Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/257
Sana22.10.2020
Hajmi1.61 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   257
millatlilik,  deb  atash    maksadga        muvofikdir.    CHunki,  u  tabiiy  ravshida  kechgan  va  vaqt  nuqtai 
nazaridan nisbatan uzoq davom etgan tarixiy jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.  
Ikkinchi  turdagi  ko‗p  millatlilikni  shartli  ravishda  ijtimoiy-siesiy  ko‗p  millatlilik,  deb  atash 
mumkin.  U turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar va bir  xalqning ikkinchisi ustidan hukmronligini ta‘minlash, 
u yoki bu  millatning miqdoriy ustuvorligiga  barham berish  niyatida jamiyatning etnik tarkibini ataylab 
murakkablashtirgan. 
  Respublikamiz   aholisining   etnik   tarkibida   sodir   bo‗lgan   o‗zgarishlar,   ijtimoiy-siyosiy   
ko‗p   millatlilikning chukurlashib borishi sabablarini urganish muxim axamiyat kasb etadi. 
Dunyoning  turli  nuktalarida  milliy  uygonish,  etnik  o‗z-o‗zini  ang-lashning  o‗sishi  sodir 
bo‗lmoqda. 
Milliy  differensiatsiya  jarayoni  nafaqat  federativ  davlatlar  o‗rnida  yangi  mustaqil  davlatlarning 
paydo bo‗lishi shaklida, balki quyidagi ko‗rinishlarda ham namoyon bo‗lmoqda. 
Tarixan  millatlarning  shakllanishi  tabiiy-stixiyali  tarzda  -  ob‘ektiv  iqtisodiy,  insoniy,  madaniy 
aloqalar  zamirida  yuzaga  kelgan.  Ammo  hozirgi  davrda  ichki  milliy  munosabatlarni  kuchaytirish, 
mustaxkamlashda onglilik, aniq maqsadni ko‗zlab harakat qilishga va mustaqil milliy dav-latni tuzishga 
bo‗lgan  intilish  kuchayib  bormoqda.  Bu  o‗zining  davlat  tu-zilmalariga  ega  bo‗lgan  millatlar  tajribasi 
ta‘sirida sodir bo‗lmokda. 


72 
 
Bugun  integratsiya  jarayonlari  ham  chuqurlashib  bormokda  va  bunday  holat  dunyoning  barcha 
mintaqalarida  kuzatilmokda,  yaqin  istikbolda  insoniyatniig  taqdiriga  dahldor  masalalarni  xal  etishda 
chuqur integratsiyalashgan mintaqalarning o‗rni yuqori bo‗lishligi xakdir. 
SHunday  istiqboldan  kelib  chiqib,  iiida  I.  A.  Karimovning  tashab-busi  va  bevosita  ishtirokida 
tuzilgan  Markaziy  Osiyo  hamkorligi  tash-kilotining  mintaqamizning  jahonda  yuzaga  kelayotgan 
mintaqaviy integratsiya qutblarida munosib o‗rinni egallashiga imkon yaratilganligi asoslab berilgan. 
Istiqlolning  millatlar  taqdiri  va  ular  o‗rtasidagi  munosabatlarga  ta‘sirining  o‗ziga  xos 
xususiyatlarini  ochib  berish  uchun    sobiq  Ittifoq  tarkibiga  kirgan  ayrim  respublikalardagi  mavjud 
voqelikni urganib chikish lozim.  
O‗zbek  milliy  siyosati  modeliga  xos  xususiyatlar  Konstitutsiyamiz  va  amaldagi  qonunlarimizda 
o‗z ifodasini toptan va «etnik rang» kasb etgan tamoyillar va O‗zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi 
faoliyatida xam  
Millatlararo  munosabatlarni  o‗ziga  xos,  murakkab  va  serkirra  tizim  sifatida  qarash  mumkin.  Bu 
o‗ziga  xoslik  boshqaruv  jarayonida  inobatga  oli-nishi  va,  birinchidan,  jamiyat  milliy  tuzilinshning 
tarkibiy  qismi  xisoblangan  etnoslarning  ijtimoiy-siyosiy,  iktisodiy,  madaniy  ehtiyoj  va  manfaatlarini 
ro‗yobga  chiqarish,  ikkinchidan,  millatlararo  munosabatlarda  kechayotgan  jarayonlarni  to‗gri  baholash 
hamda  mavjud muammolarni  hal kilishga  qaratilgan, kompleks  xarakterga ega  chora-tadbirlarni  ishlab 
chiqishdek  bir-biri  bilan  uzviy  bog‗liq  vazifalarni  hal  etishga  xizmat  kilishi  zarur.  Qayd  etilgan 
vazifalarning qanday maqsaddarni ko‗zlab hal  etilishi mohiyat e‘tibori  bilan stixiyalilikka deyarli o‗rin 
qoldirmaydigan,  ijobiy  yoki  salbiy  mazmunga  ega  millatlararo  munosabatlarning  muayyan  tipini 
shakllantirishga asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Mazkur  xulosadan  kelib  chiqqan  holda,  respublikamizda  ijobiy  mazmunga  ega  millatlararo 
munosabatlarni  qaror  toptirish  borasida  olib  borilayotgan  harakatlar  bugungi  kunda  o‗zining  real 
natijalarini bera boshlagani migratsiya jarayonlari barqarorlashuvi, aholi ongi va ruhiyatida o‗zgarishlar 
sodir bo‗layotganligini kursatib turibdi. Tashqi migratsiya jarayonlarining barqarorlashuvi,  birinchidan, 
respublikamizda ko‗p  millatlilikka buzuvchi kuch  emas,  balki  yaratuvchilik qudratiga  ega  bulgan  omil 
sifatida  qaralgani  va  baholangani  natijasidir.  SHuningdek  o‗zbeklar  va  qoraqalpoqlar  bilan  asrlar 
davomida  birgalikda  yashab  kelgan  tojik,  qozok,  kirgiz,  turkman  xalklari  o‗rtasidagi  aloqalarning 
millatlararo  munosabatlarni  yanada  takomillashtirish,  Markaziy  Osiyo  madaniy-ma‘naviy  makonini 
qaror  toptirishdagi  o‗rni  va  bu  jarayonda  «Turkiston  -  umumiy  uyimiz»  g‗oyasining  ahamiyati  katta 
buldi. 
 Ayni payt-da, milliy-madaniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslarning yuzaga 
kelishi  uchun  ham  tegishli  shart-sharoitlar  yaratildi.  Millatlararo  munosabatlarni  yanada 
takomillanggirish,  milliy  kadriyatlarni  saqlab  qolish  va  rivojlantirish  borasidagi  ishlarni  izchil  davom 
ettirish  hamda  milliy-madaniy  markazlar  faoliyatini  muvofiklashtirish,  ularga  tashkiliy  va  uslubiy 
yordam berishni yo‗lga qo‗iish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan 
Respublikada  baynalmilal  madaniyat  markazining  tashkil  etilgani  fikrimizning  isboti  bula  oladi. 
ansambllari faoliyati misolida ko‗rish mumkin. 
YUrtimizda  yashovchi  turli  millat  va  elat  vakillarida  yagona  Vatan  tuy-gusining  shakllanib 
borayotgani  metodologik  ahamiyatga  ega.  SHu  nuktai  nazardan  qaraganda,  turli  millatlar  va  elatlar 
vakillarining etnosiyosiy vatanlari bilan alokalarining kengayishi milliy o‗zlikni saqlab qolishga ishonch 
tuygusining mustahkamlanshiga xizmat qiladi. 
Genezisi  nuqtai  nazaridan  insoniyat  taraqqiyotining  turli  davrlariga  taallukli  bo‗lsada,  bugungi 
kunda din va millat hamda diniylik va mil-liylik murakkab o‗zaro bog‗liklikni tashkil etadi. Ma‘lumki, 
din  o‗zining  integrativ  funksiyasining  kuchliligi  bilan  ajralib  turadi.  Dinlarning  polietnik  xarakterga 
egaligi  sharoitida  esa  bu  nihoyatda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  SHunday  ekan,  muayyan  dinga  xolis 


73 
 
yoki noxolis munosabat unga e‘tiqod qiluvchi etnoslar tomonidan tegishlicha anglanishi, baholanish va 
millatlararo munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta‘sir kilishi mumkin.  
Konstruktiv  hamkorlik  tarafdori  bo‗lgan  mo‗tadil  diniy  oqimlardan  tortib,  uz  maqsadlariga 
erishish yo‗lida hech qanday vosita va usullardan tan tortinmaydigan o‗ta radikal okimlargacha faoliyat 
olib borayotgani bugungi kunda kuzatilmoqda. 
Konkret  sotsiologik  tadqiqotlar  natijalariga  tayangan  holda  diniy  ekstremizmning  millatlararo 
munosabatlarga ta‘sirini ko‗rsatib berish muximdir. 
Mustaqillik  sharofati tufayli ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalari  qatori  dinga, dindorlarga  bo‗lgan 
munosabat sohasida ham tub o‗zgarishlarga yo‗l ochilgani xam diniy bag‗rikenglik an‘analarining rivoji 
uchun  imkoniyat  yaratgan  omil  bo‗ldi.  Bu,  birinchidan,  bugungi  kunda  ulamolarning  ijtimoiy  hayotda 
faol  ishtirok  etishlari,  ikkinchidan,  diniy  urf-odatlar,  an‘analar,  qadriyatlarni  saqlab  qolish  va 
rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berilganida yaqqol ko‗rinmokda. 
Noislomiy  konfessiyalar  faoliyati  bilan  bog‗liq  ijobiy  o‗zgarishlar  ham  buni  tasdiklaydi.  Istiqlol 
sharofati  tufayli  tarixda  birinchi  marta  Toshkentda  pravoslav,  Samarqandda  esa  protestantlar 
seminariyasi faoliyat ko‗rsata boshlagani ham yuqoridagi fikrimizning isboti bo‗la oladi. 
Respublikamizda  pravoslavlikka  e‘tiqod  qiluvchilar  miqdoran  islom  diniga  mansub  aholidan 
keyin  ikkinchi  o‗rinda  turadi.  Ana  shu  holatni  e‘tiborga  oladigan  bo‗lsak,  bu  ikki  konfessiya  vakillari 
o‗rtasidagi mu-nosabatnin: ijtimoiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni ta‘min-lashdagi o‗rni nechogli 
muhim ekanligi oydinlashadi. 
Millatlararo  munosabatlarning  xarakteri  fuqarolarning  e‘tiqod  er-kinligi  nechog‗li  adolatni 
ta‘minlanganiga ham bog‗likligini inobatga olib, Uzbekiston Reslublikasining yangi tahrirdagi «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunining ahamiyatiga ham urgu berish kerak. 
Demokratik  qadriyatlar,  milliy  istikdol  g‗oyasi  va  millatlararo  mu-nosabatlarnipg  o‗zaro 
aloqadorligini  tadqik,  etish  jarayonida  «davlat  maf-kurasi»  va  «milliy  mafkura»  tushunchalarining 
mazmuni  qiyosiy  taxlil  qilingan  va  Konstitutsiyamizda  mustahkamlab  qo‗yilgan  «Uzbekistan  Res-
publikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar-ning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 
Turli ijtimoiy institutlarning hamkorliqdagi faoliyati hamda ti-zimli va tadrijiy tarzda olib borilgan 
mafkuraviy  tarbiya  natijasidagi-na  milliy  istiklol  g‗oyasini  kishilar  qalbi  va  ongiga  singdirishdek  mu-
rakkab  va  serqirra  jarayon  ko‗zlangan  natijani  beradi.  Xususan,  fan,  mada-niyat,  madaniy-ma‘rifiy 
muassasalar,  oila,  mahalla,  mehnat  jamoalari,  siyosiy  partiyalar,  nodavlat  tashkilotlari,  ommaviy 
axborot  vositalari  kabi  ijtimoiy  institutlar  bu  jarayonda  muhim  o‗rinni  egallaydi.  Bu,  bir  tomondai, 
ularning har birining kishilar ongiga ta‘sir o‗tkazishning o‗zi-ga xos va betakror usullarga ega ekani va, 
boshka tomondan, har bir inson  butun hayoti  davomida  oila,  mahalla, ommaviy axborot vositalarining 
mun-tazam ta‘siri ostida bo‗lishi bilan belgilanadi. SHuningdek,   ko‗p   millatlilik   sharoitida   yoshlar   
ongida      millatlararo      totuvlik      g‗oyasi      ustuvor      bo‗lishining  ahamiyati  va  bu  jarayonda  ta‘lim 
tizimining o‗rni masalasiga ham alohid e‘tibor berilgan. 
Ta‘lim  tizimi  milliy  tarix,  madaniyat  va  an‘analarni  o‗rgatish  ja-rayonida  boshqa  xalqlarning 
shunday  belgi  va  sifatlariga  nisbatan  ham  hurmat  bilan  munosabatda  bo‗lishni  tarbiyalaydi,  ularni 
o‗rganishga  sharoit  yaratadi.  Bu  ikki  holat,  ya‘ni  o‗z  millatini  sevish,  boshqa  millatlarga  hurmat  bilan 
munosabatda bo‗lish insonda yagona insoniyatga daxldorlik tuygusini kamol toptiradi, tashuvchisi turli 
etnoslar  bo‗lgan  umuminsoniy  qadriyatlarni  asrab  avaylashga  o‗rgatadi,  xalqlar  o‗rtasidagi  do‗stlikni 
mustahkamlashga  xizmat qiladi. 
Mafkuraviy  tarbiya  jarayonida  yoshlarni  millatlararo  muloqotning  to‗laqonli  sub‘ekti  sifatida 
shakllantirish ham alohida e‘tiborni talab qiladi.  
SHuningdek,  milliy  istiklol  g‗oyasini  turli  millatga  mansub  o‗quvchi  va  talaba  yoshlar  o‗rtasida 
targ‗ib qilish borasidagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil etish asosida ularni hal qilishga qaratilgan 


74 
 
taklif-tavsiyalarni  ishlab chiqish va bunga keng jamoatchilikni jalb kilmok kerak. 
Hozirgi zamon kishisi ulkan axborotlar ummoniga ko‗milgan paytda, uzatilayotgan axborotlarning 
ob‘ektivligi  masalasiga  alohida  e‘tibor  be-rish  lozim.  Axborotning  ob‘ektiv  emasligi,  bir  tomondan, 
ularga  ishonch-sizlikning  shakllaniishga,  boshqa  tomondan,  noto‗g‗ri  tasavvurning  ildiz  otishiga  va 
jamiyatda kechayotgan jarayonlarning mohiyatini tushunmaslikka zamin yaratadi. 
Milliy  hayot,  millatlararo  munosabatlar  keng  ma‘nodagi  ijtimoiy  munosabatlar  ta‘sirida  bo‗ladi. 
SHundan  kelib  chiqib,  biz  milliy  istiqlol  g‗oyasini  kishilarimiz  ongiga  singdirish  yo‗lida  hal  etilishi 
lozim  bo‗lgan  vazifalar  tahliliga  alohida    e‘tibor  berilgan  va  mahalliychilik,  kompaniyabozlik  kabi 
illatlarga  qarshi  kurashish  bilan  bog‗lik  masalalarni  Prezident  I.A.Karimov  asarlari  va  sotsiologik 
tadqikotlar natijalariga tayanib baho bermog‗imiz kerak. 
Mamlakatimizning kup millatliligi sharoitida titul millat sifatida milliy o‗zligimizni anglashimizda 
yurtimiz  fuqarolari  hisoblanmish  o‗zga  el  va  elatlar  vakillariga  chuqur  hurmat,  ularning  o‗zligini, 
qadriyatlarini  saqlab  qolish  va  rivojlantirishga  bo‗lgan  intilishini  har  tomonlama  qo‗llab-quvvatlashga 
siyosiy-huquqiy,  ma‘naviy-axlokiy  javobgarlik,  bir  so‗z  bilan  aytganda,  milliy  mas‘uliyat  tuyg‗usini 
tarbiyalash  xam  nihoyatda  muhimdir.  Ana  shundagina  millatlararo  totuvlik,  yurtimizdagi  tinchlik  va 
osoyishtalik barkaror bo‗ladi. 
Milliy  hayot  va  millatlararo  munosabatlar  sohasida  onglilik  va  aniq  maqsadni  ko‗zlab  harakat 
qilish  hollarining  kuchayib  borishi  milliy  differensiatsiya  va  integratsiya  jarayonlari  hamda  aksariyat 
hollarda  tabiiy-tarixiy  xarakterga  ega  bo‗lgan  ko‗p  millatlilikning  ijtimoiy-siyosiy  omil-lar  ta‘sirida 
yanada  chuqurlashuviga  sabab  bo‗lmoqda.  Bu,  bir  tomondan,  dunyo-ning  milliy  asosda  bo‗linishining 
davom  etishsa,  ikkinchi  tomondan,  min-taqaviy  integratsiya  qutblarining  yuzaga  kelishiga  zamin 
yaratadigan milliy siyosatning o‗ziga xos modellarining shakllaniishga olib kelmoqda. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat