10-Mavzu VAZIYATLI MASALALAR Ateroskleroz profilaktikasi va davolanishida ishlatiladigan levostatin preparati qanday tasir korsatadi?
Javob: Levostatin GMG-KoA reduktaza ingibitori. Bu preparat yopiq lakton halqasi mavjud bo'lib, u tanaga kirgandan so'ng gidrolizlanadi. Statinlarning lakton halqasi strukturaviy jihatdan GMG-KoA reduktaza fermentiga o'xshaydi. Raqobatdosh antagonizm printsipiga ko'ra, statin molekulasi koenzim A retseptorining ushbu ferment birikadigan qismiga bog'lanadi. Statin molekulasining yana bir qismi gidroksimetilglutaratning mevalonatga, xolesterin molekulasining sintezidagi oraliq moddaga aylanishiga xalaqit beradi. GMG-KoA reduktaza faolligini ingibitorlash ketma-ket reaktsiyalarga olib keladi, Natijada hujayra ichidagi xolesterin miqdori kamayadi va LDL retseptorlari faolligining kompensatsion o'sishi sodir bo'ladi va shunga muvofiq LDL xolesterin (Xc) katabolizmi tezlashadi.
Bemor gipertoniya va ateroskleroz kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Uning sutkalik ratsionidan qaysi lipid turi chegaralanishi kerak?
Javob: Bemorning sutkalik ratsionidan xolesterin miqdori kamaytirilishi kerak.
Ksantamatoz bilan kasallangan osmirda oilaviy giperxolesterinemiya aniqlandi. Bu patologiyada qaysi tur lipoproteinlar konsentratsiyasi ortadi?
Javob: Ushbu holatda organizmda xolesterin miqdori ortgan boladi.
58 yoshli bemorda yurak-qon tomir tizimida aterosklerotik ozgarishlar roy bergan. Qonning biokimyoviy tekshiruvida qaysi korsatkichlar ortishi kuzatiladi?
Javob: Ushbu xolatda qonda xolesterin miqdori ortishi kuzatiladi. Bunday odam qonida xolesterin miqdori 200 mg / dl yoki 5,18 mmol / l dan yuqori boladi.
Ateroskleroz, yurakning ishemik kasalliklari va bosh miyada qon aylanishi buzilishi kasalliklarini profilaktikasi uchun odam kuniga 2-6 g essensial kop toyinmagan yog kislotalari istemol qilishi kerak. Bu kislotalar nima uchun kerak boladi?
Javob: Efir moylari sklerozga qarshi ta'sirga ega bo'lib, qondagi xolesterin miqdoriga ta'sir qiladi, uning ko'paygan konsentratsiyasini pasaytiradi, shuningdek qon mikrosirkulyatsiyasini rag'batlantiradi va qon tomirlari devorining holatini normallashtiradi.
Kimyoviy tozalash bolimi ishchisida jigarning yogli distrofiyasi aniqlandi. Bunga jigarda qanday moddaning sintezlanishi buzilishi sabab bolgan?
Javob: Ushbu bemorda jigarda xolesterin sintezi buzilgan. Malumki jigar xolesterin sintezini asosiy amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. Gepatozda yani jigarning yogli distrofiyasida jigarda yoglarning toplanishi kuzatiladi.
Shifoxonaga 6 yoshli bola kelib tushdi. Tekshiruvlarda bola bir joyga qarolmasligi, oyinchoqlarni kuzatolmasligi, koz soqqasi ostida olcha danagi simptomi kuzatildi. Laborator analizlar natijasida miya, jigar, taloqda glikometid gangliozidi miqdori ortganligi aniqlandi. Bolada qanday irsiy kasallik mavjud?
Javob: Giperlipoproteinemiya
Bemor yogli ovqat istemol qilgach diskomfortlik sezadi, ahlatda hazmlanmagan yog tomchilari mavjud. Siydikda ot kislotalariga sifat reaksiya musbat. Bunday holatga sabab?
Javob: Yoglarning hazmlanishi buzilgan. Istemol qilingan yoglar hazm bolmagan.
Bemor jigarida ot yollarida dimlanish va ot qopida tosh aniqlandi. Ot toshlarining asosiy komponentlarini aniqlang.
Javob: Xolesterin, billuribin va ot suyuqligining tarkibiy qismlari