Тоshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Jismoniy madaniyat nazariyasi»


Darsning mazmuni va uning tuzilishi



Download 282.28 Kb.
bet5/18
Sana29.08.2021
Hajmi282.28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Darsning mazmuni va uning tuzilishi


Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq bo’lgan eng muhim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir.

Dars tuzilishi deganda alohida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy mo’ljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi o’qituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, materialni to’g’ri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi.

Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil o’rganish asosida belgilangan vazifalarga bog’liq.

Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilar organizmining zo’r berishini talab qiladi. Bu ishga organizm tegishli darajada tayyorlangan bo’lishi kerak.

I.P.Pavlov organizmning qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo’lishi zarurligini ko’rsatib, sekin-astalik va mashq klinika va pedagogikada asosiy fiziologik qoidadir degan edi.

Bu ko’rsatma o’qituvchi zimmasiga shug’ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni darsning boshida emas, o’rtasida, bir qadar tayyorgarlikdan so’ng hal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini hal etish shug’ullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni bajarishga bo’lgan ishtiyoqni hosil qilishni talab etadi. O’quvchilarni uyushtirgach, ya'ni Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilganidan so’ng, asosiy vazifalarni hal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish ko’pincha shug’ullanuvchilar zo’r berayotgan, faollashgan davrga to’g’ri keladi. O’quvchilar organizmi nisbatan katta zo’riqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdaniga o’tishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida xotirjam holatga asta-sekin o’tish va mashg’ulotni tashkiliy ravishda tugallash aks etadi. Shunday qilib, har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat bo’ladi: birinchisi – o’quvchilarni darsning vazifalarini hal etishga tayyorlaydigan

tashkiliy qism, u shartli ravishda tayyorgarlik qismi deb ataladi; ikkinchisi – darsning asosiy vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan qism, u

shartli ravishda asosiy qism deb yuritiladi; uchinchisi – dars yakuni, u shartli ravishda yakunlovchi qism deb ataladi.

Darsning barcha vazifalari va mazmuni o’zaro chambarchas bog’langan holda amalga oshiriladi.


Download 282.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
fizika matematika
nomidagi samarqand
fanlar fakulteti
moliya instituti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
таълим вазирлиги
respublikasi axborot
Toshkent axborot
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat