Тоshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Jismoniy madaniyat nazariyasi»


Ta'lim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e'tiborga olinadi



Download 282.28 Kb.
bet8/18
Sana29.08.2021
Hajmi282.28 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Ta'lim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e'tiborga olinadi: a) o’rgatishda texnikaning negizi;

b) o’rgatilayotgan harakat faoliyatidagi texnikaning asosiy bo’lagi yoki detallari;

v) shug’ullanuvchilar oldiga qo’yiladigan jismoniy va psixik talablar darajasi.

O’rgatish vazifalari: 1. Mashg’ulot mazmuniga oid mashq bilan tanishtirish.

2. Mustahkamlash va nazorat, sinovlarni qabul qilish va boshqalar. Masalan:



  • oldinga o’mbaloq oshishda o’z-o’zini himoya qilishni o’rgatish;

  • uch harakat usulida tirmashib chiqishni takrorlash; - turnikda tortilish bo’yicha o’quv talablarini qabul qilish;

  • yugurib kelib granata uloqtirishga o’rgatish.

Ta'lim vazifalarini amalga oshirish, odatda, tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalari bilan bog’lab olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida diqqat, intizomlilik, iroda, saranjomlik, buyumlarni ehtiyot qilish, shuningdek, do’stlik, o’rtoqlik, maqsadga intiluvchanlik, mustaqillik va qiyinchiliklarni yengishda qat'iylik tarbiyalanadi.

Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarni tarbiyalash darsning hamma qismlarida hal etiladi. O’qituvchi o’rgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U darsning har bir daqiqasida o’quvchilar faoliyatiga kerakli yo’nalish beradi, ularning o’quv jarayoniga va bir-biriga bo’lgan munosabatini va h.k. izga soladi.

Ammo tarbiya vazifalarini hal etishga bag’ishlangan maxsus darslar ham bo’lishi mumkin.

Masalan, o’qituvchi o’quvchilarda qat'iylik va qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatini tarbiyalash maqsadida mashqlarni yoki ularni bajarish sharoitlarini murakkablashtirib, ba'zi qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. qat'iylik va botirlik kabi sifatlarni tarbiyalash darslarda xuddi shu sifatlarni namoyon qilishni talab etadigan mashqlarni (sakrash, muvozanat saqlash) qo’llash orqali amalga oshiriladi. Masalan:



  • ertalabki gigienik gimnastika bilan shug’ullanish odatini tarbiyalash;

  • «Kun va tun» o’yinida oddiy reaksiya tezligini tarbiyalash;

  • ovoz signaliga muvofiq harakat yo’nalishini o’zgartira bilishni tarbiyalash;

  • o’rganilgan mashqlarni to’g’ri tushuna bilish va uni ijodiy tatbiq eta olishni tarbiyalash.

Sog’lomlashtirish vazifalari shug’ullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sog’lig’ini mustahkamlash, to’g’ri qaddiqomatni shakllantirish va chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi.

Sog’lomlashtiruvchi vazifalarni belgilaganda uning yo’nalishi va harakat (mashq) xili ko’rsatiladi. Masalan:



  • tos-son bo’g’imining harakatchanligini oshirish;

  • to’g’ri qad-qomatni shakllantirish;

  • URM yordamida chidamlilikni tarbiyalash;

  • yurganda, turganda to’g’ri qad-qomatni tuta bilishga ko’niktirish.



Download 282.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat