Transformatorning foydali ish koeffitsiyentini (fik) aniqlash



Download 81 Kb.
bet1/6
Sana18.09.2021
Hajmi81 Kb.
#177901
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Transformatorning foydali ish koeffitsiyentini (FIK) aniqlash

Transformatorning foydali ish koeffitsiyentini (FIK) aniqlash



I. Kerakli asbob va jihozlar: Transformator, ampermetr va voltmetr (ikkitadan), kalit, ulash simlari, reostat va elektr lampa (iste’molchilar).

II. Ishning maqsadi: Elektromagnit induksiya hodisasining amalda qo’llanilishini sinab ko’rish. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish. Transformatorning foydali ish koeffitsiyentining ikkilamchi chulg’am zanjiridagi yuklanishga bog’liqligini o’rganish.

Qisqacha nazariya: Transformator o’zaro induksiya hodisasiga asoslangan elektr asbobi bo’lib, chastotasini o’zgartirmasdan o’zgaruvchan tokni va uning kuchlanishini o’zgartirib (pasaytirib yoki kuchaytirib) beradi. Eng sodda transformator ikkita g’altakdan va elektromagnit o’zakdan iborat bo’ladi. Transformatorning tok manbaiga ulanadigan g’altagi birlamchi chulg’am (g’altak), iste’molchiga ulanadigan g’altagini ikkilamchi chulg’am (g’altak) deb ataladi.

O’zgaruvchan tok transformatorining birlamchi chulg’amidan tok o’tganda shu g’altak atrofida o’zgaruvchan magnit maydon oqimi hosil bo’ladi va bu maydon, o’z navbatida, elektromagnitli o’zakda o’zgaruvchan magnit maydon oqimini hosil qiladi. Hosil bo’lgan bu o’zgaruvchan magnit maydon oqimi transformatorning ikkilamchi o’ramlarini kesib o’tib, unda induksiya EYuK hosil qiladi. Bu induksiya EYuK esa ikkilamchi chulg’am g’altagida induksion tok hosil qiladi. Transformatorning birlamchi g’altagi tok manbaiga ulanib, ikkilamchi g’altagi iste’molchiga ulanmasa, transformatorning bunday ishlashiga transformatorning salt ishlashi yoki bo’sh yurishi deb ataladi. Transformator salt ishlagan vaqtda, birlamchi g’altakdan o’tgan juda ham kichkina tokka salt ishlash toki deyiladi.

Transformatorda magnit maydon oqimining sochilishini, po’lat o’zakda bo’luvchi Fuko toklarini, g’altakdan tok o’tganda o’tkazgichning qizib energiyaning behuda sarf bo’lishlarini hisobga olish kerak. Fuko toklari hisobiga energiyaning behuda sarf bo’lishi iste’molchilarning ortishi bilan deyarli o’zgarmaydi. G’altakda esa energiyaning behuda sarfi oshadi, chunki tok oshgandan keyin o’tkazgichlar ko’proq qiziydi. Transformatorning quvvati oshishi bilan energiyaning behuda sarfi uzatilayotgan quvvatning juda oz qismiga teng bo’ladi. Shuning uchun iste’molchi ortishi bilan transformatorning FIK ham oshadi.

Umuman olganda, transformator, elektr toki kuchlanishini o’zgartiruvchi asboblardan biri bo’lib, unda energiyaning behuda isrofi juda oz bo’ladi. Katta quvvatli takomillashgan transformatorlarning FIK 96-99% bo’ladi.




Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish