum bo’lishiga va yollanma ishchilarga, mardikorlarga aylanib borishiga olib keldi.2 Sudxo’rlikning nihoyatda, kuchayib avj olishi ham asosan oddiy dexqonlarni katta-katta qarzlarga bostirib, o’z yeri va erkidan mahrum bo’lishlariga olib keldi. Ruslar kelishi bilan boshlangan ochrachiliklar, qashshoqliklar, turli kasalliklarning ko’payishi, ayniqsa, ruslar bilan tengma teng o’lkada keng tarqalgan o’g’rilik, talonchilik, yulg’ichlik oddiy halqning boshiga og’ir savdolarni soldi. Halqimiz har tomonlama mustamlakachilik zulmi ostida ezilgan bo’lsada, biroq o’zining izzati, erki, qadr-qimmati toptalayotganligiga indamay qarab turmadi va rus mustamlakachilariga qarshi ko’plab marotaba erk va istiqlol uchun kurashlar olib bordi. Bu kurashlar 70-80 yillarda Farg’ona vodiysida, 90-yillarda Toshkentda va Farg’ona vodiysida, XX asrning boshlariga kelib Turkiston o’lkasining deyarli barcha hududlarida muttasil davom etib turdi va halqimizning o’z erki va ozodligini qo’lga kiritishi uchun hech qachon kurashlarni pasaytirmaganligi uni yuqorida aytganimizdek «befoyda» deb o’ylamaganligi bu kurashlarning mohiyatini ochib beradi.Podsho Rossiyasi tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy va milliy zulm halqlarimizning milliy ozodlik kurashlarini kuchayishiga olib keldi.3 Hukmron tuzumga qarshi qo’zg’olonlar asosan qambag’al dexqonlar, kosiblar, hunarmandlar tomonidan amalga oshirildi. Milliy g’ururini yo’qotmagan ayrim yuqori tabaqa vakillari ham bu qo’zg’olonlarda ishtirok etdilar. 1878 yilda Mingtepada yetimxon boshchiligida ruslarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Biroq rus mustamlakachi hukumati katta harbiy kuchlar yordamida yetimxon boshchiligidagi qo’zg’olonlarni bostirdi. Biroq, o’lkada rus chorizmiga qarshi qo’zg’olonlar bu bilan boshlandi deb bo’lmaydi. Bu davrda yuz bergan milliy ozodlik harakatlarini mahsus tadqiq qilgan tarixchi X.Bobobekov quyidagi bir qator qo’zg’olonlarni sanab o’tadi:
Qozog’iston mintaqasida 1783-1793 yillarda bo’lib o’tgan Sirim Botir qo’zg’oloni.
1822-23 yillarda bo’lib o’tgan Julomon Tilanchi qo’zg’oloni.
1836-1838 yillarda bo’lib o’tgan Isatoy Toyman qo’zg’oloni.
1837-1846 yillarda bo’lib o’tgan Sulton Kenasari qo’zg’oloni.
1856 yilda bo’lib o’tgan Sirdaryodagi Jonxo’ja Nurmuhammedov boshchiligidagi qo’zg’olon.
1868 yildagi Samarqand mudofaasi va Buxoro shahri, SHahrisabz bekliklaridagi qo’zg’olonlar.1870 yilda Mang’ishloq qirg’izlarining qo’zg’olonlari.1871 yilda Sirdaryo viloyatida Eshon EshMuhammad boshchiligidagi qo’zg’olonlar.1878 yildagi Mingtepadagi yetimxon qo’zg’oloni va boshqalar.YUqoridagilardan ko’rinadiki, yetimxon qo’zg’oloniga ham rus mustamlakachiligiga qarshi mahalliy halqlar tomonidan ko’plab marta qo’zg’olonlar ko’tarilgan.4 Ular orasida Sulton Sodiq boshchiligidagi, Botirxon To’ra boshchiligidagi, Po’latxon, Qo’rbonjon dodxohlar boshchiliklaridagi milliy ozodlik harakatlarini alohida ko’rsatib o’tish lozim.SHuningdek, Bobobekov 1887-1897 yillarda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida mustamlaka idoralariga qarshi ja’mi 663 marta hujumlar bo’lib o’tkanligi alohida ta’kidlab o’tadi. yetimxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach ham, Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi kurashlar pasayib qolmadi. Bundan harakatlar turli sharoitlarda bo’lib turdi.1880 yilda alohida barcha soliqlar yig’ib olingandan so’ng Xo’jand Uyezdining boshlig’i Putinsev O’ratepa va Xo’jand aholisidan qo’shimcha soliq yig’ib olish to’g’risida ko’rsatma beradi. Bundan g’azabga to’lgan halq Raxmonqulixoja va Mirkarimboylar boshchiligida uyezd mahkamasiga borib noroziliklarni bildiradilar. Qo’zg’olonchilarga qarshi kuch ishlatiladi va boshliklari hisobga olinadi.SHunday harakatlardan biri 1882 yil noyabrida Namanganda bo’lib o’tadi. Qo’zg’olonchilar tarqatilib, rahbarlari qamoqqa olinadi.1882 yili O’shda va 1883 yili CHustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham shu tariqa bostirildi.
1.2.80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida Farg’ona vodiysida qo’zg’olonlar yana avj oldi. Qo’zg’olonchilar o’zlariga qarashli bo’lgan va zulm o’tkazgan boylar hamda volost boshliqlarining uylariga o’t qo’yish va hujumlar uyushtirishni kuchaytirdilar. Andijon uyezdining Qo’rg’ontepa volostida Darveshxon boshchiligida mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq qurolli kurashga tayyorgarlik ko’rila boshlandi.Hukumat bundan habar topgach, u yerga harbiy kuchlarni yubordi va qo’zg’olonchilarga zarba berildi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri Mo’minboy dorga osildi.1890 yilda Namanganning Kapa volosti Qumqo’rg’on qishlog’ida ham ma’muriyatga qarshi norozilik bo’lib o’tdi. Bunga ham qarshi harbiylardan foydalanildi.1893 yil fevralida Qo’qon volostining Qashqar va Niyoz qishloqlarida, 13 fevralda Andijon yaqinidagi Qo’qon qishloqda mustamlakachi ma’muriyatga qarshi kuchli norozilik harakatlari bo’lib o’tdi. Ayniqsa, Qo’qon qishlog’ida halq pristav va uning yordamchilarini kaltaklab, ularni bu yerdan haydab yubordi. Bu qo’zg’olon bilan Farg’ona viloyati g’arbiy gubernatori general leytenant Korolkov N.I shaxsan o’zi shug’ullandi va qo’zg’olonchilarni jazolash uchun o’z yordamchisi general-mayor Medinskiyni yubordi. Ruslarning katta harbiy kuchlari Qo’qon qishloq aholisini qattiq qiynoqlarga soldilar va ularning mol-mulklarini tortib oldilar.Bunday qo’zg’olon va norozilik Andijon uyezdining Kengko’l volostida ellikboshilarni saylash vaqtida ham yuz berdi. 1896 yilda Namangan uyezdining Oqsuv-SHahrixon volostidagi Naymancha, Ko’xna mozor, Langarbob qishloqlarida ham ellikboshi va mingboshilar saylovlari vaqtida shunday harakatlar bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olonlarda ham halq pristav va uning amaldorlarini do’pposlash, ularni toshbo’ron qilish bilan cheklandi.1895-1896 yillarda Kengko’l-Qoraqir, Olmos, Sariqsuv, Oqsuv-SHahrixon volostlarda yana bir necha marta shu kabi qo’zg’olonlar bo’lib turdi.Farg’ona vodiysida tinmasdan ko’tarilib turgan bunday qo’zg’olonlar va milliy ozodlik harakatlari mustamlakachi hukumatni daxshatga soldi. Ma’muriyat qo’zg’olonlarning oldini olish va qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda shafqatsiz bo’lish bilan birga qo’zg’olonchilarni jazoga tortishda ham keng vakolatlarga ega edi.1892 yildan boshlab rus mustamlakachi hukumati hukumatga qarshi qilingan har qanday jinoyatni ko’rish uchun harbiy sudiga borishga odatlanishdi. Bunda «jinoyatchilarni» «oliy jazo» ga hukm qilish uchun katta huquqlar berildi va bundan asosiy maqsad halqni doimiy qo’rquv va xavotir, daxshat ostida yashashga majbur qilish edi.3-masala: Qo’qon xonligi tugatilib, o’rnida Farg’ona viloyati tashkil etilgach, halqimizning vatanparvar farzandlari o’z erki va ozodligini qo’lga kiritish hamda milliy davlatchiliklarini tiklash uchun kurashni bir dam ham pasaytirmadilar. Po’latxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach, Farg’ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar yana bir istiqlol uchun kurashchi-mashhur qirg’iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo’shinlari safiga kelib qo’shildilar. Vodiyda yashovchi o’zbek, qirg’iz, tojik halqlari birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashni davom ettirdilar.
2.1 Qurbonjon dodxoh yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan rus generallaridan biri D.Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag’lubiyatga uchratadi.1876 yil yozida bo’lib o’tgan jangdan so’ng, mag’lubiyatga uchragan general Skobelev sulh so’rab, Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yubordi. Biroq, mag’rur sarkarda ayol mayor Ionovni qabul qilmadi va mansab pog’onasi jihatidan o’ziga teng bo’lgan sarkarda bilangina muzokara olib borishini bildirdi. Muzokara olib borish amalga oshmagandan so’ng ruslar yana jangnni davom ettirishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning o’g’li Abdulla o’z ukalari bilan birgalikda onasini qo’llab quvvatladi va ular bilan birgalikda ruslarga qaqshatqich zarbalar bera boshladilar. Ular rus mustamlakachilarni har qanday kelishuvchilik va bitimlarni hech qachon halol bajarmasliklarini ham ta’kidlab o’tdilar.Uzoq va shiddatli janglardan so’ng 1876 yil 31 iyul kuni qirg’izlarning mung’ish va adigina urug’lari ruslarga taslim bo’lganliklarini bildirdilar. Biroq bu bilan ruslar istiqlolchilik harakatlarini Oloyda butunlay bostirishga erisha olmadilar. Ruslar Oloyda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagach, Qurbonjon dodxohni «Oloy malikasi» va hukmdori deb tan oldilar. Bu yerlar Rossiya mulki deb e’lon qilingan bo’lsa ham, Qurbonjon dodxoh o’ziga qarashli hududlarda mustaqil siyosat yuritish va boshqarish huquqini saqlab qoldi.Farg’ona vodiysi va Oloyda halq kurashlari davom etardi. Qirg’izlarning nayman urug’i Qo’qon xonlari avlodidan bo’lgan Xudoyqulni xon deb e’lon qildilar va kurashni davom ettirdilar. SHohimardon va Langar qishloqlarini egallab, Vodil va CHimenni qo’lga kiritish uchun harakat qilayotgan Xudoyqulga qarshi general Kolpakovskiy boshchiligidagi jazo otryadi yuborildi va Xudoyqul mag’lubiyatga uchradi. Bu jang Qorakiya degan joyda bo’lib o’tdi.1876 yilning mart oyida Abdullabek ham kurashlarni kuchaytirdi va ruslarning tarkibidan Terak dovoniga ko’chayotgan vaqtda ruslar unga qarshi jang qildilar va Abdullabek tomonidan mag’lubiyatga uchradilar. Abdullabekka qarshi yuborilgan xoin Sarimsoqxo’ja ham mag’lubiyatga uchratildi va qatl etildi. Guljaga qochishga erishgan Xudoyqul qo’zg’olon ko’tarishga urinib ko’rdi, biroq qo’lga tushirilib, qatl etildi.Davomli kurashlardan so’ng tarqoq holga kelib qolgan Vatan himoyachilari o’z kuchlarini birlashtirdilar. Abdullabek, Umarbek, Sulaymon udaychi, Taniqul va Valixon to’ralar boshliq o’zbek va qirg’iz vatanparvarlari ruslarga qarshi kurash olib borib, YAngiariq darasini egallab oldilar. SHu vaqtlarda esa Abdukarimbek o’zini xon deb e’lon qildi (1876 y may). Uzoq davom etgan kurashlar vatan himoyachilari uchun juda og’ir kechdi va ular muntazam rus armiyalariga qarshi davomli kurashlar olib borishga ojizlik qildilar. SHunga qaramay rus mustamlakachiligiga qarshi ozodlik kurashlari Turkiston o’lkasining turli joylarida o’zini namoyon qilib turdi.Rus mustamlakachiligiga qarshi eng katta kurashlardan biri XIX asrning 90 yillari boshida Toshkentda bo’lib o’tdi. 1892 yil bahorida Afg’onistonning Qobul va Xirot shaharlarida vabo kasalligi tarqaldi. Bu kasallik bahorning oxirlarida Samarqand viloyati va iyunning boshlarida Toshkent shahriga ham yetib keladi.Bu kasallikning oldini olishdan ojiz bo’lgan rus mustamlakachi ma’muriyati kasallikning keng tarqalib ketishidan havfsirab, ba’zi shoshilinch choralarni amalga oshiradi, shulardan biri sifatida shahardagi mavjud 12 ta qabristonning barchasi yopib qo’yiladi. Vafot etganlarni dafn qilish uchun va’da berilgan bir nechta qabriston o’rniga shaharlardan olisda faqatgina bitta qabriston ochib beriladi. SHuningdek, vabo bilan og’riganlar ruslar tomonidan yo’q qilinadi degan mish-mishlar ham tarqalib ketadi. Bu esa o’z navbatida halqni vaximaga solib qo’yadi. Halq orasida hukumatdan norozilik kayfiyati kuchayib boradi.Halqning bunday kayfiyatidan havfsirab qolgan ma’muriyat halqparvar va haqiqatgo’y eski shahar oqsoqoli Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayevni (1833-96) oqsoqollikdan bekor qilib, o’rniga yoqtirmaydigan va ruslarning sadoqatli qullaridan biri Muhammad YOqubni shahar oqsoqoli etib tayinlaydi. O’z manfaati uchun hech nimadan qaytmaydigan Muhammad YOqub o’z ajali bilan yoki boshqa kasalliklardan vafot etganlarni ham shahar chekkasidagi mahsus qabristonga ko’mishni buyuradi. Vafot etganlarning qabristonga ko’milishidan ham pora undirish payiga tushganligi uchun halqning Muhammad YOqubdan noroziligi oshib ketadi. Halq o’zining qadr-qimmati toptalayotganligiga chidab turmaydi va qo’zg’olon ko’taradi.Bunga yana rus ma’muriyatining vabo kasalligini oldini olish borasida yetarli e’tibor bermayotganligi ham asosiy sabablardan biri bo’ladi. 1892 yilning 24 iyunga o’tar kechasi Muhammad YOqubga vafot etganlarni yashirincha qabristonga ko’milayotganligi haqida habar keladi. U bu xaqda shahar hokimi Putinsevni habardor qiladi. Oqibatda ertasi kuni bir qancha kishilar aybdorlar sifatida qamoqqa olinadi. Halq ochiqdan-ochiq o’ziga qarshi milliy va diniy qadriyatlarining, insoniylik qadr-qimmatining poymol etilayotlanligiga qarshi chidab turmadi va Azizyor, Abdul Qosimxo’ja kabi Toshkentning taniqli ulamolari boshchiligidagi mingga yaqin kishi hokim qarorgohi tomon yurish qiladilar. Putinsev va Muhammad YOqub boshchiligidagi shaharliklarga qarshi turgan politsiyachilar halq tomonidan toshbo’ron qilinadilar. Hokim va uning mirshablarini do’pposlash bilan birga hokimning mahkamasi ham ostin-ustun qilindi. Toshkentliklarga qarshi harbiy qurolli kuchlar qarshi qo’yildi va halq soldatlar tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi. Oqibatda ko’plab kishilar o’ldi va yarador bo’ldi. Jazolash vaqtida 60 kishi asir olindi. Hisobga olinganlar uzoq muddatlarga qatorga va qamoq jazolariga 8 kishi esa o’lim jazosiga mahkum etildi.Toshkentdagi «vabo isyoni» deb nom olingan milliy-ozodlik harakati vabo bahonasida kelib chiqmagan edi. Bu isyon mustamlakachi rus ma’muriyati olib borayotgan zulm va zo’ravonlikka asoslangan idoraga qarshi uzoq yillar davomida norozilikka aylanib kelayotgan edi. Vabo faqatgina bir turtki bo’lgan edi holos.General gubernatorlikning markazida bo’lib o’tgan bu kurashdan so’ng rus hukumati nihoyatda, qattiq tashvishga tushib qoldi. Turkiston o’lkasida mirshablik holati joriy etildi. «Davlat tartibi va jamoat osoyishtaligini muhofaza etishga doir choralar haqida Nizom» (1887) va 1892 yil 18 iyundan kuchga kiritilgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoidalar» Turkiston o’lkasida joriy etildi. Harbiylar va politsiyaning vakolatlari kengaytirildi. O’lkada harbiy holat e’lon qilindi. Rus mustamlakachi hukumati o’lka aholisining doimo qo’rquv va xavotirda yashashga majbur qilish bilan birga, milliy madaniyat va ma’rifatni ham cheklash, maorif va boshqalarda ruslashtirish siyosatini avj oldirishga kirishdi. 1895 yildan boshlab o’lkada rus tuzem maktablari ochila boshlandi. Turli siyosatlari va tadbirlari bilan rus mustamlakachilari mahalliy halqlar ustidan hokim ekanliklarini namoyish etib turdilar.
2.2. CHorizmning Turkistondagi halqlarning vatanparvarlik, kurashchanlik tuyg’ularini barbod qilishga har qancha urinmasin, o’lkaning eng markaziy qismlarida qo’zg’olon davom etib turdi. Rus mustamlakachiligi siyosati va hukmronligiga qarshi navbatdagi qo’zg’olon 1898 yilda Andijonda bo’lib o’tdi va bu kurashga Dukchi Eshon (Muhammad Ali halfa) boshchilik qildi.Muhammad Ali Muhammad Sobir o’g’li Marg’ilonga qarashli SHaxidon qishlog’ida dunyoga kelgan. U yoshligida Buxoroda va keyinchalik Andijonda Sultonxonto’ra Eshon huzurida tarbiya topadi. Hayoti davomida kishilarga ezgulik va savob ishlarni ko’p qiladi. Sultonxonto’ra vafotidan so’ng esa uning vasiyati bilan Eshonning o’rniga pir bo’lib qoladi.1887 yilda Muhammad Ali Eshon Makka safariga otlanadi va Afg’oniston, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, ortga qaytishda esa Rossiyaning janubiy o’lkalarida bo’lib, u yerlardagi taraqqiyot va halq turmushini o’z ko’zi bilan ko’rib, katta taassurotlar bilan Farg’onaga qaytadi.Eshon chet el safarida o’rganib kelgan ayrim ishlarning aholi ko’z o’ngida bajargach, halqning unga bo’lgan e’tiqodi va ehtiromi yanada oshib boradi. Muridlari uning hovlisidagi 12 gazli minorasini 34 gazga ko’tarib pishiq g’isht bilan yangilab berishadi va 500 otga mo’ljallangan otxona qurib berishadi. U har kuni yetim-esirlar va beva bechoralarga ovqat qilib ulashadi.Muhammad Alining halq orasida obro’si nihoyatda oshib ketganligi rus hukumatini tashvishga solib qo’yadi. SHu kunlarda Eshonning hovlisidagi minora qulab tushadi va talabalarni bosib qoladi, oqibatda 23 talaba halok bo’ladi, 15 tasi yarador bo’ladi. Bahona topilgan rus hukumati Eshonni darhol qamoqqa oladi. Biroq jabrlargan va halok bo’lgan talabalarning ota-onalaridan hech qanday shikoyat va da’vo bo’lmaganligi sababli ma’muriyat Muhammad Ali Eshonni ozod qilishga majbur bo’ladi. Bu sud va tergov jarayonlari Eshonning obro’sini nihoyatda, oshirib yuboradi va uning mo’ridlari ko’chalarda namoyishlar uyuushtirishadi. 1895 yilda Eshonning huzuriga Qurbonjon dodxoh tashrif buyuradi. Bu vaqtda uning o’g’li Kamchinbek rus amaldorlarini o’ldirganlikda ayblanib, osib o’ldirilgan edi. Qurbonjon dodxoh esa yana ruslarga qarshi butun qirg’izlarni qo’zg’olonga ko’tarishi mumkinligi va ayniqsa, uning Dukchi Eshon bilan uchrashuvi mustamlakachi hukumatni qattiq tashvishga soladi.1896 yili esa Ko’gart va Ketmontepa qirg’izlari vakillari Muhammad Ali Eshon huzuriga kelib, rus mujiklarining zo’ravonliklari ustidan shikoyat qilib kelishadi.1897 yil oxirida bu qishloqlarning aholisi bir yerga to’planib, CHibil oqsoqol va qozoq noibi Mullo Raxmatulla boshchiligidagi ruslarga qarshi urush rejasini ishlab chiqishadi. Bundan habar topgan rus ma’muriyati zudlik bilan yetib keladi, biroq uni ma’rakaga yig’ilganliklarini aytib, tarqalishadi va Eshonni Mingtepaga kuzatib qo’yishadi. Bunda e’lon qilingan g’azotga Muhammad Ali Eshon rahbar etib saylangan edi.Muhammad Ali Eshon darhol ishga kirishib, gazotga tayyorgarlikni boshlab yuboradi va Farg’ona vodiysidagi mashhur kishilarga, jumladan, Muhammadaliboy, Somiy va Holikberdi oxun, Said Axmadxo’ja, Qurbonjon dodxoh, Muhammad YUsuf eshon, YAxyoxon to’ra xoji va boshqalarga maktublari jo’natadi.Biroq belgilangan vaqtga, ya’ni 1898 yil 15 yanvarga aytilgan kishilarning hammasi ham kelmaydi. Oqibatda dastlabki urinish qoldiriladi.Bu orada mahalliy halqlarning Dukchi Eshon boshchiligidagi boshlanishi muqarrar bo’lgan qo’zg’oloni haqida rus hukumati ham habardor bo’ladi va uning oldini olish maqsadida turli fitnalar va ig’volarni rejalashtira boshlaydi.Qo’zg’olonchilarning susayib qolgan tayyorgarliklari yana tezlasha boshlaydi, biroq endi uni ko’rinmas bir kuch boshqarayotgandek tuyuladi. 1898 yil 17 may kuni ikki yuzdan ortiq g’azabga to’lgan olomon Eshonning uyiga bostirib kelishadi va uni oq qig’izga o’tkazib, xon deb e’lon qilishadi. Biroq, reja bo’yicha uning jiyani Abdulaziz xon etib ko’tarilishi lozim edi.Qo’zg’olonchilar shu yerdan to’g’ri Andijonga qarab yurish boshlaydilar. Yo’l-yo’lakay boshqa qishloqlarning aholisi ham qo’zg’olonchilarga qo’shilib boradi. Qo’zg’olonchilar Andijonning eski shaharida joylashgan 20-Turkiston liniya bataloni kazarmasiga bostirib kirishadi. Ular 30 ga yaqin miltiqni o’lja olib, uxlab yotgan soldatlarni o’ldirishadi. Biroq, keyingi xonalarda yotgan kazaklar uyg’onib, qo’zg’olonchilarga qarshi otishmalarni boshlab yuboradilar. Bir necha daqiqa davom etgan otishmalardan so’ng qo’zg’olonchilar chekinadilar. Ko’plab qo’zg’olonchilar o’ldiriladi va yarador qilinadi. Kazaklardan 23 kishi o’ldiriladi. Qo’zg’olondan habar topgan podsho Nikolay II Turkiston general gubernatori biron Vrevskiyni lavozimidan chetlashtirib, o’rniga vaqtincha Sirdaryo harbiy gubernatori N.I.Korolkovni tayinlaydi.Korolkov jazo ekspediiyasi tashkil etib, qo’zg’olon bo’lgan hududlarda ko’plab qirg’inlar va jazolarni amalga oshirdilar. Minterada uch soat davomida to’plardan o’q uzib, uni yer bilan yakson qildilar. Aholini ko’chirib yubordilar. Ko’plab aholi esa bungacha tog’larga qochib ketishga ulgurgan edi. Andijonda ham ko’plab odamlar qamoqqa olindilar.Qochib ketgan Muhammad Ali Eshon Arslonbob yaqinidagi toshko’prik degan joyda millatfurush qo’qonqishloqlik Qodirqul va YOqub qo’rboshilar tomonidan ushlab olinib, rus ma’muriyatiga topshirildi. SHunga qaramay qo’zg’olonlar davom etdi va kuz fasligacha cho’zildi.Qo’zg’olon natijasida hibsga olinganlar ko’pchilikni tashkil etgan va rus hukumati tomonidan shafqatsiz jazolangan. Qamoqqa olingan 400 dan ortiqroq tutqunlar umumiy hisobda 4621 yilga qamoq qatorga ishlariga hukm qilinganlarMuhammad Ali Eshon boshchiligidagi qo’zg’olon rahbarlari esa 1898 yil 25 iyunda YAngi shahar Tuproqqo’rg’on oldida dorga osib o’ldirildi. SHu tariqa 1898 yil may oyida Andijon halqi tomonidan rus mustamlaka siyosati va hukmronligiga qarshi Muhammad Ali Eshon boshchiligida yuz bergan qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi. XX asr boshlariga kelib Rossiya imperiyasi siyosiy va iqtisodiy jihatdan inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Mamlakatning hamma burchaklarida hukumatga qarshi chiqishlar, g’alayonlar, ish tashlashlar va qo’zg’olonlar avj oldi. 1901 yil hosilsizlik tufayli yuzaga kelgan ocharchilik va iqtisodiy tanglik, 1904-1905 yillardagi rus–yapon urushidagi mag’lubiyat umumiy ahvolni yanada og’irlashtirib yubordi. Vaziyatdan qutulish uchun hukumat soliqlarni oshirib yubordi. Oqibatda qishloqlardagi dexqonlar xonavayron bo’ldilar. Rossiyada yuz berayotgan bu iqtisodiy va siyosiy bo’xronlarning to’lqini Turkistonga ham yetib keldi. Turkiston dexqonlari ham mustamlakachi hukumatga qarshi ko’plab g’alayonlar ko’tardilar.1905 yil qish oylarida Farg’ona viloyati, Samarqand va Andijon hamda Sirdaryo viloyatlarida dexqonlarning g’alayonlari avj oldi. Namangan uyezdining YAngiqo’rg’on, Sarisuv, Bog’ish volostlarida saylovlar vaqtida ko’tarilgan g’alayonlar tufayli saylovlar ham amalga oshirilmadi. Bunday g’alayonlar CHotqol volostida, Tepaqo’rg’on, Qirchin, Qorasuv, Oltin qayrag’och, Oq yo’l va boshqa qishloqlarda ham bo’lib o’tdi.1905 yil Namangan uyezdiga qarashli Sarichsuv volostining Aflotun qishlog’ida bir yarim mingdan ortiq qirg’izlar to’planib, ellikboshi va saylov o’tkazuvchi amaldorlarni do’pposlashdi.1905 yil bahoriga kelib Farg’ona viloyatida dexqonlar harakatlari, g’alayonlari, amaldorlarni do’pposlash, saylovlarning adolatsizligiga qarshi norozilik va hokimiyatga talablar bilan chiqishlar ko’paydi.YUzaga kelgan bunday vaziyat rus mustamlakachi ma’muriyatini qattiq tashvishga soldi va ular Turkistonda ahvolning nihoyatda, jiddiy tus olganligini e’tirof etib, o’lkada «kuchaytirilgan muhofaza» holatining muddatini uzaytirishni maqsadga muvofiq deb topdilar. Biroq keskinlashib borayotgan ziddiyatli vaziyatni bartaraf etishga ojizlik qildilar. Turkiston o’lkasining turli joylarida dexqonlar g’alayonlari ozodlik harakatlari davom etib turdi.
3.1 XX asr dastlabki o’n yilligida Turkistonda sodir bo’lgan eng yirik dexqonlar harakatlari Namoz Pirimqulov boshchiligidagi harakat edi. Halq tomonidan «Namoz botir» deb ulug’langan bu inson mustamlakachilar tomonidan «Namoz o’g’ri» sifatida atalib, unga qarshi jinoiy ishlar qo’zg’adilar, uning qilayotgan ishlarini «o’g’rilik va talonchilik» deb atab, soxta ma’lumotlar har doim vaqtli matbuotda halqqa noto’g’ri yetkazib bera boshladilar.Namoz Pirimqulov 1904-1907 yillarda Samarqand viloyatining tog’ va qishloqlarida mustamlakachilar va ularning ittifoqlariga aylangan mahalliy boylar va savdogarlarga qarshi kurash olib bordi.Namoz halqqa zarari tegayotgan, halqni zo’ravonlik va sudxo’rlik bilan talayotgan yuqori tabaqa vakillarini ayovsiz jazolab, ulardan tortib olingan mollarni beva bechoralarga va kambag’allarga bo’lib bera boshladi.SHunday harakatlardan biri 1905 yil 10 mayda Kattaqo’rg’on bozorida amalga oshirildi. Namoz va uning odamlari bozorni o’rab olib, bozordan qaytayotgan boylar va savdogarlarni talab, o’lja olingan mollarni shu yerning o’zidayoq kambag’allarga ulashib beradilar.Og’alik qishlog’i oqsoqoli Amin Nazar Muhammad, Arabxon qishlog’i mingboshisi Xidirboyev, yana bir mingboshi Lutfulla Xo’jayevlar mustamlakachilarga sodiq hizmatkor bo’lganliklari uchun Namoz va uning odamlari tomonidan o’ldirildilar va qo’rg’onlarga o’t qo’yib, mol-mulki halqqa ulashib berildi.1905 yil yoz va kuz oylarida Jomda va boshqa joylarda katta savdo karvonlari qo’lga olinadi. Biroq shu vaqtda Xo’jaariq volosti boshqaruvchisi Lutfulla Xo’jayevning xoinligi tufayli Namoz va uning 50 kishidan iborat sheriklari kapitan Polov qo’shinlari tomonidan hibsga olinadi. Namoz qamoqdan yer ostidan laxm kavlab qochib ketishga muvaffaq bo’ladi. SHu voqeadan so’ng Namozchilarga qarshi jazo otryadlari ishlarini shaxsan Turkiston general gubernatori N.I.Grodekov nazorat qila boshlaydi. Namoz yigitlari orasiga josuslar yuborila boshlandi. SHunday josus va xoinlardan biri SHirin Muhammadov ismli kimsa edi.Mustamlaka ma’muriyati Namoz va uning yigitlarini tutish ishlarini kengaytirib boradi va bir qator harbiy bo’linmalarni shu ishga jalb qiladi. Bu operatsiyaga rahbar etib Samarqand harbiy gubernatori yordamchisi polkovnikning Susanino tayinlaydi. Amir Abdulaxadxon ham namozni tutish operatsiyasiga jalb etiladi. Bu ishlarni 1907 yil 28 mayda boshlashni nazarda tutib, Buxoro cheragasida 12 post, Samarqand va Kattaqo’rg’on hududlarida 10 ta kuzatuv postlari quyiladi. Amir ham o’z sarbozlarini shu ishga jalb etadi. Oqibatda, bo’lib o’tgan tengsiz janglardan so’ng Namoz va uning yigitlari katta talofatlarga uchraydilar.Biroq shu vaqt namozchilar orasida fitna qo’zg’alib, Namoz Pirimqulov o’ldiriladi.Namozning o’limi bilan o’lkadagi dexqonlar g’alayonlari to’xtab qolmadi va rus hukumatini daxshatga solib vaqti-vaqti bilan ko’tarilib turdi.
3.3 Rus mustamlaka hukumatining zo’ravonlik siyosatiga qarshi bo’lib o’tgan eng katta norozilik harakatlari qurolli kurashlaridan biri tarixda «Jizzax qo’zg’oloni» deb nom olgan 1916 yilgi milliy-ozodlik kurashlari edi.

Rossiya imperiyasi birinchi jahon urushiga kirgach, tez orada uning harbiy va iqtisodiy saloxiyati yevropa davlatlariga nisbatan ancha qoloq va zaif ekanligi ayon bo’lib qoldi. Frontdagi yetishmovchiliklar, o’q-dori va oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli emasligi, front ortidagi ishlarning susayib ketganligi Rossiya imperiyasi hukumatini Turkistonga nisbatan mustamlakachilik zulmini yanada oshirishga olib keldi.Harbiylikka olinishi ta’qiqlangan Turkistonliklarni «frotn ortida armiya extiyojlarini qondirish» maqsadida mardikorlik ishlariga olishga qaror qilindi.SHoshma-shosharlik va aniq o’ylab chiqilmagan rejani amalga oshirish maqsadida podsho Nikolay II 1916 yil 25 iyunda «front orqasidagi hizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazda CAPut!’ yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkakdarni safarbar qilish» to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga ko’ra, Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqand viloyatidan 38 ming, Farg’ona viloyatidan 50 ming mardikor yuborish belgilandi va bu vazifalarni zudlik bilan amalga oshirish Turkiston general gubernatori zimmasiga yuklatildi. Viloyatlarda darhol farmonni ijro etishga kirishildi. Farg’ona viloyati harbiy gubernatori A.Gippius Farg’ona viloyatidagi sharoitni hisobga olib, bu farmonni birdaniga bajarish noto’g’ri ekanligi haqida hokimiyatni ogohlantiradi. Biroq u farmonni ijro etishni ataylab buzganlikda ayblab ishdan olib tashlashdi va uning o’rniga shovinist harbiylaridan biri polkovnik P.Ivanov tayinlanadi. Mardikorlikka olishga qarshi o’lkaning turli hududlarida qo’zg’olonlar boshlanib ketadi.Norozilik harakatlari dastlab aholi zich joylashgan markazlaridan biri Xo’jandda boshlanadi. 1916 yilning 4 iyul kuni 6000 dan ortiq erkaklar va ayollar ma’muriyatga qarshi ochiqdan-ochiq mardikorlikka farzandlarimizni bermaymiz, deb qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olon harbiylar tomonidan bostirildi va namoyishchilar o’qqa tutildi.Xuddi shunday harakat Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 iyul kuni bo’lib o’tdi. Mardikorlar ro’yxati yo’q qilindi, mahkama hizmatchilari kaltaklandi.Samarqand viloyatining Siyob, Xo’ja Ahror, Angor va boshqa volostlari va qishloqlarida ham shunday chiqishlar sodir bo’ldi.7 iyul kuni Daxbed qishlog’ida xoin Saidmurod Qobilov tuzgan ro’yxatda faqat kambag’allarning bolalari yozilgani uchun halq Usmon Abdurasulov boshchiligidagi mahkama hizmatchilarini kaltakladilar. Bunda Usmon Abdurasulov yaralandi va qo’zg’olon katta kuch bilan bostirildi. Ochil Bobojonov, Rahimberdi Ikromov, Maxmudxo’ja Mirzaxo’jayevlar boshchiligida mardikorlikka olish ishlariga qarshi bo’lgan va faqatgina kambag’allarning bolalari ro’yxatga kiritilganidan norozi bo’lgan Toshkent aholisi ham 11 iyulda ma’muriyatga qarshi norozilik namoyishi va qo’zg’olon boshladi. Qo’zg’olonda ayollar ham faol ishtirok etdi. Qo’zg’olonchilar politsiyachilar tomonidan o’qqa tutildi va bir qancha qo’zg’olonchilar og’ir yarador bo’ldilar. /azablangan halq politsiyachilar va kazaklarga qarshi chinakam urush boshlab yubordilar. Oqibatda, chor askarlari politsiya boshqarmasi ichiga kirib yashirinib olishga majbur bo’ldi. Qo’zg’olon kechgacha davom etdi va general Galkin hamda podpolkovnik Savitskiylar boshchiligidagi jazo otryadlari tomonidan bostirildi.Butun o’lkada chorizm siyosatiga qarshi qo’zg’olonlar kuchayib bordi. 9 iyul kuni Andijonda, Toshkent shahri atrofidagi bir qator qishloqlarda 10 iyul kuni eski Marg’ilonda, SHahrixon va boshqa joylarda dexqonlar va hunarmandlar, kosiblar va boshqalarning chiqishlari umumhalq qo’zg’oloni va kurashiga aylanib ketdi.Jizzaxdagi norozilik harakatlari esa tom ma’nodagi ozodlik urushiga aylanib ketdi. Jizzahliklar dushmanga qarshi g’azovot e’lon qildilar. Qo’zg’olonga Nazirxo’ja eshon va Abdurahmon jevachi boshchilik qildilar. Qo’zg’olon 13 iyulda shahar oqsoqolining o’ldirilishi bilan boshlandi. Halq mingboshi mahkamasiga bostirib kirganda, jazo uchun yetib kelgan polkovnik fukin otryadlari qo’zg’olonchilarni o’qqa tuta boshladi. Biroq qo’zg’olonchilar chor askarlariga zarba berib, Fukin va uning yordamchilarini o’ldirishga muvaffaq bo’ldilar.YOrdamga yetib kelgan polkovnik Afanasevning jazo otryadi ham YAngi Jizzax stansiyasida turib qolishga majbur etildi. Atrofdagi qishloqlardan kelayotgan halq qo’zg’olonchilar safini kengaytirdi. Qo’zg’olonchilar temir yo’l stansiyalari, ulardagi neft zaharlari, aloqa simlarini vayron qildilar va yo’q qildilar. Afanasev qo’shinlari o’z marralaridan chekina boshladilar.14 iyulda qo’zg’olon Bog’don, Forish, Sintob bekliklariga ham tarqaldi.Bog’dondagi qo’zg’olonga rahbarlik qilgan Abdurahmon jevachi Jizzahliklar bilan qo’shilishga qaror qildi. Biroq bu paytda Jizzaxga Toshkentdan 2,5 ming kishilk jazo otryadlari tup va boshqa qurollar bilan birgalikda kelayotgan edi. Nazirxo’ja eshon boshchiligidagi jizzahliklar jazo otryadlari tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi va ulardan omon qolgan 600 kishilik guruh Abdurahmon jevachi kushinlari saflariga qo’shildi.Abdurahmon Jevachi 20-21 iyul kunlari Afanasev qo’shinlariga zarba berib, uni chekinishga majbur qildi va mag’lubiyatga uchratayotgan vaqtda polkovnik Ivanov otryadlari yordamga yetib keldi va qo’zg’olonchilarga zarba berdi. Qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uchratilgach, qo’zg’olon bo’lib o’tgan barcha shahar va qishloqlarda ayovsmz jazo ishlari, xunrezlik amalga oshirildi. Abdurahmon jevachi va u bilan bir safda turib kurashgan 12 kishi osib o’ldirildi. Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa ham, chor harbiylaridan kattagina qismi Jizzaxda o’lim topdi. Qo’zg’olon davomida rus harbiylaridan 260 ga yaqin, rus aholisidan esa 4000 ga yaqin kishi o’ldirildi va bedarak yo’qoldi. Bu xaqda 1916 yil 13 dekabrda IV davlat dumasida so’zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy «urush frontlariga yangi bir front turkiston fronti qo’shildi» deb ta’kidlagan edi.Rus ma’muriyati, qo’zg’olonlarni bostirib, o’z maqsadlariga qisman erishgan bo’lsada, bu bilan halqning ozodlikka bo’lgan intilishini yo’q qila olmadi.
3.2 XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan muslamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.
I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda SHamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir SHakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari aloxida e’tiborga molikdir. Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:

1.YAngi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.


2.Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3.Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
SHu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. YAngicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida xam ko’rindi. CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muxarrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «SHuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam paydo bo’ldi.Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. CHunonchi, Toshkent politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o’qituvchi Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan. Qo’qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo’lgan. Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti «Taraqqiyparvar» deb atalib, maxfiy ishlar bo’yicha politsiya bo’limining ma’lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan biri Ubaydulla Xo’jayev bo’lgan. SHuningdek, podsho ayg’oqchilari 1909-1916 yillar davomida mudarris va maktab o’qituvchilarining o’lkani boshqarishda isloxotlar o’tkazish kerakligi xaqida targ’ibotlar olib borayotganliklarini bir necha marotaba xukumatga yetkazganlar.Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarish yuzasidan asosli isloxotlar o’tkazish, o’lkaga Davlat Dumasidan axoli soniga qarab o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «SHo’roi Islomiya», «Ittifoqi muslimin», «Turon» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston Qo’mitasi xam o’lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutmoqda. CHunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. SHu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy xujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo’lgan masalalar bo’yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi. Demokratik xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o’z g’oyalarini xayotga tatbiq etishni mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o’rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik asosda shakllantirilgan Rossiya Ta’sis majlisini chaqirish bilan bog’langanliklari xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda «SHo’roi islomiya»dan «SHo’roi Ulamo» tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta’sis majlisida o’rin olish masalasining muximligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo’shilishiga va «Turk Adami markaziyati» nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining tashkil etilishiga olib keldi.Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan xokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. SHunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), xujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha, «Ittixodi taraqqiy» (1917-1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol» (1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi» (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o’lkada xokimiyatni qo’lga olish maqsadida faoliyat yuritgan.
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko’nikmay xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar xarakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g’oyaviy raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilishdagi sa’y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik xarakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida isloxotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan isloxotlar o’tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o’rin tutadi.XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.Turkistonda jadidchilik G’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
XX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;
1915 yildan 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyatidir.Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon halqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 ta bolaning savodini chiqardi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi»degan ma’noni bildiradi.Ismoilbek G’oyalari yangilanish,yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlari «jadidlar», uning G’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Jadidchilik XIX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤rol havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida yuzaga kela boshladi. U o’sha davrdan Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi. Jadidchilikning asosiy G’oya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qaloqlik, xurofatlardan ozod qilish, «Usuli qadam»ni inkor etgan holda o’lkani, halqni millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish,konstitutsion parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo’shin tuzish. Bu G’oya va maqsadlar 1917-1920 yillarda «Turkiston» muhtoriyati; Buxoro va Xorazm halq respublikalari davrida, qisqa muddatda va qisman bo’lsa-da amalga oshirildi
Jadidchilikning mintaqaviy-hududiy tarixiy shakllari: Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤roldagi jadidchilikka Gaspirali Ismoilbey, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy, Rizouddin ibn Fahriddin rahnomolik qilgan;Turkistonda Munavvar qori, Behbudiy va boshqalar yetakchilik qilishgan; Buxoroda «YOsh buxoroliklar» hukumati, Jum hurrais Usmonho’ja, Fitrat va boshqalar yo’lboshchilik qilishgan; Xiva jadidlariga «YOsh xivaliklar» hukumati, Jumhurrais Xoja Pahlovon Niyoz Hoji yetakchilik qilganlar.
Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti;
I.1885-1895 yillar: G.Ismoilbeyning «Tarjumon» gazetasi ta’sirida Qo’qonda yangi jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan.II. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri bilan uchrashishi natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A.SHakuriy, S.Aziziy, A Munzim, Mulla Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A.Avloniylar, Qo’qonda Hamza, Namanganda I.Ibrat, So’fizoda va boshqalar siymolarimiz ochgan jadid maktablari o’z faoliyatlarini olib bordilar.
III. 1905-1914 yillar jadidchilikning maktab-maorifidan kengroq gazetachilik, ya’ni ro’znomalar va jadidlarni chop etish, matbaa ishlarini yo’lga qo’yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat maorifni milliylashtirish bosqichi.IV.1914-1917 yillar jadidchilikning o’ta ijtimoiy, siyosiy yo’nalish kasb etishi, jadidchilik siyosiy firqlarining tuzilishi va ularga 3 xil turli talablar qo’yish:Rossiyadan to’la ajralib chiqish:Rossiya Federatsiyasi tartibida «milliy-hududiy muxtoriyat» tuzish:Rossiya unitarizmi tartibida faqat ma’naviy-diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga ega bo’lish:V. 1917 yil oktyabri 1918 yil Qo’qonda «Turkiston muhtoriyati»ning tuzilishi va uning qonga botirilib, mahv etilishi davri.VI. 1918-1924 yillar sho’ro tizimi tarkibida, maorif-matbaa ishlarida «CHiG’atoy gurungi»ni tuzish bilan ajralib turadi.VII. Turkiston parchalanib (1924), jadidchilikning keyingi taraqqiyoti «milliy jumhuriyatlar»doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat-maorif, maktab va matbaa ishlarida «CHiG’atoy gurungi» G’oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy-ozodlik harakatini jonlantirishga urindi.VIII. 1931 yildan to 1937-38 yillar orqali 50-yillarining birinchi yarmigacha qataG’onga uchrash davri.Har bir davrda biror yangi G’oyaning tuG’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir bo’ladi. Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hech kim inkor etmaydi. CHunki ular yetilgan muammolarni hal qilish yo’llarini nazariy tomonlarini hal qilish yo’llarini, nazariy tomonlarini barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga favqulodda kuch va G’ayrat bilan kirishadilar. Musulmonlar va qolaversa, turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini, buni G’oyat hafvli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavm, el-yurtlaridagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlariga tenglashish zarurligini birinchi bo’lib qrim-tatar halqi farzandi Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) tushunib yetdi. ,U jadidchilik harakatining butun turkdunyosidagi «G’oyaviy otasi»dir.Ismoil Gaspirinskiy ilmga qattiq berildi. Jahon madaniyati durdonalarini mashaqqat bilan o’rgandi. Natijada turli ilmlardan boxabar bo’ldi. Bir necha tillarni mukammal egalladi. Bu esa uning jahon ilm-fan yutuqlari bilan tanishuviga keng yo’l ochdi. Ana shu tufayli Ismoil Gaspirinskiy SHarq bilan G’arb olamini taqqoslash va yakdil bir hulosaga kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilm darajasiga ko’tarish G’oyasi unga kecha-kunduz tinchlik bermadi. Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish,ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi.Maktab va madrasalarda diniy ta’limot, arab,fors va rus tillarini o’rganish bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotot, nujum,handasa fanlarini o’qitish zarurligini ilgari surdi va uni amalga oshirishga kirishdi. U1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. ¤zi dastur tuzib darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchini savodini chiqardi va bu usul «usuli savtin» - Harf tovushi usuli, ya’ni «usuli jadid» nomi bilan tezda shuhrat topdi.CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidov muharrirligida «Taraqqiy» shu yili Munavvar Qori muharrirligida «Xurshid» 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «SHuhrat», Ahmadjon B. Muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etilgan.Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadon Farg’ona», «Buxoroi SHarif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Hurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari «Oyna» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi.Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan vaqt ham bu hududlardagi kabi tarixiy sharoit, undagi jadidchilik harakatiga ham o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o’tqizib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan edilar, keyinchalik xon va amir yakka hukmronligini (cheklash,mavjud) har qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda podshoh Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning ta’qiqlanishi va Rashidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi: Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan islohatlar o’tkazishi haqidagi farmonini bekor qilish va 1918-1919 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib keldi. Buxoro va Xorazm halq respublikalarida jadidlar birgalikda ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar. Biroq sovet rejimi avval, Buxoro va Xorazm davlatlarida mavjudligiga chek qo’yilgan bo’lsa, keyinchalik barcha jamiyat namoyondalarini jismonan mavh qildi.Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston halqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakasiga qarshi kurashda muhim o’rin tutadi.Turkistonda jadidlarning mavqei ko’tarilib yangi - yangi jamiyatlar tashkil topa boshladidar. Qo’qonda «G’ayrat», Andijonda «Taraqqiyparvar» kabi jamiyatlar tuzdilarki, ularning faoliyatida ilg’or rus demokratiyasi vakillari ham ishtirok qila boshladilar.Jadidlar birinchi jahon urushi yillarida o’z faoliyatlarini keng avj oldirib yubordilar.Jadidchilik turkiy halqlar, shu jumladan, o’zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lgan. Istibdod tuzimiga uncha qarshi shafqatsiz kurash olib borganligining sababini tushunish qiyin emas. CHunki jadidchilik millat uyg’onishining va ko’tarilishining ijtimoiy sathda namoyon bo’lishi edi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini deyarli bir asrga orqaga surdi, ularni hukmron mafkuraga va istibdodga qaram etib, komunistlarning millatlarini jadal sur’atlar bilan qo’shib yuborish strategik rejasi va nazariyasiga bo’ysundirmoqchi edi. Jadidchilik harakati bir asr davomida komunistik g’oyaning boshida tazyiqida keyinchalik-iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namoyon bo’la olmadi. Uning zaminlari va shakllari tarzini o’rganish ta’qiq ostida bo’ldi. Bu masalalar va muammolarni o’rganish bizning jiddiy vazifamiz. «Rivojlangan sotsializm» (1960-1985) yillaridagi misli ko’rinmagan mafkuraviy, ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy tazyiqqga qaramay, o’zbek halqi o’zini millat sifatida o’ziga xosligini saqlab qola oldi, zimdan jadidlar o’rtaga oshirish vaqti-saoti kelishini umid bilan kutdi va bu vaqt mustaqillik bilan birga hayotimizga kirib keldi, chunki jadidlarning g’oyalari o’lmas g’oyalar edi.
Adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» T.SHarq 1998.
  2. Karimov I.A. «Istiqlol va ma’naviyat». T. «O’zbekiston». 1994 y.


  3. O’zbekistonning yangi tarixi. 1 kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T.: SHarq 2000


  4. O’zbekistonnig yangi tarixi. 2 kitob. O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. T.: SHarq 2000


  5. Munavvar Qori Xotiralar. Turon tarixi. 1993–94 yillar 2 – 3 sonlar.


  6. 3.Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. Toshkent. 1994y.


  7. Sodiqov M. Erksevar, Hurriyatparvar el vorislarini. Toshkent. «Kamalak». 1992 y. 20-30 bet.


  8. Fozilbek Otabek o’g’li. Dukchi Eshon fojeasi. T. «CHo’lpon».1992 y.


  9. Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. Toshkent. 1992 y.


  10. O’zbegim. «Vatan» seriyasi. Toshkent.1992y. 142-180 bet.


  11. Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston». 1996y.


  12. Milliy uyg’onish. Toshkent. 1996y.


  13. YUnusova X. «1892 yil Toshkentdagi halq qo’zg’olonlari». T. 1998y.


  14. Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash. To’plam. Toshkent. «Universitet». 1999 y.


  15. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka. T. «SHarq». 2000 y.



  16. I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: SHarq 1998
  17. I.A.Karimov Istiqlol va ma’naviyat. T.: O’zbekiston 1994.


  18. O’zbekistonning yangi tarixi Birinchi kitob. Turkiston CHor Rossiyasi mustamlakasi davrida. T.: SHarq 2000


  19. O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T.: SHarq 2000.


  20. Ziyoev X.Z Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.: SHarq 1998


  21. J.Rahimov O’zbekiston tarixi. T.: O’qituvchi 1999


  22. Bobobekov. X.N. O’zbekiston tarixi. Qisqacha ma’lumotnoma T.: SHarq 2000





1 (Kirgizskiye poslovitsi. M.1900. 2-bet

2 O’zbekistonning yangi tarixi Birinchi kitob. Turkiston CHor Rossiyasi mustamlakasi davrida. T.: SHarq 2000

3 YUnusova X. «1892 yil Toshkentdagi halq qo’zg’olonlari». T. 1998y.



4 Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston». 1996y

Download 39,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish