Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"



Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana13.05.2020
Hajmi1.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
 

 

 

 

 


 



I . Bemor haqida ma’lumot 

 

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi- 



2. Yoshi- 

3. Millati - 

4. Ma’lumoti- 

5. Kasbi- 

6. Ish joyi- 

7. Vazifasi- 

8. Uy adresi- 

9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart) 

 

II. So`roq ma’lumotlari 

Shikoyatlari 

 “Shikoyatlar”  bo`limida  faqat  xozirgi  vaqtdagi  shikoyatlarni  to`liq  yoritish  lozim,  yani 

bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. Agar bemorning 

bir  necha  kasali  bo`lsa,  u  xolda  avval  asosiy  kasallikga  oid  shikoyatlar,  undan  so`ng  esa  xuddi  shu 

yo`sinda qolgan (hamrox) kasallikga oid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Bemorning shikoyatlari ikki 

guruhga ajratiladi: asosiy va ikkinchi darajali yoki qo’shimca shikoyatlar. 

Asosiy shikoyatlari 

A’zolar tizimi bo’yicha asosiy shikoyatlari 

            A.Nafas tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar: 

 

1. Yo`tal: 



             a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal; 

             b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechki payt, kechqurun. 

             v)  Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy; 

             g) Yotalning xarakteri va intensivligi: baland, kuchli, sekin, ovozsiz, xurillagan va x. k.; 

             d) Yo`talning paydo  bo`lish sharoyitlari:  tananing  aloxida  vaziyatda  bo`lishligi  (aynan 

qaysi), ovqatlanishdan so`ng va x.k.) 

 

2. Balg`amning mavjudligi: 



a) Sutkaning turli vaqtidagi miqdori; 

 b)  Qanday  bartaraf  bo`lishi:  osongina,  qiyinchilik  bilan,  qanday  sharoyitda  oson  bartaraf 

bo`lishi; 



 

v) Balg`amning xidi; 



 g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq, quyuq va x. k. 

d) Qatlamning miqdori va uning tarifi; 

 

3. Qon tuflashning mavjudligi:  



 a) Intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon (uning miqdori); 

 b) Qoning rangi-   och yoki to`q; 

 v) Qon tuflash davriyligi

  

4.  Ko`krak qafasidagi og`riq mavjudligi:      



  a) Og`riqni xarakteri:  lo`qillovchi, simillovchi, sanchuvchi va x. k. 

  b)  Og`riq joylashgan soxa; 

  v) Og`riqni  nafas olishga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish yoki  yo`tal  bilan  bog`liqligi va x . k.   

  g)  Og`riqning tarqalishi; 

  d)  Og`riqni yengilashtiruvchi vositalarti; 

  e) Og`riqni kuchaytiruvchi xolatlar-gavdani turli tomonlarga og`ishi, ko`krak qafasiga bosilish. 

 

 

5. Nafas qisishi: 



a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda

b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; 

v)  Bo’g’ilib  qolishga  aylanadigan  nafas  qisishning  vaqti  va  uning  yuzaga  chiqish  xolati, 

jismoniy  zo`riqish,  turli  xidlar  bilan  bog`liqligi,  davomiyligi,  nima  bilan  xamroxligi,  yo’talni 

mavjudligi  va  qanday  xarakterli  yo’talligi  (quruq  yoki  balg`amli)  shu  balg`amning  xarakteri; 

bo’g’iluvchan  yokiy  qattiq  xushtaksimon  xurullash  bilan),  shu  vaqtda  bemorning  ruxiyati  va  o`zini 

tutishi, qo`laniladigan davoning   effektivligi (aynan qaysi davoning   effektivligi). 

 

 



                   B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 

  

1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi:  



a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; 

b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; 

v)  Bo’g’ilib  qolishga  aylanadigan  nafas  qisishning  vaqti  va  uning  yuzaga  chiqish  xolati, 

jismoniy  zo`riqish,  turli  xidlar  bilan  bog`liqligi,  davomiyligi,  nima  bilan  hamroxligi,  yo’talni 




 

mavjudligi  va  qanday  xarakterli  yo’talligi  (quruq  yoki  balg`amli)  shu  balg`amning  xarakteri; 



bo’g’iluvchan  yokiy  qattiq  xushtaksimon  xurullash  bilan),  shu  vaqtda  bemorning  ruxiyati  va  o`zini 

tutishi, qo`laniladigan davoning   effektivligi (aynan qaysi davoning   effektivligi). 

   

2. Yurak soxasidagi og`riq: 



 a) Doimiy yoki xurujli; 

 b) Muayan sharoyitda og’riqni bartarav qilish mumkinligi (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va 

x. k.) 

 v) Og’riqni tarqalish (irradiatsiya); 

g) O’g’riqni xarakteri: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi; 

d) O’g’riqni vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish 

bilan bog`liqligi; 

 e) O’g’riqni intensivligi; 

  j) O’g’riqni davomiyligi; 

 z) Vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi; 

  i) Og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati; 

 k) Og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati; 

  l) Tibbiy yordam effektivlik darajasi qandayligi, qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir 

qilish    tezligi

3. Yurak urishini o’zgarishi; 

 a)  Yurak  urishi  tezlashishining  xarakteri;  davriyligi,  doimiyligi,  xurujliligi,  intensivligi, 

takrorlanish xossalari; 

 b)  Yurak  urishini  o’zgarishi  paydo  bo`lish  sharoyitlari:  jismoniy  zo`riqishdan  keyin,  tinch 

xolatda, tana xolatining o`zgarishida, xayojonlanganda va x. k.).  

 v) Yurak urishini o’zgarishi nima bilan kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i  va x . k ..) 

4. Yurak urushini bemor xis qilishi. 

5. Chetki  (periferik)  qon tomirlarining torayishining  belgilari;  tananing qaysi  qismlarida, nima 

tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi. 

6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti (ertalab, kechqurun.) 

7.  Bosh  og`rig`ishi  (Og`riqning  xarakteri:  Obi-xavoning  o`zgarishiga  bog’liqligi,  jismoniy 

zo`riqish  natijasida  og’rish,  xayojonlanishda,  tinch  vaqtda  xam  og`riqni  sezish,  kunni  qaysi  vaqtida 

kuchayishi (kunduzi yoki tunda). 

                              

 V. Hazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



 

1.  Ishtaxaning  o’zgarishi:  yaxshi,  ishtaxasizlik,  ishtaxa  oshgan,  o’zgargan,  ishtaxaning   



butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga); 

2. Ozgina taomga to`yib qolish xissi;  tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish (to’ymaslik). 

3.    Ko’p  chanqash,  sutkada  iste’mol  qilinadigan  suyuqlik  miqdorini  oshganligi,  og`izni  ko’p   

qurishi. 

4.  Og`izdagi  ta’mni  o’zgarishi:  nordon,  achchiq,  metall  ta’mi,  shirinroq  ta’m,  ta’m  sezish 

kamayishi yoki yo`qolishi. 

5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x. k. 

6.  Yutinish  va  ovqatning  yutilishini  o’zgarishi:  og`riq  bilan  yutinish,  qiynalib  yutinish,  ovqat 

yutilishi qiyinligi (qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi) 

7. So`lakning ajralishi (ko’p, kam). 

8. Ortiqcha kekirish mavjudligi (nima sababli  va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada) 

 9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini 

yengilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari. 

10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga   bog`liqligi. 

11. Qusish mavjudligi: 

 a)  Ochlikda  qusish,  ovqat  iste’mol  qilgandan  so`ng  qusish  (  o`sha  zaxoti  yoki  ma’lum  vaqt 

o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tishi; qusgach bemorning   axvolini  o’zgarishi ; 

  b) Qusuq moddasining xususiyatlari: yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari 

mavjudligi va x. k.; Qusuq moddasining xidi (chirigan, achimtir va x. k.), xidsiz. 

12. Qorin og`rig`i mavjudligi va uning xususiyatlari: 

  a) Og’riqni yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi;  

  b)  Og’riqni  qachon  va  qanday  sharoitlarda  boshlanishi;  ovqatlanishdan  oldin,  so`ng,  (qancha 

vaqt  o`tgach),  tungi  o`g`riqlar  mavjudligi.  Ovqatlanishning  qorin  og`rig`ini  darxol  to`xtatishi 

mavjudligi.  Og`riqni  yengilatishning  boshqa  usullaridan  foydalanish  (qusish;  dori  qabul  qilish,  isiq 

qo’yish va x. k.) 

  v) Og’riqni iste’mol  qilinadigan taom  turi  bilan  bog`liqligi  (quyuq  taom, hazm  bo`lishi  qiyin 

bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k. taomlar) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi.         

g) Og`riqning xarakteri: kuchli, simillovchi, lo`qillovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi. 

 d) Og’riqni davomiyligi: 

 g) Og’riq qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda kechadi.  

  j)    Qorin  og’rig’ida    siydikni  rangining  to`qligi,  og’riq  xurujidan  so`ng  ichning  rangini 

ocharishini kuzatilishi;  

13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq  sezilishi.  



 

10 


 14.  Qorining  shishganligi.  Qorinning  damlanishi  va  gazlarning  chiqishi.  Qorin  bo`shlig`ining        

xaddan ziyod quldirashi. 

15. Ich kelishini o’zgarishi: 

 a)  Ich  kelishini  xar  kuni  bir  maromda,  bir  kunda  bir  necha  bor  turli  vaqtlarda  ich  kelishi.  Ich 

kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`llanilgandan keyin (klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash). 

 b) Ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi. 

 v) Ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni.   

 g) Tenezmalar mavjudligi; 

 d) Ahlat massasining xarakteri (suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k.), ahlatning rangi va  

 xidi;  aralashmalar  xususiyati:  shilimshiq,  qon  va  yiring,    hazm  bo`lmagan  ovqat  qoldiqlari  , 

gijja va gijja tuxumlari mavjudligi. 

 e) Qon ajralishi ich kelishi (ich kelishdan oldin, axlat aralash, yoki keyin).  

16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichishi,bavosir tugunlarining mavjudligi. 

17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi. 

 

G. Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1.  Bel  soxasidagi  og`riqlar  mavjudligi:  uning  xususiyatlari  (lo`qullovchi,  kuchli,  xurujli), 

og’riqning  davomiyligi,  nima  tufayli      boshlanishi  yoki  kuchayishi,  o’g’riq  bilan  kuzatiladigan 

o’zgarishlar, nima tufayli yengilashishi. 

2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan 

tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga   og’shi (faqat erkaklardan    so’raladi). 

3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish (siydik    chiqarishdan 

oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda). 

4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa  tungi vaqtda.   

5. Sutka davomidagi siydik miqdorini o’zgarishi. 

6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k. 

7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, 

oxirida. 

8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik. 

 

D. Endokrin tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik, uyquchanlik). 

2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi. 

3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish). 



 

11 


4.  Teri  xosilalari  faoliyati  o`zgarishi  (xaddan  tashqari  terlash  yoki  teri  quruqligi,  uni 

dag’allashuvi, teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi; 

5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik 

jarayonlarini  o’zgarishi,  erkaklarda  mijos  o’zgarishi  (sustligi  yoki  to’satdan  o’zgarishi,  uning 

xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati. 

6.  Soch  o`sishining  va  tanadagi  tuklarning  joylashishi  va  o’sishini  o`zgarishi  (xaddan  ortiq 

rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi). 

7. Meyyo’rdan ortiq chanqash. 

 

E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda boshlanib tarqalishi); 

2.  Og`riqning  xarakteri:  Obi-xavo  o`zgarishiga  bog’liqligi,  jismoniy  zo`riqish  natijasida, 

xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar mavjudligi. 

3.  Bo`g`imlarning  shishganligi,  bog’im  usti  terisini  qizarishi  –giperemiyasi  (aynan  qaysi 

bo’g’imlar). 

4.  Xarakatning  qiyinlashuvi,  bo’gim  karaxtligi  (aynan  qaysi  bo`g`imlarda)  ertalabki  bo’g’im 

karaxtligi va unung davomiyligi vaqti. 

5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi.  




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat