Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 142,5 Kb.
Sana31.03.2017
Hajmi142,5 Kb.
#5756


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari boyicha porektor

professor

Teshayev.O.R

___________________

«____»__________2013

Kafedra: Travmatalogiya-ortapediya xarbiy dala jaroxligi va neyraxirurgiya
Davolash fakulteti ma’ruzalarining o’quv tematik rejasi

Mavzu.№ 1. Travmatologiya-ortopediya.Travmatizm. Travmatologik va ortopedik bemorlarni zamonaviy tekshirish va davolash usullari. Suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasi.



Toshkent - 2013

Tuzuvchi:kafedra mudiri, t.f.d. Karimov.M.Yu.


Maruzani o’qitish texnalogiyasi kafedra yig’ilishida tasdiqlangan.

Protakol.№ ___ dan "___"__________2013 yil


Обсуждено и утверждено на заседании

ЦМК по хирургии.

Protakol № ____ dan "____"__________ 2013 yil

Tafsiyachi:prof.___________________



Ma’ruza№ 1


Mavzu. Travmatologiya-ortopediya.Travmatizm. Travmatologik va ortopedik bemorlarni zamonaviy tekshirish va davolash usullari. Suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasi.


Vaqti: 90 daqiqa

Talabalar soni: ХХХ

Ma’ruza plani.

  1. Travmatologiya-ortopediya fani va uning rivojlanish tarixi;

  2. Travmatizm;

  3. Travmatologik va ortopedik bemorlarni zamonaviy tekshirish va davolash usullari;

  4. Suyak toqimasining reparativ regeneratsiyasi.

Ma’ruza maqsadi:

  1. Talabalarni ortopediya-travmatologiya fani va uni rivojlanish tarixi bilan tanishtirish;

  2. Talabalarga travmatizm xaqida tushuncha berish;

  3. Travmatologik va ortopedik bemorlarni zamonaviy tekshirish va davolash usullari xaqida talabalarga tushuncha berish;

  4. Talabalarni sinish sodir bo’lishi mexanizmi, uning simptomlari, diagnostikasi va davolash xaqida talabalarga tushuncha berish;

  5. Talabalarga suyak to’qimasi regeneratsiyasi va singan suyak bitish bosqichlari haqida tushuncha berish.

Talaba bilishi kerak :


-Travmatologiya-ortopediya fani haqida tushuncha.

-Travmatizm mohiyati haqida tushuncha.

- Travmatologiya-ortopediya fanining rivojlanishi haqida tushuncha.
-Tayanch-harakat aparatini sinish mehanizmini sodir bo’lishi.

-Sinish simptomlari.

-Sinish diagnostikasi usullari.

-Sinishni davolash usullari.

- Suyak to’qimasi regeneratsiyasi va sinishning bitish bosqichlari.


Pedagog vazifasi:

-Talabalarga travmatologiya- ortopediya fani mohiyati haqida tushuncha berish;

-Talabalarga travmatizm haqida tushuncha berish;

- Talabalarni travmatologiya –ortopediyada zamonaviy diagnostika va davolash usullari haqida tanishtirish. –Talabalarga suyak to’qimasi regeneratsiyasi va singan suyak bitish bosqichlari mexanizmi haqida tushuncha berish.


O’qitish natijalari:

-Travmatologiya-ortopediya fani mohiyatini o’zlashtirish;
-Travmatizm tushunchasi mohiyatini bilish;
-Travmatologiya-ortopediyada zamonaviy diagnostika va davolash usullari bilan tanishtirish;

- Singan suyak regeneratsiyasi va bitish bosqichlari mexanizmini bilish;




O’rgatish usullari;

Ma’ruza, mavzu bo’yicha muammo shakllantirish, aqliy hujum .

O’qitish turlari;

kollektivda, guruhda ishlash.

O’qitish vositasi;

Ma’ruzalar matni, kompyuter, multimediya, slaydlar, tarqatma materiallar, marker.

O’qitish sharoiti;

TTA dagi ma’ruza o’qiladigan bino .

Bilim va monitoringni baholash;

Og’zaki so’rov,yozma so’rov.



Ma’ruzaning texnologik kartasi.

Ishlash etaplari va vaqti 90 daqiqa.

Faoliyat.

O’qituvchi.

O’quvchi.

1-Bosqich.

Kirish


5 daqiqa.


1.1.Ma’ruza mavzusini , maqsad va kutilayotgan natijalarni talabalarga tanishtirish. Mavzuning asosiy tushunchasi:ma’ruza rejasi va kalit so’zlarni tushuntirish.Adabiyotlar ro’yxatini oldindan berish.

Eshitish va yozish.


2-bosqich

Mashg’ulotni faollashtirish

10 daqiqa.


2.1.Talabalarga aqliy hujum tarzida yo’naltiruvchi savollar berish:

-Travmatizm turlari?

-Zamonaviy diagnostika usullari?

-Sinishni sodir bo’lish mexanizmi?

-Reparativ regeneratsiya nima?

-Sinishning bitish bosqichlari?

2.2.Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish.





3-bosqich.

Ma’ruzaning asosiy qismi 65 daqiqa.

5 daqiqa tanaffus.


3.1. Ma’ruza materiali talabalarga multimedia slaydlari ko’rinishida ketma- ket namoyish etiladi, mavzuning muammoli qismlarida to’xtalib o’tiladi.



Ma’ruzani eshitish. Sxema , jadval va ko’rgazmali materiallarni ko’rish.

Muhokama qilish.

Aniqlashtiruvchi savollar berish.

O’zlashtirilmagan joylarini so’rash.

Asosiy va zarur ma’lumotlarni yozib olish.


4-bosqich.Xulosaviy.10 daqiqa.


Talabaga berilgan materialni o’zlashtirish darajasini bilish maqsadida savol berish.

- «Оrtopediya» atamasini qachon va kim kiritgan?

-Gippokrat, Galen va Abu Ali ibn Sinoning travmatologiya-ortopediya faniga qo’shgan hissasi ?

-Dunyoda birinchi bo’lib qaysi mamlakatda sinishni davolash uchun gips bo’tqalari va zamonaviy gips bog’lamlari, qachon va kim tomondan qo’llangan?

- Qaysi yili V.K.Rentgen -nurlarini kashf qilgan ,rentgen tadqiqotlar tufayli yangi skelet kasalliklariga tavsif berdi?

- Rossiyada kim birinchi bo’lib travmatologiya- ortopediya klinikasi va kafedrasiga asos solgan?

- Travmatologiya va ortopediyani rivojlanishida professor O.SH. Shokirov va N.M. Shomatovlarning roli?

- Suyak sinishini davolashda qanday konservativ usullari qo’llaniladi?

- suyak sinishini xirurgik davolash uchun qanday osteosintez usullari qo’llaniladi?

- Suyak to’qimasi regeneratsiyasini qanday morfologik fazalari va suyak bitish bosqichlari bor ?



Savollarga javob berish.


Mavzuni asoslash

3.1. nazariy qism.



TRAVMATIZM. BJSST ning har yilgi ma’lumotiga ko’ra baxtsiz xodisa sababli dunyo bo’yicha 3 mln odam vafot etadi. Bulardan 2 mln ni rivojlangan mamlakatlarga to’gri keladi. U butun dunyo axolisini o’lim sonini 5% ini tashkil qiladi. Bu nisbiy ko’satgich MDX(1993-yil) ortoped-travmatologlarining 6-syezdiga ko’ra dunyo bo’yicha ererkaklar va ayollar o’limiga ko’ra berilgan.


Davlatlar

Erkaklar

(100 ming aholiga nisbatan)



Ayollar

(100 ming aholiga nisbatan



Rossiya

179,2

51,3

Fransiya

70,5

54,5

AQSH

55,9

24,0

Yaponiya

33,7

13,2

Buyuk britaniya

29,1

20,1

Bu material fikir qilish uchun...

2003-yilda O’zbekiston bo’yicha katta insonlarda 487594 ta xollarda (31,8 ta1000 kishiga nisbatan) bolalarda 194555 ta (19,0 ta 1000 ta bolaga nisbatan) travma uchraydi.

Travmalar, birqancha tashqi muxit omillar tasirida zararlanish. (mutloq korsatmalarga ko’ra)

2003- yil uchun 804904, 14 yoshgacha bo’lgan bolalar 194550; 15-17 yoshdagilarda 74540; katta yoshlilarda 487591.


2003- yilda O’zbekiston aholisi uchun travmatizm ko’rsatkichlari.


(O’z.Res sog’.saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra)

Barchasi -82098 1000 ta axoliga 64 ta; bolalar 37321 1000 ta axoliga 43,7 ta.


2003-yilning 12 oyi uchun yo’l harakati xodisasidan jabirlanganlarning kategoriyalari bo’yicha qismlarga bo’linishi.
YXXJ– 10617, o’lganlar soni– 2034; jarohatlanganlar – 11387.

Bolalar tashkil qiladi: barchasi – 2375; o’lganlari – 291; jarohatlanganlari– 2205.

Hushsiz (mast) yo’lovchilar aybi bilan: barchasi – 175; o’lganlar – 55; jarohatlanganlari – 124.
Travmatizim turlari:

Ishlab chiqarishga oid:



  • sanoat

  • qishloq xo’jalik


ishlab chiqarishga oid bo’lmagan

  • xo’jalik

  • ko’cha

  • yo’l -harakat

  • умышленный

  • sportga oid(org/noorganik.)

  • bolalar (maktabdagi,maktabgacha, org/noorg.)

BJSST yevropa regiyonlarida trvma natijasidagi o’lim suratini pasaytirishga erishildi. Shunga qaramasdan 25 % yo’l transport hodisalari natijasida sodir bolayotgan, va ishlab chiqarishdagi travmalar uchrab turadi.


Ortopediya- odamning tayanch-xarakatlanish sistemasidagi azolarda yuzaga keladigan kasalliklarni profilaktikasi,davolash kabi yonalishlarni o’z ichiga oladi. Axoliga travmatologik tibbiy xizmat ko’rsatish va tushuntirish ishlarini olib borishni ham o’z ichiga oladi. (M.V.Volkov)

Ortopediya –termini grekcha: orthos-to’g’ri, poideno-tarbiyalamoq,shug’ullantirmoq manosini anglatadi. Ortopediya asoschilaridan bolmish Niklos Andri ham ushbu termini quidagicha atagan yani paidos-bola,rivojlanishi natijasida sodir bo’ladigan tana deformatsiyalarini davolashni ilmi asoslagan.

Ortopediya tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Bu haqida malumot beruvchi qadimgi misr piramidalaridagi mumiyolangan murdalar misoldir.(1-rasm-fiksatsiyalangan mumiyo suyaklari). Taxminan 4500 yil ilgari Mumiyo paydo bolgan.

Agar ortopediya tarixiga nazar tashlasek (eramizdan oldingi lV asrda ) Gippokrat tibbiyot sanatini organish uchun eng avvalo uning tarixini bilish kerakligini bilish kerakligini aytgan.

Gippokrat yozmalarida (eramizdan oldingi 460-377- yillar)”De fractures” va “De articulis” sinish va chiqishning klassik tavsifi, umurtqa pog’onasining qiyshayishi, son suyagining tug’ma chiqishi, yassi oyoqlik haqida ma’lumot bergan. U bemorlarni bog’lov yordamida, cho’zish orqali, mahsus asboblar bilan, suv bilan, quyosh va havo vannalari bilan davolash muolajalarini kiritgan.

Bu borada arab shifokorlari ham ilmiy shug’ullanishgan. Ar-Rozi (850-932) birinchi bo’lib Spina Ventosa ga tarif berdi; Abu Ali ibn Sino (980-1037) Tib qonunlari 4-kitobini 4-bo’limida jarohat, siljish,, chiqish, sinish, xususan yelkani bilvosita kuchsiz tasirda boshchasi bilan chiqishi haqida to’xtalib o’tgan.

Mashxur Fransuz shifokori Ambroise Pare (1510-1590) o’zining 5 tomli kitobida sinishlarga, chiqishlarga alohida e’tibor bergan, har xil bog’lovlarni qo’llagan. U birinchi tizza qopqog’i sinishiga ta’rif bergan va uni davolashga ko’rsatma bergan.A.Pare 1- bo’lib xirurgiyani tarmoqlarga bo’lishni sinab ko’rdi. Peru umurtqa pog’onasi qiyshayish sabablari va uni davolashda mexanoterapiyaning rolini anotomik va fiziologik ma’lumotlarga ko’ra asoslab berdi. U qattiq korset qo’llashni kiritdi.A.Pareni travmotologik, ortopedik bemorlarni davolash uchun har xil aparat, protez va usullarni qo’lladi .

1641 y. Isaak Minus (gollandiyalik) Antilla operativ ortopediyani yaratgandan so’ng, qiyshiq bo’yinda tenotomiyani qo’lladi.

1740 y. Cheselden yassi oyoqlikni davolashda lipkoplaster bog’lamini qo’lladi.

Ortopediya atamasini birinchi bo’lib Parij universiteti professori Nikolas Andri 1741-yil yozgan ikki tomli kitobida yozib o’tgan.

Ortopediyani hozirgi progressida nafaqat bolalarga balki yoshi kattalarga ham qo’llaniladigan davolar haqida gap boradi.

Denlpesh zamondoshi G. Dupuytren (1777-1835) kichik boldir suyagini pastgi qismidan sinishini (1819), sonning tug’ma chiqishi haqida (1820), kaft barmog’lari kontrakturasini(1832) klassik tavsifini bergan.

1826 y. Louvie birinchi bo’lib kuchli bukilish (brisement force) atamasini qo’lladi. 1846 y. Vansetti (Xarkov) yelimli bog’lamni kiritdi. N.I.Pirogov (1810-1887) Rossiyada jarrohlik amaliyotiga gips bog’lamini kiritdi. 1857 y. Schrauth amaliyotga suyuq oynali bog’lamni kiritdi.

1806-yildan Rossiya ortopediya-travmatologiya, xirurgiya sohasida N.I.Pirogov ustozi Moskva universiteti prof. E.O.Muhin (1766-1850) “Suyak to’g’irlash ilmining birinchi boshlanishi” nomli kitobni chiqargandan keyin katta rivojlanishlar bo’ldi.

1839-yilda rus jarroxi I.V.Rklitskiy birinchi bo’lib suyak parda ostidan suyakni rezeksiya qilishni kiritdi. Jarroxlik amaliyotida rezeksiyani N.I.Pirogov ko’p qo’llagan. Uning topografik anatomiya va xirurgiya sohasidagi mexnatlari malum. Pirogov amputatsiyaning osteoplastik metodini 1852-yili bajargan.
1893 y. V.I.Kuzmin ishlab chiqgan, katta naysiman suyaklar murakkab bo’g’imini osteosintezida suyak miya moddasiga nikellangan shtiflarni qo’llagan. Shu asnoda suyak ichi fiksatsiyasini birinchi qo’llagan, takroran 1940-yilda Kuntscher qayta ochgan.

XIX asr mashhur olimi William Konrad Rochtgen (1845-1923) Х-nurlarni ochdi (1895), inson organizmiga chuqur yo’l ochdi.

Rentgenologik malumotlar tasiri ostida suyak tuberkulyozi,infeksion artrit va qayta ishlangan yangi bo’limlari: artrozlar, osteoxondropatiyalar qayta ko’rib chiqilgan.

Osgood va Schlaееtter lar bir-biridan mustaqil ravishda 1903- yilda katta bolder suyagi g’adirbudirligi o’z-o’zidan shikastlanishiga ta’rif berishdi.

1910 y. Amerikalik Legg, Fransiyalik Calve, Germaniyalik Perthes bir-biridan mustaqil ravishda bolalarda son boshining yoki chanoq son bo’g’imining aseptic nekrozini ochishdi.

1930 y. Toshkentda Semashko nomli fizioterapiya institutida 30 koykali ortopedik o’rin bo’lgan. 1930-1935-yillarda ortopedik bo’lim yetakchisi I.M.Chijin bo’lgan.

1946-yil. УзНИИТО tomonidan qayta gospital tashkil qilindi va unga professor B.I.Berliner birinchi director qilib tayinlandi.

O’zbekistonda tramatologiya va ortopediya rivojlanishida E.V.Luzin, Sh.Sh.Hamroiv, B.M.Mirazimov, M.J.Azizov, U.S.Islombekov, M.K.Qodirov va boshqalar katta xissa qo’shdilar.


Suyak sinishi diagnostikasi va davolashning umumi savollari.

Sinish va chiqish kuzatilgan bemorni davolash dan maqsad shikastanga azoni funksiyasini tiklash va oxirgi hisobda uni mexnat qobilyatini qayta tiklash. A’zoning to’liq funksiyasi normal anotomik asosda bajariladiqoldiq deformatsiya holatida organizimda doimo u yoki bu buzilishlar uchraydi, lekin u odam organizmi tomonidan to’ldirilishi mumkin , ammo to’ldirish qayta tiklanish emas.(Chernaviskiy V.А., 1977).

Suyak sinishi (fracture OSSIS) to’satdan og’ir bosim tasirida suyak butunliginbi buzilishi. Agar bu holatda suyakning uzunligi yoki kondalang holati buzilmasa buni dars ketish yoki yorilish deyiladi. Agar sinishda suyak usti pardasini butunligi buzilmasa suyak ustiparda ichi sinishi deyiladi. Shikastlanish natijasida o’sish tog’ay chizig’ida suyak ajralishi bo’lsa bu travmatik epifiziolizm deb ataladi.

Sinish har doim yumshoq to’qimalar shikastlanishi bilan bazida esa ichki organlar shikasti bilan birga kechadi. Ayrim ko’p shikastlanishlar, shu qatorda sinish og’irligi va inson hayotiga havfliligi bo’yicha birinchi o’rinda turmaydi. Shikastanishlardan keyin bemor hayotini qo’l oyoqlarini yo’qotishi mumkin, ko’p xolatlarda butun organ yoki ayrim qismlar funksiyasi buzilishi kuzatiladi. O’lim xolati shokdan, qon yo’qotishdan, ichki o’rganlar shikaslanishidan, keyinchalik infeksiya tushishi natijasida kelib chiqadi. Travmatik uzilish holatida , maydalanish, to’qimalarni uzilishi yoki yoki asosi qon tomirlar trombozi va infeksiya tarqalishi natijasida qo’l oyoqlar yo’qotilishi mumkin.

Sinishdan so’ng qon va limfa tomirlar uziladi, mushaklar, fatsiyalar shikastlanadi qon atrofdagi singan to’qimalarga shimiladi, ularning hayotiy funksiyasi buziladi.

Sinish ikkita asosi guruhga bo’linadi:

1. Travmatik .

2. Patologik

Yumshoq to’qimalarni birgalikda shikaslanish harakteriga qarab ochiq va yopiq sinishga bo’linadi. Yopiq sinishda teri butunligi buzilmaydi.

Ochiq sinish – shikastlanish sohasida teri butunligi buzilishi bilan kechadigan sinish turi. Har doim ham teri butunligi buzilishi ochiq sinish deyilavermaydi, teri butunligi buzilishi suyak sinishi bilan birlashsagina ochiq sinish deyiladi

А.V.Kaplan ochiq sinishni yumshoq to’qimalar shikasti bilan birga kechuvchi turlarini taklif qilgan.

Sinishlat joylashishi va harakteriga kora bo’linadi. Joylashish harakteriga ko’ra sinish asosida anatomik usul yotadi. Naysimon suyaklarning epifiz, metafiz, diafizi va uning dongliklaridan sinishi va kalta va yassi suyaklarni tanasi va do’ngliklaridan sinishi, hamda bo’g’im ichi va bo’g’imdan tashqari sinishlari bo’ladi. Adabiyotlarda va amaliyotda naysimon suyaklar “uchligi” keng qo’llaniladi (yuqori,o’rta va pastgi uchliklar). Sinish harakteri uzun suyaklarni asosiy sinish chizig’i yo’nalishi, soni va bo’laklar birlashishi bilan ifodalaniladi. Sinish chizig’i yo’nalishiga qarab ko’ndalang, uzunasiga, qiyshiq va buramasimon turlarga bo’linadi. Singan bo’laklarning bir biri bilan aloqasiga ko’ra siljigan va siljimagan bo’ladi.

Naysimon suyaklarga ko’ndalang yo’nalishdagi juda tez zarba siljigan suyak sinishini chaqiradi. Bu odati ko’ndalang sinishdir.

Sinish diagnostikasi va simptomatologiyasi.

Har qanday kasalliklar kabi sinish diagnostikasi quidagilardan iborat:

1. Anamnez

2. Klinik tekshiruv ma’lumotlari.

3. Rentgen ma’lumotlari


  1. L:abarator tekshiruv ma’lumotlari.

Anamnez, sinish diagnostikasida muhim o’rin egallaydi. Shikastanish mexanizmi, o’tkizgan kasalliklari va shikaslanishlari, og’riq harakteri, deformatsiya, funksiya buzilishi.

Anamnez ma’lumotlariga asosan jarohatlanish darajasini baxolashimiz mumkin.


Sinishning klinik belgilari.

Sinishning asosi klinik belgilari quidagilar.

а) to’qimada qon quyilishi va shishlar

b) sinish joyidagi deformatsiya

v) maxalliy og’riq

g) oyoq va qo’l yoki boshqa shikastlangan organlar funksiyasi buzilishi.

d) krepitatsiya

е) patologik harakatlar


Rentgen diagnostikasi

Sinishning to’liq va aniq diagnostikasini qo’yish rentgen ma’lumotlariga asoslanadi.

Sinish diagnostikasida roentgen tekshiruvga katta etibor beriladi, lekin uning aniqligi ham chegaralangan

Suyak sinishining davolash asoslari.

Birinchi yordam va transport immobilizatsiyasi. Sinish bilan kasallangan bemorlarda asoratlar namoyon bolmasligi uchun birinchi yordam muhum o’rin egallaydi. Noto’g’ri birinchi yordam ko’rsatish keyinchalik suyak parchalarini siljishi, yumshoq to’qimalarni qo’shimcha shikastlanishi va shok holatiga olib kelishi mumkin.

Birinchi yordamga shokni oldini olish, qon ketishini to’xtatish va shina qo’yish kiradi. Ko’pincha jaroxat va qon ketish bo’lganda bosuvcha va zich aseptic bog’lam qo’yish yetarli bo’ladi.



Sinishni davolash.

Davolashning konservativ usuli.

Sinish bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy davolash metodlari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Davolash





Konservativ



Jarrohlik

Funksional








Ochiq repozitsiya



Ostiosintez ( metal plastinka, metal shtiftlar va b.)

Immoblizatsiya

Tortma(lipkoplaster va skelet) va gips bog’lam


Gips bog’lam(langet va aylana)



Davolash usuli albatta ko’rsatmalarga qarab tanlanadi. Vrach fiksatsiya usulini tanlashi uchun sinish travmatologik harakteristikasi yordam beradi. Bu tushunchaga uch xil shart kiradi: 1) siljigan bo’laklarni bor yoki yo’qligi, 2) chiqishda solishning oson yoki qiyinligi, 3) solingandan keyin bo’laklarning turg’un yoki noturg’unligi.

Immoblizatsiya usuli. Bundan 100 yillar ilgari(1854 yil) N.I. Pirogov sinish holatini davolashda gips bog’lam qo’yish texnikasini aniq ifodalab bergan. Shundan beri N.I.Pirogov usullari o’zgarmagan lekin qo’llanish texnikasi yangilangan.

Hozirgi paytda gips qo’yishga ko’rsatmalar keng: bo’laklar siljishsiz, siljishli, hamma sinishlarda lekin travmotologik harakteristikaga ega bo’lgan, jumladan solishda keyingi holatda bemalol gipsli bog’lam bilan fiksatsiya qilish mumkin. Ba’zi hollarda bemor funksional usulda davolangandan so’ng gipsli bog’lam qo’yiladi.

Noto’g’ri gips bog’lam qo’yish shish paytida og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin: suyak chiqish sohasida yotoq yara, ishemik kontraktura va hatto a’zo gangrenasi.

Bog’lam noto’g’ri qo’yilgan holatlarda bemor bog’lam tagida og’riq, uvishish sezgisi,sezgini yo’qolishi, barmoqlar rangining o’zgarish (sianoz) va shish rivojlanishiga shikoyat qiladi. Shifokor va boshqa tibbiyot hodimlari gips bog’lam qo’yish chog’ida bemor shikoyatlariga va bog’lamni to’g’ri qo’yilayotganiga ahamiyat berishi shart.

Singan suyaklarni funksional usulda davolashga tortma, shikastlangan qo’l va ayoqlarga tinchlik berish kiradi, shu paytning o’zida mushaklarga aktiv vazifa yuklaydi va erkin bog’imlar harakatlanishiga imkon beradi.

Immoblizatsiya va funksional usullar unvarsal hisoblanmaydi—bularning har biriga alohida ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar bor.

Tortma sistemasi qo’l va ayoqlarga tinchlik bergai bilan shu paytda mustahkamlik namoyon qilmaydi, osonlik bilan o’z holatini yo’qotishi mumkin,bu uchun maxsus tibbiyot hodimlari nazoratida bo’lishi shart.

Texnik funksional usul yo skelet, yo lipkoplaster tortma bilan bajariladi.



Lipkoplaster, yoki yopishqoq tortmalarda kleol, chiziqla yopishqooq plaster yoki rux-jelatinli pasta ishlatiladi ( Unna pastasi ). Uning tarkibi: rux oksidi-50gr, jelatin-100gr, disterlangan suv-150gr, glitserin-200gr. Skelet tortmasi uchun SITO qavslari, spisali tortmalar uchun Kirshnero usullari.

Skelet tortmalarida spisani asosiy qo’yish joylari son bo’gim haltasi atrofi, katta bolder suyagining yuqori metafizi, tovon suyagi, tirsak o’sig’i.

Skelet tortmalarda spisa qo’yish uchun har qanday operatsiya kabi terini va jarrohlik asboblarini astoydil tayyorlash kerak. Spisa kiritishdan paydo bo’lgan teri jarohatini qayta bog’lab, keyinchalik doimiy nazoratga olish shart.
Davolashning operativ usuli

Yangi sinishlarda operativ aralashuv anchadan beri qilinib keladi, va xozirga kelib xirurgik praktikaga antibiotiklar va sinishlarni operativ fiksatsiyasi texnik uskunalarni kirib kelishi bilan yanada takomillashdi. Maxsus quymalardan qilingan to’qimalarga nisbatan neytral bo’lgan fiksatorlar kata axamiyatga ega.

Operativ da’vo jarroxdan osteosintez usulini mukammal bilishni va maxsus asboblar bo’lishini talab qiladi.

Diafizar sinishlarni davolash tajribasi birlamchi (endostal) suyak bo’laklarini tiklanishiga imkon beradi. Periost bu holatda muhim ammo asosiy bo’lmagan o’rinni egallaydi- periost orqali suyak bo’laklarini qon bilan ta’minlanishi suyak bo’lakchalari nerv to’ri tezroq tiklanadi. Suyak to’qimasini regeneratsiyasi endostal elementlardan boradi.

Operativ da’voga ko’rsatma absolyut va nisbiy bo’lishi mumkin.

Absolyut-ochiq sinishlarda, konservativ tiklanmaydigan sinishlarda, noto’g’ri o’sganda, o’smay qolgan sinishlarda va yolg’on bo’g’imlarda.

Nisbiy-sinishlarni funksiya buzilishiga olib kelmasa. Bu holatda be’mor konservativ va operativ davoni o’zi hal qiladi. Bunday be’morlarga jarrox kerakli tajribaga ega bolmasa operatsiya qilmasligi kerak.

Ichki fiksatsiya usuli hilma-xil: metal plastinka qo’yish, xar-xil suyak ichki metal shtif qo’yish, bo’laklarni sim bilan bog’lash. Diafizar sinishlar osteosintezi uchun ipak yoki ketgutdan foydalanmaslik kerak, mustahkam bo’lmagan sinishlar bu usuldaki fiksatsiyada yaxshi qotirilmaydi. Metal fiksatsiyalar konsolidatsiyagacha bo’lgan vaqtinchalik immobilizatsiyani ta’minlaydi, lekin suyak to’qimasi regeneratsiyasida qatnashmaydi, ammo sinishni to’g’ri o’sishiga yordam beradi, ko’p holatda ichki fiksatsiya tashqi fiksatsiya bilan birga gips bog’lam bilan 1,5-2 oygacha qilinadi


Ochiq sinishlar.

Ochiq sinishlarda yumshoq to’qimalarda jarohat bo’lishi operativ aralashuvga ko’rsatma bo’la oladi va bunda xirurgik qayta ishlanadi va suyak bo’laklari mustahkam fiksatsiya qilinadi.

Ochiq sinishlar og’irlik darajasiga ko’ra 4-turga bo’linadi:



  1. Ko’p bo’lmagan yumshoq to’qima jarohatlari

  2. Ko’p bo’lgan yumshoq to’qima jarohatlari xirurgik qayta ishlash va teri qoplamini tikishni talab qiladi

  3. Yumshoq to’qimani ezilib va boshqa turdagi jaroxatlari, xirurgik aralashuvdan keyingi teri qoplami defektlari.

  4. A’zolarni massiv jaroxatlanishi va birlamchi amputatsiyaga ko’rsatma.

Ochiq sinishlarni davolash kechiktirilmasligi kerak. Jaroxatni birinchi soatlaridayoq operatsiya qilish lozim shu holdagina infeksiya rivojlanishini oldini olish va to’g’ri fiksatsiya qo’yish mumkin. Infeksiya rivojlansa drenaj qo’yish bilan chegaralanadi. Ochiq sinishlarda qoqsholga qarshi emlanadi.

Xirurgik qayta ishlashda jaroxatni bacterial kultutrasi aniqlanadi, jaroxat infeksiyasi profilaktikasi uchun sinish zonasiga antibiotic yuboriladi.

Xirurgik qayta ishlashdan so’ng jaroxatni tiklanishi turlicha borishi mumkin, birlamchi tiklanishda davolanish muddati qisqa boladi, jaroxatlangan organ tiklanishi tezroq boladi. Ikkilamchida tiklanish uzoqroq vaqt talab qiladi.

Shuning uchun ochiq sinishlarda birlamchi va ikkilamchidan tashqari yana uchinchi ko’rinish tiklanishi ham bor-granulyatsiya osti.
Sinishni davolashdagi asoratlar.

Ochiq va yopiq sinishlarda asosiy asoratlar turlari: noto’g’ri osgan sinishlar, o’smay qolgan sinishlar va soxta bo’g’im, sinish infeksiyasi va travmatik osteomilit. Asoratlar sabablari: konservativ repozitsiya va yetishmagan fiksatsiya; to’liq bo’lmagan operativ repozitsiya va bolaklar aro diastaz; osteosintez usulini noto’g’ri tanlanishini;



Jaroxat mexanizmini va suyak sinish simptomlarini bilish klinik o’ylovni takommilashtirishga yordam beradi, birlamchi tibbiy yordam berishga, transport immobilizatsiya, davolashni to’g’ri tanlanishiga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar;

    1. Мусалатов Х.А., Юмашев Г.С. Травматология и ортопедия. М.М. 1995.

    2. Каплан А.В. Повреждение костей и суставов. М.М. 1979.

    3. Рейнберг С.А. Рентген диагностика костей и суставов.

    4. www.traumatic.ru

    5. www.travma.ru

    6. Волков М.В.Дедова В.Д. Деская ортопедия.-М.: Медицина, 1983.

    7. Крупко И.Л. Руководство по травматологии и ортопедии (в 2 кн.) Л.: Медицина, 1974.

    8. Юмашев Г.С., Епифанов В.А. Оперативная травматология и ортопедия. - М.: Медицина, 1983.


Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish