Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Uchtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi



Download 1,44 Mb.
Sana18.03.2017
Hajmi1,44 Mb.
#4828
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasid:\multiki\32451c80e368.jpg

Uchtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi d:\multiki\нow-to-organize-the-day-primary-school-children.jpg

203-umumta’lim maktabi

boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi

Sunnatova Gulining

bir soatlik dars ishlanmasi.c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд6.jpgc:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд5.jpg

c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд11.jpg

Toshkent-2014

Qish bo`lmasa-chi? matni.

Darsning ta`lim texnologiyasi modeli

Mavzuning qisqacha ta`rifi: O`quvchilarga qish haqida yangi ma`lumotlar berib, qorning ahamiyatini yoritib berish, matndagi qismalrning mazmunan bir-biriga bog`liqligini tushuntirish, o`quvchilardagi so`z va lug`at boyligini oshirish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars shakli: Jamoa bilan ishlash

Dars uslubi: An`anaviy, didaktik o`yin, izohli o`qish

Dars jihozi: Qorning qog`ozdan yasalgan shakli, qorning yog`ayotgani tasvirlangan rasm, qo`shimcha didaktik materiallar va rangli rasmlar. Texnik vositalar, media. She`r va topishmoqlar.

Nazorat: Bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: o`quvchilarning reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Talimiy: O’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatish, nutqini va so’z boyligini o’stirish. Qish faslining fazilatini o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarga yil fasllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va o’qish tezligini rivojlantirish.

Kuzatilayotgan natija:

Dars yakunida o`quvchilar Qish qattiq bo’lmagani uchun yer vaqtida orom olmagani ushun,havo sovimagani sababli daraxtlar juda erta uyg’onishi haqiqiy bahor boshlanishi arafasida kuchaygan yer sovug’i mevali daraxt kurtaklarini uzib ketishi yer esa suvga yaxshi to’yinmaganligi yer namligi kelgusi yil hosili uchun yetarli emasligi paxta hosiliga ham putur yetkazishi, bizning boyligimiz paxta.Paxta erta bahordan chigit ekilib, yozi bilan unga o’g’it va ishlov berilishi aytiladi.Meva va sabzavotlarning ham mo’l hosil berishi qishning o’z vaqtida bolishi bilan birgalikda bobo dehqolarning ham mehnati beqiyosligi va o`quvchilarning so`z boyligini boyitiladi.c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд4.jpg

c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд4.jpg


Dars jarayoni va texnologiyasi:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy

qism


O`quvchilar davomadi aniqlanadi.sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

nazorat

3 daqiqa

2-bosqoch

Ehtiyojlarni aniqlash



Darsda rioya qilinadigan qoidalar bilan tanishtiriladi, dars shiori takrorlanadi.

B.B.B

Interfaol

metod


2 daqiqa

3-bosqich

Darsning borishi


1.Yo`llanma savollardan foydalanib fasllarga oid ishlangan rasmlar asosida o`quvchilar bilan birgalikda hikoya tuzish.

2.Gapga xos asosiy xususiyatlarini ochib berish.

3.Matndagi gaplar miqdorini belgilash.

4.O`quvchilar bilan qismlarga bo`lish ishlarini amalga oshirish.

5.Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Quvnoq o`yin o`ynaladi.

6.Barcha faslning o`z o`rni va dehqonlar hayotidagi ahamiyati aytiladi. Bunda bizning asosiy boyligimiz paxtaga katta foydasi borligi aytiladi.

7.Rangli rasmlar asosida matnni qayta hikoya qilinadi.

8. Namunali she`rlardan yod olish.

9 .Maqol va topishmoq, testlar bilan ishlash.

10 .Lug`at ustida ishlash.

11. Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi.


suhbat

suhbat


andoza

bilan ishlash

andoza

bilan ishlash



o`yin

suhbat


namoyish

izohli yodlash

suhbat

suhbat


suhbat

20daqiqa


4-bosqich

Mustah-


kamlash

Savol va topshiriqlar asosida o`tilgan mavzu mustahkamlanadi

Savol-

javob


15daqiqa

5-bosqich

Baholash


Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

O`yin

3 daqiqa

6-bosqich

Insho asosida matn andozasi ustida ishlash va uyda tamomlab kelish.

tushuntirish

2 daqiqa

Fan:O’qish

Sana: 11.12.2014-yil

Sinf:3-“G” sinf

Mavzu: Qishbo’lmasa-chi ? (Yayra Sa’dullayeva)

Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatish, nutqini va so’z boyligini o’stirish. Qish faslining fazilatini o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarga yil fasllari haqidagi bilimlarinichuqurlashtirish.c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд1.jpg

Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va o’qish tezligini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: Aralash (suhbat, tushuntirish, yangi pedtexnologiyadan foydalanish)

Dars jihozi: Rasmlar, slaydlar, ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

Darsnig borishi:

Tashkiliy qismni o’tkazish

  1. O’quvchilar davomatini aniqlash.

  2. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

  3. Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.

  4. O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish

  5. Uyga berilgan topshiriqni so’rash.c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд2.jpg

  6. Dam olish daqiqasini o’tkazish

“Qish fasli” Dekabr, yanvar, fevral

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kitobi.

8-Dekabr-Konstitutsiyaqabul qilingan kun. O’quvchilar moddalarni yoddan aytishadi.

10-Dekabr- O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi qabul qilingan kun. She’rni o’quvchilar aytadilar.

-Aziz o’quvchilar, o’tgan o’qish darsimizda biz sinfdan tashqari o’qishdan buyuk allomalar va xalq og’zaki ijodidan namunalar yod olib kelish topshirigi berilgan edi .Biz dekabr oyini boshidan qish faslini kutib oldik..c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд3.jpg

- Hozirgi qanday fasl?

- Qish fasli

- Qish fasli necha oydan iborat?

- Dekabr, yanvar, fevral oylaridir

- Qish faslidagi o’zgarishlarni aytib bering

- Qish faslida havo sovuq bo’ladi, hamma daraxt barglari to’kilgan xuddi hayol surgandek tuyuladi. Qushlar issiq o’lkalarga uchib ketgani uchunhammayoq tinch, dalalarda esa qarg’alar “qor-qor” deya uchib yuradi. Hamma issiq kiyimga o’ranib, qo’lqop kiygan bolalar esa qorbo’ron o’ynaydilar. Qish naqadar go’zal va zavqli fasllardan biri hisoblanadi.

- Biz yaqinda qanday bayramni nishonlandik?

- 8-Dekabr Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuning 22 yilligini keng nishonladik

- Siz qanday moddalarni bilasiz?

- 1-o’quvchi: Yashash huquqi har bir insonnig uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 24-modda



  • 2-o’quvchi: Har kim bilim olish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 41-modda

  • 3-o’quvchi:Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning huquqlari,erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 48-modda

  • 4-o’quvchi: Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 50-modda

  • 5-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli kuchlarga ega.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 126-modda

Yaqinda yana qanday bayram bo’lib o’tdi?

--- O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasining qabul qilingan kunni nishonladik


  • Kim ushbu madhiya she’rini yozgan?

  • Abdullo Oripov

  • Kim musiqasini bastalagan?

  • Mutal Burxonov

  • Biz o’tgan darsda uyga berilgan vazifaga hamma tayyormi?

  • Ha albatta

Uyga berilgan “Buyuk insonlar bizning yodimizda’’ va xalq ijodiyotidan namunalar she’r va maqollar yod olib kelish mavzusi so’raladi.c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд6.jpg

Xalq og’zaki ijodi xalqimizning ma’naviy mulkidir. Bunda xalqimizning orzu umidlari aks etuvchi qo’shiqlar, o’tmish voqealaridan hikoya qiluvchi ertaklar,ibratli masallar, xalq donoligini ifoda etuvchi maqollar va tez aytishlar kiradi.

Xalq og’zaki ijodi bizni odobli, axloqli, vatanparvar xalqparvar bo’lib voyaga yetishishimizda va zehnimiznio’tkirqilishda yordam beradi.

Alla


Alla bolam alla-yo,

Tog’ yuraklim alla-yo

Xolis tilaklim, alla-yo,

Alla, bolam alla-yo.

Qo’riqlovchi onang bor,

Allalovchi momong bor,

Shukur qilgin, bobong bor,

Alla bolam, alla-yo,

Sharofatli zamonda

Iqboli kulsin alla-yo.

Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko’rkam shahri Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topgan.

Amir Temur elim deb yurtim deb jonini fido qilgan,og’ir-vazmin ,mulohazali, buyuk shaxs bo’lgan.

Bobomiz Alisher Navoiyso’z mulkiningsultoni, buyuk olim,shoir bo’lganlar.Eng avvalo odobli bo’lganlar.Ko’p kitob o’qiganlar.Zehnlari o’tkirligidan minglab misra g’azallarni yod bilganlar. Kichikligida yozgan she’rlarigaustozlari ham qoyil qolganlar.

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra- qatra yeg’ilib, daryo bo’lur.

Tilga ixtiyorsiz –

Elga e’tiborsiz.

Odami ersang demagil odami,

Onikim, yoq xalq g’amidin g’ami.

Abu Ali ibn Sino buyuk hakim ( tabib) bo’lganlar. Ular yoshligidan ko’plab kitob mutalo qilganlar.Ibn Sino ko’p kasalliklarga davo topganlar.

Zahriddin Muhammad Bobur-shoh va shoir bo’lganlar. Uo’z yurti vavatani uchun jonini fido qilgan .Xalqni sevgan.

O’tilgan dars yuzasidan savol-javob o’tkaziladi

Dam olish daqiqasi: “Oppoq qor” qo’shig’i (O’quvchilar bilan aytiladi

Yangi mavzu:,,Qish bo’lmasa-chi? ( Yayra Sa’dullayeva)


  • Hozir qaysi fasl? ‘Qish” fasli Bosh harfi yoziladi.

  • Qish faslida qanday kiyinamiz? Issiq kiyimlarni kiyamiz. Bosh harfi yoziladi.

  • Agar issiq kiyinmasak nima bo’ladi? Shamollashimiz mumkin. Bosh harfi yoziladi.

  • Qanday so’z hosil bo’ldi? “Qish” so’zi

“Qish bo’lmasa-chi? (Yayra Sa’dullayeva)

  • Bugun bizYayra Sa’dullayeva qalamiga mansub “Qish bo’lmasa-chi?’’ matni bilan tanishamiz. Matnni o’quvchilarga ifodali qilib o’qib beriladi .Mazmuni ularga tushuntirib beriladi.Qish uning tabiat o’zgarishlari haqida ham suhbat o’tkaziladi.Hikoya qahramonlari Sanobar va uning onasi Muruvvat opa suhbatlari topib o’qitiladi. Har bir faslning o’ziga xos foydali tomonlari bor ekanligi har fasl o’z o’rnida bo’lish zarurligio’quvchilarga tushuntirib beriladi.Qish bo’lmasa nimalar bo’lar ekan?c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд7.jpg

  • Qish qattiq bo’lmagani uchun yer vaqtida orom olmagani ushun,havo sovimagani sababli daraxtlar juda erta uyg’onar ekan.Haqiqiy bahor boshlanishi arafasida kuchaygan yer sovug’i mevali daraxt kurtaklarini uzib ketar ekan.Yer esa suvga yaxshi to’yinmaganligi yer namligi kelgusi yil hosili uchun yetarli emasligi paxta hosiliga ham putur yetkazar ekan.

  • Bizning boyligimiz paxta.Paxta erta bahordan chigit ekilib, yozi bilan unga o’g’it va ishlov beriladi. Vaqti- vaqti bilan sug’oriladi. Avgust oylarida uni chikanka qilinadi.Kuz fasli kelishi bilan sentabr oyining ikkinchi o’n kunligida paxta ochiladi va yeg’im- terim ishlari boshlanadi.

  • Meva va sabzavotlarning ham mo’l hosil berishi qishning o’z vaqtida bolishi bilan birgalikda bobodehqolarning ham mehnati beqiyosdir.

Mehnat-mehnatning tagi rohat.

Mehnatdan kelsa boylik ,

Turmush bo’lar chiroylik

Bog’im

Dunyoni bog’ etishni O’yib bir gaz chuqurcha

Orzu qilar odamlar Nihol ekdim avaylab,

Daraxt ekish sirlarin Parvarish qildim dildan

O’rgatdilar odamlar Unga mehrimni boylab.

Matn qismlarga bo’linadi.

1-qism: Kumush qish

2-qism: O’tmish voqeasi

3-qism: Yerning mehnati

4-qism: Qish sovg’asi

Kumush qish

Sanobar uyg’onsa , yotoqxonasi sovib ketdi.Pag’a-pag’a qor yog’ibdi.Hali hech kimisitgich yoqmagan edi.Uerinibgina o’rnidan turdi-yu,iliq suvga qo’l –yuzini yuvib keldi.Oyisi:



  • Kechagina kuz edi, bugun qish hamkelib qolibdi-dedi.

Sanobar ,,Qish bo’lmasa, nima qiladi-ya’’, dedi o’zicha.Muruvvat opa:

  • Qish bo’lmasa-mi?-dedi-yu, zum jimib qoldi. So’ng o’tgan bir voqeani so’zlab berdi.

O’tmish voqeasic:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд9.jpg

O’shanda u uchinchi sinfda o’qir edi.Qish qattiq bo’lmagani, yer vaqtida orom olmagani, havo sovimagani sababli daraxtlar erta uyg’ondi.Haqiqiybahor boshlanishi arafasida kuchaygan yer sovug’I mevali daraxt kurtaklarini uzib ketgandi. O’sha yili olma o’rik shaftoli, xullas mevlar hosili kam bo’lgan edi.Ancha-muncha qurg’oqchilik bo’lib,paxtaning kam hosil bo’lganini aytishgandi.Muruvvat opa shularni esga oldi.



Yerning mehnati

-Qish bo’lmasa, yer yaxshi hordiq chiqara olmaydi.Yer tabiatning uch faslida qattiq mehnat qilib,xalqqa noz-u ne’matlarberadi.Qishda bamaylixotir kelgusi yil hosili uchun asrab turadi.O’ziga kuch to’playdi. Bahor kelishi bilan o’z bag’rini ochadi.

--Qish bo’lmasa,yer charchab qoladimi?- deb so’radi Sanobar ko’zlarini javdiratib

--To’g’ri topding,qizim. Yer charchab qoladi.Utoliqsa, sen yeyayotgan olma-anorlar, qovun-tarvuzlar,karoshkalarning hosiliga putur yetadi.Paxtamiz juda qimmatga tushadi.Qor yog’masa,Qorbobo yasay olmaysan , yaxmalak ucholmaysan.



Qishnining sovg’asi

Sanobar og’zini ochib qoldi.Rosti bilan qish bo’lmasa, bugunguday to’kinchilik, boylik bo’lmas ekanda? Hali u bunday gaplarning mag’zini chaqib ulgurmasdan, onasi yelkasiga qoqib, ,,Bo’laqol ona qizim, o’qishingga kech qolma’’, dedida, uni maktabiga kuzatdi.

Sanobar yo’l-yo’lakay onasini aytganlarini o’ylab borardi.Chunki oyijonisiga bergan savoliga olgan javobini o’rtoqlariga ham aytgisi kelardi. Bu barcha noz-u ne’matlar qishning bizga bergan sovg’asi ekan,-deb hayolidan o’tkazdi Sanobar.

Lug’at so’zlar bilan ishlash

Ayoz- sovuqc:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд8.jpg

Hordiq- dam olmoq

Yaxmalak-qor bilanqoplanib muzlangan yer

Qurg’oqchilik- yerning namligi pasayib ketishi,suvsizlik

Gaplarning mag’zini chaqib- gaplarning mazmunini tushunib

Bamaylixotir-bemalol, xotirjam

Toliqish- charchash

Putur- zarar yetkazmoq

To’kinlik- hosilning mo’l bo’lishi

“Qish” fasliga xos topishmoq, she’r va maqollar o’quvchilarga ayttiriladi. (10 daqiqa)

Mustahkamlash.O’quvchilarga matn yuzasidan suhbat o’tkaziladi.

Muhokama:

1) Muruvvat opa nima sababdan qish haqidagi o’tmish voqeani esladi?

2) Hikoya nima bilan tugadi?Shu o’rnini o’qib bering?

3) Qishning vazifasini bilib oldingizmi?

4 )Qish fasli sizga yoqadimi? Nima uchun?

5) Qish bo’lmasa nima bo’lar ekan?

6) Bizni dunyoga tanitgan boyligimiz nomini ayting.

7) Ona zaminimizga bo’lgan mehrimizni qanday ko’rsatmog’imiz zarur deb bilasiz?

8) Qishda qanday bolalar o’yinlarini bilasiz?

9) Siz qish faslida bo’sh vaqtingizni qanday o’tkazasiz?

10) Qish faslida qanday kasb egalarining ishi ko’payadi?


Hunarni sev

Hunarni sev, hunarni! O’rgan sen ham yigitsan,

Hunar senga asqotar.Yetmish turi oz senga.

Hunar otin soni yo’q, ,,Hunarli er kam bo’lmas’’

Sanasang qator-qator.Maqolin ol esingga.


  • Demak, bugungi darsimizda har fasl o’z vaqtida bo’lishi va o’z vazifalarini bajarishi lozimligini bilib oldik. Bu barcha nozu-ne’matlar barcha fasllar mehnati ekan. Shu bilan birgalikda mirishkor bobodehqonlarimizning ham hissasi borligini unutmasligimizlozimligini bilib oldik..

Ona tabiatc:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд10.jpg

Yoz der: Kuz der:

Suvim beg’ubr, -Mevam, bolim bor,

Suv baliq misol!Bari senga ol!


Qish der: Bahor der:

-Kumush qorim bor! -Gulim ko’rkam,

Qorbobo yasang! Guldasta yasang!

Demak, ona tabiat

- Bizni der har vaqt.

Qo’llaridagi bargha fasllar in’omlarini barcha ustozlar oldiga olib boradilar.( gullar, nonlar,mevalar, sabzavot va poliz ekinlari)

Yaqinda bining eng sevimli bayramimiz,,Yangi yil bayrami’’ bo’lib o’tadi.unda bayram qahramonlari Qorbobo va Qorqiz tashrif buyuradi.Archamizni hammamiz bezatamiz.

Yangi yil archasi

Bo’ylari shiftga yetgan,

Igna bargli,ko’k archa.

Zar-u marjonlar taqib,

Yasanishing o’zgacha.

Mustahkamlash: O’quvchilarga test tarqatmali materiallar beriladi.

Testlar

1 Qishda tabiat o’zgarishlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?



  1. Qattiq sovuq, qor, yaxmalak,muz

  2. Sovuq shamol, yomg’r, tuman

  3. Iliq shamol,shudiring,quyosh

  4. Daraxt, mayin shamol,do’l

2 Muruvvat opa nimalarni esladi?

  1. Bahor faslini

  2. O’tmish voqeasini

  3. Ota –onasini

  4. Maktabdagi davrini

3 Qish fasli tabiat ne’matlariga qanday yordam berar ekan?

a) hosilini mo’l bo’lishiga

b) daraxtlarni o’sishiga

s) bahorni erta kelishiga

d) barcha tabiat in’omlarini mo’l bo’lishiga

4) O’zbekiston milliy boyligimiz nima?

a)daraxt b) adras s) paxta d) mevalar

5) Sanobar onasiga nimalarhi aytgisi keld

i a) mevalarni pishishini

b) har faslning o’z vaqtida bo’lishini

s) dehqonlarning mehnatini

d) barcha javob to’g’ri

Kasb egalari haqida suhbat o’tkaziladi.Qish faslida qaysi kasb egalari ishlari ko’payadi?


  • Yong’in xavfsizligi xodimlari

  • Yo’l harakati xodimlaric:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд11.jpg

  • Shifokorlar

  • Bu kasb egalari haqida she’rlar aytiladi.

Aziz o’quvchilar! Chunki bu kasb egalari insonlar tinchligi, ularning xotirjamligi va sog’ligi uchun jon kuydiradilar. Qishda sovuq bo’ladi.Ba’zi bir o’quvchilarimiz “qor” yeyishi yoki suv ichishi mumkin.Biz bunga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Chunki sog’ligimizga zararlidir. Maktabga kelayotganda sirpanchiq yo’llardan ehtiyotkorona bo’lib kelish, mashinalar orqasiga osilmasligimiz kerak. Bu inson hayoti uchun xavflidir.Doimo yo’l qoidalariga rioya qilish kerak

Biz bilamizki, “20-noyabrdan 20-dekabrgacha yong’in xavfsizligi oyligidir”.

Biz kunlar sovishi bilan uylarni isitish uchun turli isitish vositalaridan foydalanamiz.Bu isitish vositalaridan juda ehtiyotkor bo’lib foydalanishimiz bo’lish zarur.

Kattalarning, ota-onalarning gaplariga quloq solishimiz, o’zimizcha elektrvositalaridan foydalanishimiz mumkin emas. Agarda biron-bir hodisa ro’y bersa 101 raqamiga qo’ng’iroq qilish zarur



  1. Uyga vazifa: “Qish bo’lmasa-chi?’’ matnini ifodali o’qib kelish. ,,Qishda bolalar o’yinlari’’ mavzusida insho yozib kelish topshirig’i beriladi. Insho rejasi tuziladi .

Qishki o’yinlar

Reja:


1 Qish fasli

2 Qishda tabiat o’zgarishlari.

3 Qishda bolalar o’yinlari (2 daqiqa)

O’quvchilar daftarlariga yozdirib qo’yiladi.



c:\users\user\desktop\qish bo\'lmasachi\слайд12.jpg
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish