Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.12.2019
Hajmi0,77 Mb.
#29626
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish


O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O'RTA MAXSUS  TA'LIM  

VAZIRLIGI 

TOSHKENT  MOLIYA  INSTITUTI 

KREDIT-IQTISOD  FAKULTETI 

 

“TASDIQLAYMAN” 

                   Kredit-iqtisod” fakulteti 

dekani, i.f.n.,prof.,  v.v.b. 

Qoraliyev Т.М. __________ 

“____” ______________2015 y.

 

“BANK  HISOBI   VA  AUDIT”   KAFEDRASI 

UMMATOV  MADAMINBEK  BOTIRBEK  O`G`LI 

KREDIT BAHOSININGSHAKLLANISH MEXANIZMI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH . 

5230700– “Bank ishi” ta'lim  yo'nalishi  bo'yicha 

bakalavr  darajasini  olish  uchun 

 

BITIRUV   MALAKAVIY   ISHI 

 

Ilmiy rahbar: 

Toshpulatov  D.A. 

_____________________ 

“___” _____________  2015 y. 



 “Himoyaga tavsiya etiladi” 

“Bank  hisobi  va  audit” 

kafedrasi mudiriv.v.b. 

___________Т.Boltayev 

      “___” _____________  2015 y. 

 

Тoshkent - 2015 


 

 



 

 

Mundarija 

   

  Kirish……………………………………………………………………….. 

 

bob. 

Kredit 

bahosi 

va 

uning 

nazariy-

huquqiyasoslari……………………………………………………………………

……….. 

  1.1.Kredit 

bahosimexanizmining 

iqtisodiy 

mohiyati 

va 


ahamiyati……………………………………………………………………………. 

  1.2.  Kredit  

bahosining  nazariy-huquqiy 

asoslari………………………………..........………………………………………. 

  II 

bob. 

Kredit 

bahosi 

mexanizmiga 

ta`sir 

etuvchi 

omillar 

taxlili……………………………………………………………………………….. 

2.1.  Kredit  bahosi  mexanizmiga  ta`sir  etuvchi  omillar    va  uning 

taxlili………………………………........................................................................... 

2.2.  Respublikamiz  Tijorat  banklarining  kredit  siyosati  va  kredit  portfeli 

taxlili………………………………………………………………………………… 

  III bob. Tijorat banklarida kredit bahosini takomillashtirishyo`llari  

 

vaistiqbollari……………………………………………………………… 

 

Xulosa………………………………………………………………………. 

  Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 

  . 


   

   


   

   

   

   



 

 



 

 

   



   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   

   



 

 



 

 

   



  KIRISH 

  Mavzuning  dolzarbligi.    Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  iqtisodiy 

sektorda,  xusasan  bank-moliya  tashkilotlarida  tubdan  o‟zgarishlar  sodir  bo‟ldi. 

Bugungi  kun  taraqqiyotida  iqtisodiyotning  poydevori  sifatida  tijorat  banklari 

muhim  ahamiyat  kasb  etmoqdaki,  bozor  iqtisodiyotiga  tobora  chuqurlashib 

borayotgan  hamda  jahon  hamjamiyatida  o'z  o'rni  va  mavqeiga  ega  bo'lgan 

O'zbekistonda ham bu jarayon o'z aksini qaror toptirmoqda. 

  Har  qanday  taraqqiyot  jarayoni  qarama-qarshiliklar,  muammolar  asosida 

mukammallashib  boradi.  Mamlakatimiz  banklari  taraqqiyoti    jarayonini  ham 

muammolardan  xoli  deb  bo‟lmaydi.  Ushbu  muammolarning  bank  faoliyatiga 

salbiy  ta‟sir  etish  doiralarini  aniqlash  va  bartaraf  etish  biz    yoshlardan  ijodiy 

izlanishni  talab etadi. 

Xususan,  prezidentimiz  I.A.Karimov  aytganlaridek:  «  Ko„rib  turganingizdek, 

oldimizda  o„ta  muhim  va  dolzarb  vazifalar  turibdi.  Ularni  faqat  o„z  kuchimiz  va 

imkoniyatlarimizga  tayangan  holda  hal  qilmasak,  chetdan  birov  kelib  hal  qilib 

bermaydi. Eng muhimi, shu borada eskicha qolip va yondashuvlardan butunlay voz 

kechishimiz  kerak.  Bugungi  zamonning  talabi  shuki,  endi  eskicha  ishlab,  eskicha 

yashab bo„lmaydi

1

». 


Shuni  ta'kidlash  joizki,  davlatimiz  mustaqilikka  erishganidan  buyon 

respublikamiz 

hukumati 

tomonidan 

bank 

tizimini 



isloh 

qilish, 


uning 

infratuzilmasini  rivojlantirish  va  bank  xizmatlar  ko'rsatishni  jahon  andozalariga 

etkazish 

bo'yicha 

bir 

qator 


ishlar 

amalga 


oshirilmoqda. 

Iqtisodiy    

                                                                 

1

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirish  yakunlari  va  2015-yilga  mo„ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo„nalishlariga 

bag„ishlangan Vazirlar  Mahkamasining majlisidagi  ma‟ruzasi

 


 

 



 

 

munosabatlardagi      yangiliklar    eng    avvalo    bank    tizimini  bozor talablariga 



javob beradigan holda qayta qurishni  talab etadi.  

Respublikamiz  bank  amaliyotida  kreditlash  shakllaridan  keng  foydalanish 

mijozlarning  kreditlarga  bo‟lgan  ehtiyojlarini  to‟laroq  qondirishga  banklarning 

kredit  operatsiyalari  ko‟lamini  kengaytirishga  kredit  riskini  ma‟lum  darajada 

minimallashtirishga  va  nihoyat,  banklarning  kredit  operatsiyalaridan  oladigan 

daromadlari  oshishiga olib keldi. 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  iqtisodiyotning  real  sektorini  kreditlash 

tijorat  banklarining  muhim  daromad  manbaiga  aylangan.  Milliy  iqtisodiyot 

taraqqiyotini  ta`minlashga  mamlakatimizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirish,  ularga  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko`rsatish,  xo`jalik  yurituvchi 

subyektlarga  bank  kreditlari  berish  amaliyotini  takomillashtirish  orqali  erishish 

mumkin.Tijorat  banklari  faoliyat  natijalari  va  banklar  tamonidan  iqtisodiyotning 

real  sektoriga  yo`naltirilgan  hajmi  ularga  belgilanadigan  baho  darajasiga 

bog`liq.Shu  jihatdan,  bugungi  kunda  bank  amaliyotida  muhim  o`rin  kasb  etadigan 

kredit  bahosi  haqida  mavzuni  yoritishga  harakat  qilib  ko`ramiz.  Mavzu  doirasida 

kredit  bahosi,  uning  paydo  bo`lishiga  ta`sir  etuvchi  nazariy  va  ilmiy  as oslar, 

iqtisodchilar  tamonidan  uni  talqin  etilishi,  kredit  bahosiga  ta`sir  etuvchi  omillar 

klassifikatsiyasi,  kredit  bahosi  mexanizmining  tahlili  va  uni  yanada  rivojlantirish 

strategiyalarini  ko`rib chiqamiz.   

Tanlangan 

mavzusining 

dolzarbligi 

ham 

shundaki, 



iqtisodiyot 

turli 


sohalarining  moliyaviy  resurslarga  bo‟lgan  talabini  qondirish  orqali  ishlab 

chiqarish  va  xizmatlar  ko‟rsatish  hajmining  yuqori  sur‟atlar  bilan  o‟sishini 

ta‟minlashda  tijorat  banklari  tomonilan  beriladigan kreditlar muhim ahamiyatga 

ega.  Tijorat  banklari  tomonidan  iqtisodiyotning  turli  sohalariga  ajratilayotgan 

kreditlarning  o‟sish  dinamikasi  aynan  tijorat  banklarining  kreditlash  salohiyatiga, 

banklarning 

kapitallashuv 

darajasiga  va  tijorat  banklari  tomonidan  jalb 



 

 



 

 

qilinayotgan  moliyaviy  resurslarning  nechog‟lik  barqarorligiga  bevosita  bog‟liq 



hisoblanadi.  

  Biz  bilamizki,  banklar  pul  mablag`lari  harakatida  vositachilik  qiluvchi 

tashkilot  sifatida  jalb  qilingan  resurslarni  yuqoriroq  foiz  stavkada  mijozlarga  taklif 

etadi  va  shuning  orqasidan  foyda  ko`radi.  Lekin,  tijorat  banklari  amaliyoti  tahlili 

shuni  ko`rsatadiki,  tijorat  banklari  kreditlarining  foiz  stavkasi  bilan  aholining 

muddatli  omonatlari  foiz  stavkalari  o`rtasida  salbiy  farq  mavjud,  yani  tijorat 

banklari  tamonidan  yuqori  foizlarda  mablag`larni  jalb  qilib,  past  foiz  stavkalarda 

ularni  mijozlarga  taqdim qilish  holatlari  bu uning  salbiy tamonidir. 

  Bitiruv  malakaviy  ishining  asosiy  maqsad  va  vazifalaribo`lib, 

mamlakatimiz  bank  tizimidagi  kredit  operatsiyalari  natijasidayuzaga  keladigan 

kreditning  to`lovlilik  tamoyili  asosida    unga  to`lanadigan  kredit  bahosining  yuzaga 

kelishi  va  kredit  bahosiga  ta`sir  etuvchi  omillar  tahlili  haqida  fikr  yuritish  va  kredit 

bahosini  shakllantirish  yani  foiz  stavkani  iloji  boricha  kamaytirish,  arzon  kredit 

resursidan  samarali  foydalanish  va  kreditga  ehtiyoji  bo`lgan  sohalarga  uni 

taqsimlashdan  iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv 

malakaviy  ishida  asoslangan  xulosalar  va  tavsiyalar  orqali    kredit  bahosi 

mehanizmi  faoliyatini  takomillashtirish  imkonini  beradi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti  va  predmeti.Ushbu  bitiruv  malakaviy 

ishining  ishiningpredmeti  bo‟lib,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  sanoat 

korxonalarni  kreditlash  amaliyotini  takomillashtirish,  kreditlashdagi  mavjud 

muammolarnibartaraf  etishningjahon  amaliyotida  keng  qo‟llaniladigan  usullarni 

tadqiq  qilish  va  ulardan  foydalanish  hisoblanadi.Bitiruv  malakaviy  ishining  ob‟ekti 

bo‟lib,  O‟zbekiston  Respubikasi  tijorat  banklarining  kredit  uchun  qo`yiladigan 

baho  hisoblanadi. 


 

 



 

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi  va  hajmi.Bitiruv  malakaviy  ishining 

ishi    tarkibi  kirish,  uch  bob,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro‟yxatidan iborat. 

 

I bob. Kredit bahosi va uning nazariy-huquqiy asoslari 

1.1. 

Kredit bahosimexanizmining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 

Kredit  (lotincha  "creditum"  –  ishonish  -  verit,  doveryatsyadegan  ma‟noni 

anglatadi)  deganda  o‟z  egalari  qo‟lida  vaqtincha  bo‟sh  turgan  ayrim  qiymat  yoki 

pul  mablag‟larining  boshqalar  tomonidan  ma‟lum  muddatga  xaq  to‟lash  sharti 

bilan  qarzga  olish  va  qaytarib  berish  yuzasidan  kelib  chiqadigan  munosabatlar 

tushuniladi.   

Ko‟pchilik  fikricha  sudxo‟rlik  bu  kreditni  ilk  ko‟rinishi  deb  hisoblaydi. 

Sudxo‟rlik  qaysidir  jihatdan  kreditga  o‟xshab  ketishi  mumkindir  lekin  kredit 

sudxo‟rlik  bilan  qarzga  berish,  foiz  olish  funksiyalari  jihatdan  o‟xshash  bo‟lishi 

mumkin  xolos.  Kreditni  vujudga  kelishiga  sudxo‟rlikni  cheklash,  oldini  olish 

maqsadida  ko‟rilgan  choralardan  biri  deb  qaraladi.    Buyuk  olimlardan  biri  Frensis 

Bekon    ”  sudxo‟rlikni  yo‟q  qilmasdan,  uni  cheklash  zarur”  degan  fikri  kredit 

ishining  rivojlanishi,  kapitalistik  banklarning  paydo  bo‟lishi    sudxo‟rlikka  qarshi 

yo‟naltirilganligini  tasdiqlaydi.     

Kredit  qadimdan  ma‟lum  bo‟lib,  u  dastlab  savdoda  almashuv  jarayonida 

paydo  bo‟lgan  bo‟lib,  u  avval  tovarlarni  kreditga  sotilishi  bilan  bog‟lik.  Bunga 

sabab  haridorni  tovar  sotib  olishga  hamisha  ham  naqd  puli  bo‟lmaydi,  u  tovar 

sotilsa  tushadi,  tovar  sotuvchi  esa  uni  tushishini  kutib  turolmaydi  (shu  davrda 

tovarning  qiymati  tushib  ketishi,  sifati  pasayishi  mumkin).  Shu  va  boshqa  holatlar 

tovarlarni  kreditga  sotishga  olib  kelgan.  Kredit  tovar  ishlab  chiqarishning  va  tovar 

muomalasining  ajralmas  qismi  bo‟lib  hisoblanadi  va  uning  rivojlanishi  bilan 

bog‟lik.  Tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan  pul  shaklidagi  kredit  paydo 

bo‟ldi. 


 

 



 

 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  iqtisodiyotning  real  sektorini  kreditlash 



tijorat  banklarining  muhim  daromad  manbai    hisoblanadi.  Tijorat  banklari  

faoliyatining  natijalari  va  banklar  tamonidan  iqtisodiyotning  real    sektoriga 

yo`naltiriladigan    kreditlarning  hajmi  ularga  belgilangan    baho  darajasiga    bog`liq.  

Tijorat    banklarida    kredit  bahosining    shakllanishini    nazariy    jihatdan    tadqiq  

qilish    va  uning  xususiyatlarini    o`rganish    muhim    ahamiyat  kasb    etadi.  Kredit 

bahosi  to`g`risida    fikr    yuritishdan   avval unga  oid  ilmiy  yondashuvlarni  tadqiq  

qilish   muhim   hisoblanadi. 

Biz    bilamizki,    qadimdan    zadogonlar    tamonidan    berilgan  resurslar    uchun  

ularga    yirik    foiz    ko‟rinishida    mablag`lar    berilgan.  Foiz    nazariyasi  

iqtosodiyotda    pulning  vujudga    kelishi    bilan  shakllana    boshlagan    va  avvalo  

foizni    iqtisodiy    tushuncha  sifatida    o`rganila    boshlagan.      Bir  qancha    asrlar  

davomida    katolik    cherkovi    Aristotelning    obro`yi    ta`sirida    foizning  gunohkor  

tabiati    haqidagi    fikrlarni    olg`a    surdi.  Natijada    qonun    bilan    tasdiqlangan    foiz  

shartnomalari  Angliyada  1571-yilda,    Fransiyada      esa    1789-yildagina    bekor 

qilindi.   Quronda  ham  foiz  juda qattiq  muxokama   qilinadi    va ribo  deb ataladi.   

Foiz  bu  –  iqtisodiy  aktivlardan    vaqtinchalik    foydalanilganlik     uchun  to`lov  

sifatida    e`tirof    etiladi.    Kreditor    qarz    oluvchiga    kredit    beradi,  qarz    oluvchi  

ssudadan    foydalanadi    va    o`sgan    qiymatni    oladi  hamda    shu    foydadan 

kreditorga   kredit  uchun  to`lov  sifatida  to`laydi. 

  Kreditor    va    qarz  oluvchi    o`rtasida  amalga    oshirilgan  shartnoma    kredit  

bozoridagi  foiz  stavkasining  darajasiga  asosan   belgilanadi.  Kreditor uchun  foiz 

bu    vaqtinchalik    iste`molni  chegaralagani    uchun    rag`batlahtirish    hisoblanadi.  

O`z    navbatida    kredit  taklifi    milliy  daromad    hajmi,    likvidlilik  va    risklarga  

bog`liq  hisoblanadi. 

Kredit  bahosi  xususidagi    fikrlar  dastlab    Qadimgi  Yunonistonda    paydo  

bo`lgan.    Platonning    fikricha,  “  …  kreditning    faqat  ishonch    asosida  va    foizsiz  



 

 



 

 

berilishi    maqsadga    muofiq”.  Aristotel  ham  shunday    fikrlarni    bildirib,    “  …  pul  



pulni    yaratmaydi  va  foiz    daromad    keltirmaydi”    deb  yozadi.    Uning  fikri   ham  

pulni  foizga  emas, balki    vaqtinchalik  foydalanish   uchun  berishni  yoqlaydi.   

Aniq    bilamizki,  o`sha    davrga    mos    bunday    yondfashuvlar    sudxo`rlik  

rivojlangan    davrda    jamiyat    rivojlanishida  tabaqalashni    cheklash    uchun  xizmat  

qilgan.  Biroq    jamiyat    rivojlanishi  va    taraqqiyotini  ta`minlovchi    manba    bo`lgan 

kredit va uning   bahosini  to`g`ri  talqin   qilish   kerak. 



 

 

10 



 

 

Iqtisodiy    lug`atda    kredit    bahosi  kreditdan    foydalanganlik    uchun  foiz  



to`lovlari    yig`indisi    sifatida    qayd    etilgan.  Aynan    shu  manbada    kredit    foiz  

stavkasi    kredotorning  ssudadan  foydalanganligi    uchun  qarzdordan    olinadigan  

to`lov  ekanligi    hamda  foiz    miqdori  bank    tamonidan    o`rnatilishi    ham 

ko`rsatilgan

2

.    Ammo    kredit    bahosining  shakllanish  jaroyoni  va  uning  boshqa  



tarkibiy   qismlari   xususida fikrlar   bildirilmagan.   

 

K.Marksning    fikricha,    “…  foiz    qarzga    beriladigan    kapitalning  



o`sishidir”.    U    qarzga    beriladigan  kapitalning    o`sishidan    iborat    bo`lgan    foiz  

qarzga  beriladigan    kapitalning    qarz    beruvxhi  va    qarz    oluvchi    o`rtasidagi 

shartnoma    bilan    belgilanadigan  bahosi    shaklida  namoyon bo‟lishini  ta`kidlaydi. 

Bundan    tashqari,  foiz    miqdori    xususida    to`xtalib,  “…  foizning    faqat  yuqori 

chegarasi bor, u ham bo`lsa – o`rtacha foydadir”, deb tushuntiradi

3



  Aslida  esa,    kredit    foiz    stavkasining    quyi    va  yuqori    chegarasi    bo`lib,  

uning    yuqori    chegarasi    kreditdan    foydalanish  natijasida    olinadigan  o`rtacha  

foyda   miqdoridir.   Kredit  foiz  stavkasining  quyi  chegarasi  bankning kreditdan  

berishdan    olishi  mumkin    bo`lgan  minimal    foydasi  hisoblanadi.  Chunki    foiz  

stavkasi    quyi    chegarasining  bo`lmasligi    mablag`  egalarining  mablag`larni  

joylashtirishidan  naf  bo`lmasligini   anglatadi. 

  Klassik    nazariyada    foiz    stavkasi  va    uning    me`yori  haqida    J.Keyns:  

“Foiz    me`yori  bozorda  kapitaldan    foydalanganlik      uchun  to`lanadigan  baho  

sifatida    aniqlanadi”

4

  ,  degan    fikrni  bildirgan.    Muallif    tamonidan    foiz 



stavkasining  makroiqtisodiy    jihatdan  shakllanish    mexanzmi  o`rnatilgan    va  

iqsodiyotdagi    investitsion    jaroyonlarga  bevosita  ta`sir    etish  qobiliyatiga    ega 

ekanligi   asoslab  berilgan. 

                                                                 

2

 Borisov A.B. Bolshoy  ekonomicheskiy slovar.  “Knishniy mir”.  2006.   S. 860. 



3

 Rozenberk  D.I.   K.Marks  “Kapital” iga  sharhlar.  Toshkent: “O`zbekiston”. 1989.  709  b. 

4

 Keyns J. Obshaya  teoriya zanyotosti, prosenta  I deneg. “Progress”, 1978. s. 34 



 

 

11 



 

 

 



J.Keyns    “Likvidlilikni    afzal  ko`rish”    quyidagilar    bilan  bog`liq    ekanligi  

ko`rsatib  o`tadi: 

  -  Ishlab    chiqarish  –  joriy    shartnomalar    uchun    naqd    pul    mablag`lariga  

bo`lgan  extiyoj. 

  -  Extiyotkorlik    motivi  resurslarni    yo`qotish    riskining  oldini  oluvchi    eng  

ishonchli  shaklda  saqlash. 

  -  Chayqovchilik    motivi  –  pul    kapitalidan  kelajakda  foydalanishdan  kata  

daromad olish  rejalashtiriladi.   

 

O`z    kapitalini  pul  shaklida  saqlovchi    shaxs  “likvililikni    afzal   ko`rish” dan 



voz    kechib,  pullarni    ssudaga    berishi  uchun  “mukofot”,  yani    foiz    olish    kerak. 

Keyns    umumiy    xulosa  qilib,  foiz    me`yori  likvidlilikdan    voz    kechish    evaziga 

mukofot    bo`lish    bilan    birga,  pul    egalari    o`zining  likvidli    mol-mulkidan  voz  

kechishni    xohlamasligi    darajasining  o`lchovi    sifatida    qaraydi.  Foiz    me`yori  

boylikni  pul    ko`rinishida  saqlab    turishni    xohlab,  mavjud  pul    hajmi  darajasini  

tenglashtirib  turuvchi   “baho”  hisoblanadi. 

Keyns    fikrisha,  investitsiyaga    bo`lgan  talab  ikkita    sababga    ko`ra    samarali  

bo`lmagan: 

-  O‟sha  “asosiy  psixologik qonunning”  amal  qilish  tufayli  iste`molchining  

sarflagan   investitsiyaga   foyda  ololmay  qolishidan  qo`rqishi; 

- Kredit  uchun yuqori  ssuda  foizining  amal   qilishi.   

Keyns    yuzaga    kelgan  vaziyatdan    chiqish  uchun  davlat    va  hukumatning 

quyidagi   faoliyat   yo`nalishlarini  taklif   qiladi: 

-  Davlat    uchun  yuqori  bo`lmagan  iste`mol    talabini  davlat    xarajatlarini  va  

iste`molni   ko`paytirish  orqali  konpensatsiyalashi  kerak; 

-  Hukumat    ssuda      foizini    ilmiy  asosda    tartibga    solish  yo`li  bilan  xususiy 

investitsiyani  rag`batlantirish   siyosatini   yurgizishi  kerak; 


 

 

12 



 

 

-  Bozordagi    vaziyatga    qarab,ayrim    hollarda,  aholi  jamg`armasining haddan  



tashqari  ko`payib    ketishiga    yo`l    qo`ymaslik    maqsadida,  oholidan    olnadigan 

soliqlarni  ko`paytirish    lozim;    shu  maqsadda    vaqti-vaqti  bilan  ish  haqi darajasini 

muzlatib  qo‟yish o‟rinli hisoblandi; 

Rossiyalik  iqtisodchi  olim  O.I.  Lavrushinning  tadqiqotlarida  uchratish 

mumkindan  .  U    “Ssuda  foizi  ssudadan  vaqtinchalik  foydalanishdan  olinadigan 

o`ziga  xos  to`lov  hisoblanadi”

5

,  degan  fikrni    bildirib  suda    foizining    tarkibiy  



qismi  sifatida  bank    foiziga  urg`u    bergan,  uning    farqli    jihati  sifatida    kredit  

munosabatlarida  bank  ishtirok  etishni    ta`kidlab,  kredit  bahosining  makrodarajada 

va  mikrodarajadagi  omillar  ta`sirida  shakllanishini  taxlil    etishga  va  ularni  

guruhlashga  o`z e`tiborini   qaratgan. 

Kredit  bahosi  va  kredit  foiz  stavkalari    xususida  mamlakatimizda  iqtisodchi 

olimlari  qarashlari  muhim  hisoblanadi.  Jumladan  kredit  bahosi  va  uning 

shakllanishi  xususida  SH.Z.Abdullayevaning  qarashlari  ilmiy  asoslangan  va  aniq 

yo`nalishga  ega  ekanligini  ta`kidlash    lozim.  SH.Z.Abdullayeva  kredit  bahosini 

belgilashda    kredit  mablag`larining  bahosi  va  kredit  amaliyotlari  xizmatining 

qiymati  asosiy  mezon  bo`lib  xizmat  qilishini  ta`kidlaydi

6

.    Shuningdek,  muallif 



kredit  narxi  bozor  iqtisodiyoti  talablari  asosida  kredit  mablag`lariga    bo`lgan  talab 

va  taklifga  qarab    shartnoma  asosida  belgilanishi,    bank  foiz  stavkalarini 

o`rnatishda    ichki    va  tashqi  bozorlarda  yuzaga    keladigan  o`rtacha  foiz 

stavkalarining,  mamlakatdagi  inflatsiya  darajasi,  bank    daromadliligiga  qarab    ish 

tutishi   lozimligini  e`tirof etgan. 

                                                                 

5

 Bankovskoe delo: Uchebnik. Lavrushin O.I.,  Mamonova I.D.,  Velentseva N.I.  – M.: “KNORUS”.  2008.  577  c. 



6

  Abdullayeva  SH.Z.  Bank  risklari  sharoitida  tijorat  banklari  kredit  portfelini    diversifikatsiyash.  Avtoref  .  –  T.: 

2000.  36  b. 


 

 

13 



 

 

  B.T.Berdiyarov  bu  xususida  quyidagi    fikrlarni  qayd  etgan:  “….  Berilgan  



kreditlar  uchun  olingan  foizlar  kreditlar  bo`yicha  daromad  hisoblanadi  va  foiz 

stavkasi kreditning  daromadliligini  aniqlab  beradi”

7



  Bir 



tamonlama 

yondashganda 

kredit 

operatsiyalaridan 



olinadigan  

daromadning  kredit  summasi  nisbati  uning    daromadliligini  aniqlab  beradi.  Bundan 

tashqari,  kredit    foiz  stavkasi  darajasiga  ham  to`xtalib,  kreditlar  bo`yicha  foiz 

stavkasi  bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  asosida    shakllanib  kreditdan  foydalanilganlik 

uchun  to`lanadigan  foiz  darajasi  iqtisodiy  jihatdan  belgilangan  o`z  chegaralariga  

ega  ekanligini  ta`kidlaydi.    Fikrimizcha,  bu  yerda    kredit  bahosi  kredit 

qo`yilmalarining  daromadliligi  nuqtai   nazaridan  talain   qilingan. 

  X.A.To`xsanov    o`z  ilimiy  izlanishlarida  bank  foiz  siyosatining  bir 

yo`nalishi    sifatida    kredit    bahosi  va    kredit    siyosatiga  oid  fikrlarni  bildirgan. 

Xusasan,  “bank  foizi  –  bu  bir    tamondan  o`z    bahosiga  ega  jalb    qilingan  kapital 

o`zlashtirilgani  uchun    to`lov,  ikkinchi  tomondan  turli  yo`nalishlarda    (investitsiya, 

kredit,  lizing  va  boshqalar)  kapitalni  taqdim    qilshdan  yoki    moliyaviy,  ishlab 

chiqarish 

xarakteridagi 

 

investitsiyalaridan 



olinadigan 

 

dariomad 



hisoblanadi”

8

.Muallifning    fikricha,  bank  foiz  stavkasi  moliyaviy  resurslarni 



oluvchi    va  sotuvchi  o`rtasida    aniq  munosabatlarni    o`rnatish  vositasi  bo`lib  

xizmat  qiladi.    Shu  bilan    birga,  bank    foiz    stavkalarini  tasniflash,    ularning 

umumiy  jihatlarini  tadqiq qilib ma`lum  bir tizimga  keltirgan. 

 

T.M.Qoraliyev    fikricha,    “…  pul  bozorida  pulga  bo`lgan  talab    va  taklif  



mujassamlanadi  va  uning  zamirida  baho,  yani    ssuda  foizi  aniqlanadi”

9

.  Olimning 



ta`kidlashicha  ssuda    foizining  darajasi    pul-kredit  siyosati  instrumentlari  ta`siri 

ostida  shakllanadi  yani,  foiz  me`yoriga  ta`sir  ko`rsatish  orqali  muomiladagi  pul 

                                                                 

7

Berdiyarov B.T.  Tijorat  banklari  aktivlarining  daromadliligi.  Toshkent . 2002.  17  b. 



8

Tuxsanov X.A. Prosentnaya politika bankov I voprosi regulirovanie v usloviyax rinojniy ekonomika. Tanskent. 2005. 20 b. 

9

 Qoraliyev T.M . va bosh. Pul – kredit orqali muofiqlashtirish. Toshkent. 2008. 187 b.



 

 

 

14 



 

 

massasiga    ta`sir  ko`rsatadi.    Albatta,  makrodarajadagi  kredit  resurslari  bahosi 



shakllanishida    ushbu  omil  o`z  o`rniga  ega  bo`lishi  mumkin,  lekin,  tijorat 

banklarida  kredit  bahosi  vujudga  kelishida  boshqa  ichki  omilar  mavjudki,  ularning 

ta`sirini  kreditlar  bahosini  shakllantirilishida  hisobga olish muhim  hisoblanadi. 

 Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosati  orqali  tijorat  banklari  kreditlarning 

foiz    satavkalariga  ta`sir  ko`rsatish  masalasi  T.I.Bobaqulov    tomonidan  tadqiq 

qilinib,    “O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tijorat  banklarini  kreditlash 

hajmini  oshirish  hisobidan  bank  kreditlari  foiz  stavkalarining  darajasiga  real  ta`sir 

etishi  lozim”

10

,  degan fikr bildirgan. 



  Olimning  banklararo  raqobat  muhiti  to`la  shakllanmagan  hozirgi  sharoitda  

faqat  Markaziy  bank  ssuda  kapitallari  bozoridagi  talab  va  taklif  muvozanatida 

bevosita ta`sir ko‟rsata olishi to`g`risidagi  fikri  muhin  amaliy  kasb etadi. 

 

I.Y.Qulliyev  esa    kredit  bahosiga  quyidagi  ta`rifni  keltirib  o`tadi  :  “…  qarz 



oluvchi  tamonidan  shartnoma  shartlariga  muofiq  kreditorlarga  mablag`lardan  

vaqtinchalik    foydalanganlik  uchun  to`lanadigan    to`lovdir”

11

  deb  ta`rif  berib 



o`tadi. 

  Umumiy  jihatdan,  kredit  bahosi  tarkibiy  jihatdan  kredit  shartnomasida 

belgilangan  kredit  foiz  stavkasi  va  bank  tamonidan  belgilangan  qo`shimcha  

to`lovlardan  tashkil  topadi.   

Kredit bo`yicha to`lovlar: 

  Kredit buyurtmasini  ko`rib chiqish va kreditni  rasmiylashtirish  uchun haq; 

  Kredit berganlik  uchun vositachilik  haqi; 

  Kredit hisobvarag`ini  yuritish  va uni boshqarish uchun to`lov; 

  Kredit bo`yicha o`tkaziladigan  to`lovlar  bo`yicha komission haq; 

                                                                 

10

Bobaqulov  T.I.  O`zbekiston  Respublikasida  milliy  valyuta  kursining  barqarorligini  ta`minlash  borasidagi 



muammolar  va ularni hal qilish yo`llari.  i.f.d.  ilm.dar.ol.uchun.yoz.diss.avtoref.  Tashkent: BMA, 2008.  30  b. 

11

I.Y.Qulliyev  Tijorat  banklarida  kredit  bahosining  shakllanish  amaliyoti  va  uni  takomillashtirish.  Monografiya.T.,  “Iqtisod-



Moliya”. 2013. 13 b. 

 

 

15 



 

 

  Mijoz  majburiyatlari  bajarilmagan  hollarda  to`lanadigan  penya va boshqa 



shu kabi to`lovlarni  o`z ichiga  oladi. 

  Kredit  bahosi  va  kredit  foiz  stavkasi  o`rtasida  kuzatishimiz  mumkin  bo`lgan 

farqlarni  tadqiq qilib ko`ramiz: 

- Bank  krediti  bo`yicha  foiz  stavkasi  shartnomada  belgilanadi  va  foiz 

hisoblash  usullariga  muofiq  hisoblanadi    hamda  shartnomada  belgilangan  davriylik 

asosida mijozlar  tamonidan to`lanadi; 

-Kredit  bahosi  kredit  bo`yicha  foiz  stavkasidan  tashqari  qo`shimcha 

to`lovlarni  ham  o`z  ichiga  oladi.  Mijoz  to`laydiagan  barcha  to`lovlar  (foiz  va 

komission  to`lovlar)  yig`indisi,  yani  bankning  kredit  xizmatini  ko`rsatishdan 

oladigan  daromadlari  umumlashgan  holda kredit  bahosida mujassamlashadi. 

Tijorat  banklari  tamonidan  mijozlarga  kredit  liniyasini  ochish  yo`li  bilan 

kredit  berish  mumkin.  Mijoz  shartnomada  kelishilgan  barcha  mablag`larni 

o`zlashtirsa,  u  holda  kreditning  umumiy  miqdoridan  kelib  chiqib  foiz  to`lovlarini 

to`laydi. 

Agar 

mijoz 


olingan 

kreditni 

to`la 

o`zlashtirmagan 



holatida, 

o`zlashtirilmay  qolgan  qismiga  shartnomada  belgilangan  miqdorda  komission  haq 

to`laydi.  Chunki  bank  mijoz  uchun  o`z  likvidligini  ta`minlangan  holda  kreditni  o`z 

vaqtida  ta`minlash  majburiyatini  oladi.  Bunday  sharoitda  tijorat  banklarida 

likvidlilik  riski  yuzaga  keladi.  Likvidlilik  riskini  pasaytirish  maqsadida  bank 

tamonidan 

qo`shimcha 

komission 

haq 

to`lanadi. 



Shuningdek, 

mijoz 


majburiyatlarini  o`z  vaqtida  bajarmagan  taqdirda  shartnomada  belgilangan  tartibda 

penyalar  ham  to`lashi  mumkin.  Shu  nuqtai  nazardan  bunday  to`lovlarni  kredit 

bahosi tarkibiga  kiritishni  maqsadga muofiq deb o`ylaymiz

12



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish