Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi farmatsevtik kimyo fanidan masalalar to


 Dori moddalarning umumiy tahlil usullari



Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/105
Sana13.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
1. Dori moddalarning umumiy tahlil usullari 
1.1. Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash 
Dori  moddalar,  o‘simlik  xom  ashyolari  va  preparatlarning  me’yoriy 
hujjatlarida  (VFM,  FM,  NX,  DF)  uchuvchan  moddalar  va  suvni  aniqlash 
tartiblari  keltirilgan.  Bu  ko‘rsatkich  quyidagi  iboralar  bilan  “Quritganda 
yo‘qotilgan og‘irlik”, “Suv” va “Namlik” ifodalangan.  
“Suv”  va  “Namlik”  ko‘rsatkichlari  tahlil  qilinayotgan  modda  tarkibida 
gigroskopik  va  kristallizatsion  suv,  hamda  uchuvchan  moddalar  mavjudligini 
ko‘rsatadi. Dori modda tarkibida uchuvchan moddalar mavjudligi, uning olinish 
jarayonida  ishlatilgan  boshlang‘ich  mahsulotlar,  reagentlar  yoki  organik 
erituvchilardan tozalanganlik darajasini isbotlaydi.  
O‘simlik  xom  ashyosi  namlik  bilan  bir  vaqtda  o‘z  tarkibida  uchuvchan 
moddalar  sifatida  ta’sir  etuvchi  moddalarini  saqlashi  mumkin  (terpenlar,  efir 
moylari va boshqalar).  
Bu tajribaning muhimligi shundaki, namlikning yuqori yoki past miqdorda 
bo‘lishi  ta’sir  etuvchi  moddalarining  og‘irligini  massa  birligida  kamaytirishi 
yoki  ko‘paytirishi  mumkin,  bu  esa  o‘z  navbatida  biologik  faol  moddalarning 
dozasining  kamayishiga  olib  keladi.  Ortiqcha  namlik  ta’sir  etuvchi 
moddalarining  parchalanishiga  olib  kelib,  o‘simlik  xom  ashyosining  iste’mol 
sifatiga  ta’sir  etadi  (xom  ashyoning  chirishi  yoki  ta’sir  etuvchi  moddasining 
gidrolizlanishi).  
XI  Davlat  Farmakopeyasi  nashrining  1-qismda  suvni  aniqlashning  3  xil 
(quritish, distillyasiya va K.Fisher reaktivi bilan titrlash) usuli keltirilgan.  
Suv  va  uchuvchan  moddalarni  miqdorini  aniqlash  uchun  quritish  usulidan 
keng foydalaniladi.  
Qaysi usul xom ashyo va substansiyaning me’yoriy hujjatlarida keltirilgan 
bo‘lsa shu usuldan foydalaniladi.  

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat