Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi farmatsevtik kimyo fanidan masalalar to


 Kulni, kuydirishdagi massa yo’qotishini va kuydirishdan so‘nggi



Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/105
Sana13.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
1.2. Kulni, kuydirishdagi massa yo’qotishini va kuydirishdan so‘nggi 
qoldiqni aniqlash 
Farmakopeya  tahlilida  kul  deb  dorivor  moddalar  yoki  dorivor  o‘simlik 
mahsulotlarini  kuydirish  hamda  hosil  qilingan  mahsulotlarni  doimiy  massaga 
qadar quritishdan
 
olingan noorganik moddalar qoldig‘iga aytiladi.  
Mineral  qoldiqni  kuydirishdan  hosil  bo‘lgan  kul  qoldig‘ining  o‘lchami 
undagi  qo‘shimchalar  haqida  ma’lumot  beradi.  Aniqlash  ba’zi  tahlil 
qilinayotgan  ob’ektlar  kul  hosil  qilmaydigan  elementlarni  saqlamasligiga 
asoslangan bo‘lib, ular qoldiq qoldirmasdan yonadi. Boshqalari esa o‘z tarkibida 
minerallashadigan  (kul  hosil  qiladigan)  elementlarni  saqlab,  bunday  ob’ektlar 
ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘lgan mineral qoldiq hosil qilib yonadi. Tabiiy kul 
hosil  qilishga  nisbatan  kul  qoldig‘i  o‘lchamidagi  chetlanish  tahlil  qilinayotgan 
ob’ektni  minerallashadigan  qo‘shimchalar  bilan  ifloslanganligidan  dalolat 
beradi.  Bunga  dorivor  moddalarni  olish  jarayonida  tozalash  to‘liq  olib 
borilmaganligi,  dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  o‘z  vaqtida  yig‘ib  olinmasligi, 
quritish,  saqlash  sharoitining  buzilishi  kabilar  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Shu 
sababli farmakopeya maqolasida kul qoldig‘ining eng kichik qiymati keltiriladi. 
Aniq ma’lumotlar va bir xil natijalar olish uchun farmakopeya maqolasida tahlil 


12 
 
qilinayotgan ob’ekt turiga qarab kulni aniqlash usuli keltirilgan (XI DF, 2 tom, 
24-25 b.). 
XI  Davlat  Farmakopeyasi  ga  asosan  kullarning  quyidagi  turlari 
aniqlaniladi: 
dorivor  o‘simlik  mahsulotlari  (o‘t,  ildiz,  ildizpoya,  barg,  gul,  meva,  urug‘ 
va boshqalar), ba’zi tayyor dorivor shakllar (tabletkalar) da: 
 umumiy kul; 
 xlorid kislotada erimaydigan kul; 
Alohida dorivor o‘simliklarda esa: 
 sulfat kuli. 
Umumiy kul miqdori o‘simlik ob’ektidagi noorganik moddalar, shuningdek 
mahsulotni  yig‘ish  va  quritishda  tushgan  qo‘shimchalar  miqdori  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  mineral  qoldiq  haqida  ma’lumot  beradi.  Umumiy  kul  miqdori 
aniqlanilayotgan mahsulotning o‘ziga xosligi, vegetatsiya davri, yig‘ish vaqti va 
usuli (qo‘lda, mexanizatsiyalashgan) va quritish sharoitiga bog‘liq. Umumiy kul 
tarkibiga ko‘p miqdorda K, Na, Mg, Ca, Fe, C, Si, P, S, O, Cl lar tuz yoki oksid 
holida, kam miqdorda Al, Cu, Mn va boshqalar bo‘ladi.  
Xlorid kislotada erimaydigan kullar asosan dorivor o‘simlik mahsulotidagi 
kremniy (silikatlar) tuzlari va oksidlari miqdorini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 
o‘simlik  mahsuloti  (masalan,  хвощ  полевой  o‘simligi)  dagi  kremniy  oksidi 
(qum)  yoki  unga  qadar  minerallashish  bilan  ifloslangan  qoldiq  miqdori  haqida 
ma’lumot  beradi.  Agar  tabletka  tayyorlash  vaqtida  yordamchi  modda  sifatida 
talk,  aerosil  va  titan  to‘rt  oksidi  qo‘llanilsa,  ular  uchun  xlorid  kislotada 
erimaydigan kullar aniqlaniladi.  
Sanoat  korxonalarida  ishlab  chiqarish  (uskunalarda)  jarayonida  sulfatli 
kullar organik dorivor moddalarni metall kationlari (Fe, Cu, Zn, Pb, Mn, As, Cr 
va  boshqalar)  bilan  ifloslanishi  bilan  aniqlaniladi.  Dastlabki  minerallashtirish 
massa  birligida  qo‘shimchalar  miqdoriga  nisbatan  kattalashtirish  yo‘li  bilan 
kationli  qo‘shimchalarni  aniqlash  sezgirligini  oshiradi.  Minerallashtirish 
jarayonida  bir  vaqtda  kation  qo‘shimchalarining  tahlil  qilinayotgan  birikmalar 


13 
 
bilan  hosil  qilgan  bog‘i  ham  uziladi.  Bunda  qo‘shimchalarni  aniqlashda 
qo‘llaniladigan  reaktivlarga  nisbatan  mustahkam  tuz  va  kompleks  birikmalar 
hosil bo‘ladi.  
Organik  dorivor  moddalar  konsentrlangan  sulfat  kislota  yordamida 
minerallashtirildi,  bunda  metall  qo‘shimchalari  ionogen  holatga  o‘tadi.  Bundan 
tashqari  sulfat  kislota  tuzlari  (sulfatlar)  boshqa  kislota  tuzlariga  nisbatan  kam 
uchuvchan va yuqori termik barqarorlikka ega moddalardir.  
Bir  qator  dori  moddalar  uchun
 
me’yoriy  hujjatda  nafaqat  metall 
kationlarining  (sulfatli kul) umumiy  miqdori, balki  ulardagi og‘ir  metallar ham 
aniqlaniladi. Bu temir va boshqa og‘ir metallar tuzlari miqdorini differensirlash 
zarurligidan kelib chiqiladi, chunki ko‘plab dori moddalarda temirning miqdori 
boshqa  og‘ir  metallar  (Cu,  Pb,  Zn  va  boshqalar)  ga  nisbatan  ko‘p  miqdorda 
bo‘ladi.  Boshqa  og‘ir  metallar  birgalikda  bo‘lganda  temir  kislotali  sharoitda 
natriy  sulfid  bilan  aniqlaniladi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  konsentrlangan  sulfat 
kislota  ishtirokida  kul  hosil  bo‘lish  jarayoni  tindirmalarda  og‘ir  metallarni 
aniqlashdan oldin olib boriladi.  
Sulfatli  kullar  miqdori  dorivor  moddalarda  (g,  %)  quruq  massaga  va 
dorivor  o‘simlik  mahsulotlari  (g,  %)  da  absolyut  quruq  massaga  nisbatan 
quyidagi formula bo‘yicha topiladi: 
2
0
1
2
%
1
0
(
) 100 100
(
) 100 100
,
,
(
) (100
)
(100
)
m
m
m
m
g
m
m
B
a
B













 
bu yerda: 
m
0
 – doimiy og‘irlikgacha kuydirilgan tigelning massasi, g; 
m
1
 – tahlil qilinayotgan namunaning tigel bilan birgalikdagi og‘irligi, g; 
m
2
 – tigel va doimiy og‘irlikkacha kuydirilgan kulning og‘irligi, g; 
a – tahlil qilinayotgan namunaning massasi, g; 
V – tahlil qilinayotgan namunaning namligi, %. 
 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat