Turkiston jadidlari ilgari surgan g’oyalar, ma’rifiy qarashlar va ularning mazmun mohiyati



Download 230,96 Kb.
bet1/2
Sana29.06.2021
Hajmi230,96 Kb.
#104394
  1   2
Bog'liq
Turkiston jadidlari ilgari surgan g’oyalar, ma’rifiy qarashlar v


TURKISTON JADIDLARI ILGARI SURGAN G’OYALAR, MA’RIFIY QARASHLAR VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI.

XX asrning boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati ijtimoiy- siyosiy ziddiyatlar mahsuli sifatida maydonga chiqqan va jamiyat tarixiy taraqqiyotda munosib o”rin qoldirgan .”Jadid” arabcha so”z bo”lib “yangi “degan ma”noni beradi .Shunga ko’ra , jadidchilik harakati nomoyondalari o’z faoliyatida jamiyati ijtimoiy-ma’rifiy hayotiga turli mazmundagi islohotlar,yangi qarashlarni targ’ib qiladilar. Ular jamiyat inqirozining asosiy sababini savodsizlik ilmsizlik ma’rifatsizlikda ko’rib, asosan xalqni ilm-ma’rifatli qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni keng o’rganish , ta’lim tarbiya tizimini yangilash va rivojlanish yuzasidan jadal islohotlarni amalga oshiradilar.Jadidchilik harakatining maqsad va g’oyalarini chuqur va tasirchan targ’ib etishda Mahmudxo’ja Behbudiy , Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat,Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon singari adabiy siymolarning faoliyati nihoyatda yuqori bo’lib , ular jaded adabiyotining yorqin siymolari, ma’rifatparvar shaxslar sifatida tarix sahifalaridan muhim o’rin egallagan.Jadid adabiyoti to’lig’icha millat ruhiyatini uyg’otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichida chiqqan , unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta’sir ko’rsatish imkoniyati kattaroq bo’lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlarda ifodalashga uringanlar. Jaded ijodkorlari shunchaki ijodkor emas , balki jamoatchi ham edi. Ular faqat qalam bilan emas balki ijyimoiy, siyosiy, ma’rifiy amali bilan ham millatni uyg’otishga ahd qilganlar . Agar millatchilar ko’p asirlik milliy adabiyotga yangi mavzularni olib kirgab bo’lsa , jadidlar o’zbek adabiyotiga drama,roman,hikoya singari yangi janrlarni olib kirganlar.jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar , qismat fojealari millat ozodligi, inson erkinligi,vatan buyukligi kabi muomolar aks ettirilgan. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik,shaxs va millat erkinligi xalq g’aflatdan uyg’onishi singari o’tkir ijtimoiy muamolar juda kop tasvirlandi.Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yo’lida jon fido etishiga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarni nidolaridir.Jadid adabiyoti faqat mazmun jihatdan emas balki ifodasiga ko’ra ham ommalashgan.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Adabiyot. Majmua ( Akademik litseylarning III bosqich o’quvchilari uchun )-Toshkent. “Cho’lpon”,2007.

  • B. Qosimov va B. milliy uyg’onish davr o’zbek adabiyoti. – T.. “Ma’naviyat “ 2004.

  • Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi.  

  • Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik,  feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi  ozod va  farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul birligi, milliy kushin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini  tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining  vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi  maxalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy – ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari tarkala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi. 

  •  

  • Turkistonda jadidchilik harakati (Turkistonda jadidchilik harakati) uch soha orqali faoliyat ko’rsatdi. Bular – maorif (yangicha maktablar ochish, ta‘lim usulini yangilash), san‘at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. 

  • Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma‘rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida, uzligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston  jadidchilari tomonidan  ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi.

  • Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so’nggi choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi.     

  • XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi.



  • Jadidchilik harakati vakillari o’zlarining ma‘rifatparvarlik mafkurasiga  bir tomondan o’sha davr uchun dolzarb bo’lgan demokratik g’oyalarni: ilm o’rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo’lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so’z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q’urilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g’oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san‘atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta‘siri ostida o’z milliy qiyofasini yo’qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma‘naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o’zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e’tiqodlarni mustaxkamlash kabi g’oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda an‘anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham o’z ta‘sir kuchini saqlab turgan ta‘limotga suyanadilar. 

  • Jadidchilar o’zlarining ilg’or g’oyalarini Xalq o’rtasida tarqatish uchun milliy matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta‘lim sistemasini joriy qilish, ilg’or g’arb mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o’qishga junatish yo’li bilan amalga oshirishga harakat qildilar. 


Download 230,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish