Tta termiz filiali davolash fakulteti 109-guruh talabasi islamov anvarbekning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 0,94 Mb.
Sana21.05.2022
Hajmi0,94 Mb.
#606358
Bog'liq
O\'zb tarix dan 6-mavzu slayti
Ilmiy tadqiqot ishi (1), Talabaning ismi va sharifi, 7-lab, 1.2-mavzu. Солиқларнинг функциялари, 1.3-мав.Ўзбек Солиқ тизими, kitob elektr mashinalari, ENA Amirov, Privacy Policy, 13-maruza, rivojlangan-xorijiy-mamlakatlarda-talimtarbiya, TEST 2022, 2 5469972006319426906, Йўриқнома, утвержденный на Совете, тухтабоев нурилло ТУРКИЙ ҚАВМЛАРНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ ВА ЁЙИЛИШИ, Ттухтабоев Нурилло ТУРКИЙ ҚАВМЛАРНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ ВА ЁЙИЛИШИ

TTA Termiz filiali davolash fakulteti 109-guruh talabasi ISLAMOV ANVARBEKning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Fan o’qituvchisi: Nilufar Xusanovna
Mavzu:O’zbekistonda soģliqni saqlash tizimidagi islohotlar va ularning mazmun mohiyati.
Reja:
1.Òzbekistonda tibbiyot.
2.Soģliqni saqlash vazirligi haqida.
3.Tibbiyotga oid islohotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 
Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ular soni 16 taga yetdi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlim, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi. 
Umuman olganda, joriy yilda tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz koʻp mablagʻ ajratildi. Yigʻilishda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgani qayd etildi
Prezidentning yaqinda qabul qilingan "Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik boʻldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1 dekabrdan 20 foizga, 2019-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi. 
Farmon va qarorlar chiqarilib, sohaga shuncha imkoniyatlar yaratildi, dolzarb masalalar hal qilib berildi. Lekin sogʻliqni saqlash tizimida kutilgan natijalar koʻrinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, chekka qishloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub oʻzgarishlarni oʻz hayotida sezayotgani yoʻq, dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Joriy yilning oʻtgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani bu sohada hali muammolar borligidan dalolat berayotgani qayd etildi. 
Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnik bazasi va malakali kadrlar bilan taʼminlanish darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta mablagʻ sarflab, Toshkent shahriga kelishga yoki chet davlatlarga borishga majbur boʻlmoqda. 
Shu bois yigʻilishda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlash va hal etish, buning uchun hududlardagi holatni toʻliq qayta oʻrganib chiqish, bunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardan markaziy tibbiyot muassasalarigacha qamrab olish kerakligi taʼkidlandi. 
Tibbiy xizmat koʻrsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq boʻgʻinlari oʻrtasida bogʻliqlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy koʻriklar sifatli tashkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari kasallarni imkon qadar oʻzida davolab, ogʻir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yoʻnaltiradi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa oʻz ixtisosligi boʻyicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib, aholi salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. 
Yigʻilishda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Onalar va bolalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan omillarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. 
Xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Mamlakatimizda xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud. 
Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda "tibbiyot xab"larini barpo etish boʻyicha vazifalar topshirildi. 
Kasalliklarni oldini olishning eng kamxarj va samarali yoʻli sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishdir. Afsuski, kamharakatlilik va notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida Oʻzbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida meʼyoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori. 
Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. 
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT !!!
Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti