Toshkent shahari Sergeli tumanii 68-umumta’lim maktabi 11-"A"sinf o’quvchisi Ubaydullayeva Xosiyat



Download 17,04 Kb.
bet1/2
Sana30.09.2021
Hajmi17,04 Kb.
#189890
  1   2
Bog'liq
Insho


Toshkent shahari Sergeli tumanii 68-umumta’lim maktabi 11-“A”sinf o’quvchisi Ubaydullayeva Xosiyat

Konstitutsiya baxtimiz va porloq kelajagimiz kafolatidir

Reja:

1.Konstitutsiya-baxtimiz kafolati..



2.Konstitutsiya-baxtimiz poydevori.

3.Konstitutsiyamiz-huquq va erkinligimiz kafolati.



Bosh qomusimizning 49-moddasida fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir, deb belgilab qo‘yilgan.O‘zbekiston davlat san’at muzeyi xalqimizning ana shunday boqiy merosini o‘zida mujassam etgan muqaddas maskanlardan. Hozirgi kunda uning “O‘zbekiston xalq amaliy san’ati”, “O‘zbekiston tasviriy san’ati” va boshqa asosiy bo‘limlarida 98 mingdan ortiq ashyo va kolleksiya saqlanmoqda.

Bugungi kunda mazkur maskan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli ko‘rgazma va uchrashuvlar o‘tkaziladigan qadamjo hamdir. Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan bu yerda tashkil etilgan tadbir "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" shiori ostida o‘tdi. Unda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi vakillari, Toshkent madaniyat kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari, san’atkorlar va jurnalistlar qatnashdi.

Muzey direktori Vasila Fayziyeva va boshqalar Bosh qomusimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish hamda modernizatsiya qilish, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etishda eng muhim va mustahkam huquqiy asos bo‘layotganini alohida qayd etdi.Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni hisoblanadi, – deydi Toshkent madaniyat kolleji o‘qituvchisi Ahmadjon To‘laganov. – Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani ko‘rsatib qo‘yilgani hamda umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlangani navqiron avlodning iqtidoru salohiyatini namoyish etishi yo‘lida katta imkon hisoblanadi. Bu muhtasham koshonada o‘tkazilgan anjuman ham yoshlarning yorug‘ kelajagini belgilab beruvchi ana shunday ezgu maqsadlarga mushtarakligi bilan katta ahamiyatga ega.

Tadbir doirasida tashkil etilgan muzey xazinasidagi amaliy san’at namunalari, jumladan, kashtalar, so‘zanalar, do‘ppilar, jiyaklar kabi noyob asarlar namoyishi ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.Bosh qomusimiz tarannumiga bag‘ishlangan she’rlar Vatan, do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda 20-noyabrdan – 20-dekabrgacha huquqiy-targ‘ibot oyiligi tashkil etilib, oylik doirasida Bosh qomusimizning mohiyatini ochib berishga, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar intellektual musobaqalar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etiladi.O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublika Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash, ta’lim muassasalarini ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy - axloqiy mazmundagi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, pirovard natijada o‘quvchilar va aholining huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarini bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida 2001 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda «Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori» Respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.Joriy yildan yangilik sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini o‘quvchilarga ongiga singdirish maqsadida tegishli qo‘llanmalar ishlab chiqilib hududlarga yetkazildi va ko‘rik-tanlov mazmuniga qonun targ‘iboti bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular kiritildi.“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovi to‘rt bosqich – maktab, tuman (shahar), viloyat hamda Respublika bosqichlarida o‘tkazildi.Tanlovning tuman va viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganiqtidorli yoshlar shu yilning 6 dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida qatnashdilar. Shuningdek, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko‘ra xolis baholandi.Ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlovda o‘zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Yoshlarning huquqiy bilimini boyitish, siyosiy salohiyatini yuksaltirish demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir. Yuksak huquqiy madaniyat inson barkamol¬ligining eng muhim jihati sanaladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda ta’lim muassasa¬larida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar, ochiq dars va tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish maqsadida umumta’lim maktablarida har yili an’anaviy ravishda huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi o‘tkaziladi. Joriy yil ham noyabr-dekabr oylarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostidagi huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi o‘tkaziladi. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan mazkur oylikda pedagoglar o‘quvchilarga davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan yigirma besh yil davomida barcha sohada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida barcha ta’lim muassasalarida yoshlarga huquqiy ta’lim berilayotgani haqida atroflicha tushuncha berib, Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va unga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida zarur ma’lumotlar beradi. Umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan bayram tadbirlari mazmunini belgilashda o‘quvchilarning hyosh xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Asosiy Qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tantanasini tashkil etishda, avvalo, tadbir senariysini tuzish va shakllantirishga e’tibor qaratiladi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostidagi huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligini o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.


Download 17,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish