Tayyorladi: Umarov Abdussomad
Qabul qiluvchi: Mansurov Mansur
“Korporativ boshqaruv” kafedrasi
KURS ISHI
Toshkent 2021-2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………….……………………………………………....3
I BOB. SOLIQLAR VA ULARNING MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI HAMDA ULARNING TURLARI…………………………...4 1.1. Soliqlarning mohiyati va ahamiyati…...........................................................4
1.2. Soliqlarning asosiy turlari va ularning tahlili…........….........…...…...….....11
II BOB. SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ SIYOSATI.…………..... …….....……38 2.1. Soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari………………….......38
2.2. O‘zbekiston respublikasining soliq tizimi hamda soliq siyosati………….......47
KIRISH O’zbekistan Respublikasida istiklol yillari davomida ijtimoiy ximoyalangan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida bosqichma — bosqich mustaqil soliqlar tizimi barpo etildi. Bu jarayonda eski bozor iktisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan soliqlar (oborot solig’i, foydadan ajaratma, o’rmon solig’i, amortizasiyadan ajratma va xokazo) tugatildi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan soliq tizimi joriy etildi.
So’ngi yillarda jamiyatimizda davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy xayotdagi erkinlashtirish siyosati soliqlar tizimini xam xar tomonlama erkinlashtirishga sharoit yaratmokda.
O’zbekiston Respublikasida soliqlar tizimini shakllantirish bizning birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan boshlab berildi hamda ayni kundagi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu tizim ham kundan kunga rivojlantirilib borilmoqda. Birinichi Prezidentimiz «2001 yilda Respublikani ijtiomiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iktisodiy isloxotlarni borishini baxolash xamda 2002 yilgi vazifalar»ga bagishlangan Vazirlar Maxkamasining yig’ilishida so’zlagan nutqida ta'kidlab o’tganidek; «Soliqlar korxonalarning tadbirkorligi va tashabbuskorligini xar tomonlama rag’batlantirishi lozim» («Ishonch» gazetasi, 2002 yil 15 fevral soni) hamda bu so’zlarning amaliy namoyon bo’lishini hozirgi kunda Shavkat Mirziyoyev aholiga, ayniqsa tadbirkorlarga keng ko’lamdagi imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berish bilan ta’minlab bermoqdalar
Kurs ishining birinchi bo’limi soliqlar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, unda soliqlar va ularning mohiyati, dastlabki soliqlarning qanday vujudga kelganligi va nima uchun xizmat qilishi, ya’ni ularning asosiy vazifalari haqida to’xtab o’tilgan. Bundan tashqari davlatimizdagi bir qancha asosiy soliq turlari hamda soliqqa tortish tamoyillari haqida ham atroflicha to’xtab o’tilgan
Ikkinchi bo’limda soliq tizimi haqida bo’lib uyerda soliq siyosati, soliqlarning funksiyalari va ularning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi haqida so’z brogan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining soliq tizimi va soliq siyosati haqida ham alohida yoritib o’tilgan
Kurs ishining yakuni esa soliqlarning ahamiyati, foydasi hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O’zbekiston Respublikasida soliq tizimi va soliq siyosati qay holatda va uni rivojlantirish hamda takomillashtirish uchun qanday ishlar olib borilayotgani haqida qisqacha yoritib o’tilishi ko’zda tutilgan.