Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti sport va chaqiriqqacha harbiy ta



Download 0,5 Mb.
bet1/9
Sana25.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#462157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy mashqlarni bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI


____________________________________ fanidan
KURS ISHI

Mavzu: Jismoniy mashqlarni bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish


«Himoyaga tavsiya etildi»
Kafedra mudiri _______________
ilmiy daraja va unvoni
_______ ____________________
imzo FISH
____________
Sana (kun, oy, yil)
Kafedraning_______ ________
kun, oy
yildagi №______ sonli bayonnomasi.
______________ ________yilda
«_____________________________»
himoya qildi yoki himoya qila olmadi yozuvi yoziladi



5112000 - «Jismoniy madaniyat» ta’lim yo‘nalishi «18/2» guruh talabasi
______________
imzo


Juraboyev Manuchexr
FISH (to‘liq)
tomonidan bajarilgan kurs ishi.

Ilmiy rahbar: ______________


ilmiy daraja va unvoni
______ ___________________
imzo FISH (to‘liq)



Chirchiq – 2022


Mavzu: Jismoniy mashqlarni bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish


Reja:

Kirish
1.Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida.


2.Jismoniy mashqning o‘ziga xos belgilari
3.Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.
4.Jismoniy sifatlar va ularning moxiyati
5.Jismoniy mashqlarni bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish
6.Chaqqonlik,chidamlilikn va tezkorlik sifati va rivojlantirish usuliyati
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holdaUstozi avval arastu Xakim “Xitoba” (Ritorika) kitobida yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yigitlar – sog‘lom, bo‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har qanday davlatning boyligidir. Bunday jismoniy fazilatlarga qanday erishiladi.Albatta, oila, maktab muhitida tarbiya topish, ayni vaqtda o‘z-o‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya bilan aqliy tarbiyani ahloqiy tarbiyaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin.
Sir emaski, faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, umrida tesha ushlamagan, ketmon chopmagan, aqalli birorta mih qoqmagan yoki ko‘chat ekmagan odamlar ham borki, bular jismoniy mehnat qimagani uchun doimo kasallikdan chiqmay yuradilar. Qadim donishmadlanir barcha sohalarda faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama kamol topganlar. Qadimgi Yunonsitondagi Fales, Pittak, Solen, Biant, Xilen kabi donishmand-lar ham mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otuvchi ham davlat arbobi bo‘lib yetishganlar. Abu Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, amir Temur va uning safdoshlari aqlan, jismonan, ahloqan barkamol insonlar edilar.Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to‘plandi va to‘ldirildi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini)holdan toldirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muhtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi etarli bo‘lmagan-larining o‘zlari oviga em bo‘lgan. SHunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar. Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan chohlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani qariyalari yoshlarga toshni nishinga otish, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildira boshlagan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib etish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri deb qaralgan. SHu kunga kelib bu mashqlar hozirgi zamonning engil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish