Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/257
Sana22.10.2020
Hajmi1.61 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257
 
 
Milliy istiqlol g‗oyasining O‗zbekiston mustaqilligini mustah- 
kamlashda namoyon bo‗lishi va uning o‗ziga xos rivojlanish  
xususiyatlari  
 Milliy  istiqlol  mafkurasi  keng  xalq  ommasining  manfaatlarini,  maqsad  va  ideallarini  ifoda 
etadi.  «Milliy  istiqlol  mafkurasi,  o‗z  mazmun-mohiyatiga  ko‗ra,  O‗zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyotiga  xizmat  qiladi,  barcha  siyosiy  partiyalar,  guruh  va  qatlamlarning-butun  xalqimizning 
umumiy manfaatlarini ifodalaydi».  
 
Milliy istiqlol mafkurasi 
1.  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  demokratiya 
tamoyillariga asoslanadi.  
2.  Xalqning  asrlar  davomida  shakllangan  yuksak  ma‟naviyati,  an‟ana  va  udumlari,  ulug„ 
bobokalonlarning o„lmas merosidan oziqlanadi. 
3. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g„oyalari hamda xalq-ning ishonch va e‟tiqodini 
aks ettiradi.  
4. YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta‟minlashga xizmat qiladi. 
5.  Jamiyat  a‟zolarini,  aholining  barcha  qatlamlarini  O„zbekiston-ning  buyuk  kelajagini 
yaratishga safarbar etadi.  
6.  Millati,  tili  va  dinidan  qat‟iy  nazar,  mamlakatning  har  bir  fuqarosi  qalbida  ona  Vatanga 
muhabbat, mustaqillik g„oyalariga sadoqat va o„zaro hurmat tuyg„usini qaror toptiradi.  
7. Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan 
holda ma‟rifiy yo„l bilan singdiriladi.  
8.  U  har  bir  vatandoshimizning  oilasi,  jamiyat,  el-yurt  oldidagi  burch  va  mas‟uliyatini  qay 
darajada ado etayotganini belgilaydigan ma‟naviy mezondir.  
9.  Bu  -  O„zbekistonda  istiqomat  qiladigan  va  o„z  taqdirini  shu  muqaddas  zamin  bilan 
bog„lagan  har  bir  kishining  «Vatanim  menga  nima  berdi»  deb  emas,  balki  «Men  Vatanim  ravnaqi 
uchun nima qilyapman» degan mas‟uliyat tuyg„usi bilan yashashi demak.  
Mafkura  dunyosida  bo‗shliqqa  yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi.  CHunki  bo‗sh  qolgan  mafkura 
mafdonini  bizga  begona,  yot  g‗oyalar  egallashi  ayon  bo‗ldi.  «Hozirgi  paytda  ro‗y  berayotgan  ayrim 
salbiy  holatlar,  nojo‗ya  xatti-harakatlar,  yovuz  ishlar,  avvalo,  mafkuraviy  bo‗shliq  tufayli  sodir 
bo‗lmoqda», degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. 
Milliy istiqlol g‗oyasining  mustaqillikni  mustahkamlaщda  namoyon bo‗lish jarayoni o‗zining 
bir qator quyidagi xususiyatlariga ega: 
1.  Bugungi  kunda  odamlar  «Mafkura  poligonlari  yadro  poligonlari»ga  nisbatan  ko„proq 
kuchga ega ekanligini anglab etmoqda. 
2.  Harbiy,  iqtisodiy,  siyosiy  tazyiqni  sezish,  ko„rish,  oldini  olish  mumkin.  Ammo  g„oyaviy 
tazyiqning ta‟siri va oqibatlarini tezda ilg„ab olish qiyin. 


91 
 
3.  Ongni,  tafakkurni  o„zgartirmasdan  turib  hech  bir  jamiyat  o„z  oliy  maqsadiga  erisha 
olmaydi,  chunki  milliy  g„oya  -  millat  tafakkuri  va  ongining  mahsuli,  siyosiy  ong  darajasi  har  bir 
millatning rivojini belgilaydigan omillardandir. Milliy mafkura, avvalo, o„zligimizni, muqaddas an‟ana-
larimizni anglashga yordam berishi shart. 
4.  Jamiyatimizda  mavjud  bo„lgan  xilma-xil  fikrlar,  har  qanday  insonning  e‟tiqodi  va 
dunyoqarashidan  qat‟iy  nazar  ularning  barchasini  milliy  bayroq  atrofida birlashtiradigan,  eng  buyuk 
maqsadlar sari chorlaydigan bo„lishi lozim. 
5.  Milliy  mafkura  har  qanday  tajovuzkor  millatchilik  va  shunga  o„xshagan  unsurlardan, 
boshqa  xalq,  millat,  elatlarni  kamsitish  kabi  qarashlardan  xoli  bo„lib,  jahon  hamjamiyatida  munosib 
izzat qozonishi zarur. 
6.  Milliy  g„oya,  birinchi  navbatda  yosh  avlodni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalamog„i 
darkor.Mustaqil  O‗zbekistonning  taraqqiyoti  va  buyuk  kelajagi  bir  qancha  muhim  vazifa  va 
muammolarni  hal  etishga  bog‗liq.  SHunday  vazifalardan  biri  milliy  istiqlol  mafkurasiga  ishonch  va 
e‟tiqodni mustah-kamlashdan iborat. Bu bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi: 
1)  Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  eski,  yagona  mafkuradan  butunlay  voz  kechilayotgan, 
hali yangi mafkura ishlab chiqilmagan va shakllanmagan, ilmiy asoslanmaganligi bilan bog‗liq edi. 
2) Hech qanday jamiyat  mafkurasiz yashay olmaydi. Odamlar qandaydir  sog‗lom  bir g‗oyaga 
muhtoj bo‗ladi. 
3) Demokratik jamiyat qurish jarayonida  mustaqillikni mustah-kamlash uchun milliy  mafkura 
suv  va  havodek  zarur.  Milliy  g‗oya  -  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarini  o‗zida  qamrab  oladi.  SHu 
boisdan  ham  Prezident  Islom  Karimov  mustaqillikning  ilk  yillarida,  1993  yildayoq  «Milliy  istiqlol 
mafkurasini  yaratish  va  hayotimizga  tatbiq  etish»  zarurligini  uqtirgan  edi  (Karimov  I.A.  Asarlar.  T.1. 
203-bet). 
O‗zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat 
qurishdagi o‗rni bir qator quyidagi muammolarni hal etish bilan ham bog‗liqdir: 
1.  Milliy  istiqlol  mafkura  kishilarda  milliy  madaniyatning,  milliy  ongning,  milliy  g„ururning 
usishi  va  rivojlanishini  ta‟minlash  omili  sifatida  mustaqillikni  mustahkamlashda  muhim  yahamiyatga 
ega. 
2.  Milliy  istiqlol  mafkurasi  kishilarda  milliy  birdamlik  va  hamjihatlik  tuyg„usini 
shakllantirishga, tarbiyalashga xizmat qiladi. 
3.  Milliy  istiqlol  mafkurasi  xalqni  sevishga,  qadrlashga  da‟vat  etadi,  mustaqillik 
barqarorligini ta‟minlab odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi. 
O‗zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini yaratishda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik 
tajribalari  o‗rganildi.  Kommunistik  mafkuradan,  sinfiylikdan,  partiyaviylikdan  holi  bo‗lgan  asosiy 
qonun  yaratildi.  Prezident  Islom  Karimov  milliy  istiqlol  g‗oyasi  va  mafkurasini  yaratishda  ko‗plab 
asarlar yozdi va ularni sharxlab bera oldi. 
4.  Mamlakatimiz  siyosiy  hayotining  barcha  sohalarini,  davlat  va  jamiyat  qurilishini 
erkinlashtirish borasida bir talay ishlar amalga oshirildi. 
5. Ko„ppartiyaviylik yanada shakllanib bormoqda. 
6.  Muxolifat  konstitutsiyaviy  mezon  doirasida  faoliyat  ko„rsatib,  aniq  dasturiy  hujjatga  ega 
bo„lishi kerak. 
7.  Haqiqiy  muxolifatning  vujudga  kelishi  uchun,  uning  hokimiyat  bilan  g„oyaviy  va  amaliy 
takliflar kirita oladigan bo„lishi lozim. 
Mustaqillikni  mustahkamlashda  O‗zbekiston  milliy  istiqlol  mafku-rasining  ilmiy-nazariy 
jihatlari quyidagi xulosalarda o‗z ifodasini topadi: 
- Mafkura O‗zbekiston jamiyati hayotida juda zarur, chunki mafkura bo‗lmasa, odam, jamiyat, 


92 
 
davlat o‗z yo‗lini yo‗qotishi muqarrar. 
-  XX  asrda  yashagan  zamondoshlarimiz  ko‗p  sinovlar,  azob-uqubatlar,  fojialar,  urushlar, 
qatag‗onlarni boshidan kechirdi. 
-  Insoniyat  tarixida  axborot  asri  deb  tan  olingan  XXI  asrda  ham  turli  mafkuralarning  o‗zaro 
kurashi shiddatli tus olmoqda. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  butun  jamiyat,  butun  millat,  butun  o‗zbekis-tonliklar  uchun  xizmat 
qiladi.  Milliy  qadriyatlarimizni  baholaganda,  ularning  milliy  g‗oyaga  nechog‗lik  mos  ekanini  nazarda 
tutamiz.  Lekin  biz  baholash  jarayonida  faqat  alohida  bir  inson,  muayyan  ijtimoiy  guruh  manfaatini 
emas,  balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o‗zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz.  SHu bois, 
yuqorida  zikr  etilgan  mezon  va  tamoyillardan  foydalanib,  O‗zbekistonimizni  jahondagi  eng  ilg‗or 
davlatlar  qatoriga  qo‗shishga  harakat  qilinmoqda.  Bu  mamlakatimizning  jahondagi  nufuzini,  uning 
kelajagini belgilaydi.  

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar