Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/164
Sana08.09.2021
Hajmi2.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
1 – MA’RUZA 
 
KIRISH 
 
Reja:  Fanni  o‘qitish  maqsad  va  uning  rejasi.  Yog‘larni  qayta  ishlash 
texnologiyasi  xomashyo  strukturasi.  O‘simlik    yog‘larining  tarkibi.  Hamrox 
moddalar.  
 
Yog‘larni  rafinatsiya  qilish  va  gidrogenlash,  margarin,  mayonez,  yog‘ 
kislotalari glitserin va sovun ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish. 
           O‘simlik yog‘larini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasida yog‘ sanoatining 
yetakchi sohalaridan biridir. Uning asosiy xomashyolari rafinatsiya qilinmagan yog‘. 
salomas,  soapstok  bo‘lsa,  asosiy  mahsulotlari-tozalangan  yog‘,  margarin,  mayonez, 
sovun va gletsirindir. 
           Ushbu  fanda  yog‘-moy  sanoati  holati,  xomashyoni  mavjudligi  va  ishlab 
chiqarilayotgan    mahsulotlarni  turiga  qarab  texnologik  jarayonlarni  tuzilishi 
o‘rgatiladi. 
            Talabalarning bilimi, malakasi va ko‘nikmasiga quyiladigan talablar. 
             Bu  fanni  o‘rganayotgan  talabalar  oziq-ovqat  sanoatining  yetuk  mutaxassisi 
bo‘lib chiqishlari lozim. «Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o‘rganilayotgan 
paytda  talabalar  ilgari  olgan  boshqa  maxsus  fanlar  bilimlaridan  foydalanadilar. 
Ta’limning  yakunlanish  davrida  talabalar  yetarlicha  nazariy  va  amaliy  o‘quvga  ega 
bo‘lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata 
bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texnologik sxemalar yoki jarayonlar 
to‘g‘risida  yetarlicha  ma’lumotlarga  ega  bo‘lishlari  va  ularni  mantiqiy  ravishda 
ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. 
Mazkur  fanni  o‘zlashtirish  uchun  zarur  fanlar  ularning  bo‘limlari  “Asosiy 
texnologik jarayon va qurilmalar”, «Biokimyo», «Mikrobiologiya va biotexnologiya 
asoslari»,  «Yog‘  va  moyli  xom  ashyolar  kimyosi».  «Korxonalar  uskunalari  va 
loyixalash asoslari». 
             Yog‘-moy sanoati  respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoklaridan 
biri.  O‘zbekistonda  qadimdan  o‘simlik  yog‘i,    kunjut,  zig‘ir,  indov,  maxsar  urug‘i, 
paxta  chigiti,  poliz  ekinlari  urug‘laridan  juvozlarda  olingan.  O‘zbekistonda  paxta 
chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta 
kichiq yog‘ zavodida   57 ming t. paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik 
quvvati  3  mln.  t.  moyli  o‘simlik  urug‘larini  qayta  ishlaydigan  22  ta  korxona  ishlab 
turibdi.  Sanoatning  bu  tarmog‘ida  paxta,  soya  moylari,  meva  danaklari  hamda 
sabzavot  urug‘laridan  olinib,  atir-upa,  farmatsevtika  va  ozik-ovkat  sanoati 
tarmoqlarida  ishlatiladigan    yog‘lar,  margarin  mahsulotlari,  mayonez,  kirsovun, 
atirsovun, 
texnika 
maqsadlari 
uchun 
boshqa 
turli 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqariladi.O‘simlik  moyi  ishlab  chiqarishda  yiliga  o‘rtacha  2,1  mln.  t.  dan  ko‘proq 
paxta chigiti va  maxsar urug‘i, shuningdek import buyicha olinadigan  
 


 

soya  dukkagi  ishlatiladi.  Republika  yog‘-moy  sanoati  ozik-ovkat  sanoati  umumiy 
mahsuloti  hajmining  40  %  ga  yaqinini  beradi.Tarmok  korxonalarida    ishlab 
chiqariladigan  mahsulotlar,  xususan    paxta  moyi  eksportga  chiqariladi.  Koson, 
Guliston  yog‘  ekstraksiya  qo‘shma  korxonalarida bir   kunda 1200 t.  chigit,  Fargona 
yog‘-moy  XJ  quvvati  kunda  840  t.  chigit,  Qo‘qon  yog‘-moy  XJ  quvvati  bir  kunda  
810  t.  chigit,  “Kattaqo‘rg‘on  yog‘-moy”  XJ;  quvvati  bir  kunda  950  t  chigit, 
Surxonoziqovqatsanoat  XJ  bir  kunda  800  t  xom  ashyo,  Urganch  yog‘-moy  XJ  bir 
kunda 800 t. xomashyoni qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. 
       Toshkent yog‘-moy kombinati OAJ QKda margarin mahsulotlari (yillik quvvati 
52,4  ming  t.)  va  mayonez  (yillik  quvvati  2  ming  t.),  tarmoqdagi  10  ta  korxona  - 
Fargona,  Yangiyo‘l,  Andijon,  Urganch,  Kattaqo‘rg‘on  va  boshqa  yog‘-moy 
zavodlarida  xo‘jalik  sovuni  (yalpi  yillik  umumiy  quvvati  103,7  ming  t.)  ishlab 
chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy XJda yiliga 16,7 ming t. turli kichik o‘lchamdagi  
(25,  40,  100  grammli)  atir  sovunlar  ishlab  chiqaradigan  liniyalar  ishga  tushirilgan, 
glitserin  (  yillik  quvati  2  ming  t.)  ishlab  chiqarish  o‘zlashtirildi.  Tarmoq 
korxonalarida  texnologik  jarayonlarini  avtomatlashtirish,  xorijiy  firmalar  uskunalari 
bilan  jihozlash  ishlari  davom  ettirilmokda.  Korxonalarni  texnikaviy  jihatdan  qayta 
jihozlashda  Krupp,  Sket  (Germaniya),  «Alfa-Laval»  (Shvetsiya),  «Jon  Braun2», 
«Karver»,  «Kraun»  (AKSh),  «Matssoni»,  «Bollista»,  (Italiya),  Germaniya,  Polsha, 
Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 
          
 

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat