Toshkent davlat sharqshunslik instituti markaziyosiyo xalqlari tarixi kafedrasi


  Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning tiklanishi



Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana12.09.2019
Hajmi1.34 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

1.  Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning tiklanishi. 
Mustaqillikni amalga oshirish va mustahkamlash sharoitida ma’naviy qadriyatlarni 
tiklash va o‘zlikni anglashga alohida e’tibor berildi.  
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida sharq xalqlari 
uchun  qudratli  ma’naviyat  manbai  bo‘lib  xizmat  qildi.  Uzoq  vaqt  davom  etgan  qattiq 
mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy 
va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 
Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, ma’naviy qadriyatlarni hamda xalq uchun muqaddas 
bo‘lgan  diniy  qadriyatlar  va  an’analarni  qaytadan  tiklash,  o‘zligimizni  anglash  ancha 
murakkab sharoitda eski imperiya tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar 
qaror topayotgan sharoitda yuz berdi. O‘sha davrda jangari millatchilik, diniy ekstremistik 
ruhdagi  xatti-harakatlar,  ayrim  siyosiylashgan  guruhlarning  naqadar  tajovuzkorona 
nafratlari ko‘chaygan edi. Shu bilan birga o‘tmish qadriyatlarini, an’analarini va turmush 
tarzini betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qayta tiklash va boshqa keskinlikka, hozirgi 
davrni  qabul  qilmaslikka,  jamiyatni  yangilash  zaruriyatini  inkor  etishga  olib  kelishi 
mumkin  edi.  Bunday  vaziyatni  hisobga  olgan  mustaqil  O‘zbekiston  davlati,  ma’naviy 
tiklanishning  ijobiy  bunyodkorlik  mohiyatini  kuchaytirishga  qaratilgan,  bir-birini 
to‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy dasturlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. 
Ushbu  dasturda  o‘tmish  qadriyatlarimizni  tiklashda  umuminsoniy  qadriyatlarni 
boyitadigan  hamda  jamiyatimizni  demokratiyalash  va  yangilash  talablariga  javob 
beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olishga asoslandi. 
Xalqimiz  adolat,  milliy  iftixor,  tenglik,  ahil  qo‘shnichilik,  do‘stlik,  insonparvarlikning 
nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy 
maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda 
tinchlik va demokratiyani, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol 
toptirishga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.  
Ma’naviy qadriyatlarni tiklashda milliy o‘zlikni anglash jarayonida xalqimiz istiqlol 
tufayli,  siyosiy  davlat  mustaqilligini  qo‘lga  kiritdi,  o‘z  taqdirini  o‘zi  belgilashning 
chinakam  egasi  bo‘ldi,  o‘zining  ma’naviy  tarixiy  ildizlarini  o‘rganish  imkoniyatiga 
muyassar bo‘ldi.  
Xalqning,  o‘lkaning,  davlatimizning,  hududining  holisona  tarixini  tiklash  o‘zlikni 
anglashda, milliy iftixorni tiklashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tarix millatning 
haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanib  bormoqda.  Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va  tajribalari 
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va 
ibrat  manbaiga  aylanmoqda.  Milliy  qadriyatimiz  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  buyuk 
ajdodlarimizning madaniy meroslariga e’tiborni qaratildi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy 
aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida 
mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.  
Ma’naviy  meros  nima,  uning  tiklanishi  nimalarda  namoyon  bo‘lmoqda? 
Xalqimizning etnik madaniy va diniy qadpiyatlapini tiklanishi, ma’naviy uyg‘onishining 
yana bir bitmas tugamas manbai bo‘ldi. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat 
xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib 
kelgan.  
O‘zbek  xalqi  ruhining  tiklanishi,  millatning  ma’naviy-axloqiy  g‘oyalarining 
shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bo‘lgan hodisadir.  

166 
 
Ma’naviy  qadriyatlarning  tiklanishida  oila  va  qarindoshlik  munosabatlari  odobini 
yangilash, qayta tiklash muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda yashagan ajdodlarimiz 
merosiy  an’analariga  g‘amxo‘rlik  qilish  mustaqillik  davrining  asosiy  axloqiy  qoidasi 
bo‘lib qoldi. Oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi har bir 
oilaning iqtisodiy-madaniy va kasb jihatdan erkin bo‘lishi imkoniyatini anglatadi.  
Milliy  qadriyatlar  bilan  demokratik  qadriyatlarni  bog‘liqligi  nimada?  Milliy 
qadriyatlar bilan demokratik qadriyatlar hozirgi zamon taraqqiyoti singdirayotgan yashash 
me’yorlarining umumlashmasidan ibora-T., 
Inson  huquqlari,  tadbirkorlik,  erkin  savdo,  ijtimoiy  adolat,  o‘zaro  yordamlashuv, 
siyosiy erkinliklar va boshqalar demokratik qadriyatlarni amalga oshirishda jamiyatdagi 
o‘rni va ahamiyati katta. 
Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  borasida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi  inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  barcha  asosiy  g‘oya  va 
qoidalarini  o‘z  ichiga  singdirgan.  O‘zbekistonda  yashovchi  har  bir  inson  fuqarolik 
huquqiga  ega  hech  kim  fuqarolikdan  yoki  fuqarolikni  o‘zgartirish  huquqidan  mahrum 
etilishi mumkin emas.  
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi,  unga  qanday  asoslarda  ega  bo‘lganidan 
qat’iy nazar hamma uchun tengdir. Fuqarolik har bir insonga respublikaning iqtisodiy, 
siyosiy, huquqiy va madaniy turmushida mumkin qadar to‘laroq ishtirok etish imkonini 
beradi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikka keng erkinliklar berilgan.  
Konstitutsiyada xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilinishi bayon qilingan. 
Bundan maqsad iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik, hamda yakka, hokimlikka barham 
berishdan,  korxonalar,  tashkilotlar  va  xususiy  tadbirkorlarning  mustaqilligini 
kengaytirishdan ibora-T.,  
Ma’naviy  qadriyatlarning  dunyoviy  mazmuni  nima?  Jahon  hamjamiyatining 
mustaqil O‘zbekistonni tan olishi o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlapini tiklanishiga, 
o‘zini  boshqa  xalqlar  orasidagi  to‘la  huquqli  millat  sifatida  anglay  olishiga  kuch 
bag‘ishladi. 
Jahon  hamjamiyati  mamlakatlari  bilan  mustaqil  O‘zbekistonning  o‘zaro  aloqalari 
o‘zbek xalqi xususan yoshlar salohiyatiga ularning ilm-fan sirlarini  o‘rganishida  yangi 
imkoniyatlar  ochdi.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  kunda  horijiy  xalqlarning  madaniy 
qadriyatlaridan tanlab foydalanishga ehtiyoj kuchaymoqda.  
Ma’naviy qadriyat Ma’rifatli xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning 
eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqining kelajagining eng avvalo 
o‘zining ma’naviy qadriyatiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liq. Shuning uchun 
ham moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va axloqiy o‘sish ehtiyojiga 
to‘sqinlik  qilmasigi  lozim.  Mustaqillik  mamlakatimiz  aholisining  bilim  doirasini 
kengaytiruvchi ma’naviy tiklanish, fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi 
avlodga mansub ijobiy ziyolilarning paydo bo‘lishiga olib keldi.  
Demokratik taraqqiyotni hozirgi sharoitda yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda milliy 
va  jahon  bilimining  eng  yaxshi  tomonlarini  keng  targ‘ib  qilish  va  ommalashtirishga 
alohida e’tibor berilmoqda.  
Xalqning  ma’naviy  tiklanishi  yangicha  tafakkur  tarzi  ma’naviy  qudrati  va  milliy 
ongining ijodiy  kuchi mustaqillikning istiqbolini belgilab bermoqda,  jamiyatning  jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilib borishini ta’minlamoqda.  

167 
 
3. Mustaqillikni mustahkamlash jarayonida mafkurasi milliy istiqlol 
Hozirgi  kunda  o‘zbek  xalqi  insoniyat  tarixida  o‘xshash  andozasi  bo‘lmagan 
murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Ya’ni, nafaqat iqtisodiy hayotimizda, balki, ong 
tafakkurimizda  ham  yangilanish,  o‘zgarish  jarayonlari  kechmoqda.  Milliy  mustaqillik 
ozodlik yo‘li erkin hayot uchun kurash aslida mana shunday mashaqqatli bo‘ladi.  
Mafkura deganda nimani tushunasiz? O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda 
mafkura  qanday  o‘rin  tutadi?  O‘zbekistonning  o‘ziga  xos  mustaqil  taraqqiyot  yo‘lida 
pirovard  maqsadi  bo‘lgan  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  uchun  kurash 
borasidagi intilishda ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos-milliy g‘oya, milliy 
mafkura  bo‘lishi  shart,  chunki  o‘z  milliy  mafkurasiga  tayanmagan  jamiyat  inqirozga 
duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lidan adashishi muqarrar.  
Mafkura  faqat  bugun  emas,  balki,  hamma  zamonlarda  ham  eng  dolzarb  siyosiy-
ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z 
maqsadlariga  erishishi  uchun  ma’naviy-ruhiy  kuch-quvvat  beradigan  poydevor  bo‘lib 
kelgan.  
Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab insonlar o‘zlarining yashash sharoitlarini 
yaxshilashga,  uni  adolat  qoidalari  asosida  tashkil  qilishga  intilganlar.  Uning  yo‘llari 
usullari izlab kelingan. Ular o‘zlarining bu urinishlarini muayyan g‘oyalar orqali ifoda 
etishga intilishgan. Shuning uchun ham mafkuraga ehtiyoj vujudga kelgan va u yaratilgan.  
Mafkura har bir tarixiy shart-sharoitlarining o‘ziga xos tomonlarini ifoda etishi bilan 
birga har bir xalqning o‘ziga xos milliyligini ham aks ettiradi.  
Har  bir  tarixiy  sharoitda  har  bir  xalqning  o‘ziga  xos  mafkurasi  bo‘lgan.  Mafkura 
jamiyatda  yashaydigan  odamlarning  hayot  mazmunini,  ularning  intilishlarini  o‘zida 
mujassamalashtiradi.  Har  qanday  inson,  tabiiyki,  murod-maqsadsiz  yashay  olmaydi. 
Binobasin, toki hayot mavjud ekan mamlakatlar, xalqlar va ulaning mafkuralari bor ekan, 
ular o‘z taraqqiyoti yo‘lini ertangi kun ufqlarini o‘zining milliy g‘oyasi, milliy mafkurasi 
orqali belgilab olishga intiladi.  
Biroq, sovetlar zamonida mafkura milliy bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblangan. 
Milliy mafkura xususida hatto so‘z ham yuritilmagan. Buning natijasida o‘zbek millatining 
milliy ongi, dunyoqarashi, milliy g‘ururi, iftixori anchagina sustlashtirib yuborilgandi.  
O‘zbekiston  milliy  mustaqillikka  erishgach  o‘zining  istiqlol  mafkurasini  nazariy 
jihatdan  ishlab  chiqish,  uni  xalq  orasida  keng  targ‘ibot  qilish,  har  bir  fuqaro  ongida 
mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirishi, istiqlol yo‘liga xos o‘zbek 
milliy mafkurasini ilmiy asosda yaratish kabi o‘ta muhim va sharafli vazifa paydo bo‘ldi.  
1993 yil 23 fevral kuni Prezident I.A.Karimov bir guruh adiblar bilan suxbat qilib 
milliy  istiqlol  mafkurasini  ishlab  chiqish  zaruriyatini  asoslab  berdi.  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy kengashi 12-sessiyasida 1993 yil 6 mayda oldimizda turgan eng muhim 
masala  bu  milliy  istiqlol  mafkurasini  yaratish  va  uni  hayotimizga  tadbiq  etish  ekanligi 
alohida ta’kidlagan.  
Mustaqillikning  keyingi  yillarida  I.A.Karimov  respublikaning  bosh  mafkurachisi 
sifatida  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Uning  asarlarida,  maqollarida,  nutqlarida,  matbuot 
vakillarining  savollariga  bergan  javoblarida  milliy  istiqlol  mafkurasining  ilmiy  nazariy 
qoidalari asoslandi, uni yangi mazmun yangi g‘oyalar bilan boyitildi.  
Biroq, shuni ham aytib o‘tish kerakki, har qanday mustaqil davlat dastlab biron bir 
mafkurani davlat mafkurasi sifatida olishi mumkin emas. Bir jamiyat, ijtimoiy guruh yoki 

168 
 
millatning mafkurasini boshqa jamiyat millat mafkurasiga majburan qabul qildirishi ham 
mumkin  emas,  bunga  yo‘l  qo‘yib  ham  bo‘lmaydi.  Bunday  harakatlar  demokratiya  va 
erkinlik qoidalariga millatlarning suverenligiga ziddir.  
Shu sababli O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini asriy milliy qadriyatlarimiz, 
yangi vujudga kelayotgan xalqimizni bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodlaydigan 
g‘oyalar shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirilib borilmoqda.  
Mamlakatimiz  istiqlolga  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab,  o‘zbek  xalqi  o‘z 
milliy  an’analariga,  urf-odatlariga  zid  bo‘lgan  kommunistik  mafkuradan  voz  kechdi, 
o‘zining  demokratik  jamiyat  barpo  etishdek  ulug‘  maqsadlarini,  harakat  dasturlarini 
muayyan milliy mafkura orqali aniqlashga intildi.  
Biroq,  O‘zbekistonning  milliy  istiqlol  mafkurasining  shakllanishi  o‘ta  murakkab 
ziddiyatlarga  to‘la  davriga  to‘g‘ri  keldi.  Umuman  bir  mafkuradan  ikkinchi  mafkuraga 
o‘tish darrov, qisqa davr ichida amalga oshmaydi. Xalq millat o‘z milliy mafkurasini butun 
umri davomida takomillashtirib boyitib boradi.  
Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek,  mafkura  qotib  qolgan  aqidalar  yig‘indisi  emas,  u 
uzluksiz jarayon bo‘lib, hayot davom etar ekan mafkuraning oldiga qo‘yiladigan yangi-
yangi  talablar  ham  paydo  bo‘laveradi.  Shy  sababli  inson  taraqqiyotidagi  yangi-yangi 
o‘zgarishlar, yangilanishlarni taqozo etadigan milliy manfaatlariga javob beradigan milliy 
mafkurani yaratish uchun ko‘p yillar davomida muntazam ish olib borish lozim bo‘ladi. 
Insoniyat taraqqiyoti tajribasi millat mafkurasining bir necha avlod umri davomida ishlab 
chiqqanligidan  va  takomillashib  borganligidan  dalolat  beradi.  Xalq,  millat  mafkurasini 
shakllantirish uchun isoniyat tarixining turli davrlarida aql-zakovat yorqin tafakkurga ega 
bo‘lgan  buyuk  shaxslar  zahmat  chekkanlar.  Ular  Konfustiy  (Xitoy),  Maxatma  Gandi 
(Hindiston),  Demokrit  va  Aristotel  (Gretsiya),  Ahmad  Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Forobiy, 
Muhammad  Xorazmiy,  Ibn  Sino,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Imom  Buxoriy,  Amir  Temur, 
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy (O‘rta Osiyo) va boshqalardir. 
Demak,  milliy  mafkurani  yaratish  yzoq  yillar  davom  etgan  uzluksiz  jarayon 
hisoblanadi.  Aynan  mana  shunday  sharoitda,  ya’ni  umri  o‘tib  bo‘lgan  g‘oya,  mafkura 
o‘rnida jamiyatda yangi bir g‘oya ilg‘or bir mafkura shakllanishi jarayonida mafkuraviy 
bo‘shliq yuzaga kelishi mumkin.  
Mafkuraviy  bo‘shliq  nima,  uning  ma’nosini  tushuntirib  bering?  Mustaqillikning 
dastlabki  yillarida  O‘zbekistonda  ana  shunday  mafkuraviy  bo‘shliq  paydo  bo‘ldi.  Bu 
bo‘shliq jarayonidan foydalangan, mamlakatimizga o‘z hukmini o‘tkazishni istagan turli 
kuchlar  mafkuraviy  kurash  boshladilar.  Prezidentimiz  uqtirganidek,  avvalo  mafkura 
dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik kerak, agar shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh 
qolgan  mafkura  maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo  yot g‘oyalar 
o‘rin egallashga urinishi shubhasiz.  
Bugungi  kunda  dunyoda  borayotgan  kurashlar  ichida  eng  kuchli,  eng  ta’sirchan 
kurash, avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda va bu kurashda yengish uchun juda 
ko‘p  mablag‘  imkoniyat  va  kuchlar  safarbar  qilinmoqda.  Ilgari  kuchli  davlatlar  zaif 
mamlakatni  bosib  olib,  o‘z  hukmini  o‘tkazgan  bo‘lsa,  endilikda  o‘z  ta’sir  doirasiga 
olmoqchi bo‘lgan mamlakatlar aholisining ongini o‘ziga qaram qilishga intilmoqdalar.  
Bu  kuchlarning  mamlakatimizga  o‘z  hukmini  o‘tkazishga  intilishining  sababi 
O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlari, ya’ni Markaziy Osiyo mintaqalarining 
markazida joylashganligi, tabiiy xom ashyo zahiralariga boyligidir.  

169 
 
Biroq ularning eng yovuz quroli milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, yosh 
avlodning  qalbi  va  tafakkurini  qoplaydigan  mafkuradir.  Ular  diniy  ekstremizm,  yosh 
mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi, tariximizni, milliy qadriyatlarimiz 
va  din,  madaniyatni  soxtalashtirishga  urinishlar,  narkobiznes,  noqonuniy  qurol-yaroq 
savdosi, terrorchilik va boshqalardir.  
Masalan, ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itayotgan diniy ekstremizm xavfini olaylik. 
Ular islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga 
birlashtirishga qaratilgan mafkuraviy tahdiddir.  
Xo’sh,  shunday  ekan  endi  voyaga  yetayotgan  yoshlarimizni  qanday  g‘oya  va 
mafkura  bilan  qurollantirishimiz  kerak.  U  nimalarni  o‘zida  mujassamalashtirishi  va 
qanday talablarga javob berishi kerak?  
Davlatimiz  rahbari  asoslab  berganidek,  milliy  mafkurani  shakllantirishda,  avvalo 
ajdodlarimiz  qoldirgan  ma’naviy  me’rosidan  oqilona  foydalanish  lozim.  Ajdodlar 
vasiyatiga sodiq va munosib bo‘lmog‘imiz lozim.  
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, 
ruhiyatiga  asoslanib,  kelajakka  ishonch,  mehr-oqibat,  insof,  sabr-toqat,  adolat,  ma’rifat 
tuyg‘ularini  xalqimiz,  yoshlarimiz  ongiga  singdirish  lozim.  Milliy  mafkura  zamonaviy 
umumbashariy, umuminsoniy yutuqlarrdan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, 
yurt  tinchligi, vatan ravnaqi, xalq  manfaati va  farovonligi  yo‘lida xizmat qilish hissini 
tarbiyalamog‘i darkor.  
Milliy  istiqlol  mafkurasi  xalqimizga  xos  bo‘lgan  eng  muqaddas  tuyg‘u  va 
tushunchlarning  mujassam  ifodasi  bo‘lishi  kerak.  Ular  Vatanga  –  ona  tiliga  muhabbat, 
milliy, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, muqaddas dinimiz va oilaga hurmat, mehr-
oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-u hayo kabi fazilatalardir.  
Ayniqsa,  yoshlarning  iymon-e’tiqodini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish, 
ularni mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida 
o‘zligini unutmaslikka, ota-bobolarimizning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va 
hurmat  qilish  fazilatlarini  shakllantirish,  shu  orqali  ularning  mafkuraviy  immunitetini 
kuchaytirish lozim, toki yoshlarning men o‘zbek farzandiman deb g‘urur va iftixor bilan 
yashashiga erishish. Ana shunda biz uchun mutlaqo begona bo‘lgan g‘oyalar o‘z ta’sirini 
o‘tkaza olmaydi.  
XXI  asr  bo‘sag‘asida  xalqaro  vaziyatda,  dunyodagi  kuchlar  nisbatida  tub 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Sobiq  ittifoqning  parchalanishi  natijasida  ikki  siyosiy 
kuchlar qarama-qarshiligi, sovuq urush siyosati barham topdi. Ammo dunyo g‘oyat 
murakkab muammoli bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Dunyo tinchligiga, 
umumiy  xavfsizlikka  taxdid  soluvchi  xavf-xatarlar  oqlanib    qoldi.  Ular 
quyidagilardan iborat: 
Kuchlar nisbati ilgari ikki joyda (SSSR va AQSh) da to‘plangan, ikki qutbli 
bo‘lgan  bo‘lsa,  endi    ko‘p  qutbli  bo‘lib  qoldi,  nazorat  qilish  qiyinlashdi.  Turli 
darajada  rivojlangan  mamlakatlar  o‘rtasida  ziddiyatlar  yanada    kuchaydi. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  asosiy  boyligi  hisoblangan  tabiiy  resurslarini 
rivojlangan  mamlakatlar  o‘z  qo‘liga  olishga,  nazorat  qilishga  intilishi  kuchaydi. 
Ko‘pchilik  mamlakatlarda  ijtimoiy  barqarorlikka  qarshi  xavf  va  xatarlar  o‘sib 
bormoqda. 

170 
 
Umumiy  xavfsizlikka,  xalqlar  o‘rtasidagi  hamjihatlikka  ayrim  davlatlardagi 
muayyan siyosiy kuchlar tomonidan  yuritilayotgan buyuk davlatchilik  shovinizm 
va  agressiv  millatchilik  siyosati  ham  xavf  solmoqda.  Bunday  siyosatning  xavfi 
xalqlaro,  davlatlaro,  millatalararo  qarama-qarshilikni,  mojarolarni  keltirib 
chiqarmoqda. 
Buyuk shovinistik davlatlar kichik davlatlarning, endigina mustaqillikni qo‘lga 
kiritgan  yosh  davlatlarning  xalqaro-huquq  va  ichki  davlat  suverinitetini  ro‘yobga 
chiqarishga qarshilik ko‘rsatmoqdalar, tashqi iqtisodiy aloqalarni chegaralashga va 
kamsitishga  o‘rinmoqdalar.  «Sovuq  urushi»  siyosati  barham  topganligi  natijasida 
yalpi  yadro  urushi  xavfi  kamaygan  bo‘lsa-da,  bu  turdagi  ommaviy  qirg‘in 
qurollarining 
boshqa 
mamlakatlarga 
tarqalayotganligi 
ko‘p 
miqdorda 
saqlanayotganligi dunyo ahlini tavishlantirmoqda. 
Hozirgi  dunyoda  biran-bir  mamlakat,  shu  jumladan  O‘zbeksiton  ham, 
boshqalardan ajralgan  hudud emas. Shu nuqtai nazardan qaralganda O‘zbekiston 
xavfsizligi  uchun  tahdid  solayotgan  zaminlar  mavjud.  I.A.Karimov  o‘zining 
«O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida…»  asarida  O‘rta  Osiyo  davlatlari,  jumladan 
O‘zbekiston  xavfsizligi  uchun  solayotgan  tahdidini  ko‘rsatib  beradi.  Ular 
quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston amalda Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengiz havzasi neft va gazga juda 
boy  konlari  joylashgan  yarim  xalqning  strategik  markazi  hisoblanadi.  Ya’ni  bu 
yarim halqa atrofida butun dunyo energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillar va jahon 
kelajagi uchun ham xal qiluvchi rol o‘ynaydidigan energiya zaxiralari mavjud. Bu 
jahon davlatlarining qiziqtirmasdan qolmaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Rossiya,  Xitoy  va  Hindistonning,  Sharq  va  g‘arb 
mamlakatlarining  bir-biriga  mos  kelmaydigan  manfaatlari  yuzaga  chiqadigan 
mintaqaning  bir  qismi.  Aslida  shakllanib  kelayotgan,  lekin  kuch  qudratli,  XXI 
asrning  qiyofasini  shubhasiz  belgilab    beradigan  kuch  markazlari  ana  shu 
mintaqadan manfaatdorlar. Yevropa, Osiyo markazlari tutashgan yerda joylashgan 
O‘zbekiston  hududidan  islom  dunyosining  Turkiya,  Pokiston,  Eron  va  Saudiya 
Arabistoni kabi qudratli malakatlar ham yuqoridagi kuchlar kabi manfaatdorlar. 
Suv  resurslarining  cheklanganligi,  ekologik  muammolari,  Orol  fojiasi  ham 
mamlakatimiz  uchun  noqulaylik omillidir. Shuningdek, mustamlakachilik  davrida 
yuritilgan  Turkistonning  bo‘lish,  millat  va  elatlari  ustidan  hukmronlik  qilish 
siyosatining asarotlari hozirgacha tashvishli omil hisoblanadi. 
Yana  bir  noqulaylik  shundan  ibortki,  O‘zbekistonni  etnik,  demografik, 
iqtisodiy  va  boshqa  muammolar  yoki  ostida  qolgan  mamlakatlar  qurshab  turibdi. 
Buni ustiga yurtimiz mintaqadagi diniy eksterizm etnik murosasizlik narkobiznes va 
har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, mojarolar avj olgan 
Afg‘oniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh.  
Bularni  hisobga  olib  O‘zbekiston  Vatan  xavfsizligi  va  ijtimoiy 
barqarorliklikning  ta’minlash  uchun  chora  va  tadbirlarni  amalga  oshirmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 
ishlari Vazirligi tashkil (1991 yil 6 sentabrda) qilindi, O‘zbekiston qurolli kuchlari 
barpo  (1992  yil  14  yanvar)    etildi.  14  yanvar  «Vatan  himoyachilari  kuni»  bo‘lib 
qoldi. 

171 
 
Vatanimiz  Xavfsizligini  ta’minlash  va  mustahkamlashda  1992  yil  3  iyunda 
Parlamentda  qabul  qilingan  «Mudofaa  doktrinasi»  xizmat  qilmoqda.  Unda 
quyidagilarni belgilangan: O‘zbekiston jahondagi biror davlatni o‘zining dushmani 
deb  hisoblamaydi;  Xalqaro  muammolarni  urush  yo‘li    bilan  hal  etishga  qarshi 
chiqadi;  biror  davlatga  birinchi  bo‘lib  harbiy  harakatlar  boshlamaydi;  Yadro 
kurashsiz yashash prinsiplariga amal qiladi. 
1996  yili  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  xavfsizlik  konsepsiyasi  ishlab 
chiqildi, uning  huquqiy  asosini  belgilovchi  qonunlar  yaratildi.  2002  yil  29  avgust 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  to‘qqizinchi  sessiyasida  I.A.Karimov 
qurolli kuchlarni isloh qilish to‘g‘risida qator vazifalarni amalga oshirishni belgilab 
berdi.  Shu  asosida  Mudofaa  Vazirligi,  yagona  qo‘mondonlik  organi  qurolli 
kuchlarining birlashgan tartibi tuzildi. 
Vatan  xavfsizligini  mustahkamlash  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik,  millatlararo 
totuvlikni ta’minlash bilan ham bevosita bog‘liq. Shu boisdan O‘zbekiston davlati 
millatlararo  munosabatlarni  boshqarib  borishda  ham  muhim  harakat  dasturlarini  
ishlab  chiqdi.  Respublikada  yashovchi  millat  vakillarining  milliy  madaniy 
markazlari, respublika baynaminal millat madaniy markazlari tashkil etildi. Bunday 
markazlar millatlararo yangi munosabatlarni qaror topishida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda. 
Ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikning  muhim  omillaridan  biri  kishilarni  kuchli 
ijtimoiy himoya qilishdir, shu boisdan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya  
qilishning kuchaytirishga oid tadbirlar amalga oshirildi, mahallalar orqali bolalar va 
kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. 
Vatanimiz  milliy  xavfsizligini  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlashda 
O‘zbekisitoning xalqaro hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik harakatida ishtiroki 
ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O‘zbekiston Yevropa  xavfsizlik 
va  hamkorlik  tashkilotlarida,  Yevropa  ittifoqi,  Shimoliy  Atlantika  hamkorlik 
kengashi va boshqa tashkilotlarda ishtirokini kengaytirmoqda. 
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat