Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklar



Download 32,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi32,5 Kb.
#77960
Bog'liq
Navoiy maqola
3-9 Qizlar texnologiya IR @YILLIK KONSPEKT KANALI UCHUN, oliy matematika (1), Android laboratoriyalari , 5-sinf Aralash kasrlar, 7-maktab, faoliyat va uning turlari, ЯТТ, 1kurs ped psix oz ozbetinshe, Collins Webster\'s Easy Learning English Vocabulary, готов 2-семестр ИТ (2), Doc 855187507bdd4ef9a35f96c7f27f1f14, автореферат-малака энг охири111, blanka, Rangli metallar ishlab chiqarish

TRIGONOMETRIK TENGLAMALAR VA TENGSIZLIKLARNI O’QITISH METODIKASI.

Nosirova Mavluda Ergashevna, dotsent

Anvarova Madina ,talaba

Jizzax davlat pedagogika instituti

Matematika o’qitish metodikasi kursi matematika o’qituvchisi tayyorlash umumiy tizimining asosiy bo’lagidan biridir. U talabalarga o’qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini, metodlari va vositalari bilan aloqadorlik xususiyatini o’rgatadi.

Mazkur o’quv fani talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining matemetika fani bo’yicha o’quv dasturlari va ularning tarkibi bilan tanishtiribgina qolmay, ularni o’quvchilar, talabalar ongiga singdirish va amaliyotda foydalanish metodlari, texnologiyalari bilan tanishtiradi. Bunda har bir talaba o’qituvchilik faoliyatida foydalanish zarur bo’lgan yo’l-yo’riqlar, pedagogik faktlar, ayrim mavzularni darsda o’tish, o’quvchilarga o’rgatish, darsda ko’rsatma materiallar, texnik vositalar, test reytinglar va hokazolardan foydalanish metodlari bilan tanishadilar hamda amalda sinab ko’radilar.

Matematika o’qitish metodikasi kursidan amaliy mashg’ulotlar esa talabalarga kursning nazariy qismini o’zlashtirishga va o’qituvchilik kasbi uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakani egallashga yordam berishga qaratilgan. Amaliy mashg’ulotlarda matematika o’qitishga ijodiy yondoshishni shakllantirish, nazariy materiallarni turli xil usulda bayon etilishini baholay olish ta’limini rivojlantirish istiqbollarini hamda matematika o’qitish metodikasini psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini anglay olish kabi masalalarga keng o’rin berish lozim. Ushbu ishda yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda pedagogika institutlari matematika o’qitish metodikasi kursida “Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’qitish metodikasi” nomli mavzudagi amaliy mashg’ulot ishlanmasini keltiramiz. Buning uchun dastlab amaliy mashg’ulot rejasi tuziladi:

Reja:


1. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari.

2. Algebra va analiz asoslari kursida trigonometrik tenglamalar va

tengsizliklarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan o’quv materialining mazmuni.

3. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida trigonometrik tenglamalar va

trigonometrik tengsizliklarni o’rganish bo’yicha ayrim metodik masalalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqlarni bajarish.

Ushbu mavzuni o’rganish metodikasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni qo’yish maqsadga muvofiq:

1. Eng sodda trigonometrik tenglamalar tushunchalarini kiritish variantlari va o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

2. Eng sodda trigonometrik tengsizliklar tushunchalarini kiritish variantlari va o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

3. Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni yechish usullarini shakllantirishga yo’naltirilgan mashqlar to’plamini tahlil qilish.

Asosiy mazmun

1.Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganishning asosiy ta’limiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

1) Dasturda ko’rsatilgan formulalardan foydalangan holda trigonometrik ifodalarni ayniy almashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash;

2) Sodda trigonometrik tenglamalar va tengsizliklar yechimlari bilan tanishtirish, shu bilan birga trigonometrik tenglamalar va ularning sistemalarini yechishning ba’zi bir usullarini qarab chiqish

2. Algebra va analiz asoslari kursi o’quv materialini tahlil qilish quyidagi asosiy mazmunni ajratishni taqazo qiladi:

- sodda trigonometrik tenglamalarni yechish;

- sodda trigonometrik tengsizliklarni yechish;

- trigonometrik tenglamalar va ularning sistemalari ba’zi bir turlarini yechish usullari.

3. Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha ba’zi bir metodik masalalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqlar:

1) Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganishning tarbiyaviy maqsadlarini bayon qiling [1].

2) Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganishning rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon qiling [1].

3) Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha akademik litsey va KHK DTS va dasturlarini tahlil qiling [1].

4) Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha akademik litseylar uchun “Algebra va analiz asoslari” darsligi tahlili ([2] ).

5) Trigonometrik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha KHK lari uchun “Algebra va analiz asoslari” darsligi tahlili ([3] ).

6) ko’rinishidagi eng sodda tenglama tushunchasini kiritish va o’qitish metodikasi ([2] 50-58 b, [3] 208-209 b)

7) ko’rinishidagi eng sodda tenglama tushunchasini kiritish va o’qitish metodikasi ([2] 53-56 b, [3] 195-201 b)

8) va ko’rinishidagi eng sodda tenglamalarni o’qitish metodikasi ([2] 56-58 b, [3] 209-218 b).

9) Tenglamalarni yechishning asosiy usullarini o’rgatish ([2] 58-61 b, [3] 218-220 b).

10) Tenglamalarni yechishning xususiy usullarini o’rgatish ([2] 51-65 b, [3] 218-230 b).

11) Universal almashtirishni o’rgatish ([2] 66-68 b).

12) Trigonometrik tenglamalar sistemasini yechishni o’rgatish ([2] 68-69 b).

13) Trigonometrik tengsizliklarni isbotlashni o’rgatish ([2] 69-70 b).

14) Eng sodda trigonometrik tengsizliklarni yechishni o’rgatish ([2] 71-74 b, [3] 230-233 b).

15) Trigonometrik tengsizliklarni intervallar usuli bilan yechishni o’rgatish ([2] 74-75 b).

16) Trigonometrik tenglamalarga oid testlar tuzing ([2], [3]).

17) Trigonometrik tengsizliklarga oid testlar tuzing ([2], [3]).

18) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlikga oid yozma ish variantlarini tuzing ([2], [3]).

19) Trigonometrik tenglamalarga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlang ([2], [3]).

20) Trigonometrik tengsizliklarga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlang ([2], [3]).

21) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlikga oid krassvordlar tayyorlang ([2], [3], [5]).

22) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlik tarixiga oid material tayyorlang ([5] 353-355 b, 364-374 b).

23) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlikni o’rganish bo’yicha to’garak mashg’uloti uchun material tayyorlang ([4], [5]).

24) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlikni o’rganishga bag’ishlangan matematik kecha senariysini tuzing ([4], [5], [6]).

25) Trigonometrik tenglamalar va tengsizlikni o’rganishga oid tarqatma materiallar tayyorlash ([6]).
Adabiyotlar:

1. Akademik litseylar va KHK uchun matematika bo’yicha DTS va dasturi.

2. Abduhamidov A. U va boshqalar. Algebra va matematik analiz asoslari. II qism. Toshkent. “O’qituvchi”, 2005.

3. Vafoyev R va boshqalar. Algebra va analiz asoslari. Toshkent. “O’qituvchi”, 2005.

4. Petrakov I.S Matematika to’garaklari. Toshkent. 1991.

5. Yosh matematik qomusiy lug’ati. Toshkent. Qomuslar bosh tahririyati, 1991.



6. Normatov A, Musurmonov A. Trigonometriya. Akademik litseylar uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “O’qituvchi”, 2004.
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti