Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


-rasm. Bank xizmatlarini ishlab chiqish tamoyillari



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana08.09.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
4-rasm. Bank xizmatlarini ishlab chiqish tamoyillari.

10

 

- tijorat banklari tomonidan o‘z  mijozlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda 

zamonaviy  servisni  tashkil  etish  tamoyili.  Ushbu  tamoyil  bank  mijozlariga 

xizmat ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalarni oqilona qo‘llash natijasida ular 

uchun  qulay  servisni  tashkil  etish  asosida  har  bir  mijozning  talab  hamda 

extiyojini to‘liqroq qondirishlikni nazarda tutadi.  

                                                           

10

 Лукина А.В.Маркетинг товаров и услуг: учеб.пос. - М.:ФОРУМ,2008.-240с. 



Bank xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq 

etishning tamoyillari 

Bank xizmat turlarini yanada 

diversifikatsiya qilish 

Bank xizmatlarini maqsadli bozorini 

tanlashga strategik yondashuv 

Yaratilgan xizmat turlarini innovatsion 

xususiyatga egaligi

 

Tijorat banklarining mijozlar bazasini 



shakllantirishga maqsadli yondashuv 

Bank xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy 

servisni tashkil etish 

Har bir mijozga manzillashtirilgan 

(yakka) tartibdagi yondashuv 

Xizmat turlarini ko‘rsatishda rentabellikka 

erishish 



 

12 


-  tijorat  banklari  tomonidan  xizmat  turlarini  ko‘rsatishda  rentabellikka 

erishish  tamoyili.  Ma‘lumki,  tijorat  bankining  pirovard  maqsadi  daromad 

topishdir.  Ushbu  tamoyil  ulardan  mijozlarga  ko‘rsatiladigan  xizmat  turlarini 

ko‘paytirish, sifatini oshirish orqali daromad olishni ko‘paytirishni taqazo etadi. 

Shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki,  tijorat  banki  bank  xizmati  turini  narxini 

tushirish lekin ushbu xizmat turini ko‘proq mijozlarga ko‘rsatish yordamida ham 

rentabellikka erishishi mumkin. 

Marketing konsepsiyalari quyidagilardan iborat: 

-  ishlab  chiqarish  yoki  bank  texnologiyalarini  takomillashtirish 

konsepsiyasi,  uning  xususiyati  shundan  iboratki,  ushbu  konsepsiyani 

qo‘llayotgan  banklar,  yuqori  samaradorlikka  ega  bo‘lgan  aksariyat  an‘anaviy 

xizmatlar  turlarini  taklif  etadi.  Bank  raxbariyati  asosiy  harakatni  avvalambor, 

mijozlarning  bankni  tanlashi  bo‘yicha  dalillarni,  ularni  bir  bankdan  ikkinchi 

bankka o‘tish sabablarini tadqiq etishga, bank texnologiyalarini takomillashtirish 

asosida  mijozlar  bazasini  kengaytirish  bo‘yicha  takliflarni  tayyorlashga 

yo‘naltiriladi, chunki mijozlar bankni tanlashda arzon narxlardagi o‘zlari uchun 

qulay bo‘lgan xizmat turlaridan foydalanadilar;  

- mahsulot yoki bank xizmatlarini takomillashtirish konsepsiyasi, bu noyob 

va  yuqori  narxga,  noan‘anaviy  va  yakka  tartibdagi  xizmatlarga  ega  bo‘lgan 

banklar va moliya – kredit institutlari tomonidan qo‘llaniladi.  

- savdo yoki tijorat faoliyatini intensifikatsiyalash konsepsiyasi.  

-  an‘anaviy  marketing  konsepsiyasi.  Ushbu  konsepsiya  bo‘yicha  mijozlar 

uchun  bank  xizmatlarini  iste‘mol  qilish  xajmini  oshishi  ta‘minlanadi.  Bank 

mahsuloti  –  bu  bankning  aktiv  va  passiv  operatsiyalari  bo‘yicha  xizmatlar 

majmuidir. 

Bank xizmatlari bozorini tadqiq etish quyidagilardan iboratdir: 

-  quyidagilarni  o‘z  ichiga  olgan  bank  xizmatlari  bozorining  umumiy 

tavsifnomasi:  ushbu  bozorni  o‘zgarish  tendentsiyalari  va  istiqbollari,  ushbu 

bozorda  faoliyat  yuritayotgan  xorijiy  banklarning  ishlash  sharoiti,  bank 

xizmatlari  bozorining  potentsial  xajmi,  ushbu  bank  faoliyat  yuritayotgan 




 

13 


bozorning geografik (hududiy) chegaralari va uni kengaytirish istiqbollari

-  barcha  raqobatlarni  marketing,  operatsion  va  moliyaviy  strategiyalarini 

tahlil etib, ularni strategik imkoniyatlarini tadqiq etish: 

-  mijozlarni  shu  jumladan,  potensial  mijozlar  doirasini  aniqlagan  holda, 

ularni segmentlarga ajratish hamda bankni tanlash sabablarini o‘rganish  

- tashqi sohani tahlil qilish va raqobatbardoshlik bo‘yicha o‘z ustunliklarini 

aniqlash  (bankning  moddiy  va  nomoddiy  aktivlari,  raqobatchilari  ustidan 

g‘alabaga  erishishga  yordam  beradigan  bank  uchun  strategik  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan faoliyat sohalari).  

Bankda  muvaffaqiyatli  qo‘llanilayotgan  marketing  tizimi  quyidagi  asosiy 

elementlarni  o‘z  ichiga  oladi:  mahsulot  (xizmat),  sotish,  bozor,  narx, 

raqobatchilar.  Kommunikatsion    strategiyani  ishlab  chiqish  tijorat  banklari 

tomonidan olib boriladigan operatsiyalariga asoslanadi.  

Har qanday bozor singari bank xizmatlari bozorining bajaradigan funksiyalari 

mavjud va ular quyidagilardan iborat; 

- umumbozor vazifalar, ya‘ni barcha bozorlar bajaradigan vazifalar; 

- maxsus vazifalar, ya‘ni har bir bozorgina bajaradigan o‘ziga xos xususiyatga 

ega vazifalar. 

Bank  marketingi  mohiyati  yuzasidan  xorijlik  va  mahalliy  olimlarning  turli 

fikrlari  mavjud.  Bank    marketingi  o‘z  mohiyatiga  asosan  bir  tarafdan  tijorat 

banklari  tomonidan  bank  xizmatlari  bozorini  o‘rganishdagi  va  unda  bank 

xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha aniq faoliyatini hamda ikkinchi tarafdan tijorat 

banklari  tomonidan  o‘z  mijozlarining  talablarini  o‘rganish  va  ularni  qondirish 

asosida daromad olish bilan bog‘liq faoliyatini anglatadi. 

 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat