Toshkent davlat sharqshunoslik



Download 233.83 Kb.
bet9/9
Sana24.01.2017
Hajmi233.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Internet resurslari


  1. http://antalyatoday.ru/articlerd/antalya-3.html

  2. http://www.turkishnews.ru/news/1107.html

  3. http://www.turkishnews.ru/news/913.html

  4. http://www.turkishnews.ru/news/1176.html


10-Mavzu: Turkiyada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi

Dars o‘quv maqsadi- Mashinasozilik sanoati va uning milliy sanoat rivojlanishida tutgan o‘rni, yoqilg‘i-energetika majmuasi va undagi tarkibiy o‘zgarishlar,Metallurgiya sanoatining rivojlanishi, Kimyo va neft-kimyosi, hamdaa yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi,to‘qimachilik sanoati rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari, Oziq-ovqat sanoati taraqqiyoti hamda canoatning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi haqida ma’lumot berish

Tushunchalar va tayanch iboralar- mashinasozlik sanoati, yengil sanoat. tekstol sanoati, metallurgiya sanoati, oziq-ovqat sanoati, neft kimyosi sanoati

Asosiy savollar

  1. Mashinasozilik sanoati va uning milliy sanoat rivojlanishida tutgan o‘rni

  2. Yoqilg‘i-energetika majmuasi va undagi tarkibiy o‘zgarishlar

  3. Metallurgiya sanoatining rivojlanishi

  4. Kimyo va neft-kimyosi, hamdaa yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi

  5. To‘qimachilik sanoati rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari

  6. Oziq-ovqat sanoati taraqqiyoti

  7. Sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi.

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni

Zamonaviy Turkiya mobil diversifikatsiyalashgan eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga asoslanadi. Mamlakatning erishayotgan muvaffaqiyatlari ko‘p tomonlama mamlakatda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy islohotlar samarasi natijasidir. So‘nggi yillarda Turkiya ko‘pgina xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan yuqori iqtisodiy erkinligi ko‘rsatkichlari va sarmoyani yuqori darajada jalb qilish xususiyatlari bilan nisbatan tez rivojlanib kelayotgan mamlakatlar sifatida tan olinmoqda. Yirik turk xoldinglari va banklari turli reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni tashkil qilmoqda. Turkiyaning jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroziga qadar so‘nggi 10 yil ichida barqaror rivojlanib kelayotganiga qaramay, 2008-2009 yillarda iqtisodiy tushkunlik holatlar kuzatildi. Shuning uchun hozirgi kunda Turkyai nafaqat jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish, balki o‘zining yangi qirralarini kashf etish va yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni rejalashtirmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Gyurshad Tyuzmenning ta’kidlashicha, 2008 yilda mamlakatning umumiy eksport hajmi 136 mlrd dollarni tashkil qilgan. Vazirning ta’kidlishicha, 2002 yilda umumiy eksport hajmining atiga 36 mlrd dollarni tashkil qilganini e’tiborga olsak, bu ko‘rsatkichning bu kabi yuqori sur’atlarga yetishi - mamlakatda elektron, mashinasozlik, avtomobilsozlik, umuman qayta ishlash kabi sektorlarning yuqori ulushlari hisobilan amalga oshirildi.

Mashinasozlik sanoati

Mashinasozlik sanoati doim Turkiyaning industrlashtirish ya’ni sanoatlashtirish jarayonlarida asosiy va muhim harakatlanuvchi sanoat tarmoqlaridan biri hisoblangan. Mashinasozlik sanoatining umumiy qayta ishlash sanoatidagi ulushi 4,7%ni tashkil qiladi. Boshqa mamlakatlar bilan solishtirilganda mamlakatdagi arzon muxandis-konstruktorlik xizmatlari turk ishlab chiqaruvchilarining ayniqsa, individual buyurtma va zavodlarni tayyor qilib qurib berish sohasidagi raqobatbardoshliklarini oshirmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarishga qo‘yadigan o‘rtacha pul qo‘yilmasi 90%ni tashkil qiladi. 2008 yilda Turkiyadagi mashinasozlik sanoatining umumiy ishlab chiqarish hajmining summasi 18 mlrd dollarni tashkil qildi, shuningdek keyingi besh yil davomida ushbu sektorning o‘rtacha 12-15%ga o‘sishi kuzatilmoqda. Turkiya mashina va mexanizmlar eksporti bo‘yicha dunyoda 18-o‘rinda turadi.Aynan mashina va yordamchi asbob-uskunalarning umumiy eksport hajmidagi ulushi 8,4%ni tashkil etadi. 2007 yilda mashinasozlik sanoatining umumiy eksport summasi 2006 yilga qaraganda 35%ga o‘sdi va 8,77 mlrd dollarga yetdi. 2008 yilda bu ko‘rsatkich 2007 yilga nisbatan 17% o‘sib, 10,2 mlrdga yetdi. Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish joizki, 1996 yilda bu ko‘rsatkich 807 mln dollarni tashkil qilgan.

2008 yilda Turkiya mashinasozlik sanoatining asosiy eksport hamkori Germaniya bo‘ldi. ( Sentr sodeystviya razvitiyu eksporta Tursii). Turkiyaning mashinasozlik sanoatida xususiy sektorning ulushi katta bo‘lib, hozirgi kunda davlat sektorining ulushi 6%nigiga tashkil qilmoqda. Mamlakatdagi mashinasozlik sanoati qurilish texnikasi, og‘ir sanoat uchun mashina va asbob-uskunalar, yog‘ochsozlik stanoklari, kompressor dastgohlari, isitgichlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari,tikish mashinalari, maishiy texnika maxsulotlari, shuningdek to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati uchun dastgohlar va qishloq xo‘jaligi texnikalari kabilarni ishlab chiqaradi.

Yoqilg‘i-energetika majmuasi

Rivojlanayotgan iqtisodiyotning hamda o‘sib borayotgan mamlakat aholisining ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda parallel ravishda turk yoqilg‘i-energetika kompleksi ham rivojlanmoqda. 1998 yildan beri mamlakatda birlamchi energiya manbalarini iste’mol qilish 1,4 baravarga o‘sib, 102, 6 mln tonna neft ekvivalentiga teng bo‘ldi. Mamlakatning taraqqiyot dasturlariga muvofiq, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 129 mln tonna neft ekvivalentiga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, mamlakatning yoqilg‘i-energetika kompleksini kordinal ravishda shakllantirish Turkiya iqtisodiyotining umumiy tarkibiy qayta shakllantirilishining asosiy qismini tashkil qiladi. XX1 asrga boshiga kelib, energetikada davlat monopoliyasidan voz kechish va erkin raqobat proinsiplariga asoslangan liberal ya’ni erkin bozor tizimini shakllantirish rejasi qo‘yildi. Hozirgi kunda davlat faqatgina rejalashtirish va nazorat qilish vazifalarinigina, shuningdek strategik muhim deb tan olingan faoliyat sohalaridagina o‘zining monopol mavqe’ini saqlab qolgan.Bunday sohalar qatoriga mamlakatning quvur tizimi orqali neft va tabiiy gaz yetkazib berish kabilar kiritilgan.

Qisqa muddatli yakunlar yasalishi shuni ko‘rsatmoqdaki, Turkiya mazkur tarmoq bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishdi.Ayniqsa samarador natijalar elektroenergetika sohasida o‘z aksini topmoqda.Masalan, 2008 yilda xususiy kompaniyalarga tegishli bo‘lgan elektrostnatsiyalar quvvati taxminan 17,8 GVTga, ya’ni Turkiyaning umumiy elektrostansiyalar quvvatining 42%iga yetdi.

Shuningdek Turkiya neft xom ashyosi va tabiiy gazning netto importyori ya’ni sof importyori sanaladi va uning bu borada tashqi manbalarga bog‘liqligi 95%ni, shuningdek katta miqdorda ko‘mir zahiralarini import qilgani uchun unga bog‘liqligi 40-50%ni tashkil qiladi. Bu borada Turkiya o‘zining energetik xavfsizligini ta’minlagan holda energiya yetkazib beruvchi hamkorlarini diversifikatsiya qilishga,shuningdek qayta yangilanadigan energiya manbalari hisoblanmish quyosh, shamol va geotermal manbalardan oqilona foydalanishga intilmoqda. Shuningdek energiya tejovchi texnologiyalarni kiritish uchun turli xil rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar ham qo‘llamoqda.

Turkiya dunyodagi muhim energetik yo‘lak salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakat sanaladi. Aytish mumkinki, Turkiya dunyodagi yirik energiya zahiralariga ega bo‘lgan, dunyodagi qayd qilingan tabiiy gaz va neft zahiralarining 75%i joylashgan mamlakatlar, Rossiya, Yaqin Sharq, Kaspiy dengizi mintaqasi va Shimoliy Afrika mamlakatlari qurshovida joylashgan. Boshqa tomondan esa, Yevropa Xamjamiyati bilan Turkiya o‘ratsidagi umumiy chegara mamlakatni energetika resurslar iste’mol qiluvchi keng hajmli bozorlardan biri sifatida taqdim etdi. Bu kabi katta salohiyatga va keng yo‘lga qo‘yilgan energetika siyosatiga asoslangan holda Turkiya o‘zining energetika infratuzilmasini rivojlantirishga: neft va gaz quvurlari, neftni qayta ishlash korxonalari, gaz va boshqalarni saqlovchi yer osti omborlarini qurishga intilmoqda.

Turkiya ham faol ishtirok etayotgan keng masshtabli xalqaro loyihalardan biri bo‘lmish Turkiya hududi orqali Sharq-G‘arb va Shimol-Janub yo‘lagi bo‘ylab o‘tuvchi energiya tashuvchilarning transportini ta’minlab berishga yo‘naltirilgan. Bu kabi keng miqyosli loyihalar qatoriga 2006 yildan boshlab ishga tushgan azarbayjon shuningdek keyinchalik qozoq neftini jahon bozordlariga yetkazib berishga mo‘ljallangan Baku-Tbilisi-Jeyhan marshrutli neft quvurini yaratilishini misol qilish mumkin. Shuningdek Turkiya hududi orqali kaspiy, yaqin sharq va misr tabiiy gazini Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va Avstriya orqali Markaziy va G‘arbiy Yevropa gaz bozorlariga yetkazib beruvchi “Nabukko” gaz quvurini alohida ta’kidlash lozim. Mazkur loyihaning ishga tushishi uchun 2009 yil iyul oyida a’zo mamlakatlar roziligi rasmiy ruxsat bilan berilgan, ammo Turkiya faqatgina tranzit davlat bo‘lib qolish bilangina chegaralanib qolmay, balki o‘z hududida mahalliy neft va gaz konlarini topish uchun geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda, xorijiy energetika resurslari manbalariga ega bo‘lish maqsadida xalqaro savdolarda ishtirok etmoqda. Shuningdek misol o‘rnida shuni qayd etish joizki, zamonaviy Rossiya-Turkiya munosabatlarida ham energetika, birinchi navbatda energiya tashuvchilar bilan savdo yetakchi o‘rin olmoqda. Rossiyaning Turkiyaga yo‘naltirilgan umumiy eksportining 75%ini yoqilg‘i-energetika maxsulotlari tashkil qiladi.2009 yil avgust oyida tomonlar o‘rtasida imzolangan 12ta xujjatning 5 tasi aynan energetika sohasiga tegishlidir.

Metallurgiya sanoati

Qora metallni ishlab chiqarish tobora qisqarishi kuzatilayotgan umumjaxon tendensiyasiyalariga qaramay turk qora metallurgiyasi so‘nggi o‘n yil ichida ancha barqaror sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida Turkiyaning jon boshiga qora metall ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egallashiga va mamlakatning dunyo bo‘ylab qora metall ishlab chiqarish bo‘yicha ulushining 0,33%dan 1,77%ga yetishiga olib keldi. Turkiyadagi umumiy qora metall ishlab chiqarilishi yiliga 14 mln tonnani tashkil qilib, bu sohada 36ming kishi ish bilan band.

Rivojlanib kelayotgan iqtisodiyot va uning ayniqsa qurilish sektori metallsozlik sohasiga bo‘lgan barqaror talabningortishini va metallurgiya sanoatining keyinchalik rivojlanishining asosini yaratib berdi. Turk qora metallurgiya ishlab chiqarilishining 36%i Eregli, Iskanderun va Karabyuk kabi to‘liq siklda faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy 3ta zavodda ulushiga to‘hri keladi. Shuningdek navli va qurilish metallarini ishlab chiqarish taxtalangan(listovoy) po‘lat ishlab chiqarishning deyarli yarmini tashkil qiladi. Aytish joizki. mamlakatda yuqori sifatli po‘lat ishlab chiqarish unchalik katta bo‘lmagan, o‘z navbatida unchalik katta kapital talab qilmaydigan hamda tezda o‘z xarajatlarini qoplaydigan to‘liq bo‘lmagan siklda faoliyat ko‘rsatuvchi metallurgiya korxonalarida ishlab chiqariladi. Bunday korxonalarga “Shshgoua" va “So1a1o” kabi 20ga yaqin zavodlarni misol qilish mumkin.

Mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuqor sur’atlar bilan rivojlanishi so‘nggi yillarda Turkiyada yaxlit prokat(metall) iste’molining barqaror sur’atlar bilan o‘sishiga turkti bo‘lmoqda. Bu borada tobora metall ishlab chiqarish bo‘yicha tarkibiy balanslashmaslik kuzatilmoqda, ya’ni metallurgiya korxonalarining 84% maxsulotini mayda navli va turli xil navli prokat(metal)lar tashkil qilsa, atiga 16%ini yaxlit prokat lar tashkil qiladi. Shuningdek mamlakatda metall ishlab chiqarish va uning iste’moli o‘rtasida ham jiddiy disproporsiya kuzatiladi, ya’ni mamlakatning yaxlit(porkat)metallga bo‘lgan ichki iste’moli 4-4,5mln tonnani tashkil qilsa, uning ishlab chiqarilishi esa atiga 2 mln tonnaga teng.Mamlakat bunday defisitni qoplash maqsadida yiliga 2-2,5 mln tonnalik yaxlit metallni import qilishga, hamda 4-5mln tonna miqdoridagi “ortiqcha” turli navli metalliga talabgir bo‘lgan bozorlarni qidirshga majbur bo‘lmoqda.

So‘nggi o‘n yil ichida Turkiyaning metallurgiya sanoati mamlakatning asosiy eksport tarmoqlaridan biriga aylandi.Bunga 1984 yildan boshlab turk xukumati tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar turtki bo‘ldi. Hozirda dunyoning 80dan oriq mamlakatlariga 7 mlrd dollarlik turk qora metallurgiyasi maxsulotlari kirib keladi. Turk metall maxsulotlari eksportining asosini mayda sortli(nav) va sortli prokatlardan iborat bo‘lib, u ushbu guruxdagi umumiy maxsulotlar eksportining 63,3% ulushini va ushbu maxsulotning jaxon bozoridagi 38% ulushini tashkil qiladi. Turk metallining asosiy iste’molchilari-Uzoq va Yaqin Sharq mintaqasi (56%) hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (22%) sanaladi.

Biroq metall ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning eksport salohiyatining kengayishi tobora qator omillar tufayli susaymoqda:



  • Xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlarning tashqi manbalarga bog‘liqligining tobora o‘sib borishi

  • Eski metallurgiya korxonalarining rekonstruksiya qilinmasligi va yetarli moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi natijasida zamonaviy texnologiyalar asosida yangi metallurgiya korxonalarni barpo qilish sur’atlarining sekinlashishi

  • Metall maxsulotlarining eksportini rag‘batlantiruvchi xukumat chora-tadbirlarining bekor qilinishi

  • Jaxon metall bozoridagi kuchli raqobat

Turkiyaning metal eksporti konyunkturasidagi o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatning qora metall importi ancha barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ta’kidlanganidek, Turkiyaning qora metallurgiya sanoati rivojlanayotgan iqtisodiyotning ushbu metallga bo‘lgan butunlay ehtiyojini qoplash imkoniyatiga ega emas, shuning uchun mamlakat ushbu defisitni qoplash maqsadida yiliga 12 mln tonna metall maxsulotlari olib kirishga majbur bo‘lmoqda. Import tarkibida asosiy o‘rinni metallolom, listlangan (taxtalangan) maxsulotlar, prokat(metall)tayyorlash(zagatovka, turli xil trubalar, maxsus po‘lat va temir qotishmalari egallaydi.

Shuningdek Turkiya o‘zining metal maxsulotlarini aynan AQShga eksport qilishda boj to‘lovlarini sobiq 8 %lik stavkalarni Meksika,Kanada, Tailand va Argentina mamlakatlari bilan bir qatorda saqlab qolgan. Agar bu maxsulotlar 3-mamlakatdan, xususan Ukrainadan ham importqilingan taqdirda Yevropa Ittifoqining boj tariflaridan foydalaniladi. YeI talablariga binoan Turkiyaning eksport rejimiga maxsus o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, ya’ni xalqaro normalarga zid bo‘lmagan xar qanday maxsulotni eksport qilinishiga ruxsat berilgan.O‘z navbatida xukumat ichki bozordagi vaziyat taqazo etgan hollarda ma’lum maxsulotlar eksportini butunlay man qilishgacha bo‘lgan cheklashlar o‘rnatishi huquqini saqlab qolgan.



Kimyo va neft kimyosi sanoati

Kimyo sanoati avtomobil ishlab chiqarish, charm sanoati, shisha, to‘qimachilik va qog‘oz ishlab chiqarish kabi qator tarmoqlarning rivolanishi uchun o‘zining hissasini qo‘shadi.Turkiyadagi eksport qilinadigan xom ashyo kimyo maxsulotlari ichida neft kimyosi maxsulotlari, o‘g‘itlar, farmasevtika maxsulotlari, sovun va yuvish vositalari, sintetik tolalar va lak bo‘yoqlar muhim o‘rin tutadi. So‘nggi 5 yil ichida Turkiyaning kimyo sanoati yiliga 5%dan o‘sib, mamlakatning umumiy eksportining 4,5%ini tashkil qila boshladi.



  • 2007 yilda kimyo sanoati eksporti 4,7 mlrd dollarni tashkil qildi, 2008 yilda esa bu ko‘rsatkich 29%ga o‘sib 6,1 mlrd dollarga yetdi.Mamlakat kimyo sanoatining importi esa 2007 yilda 22 mlrd dollarni tashkil qildi. 2008 yilga kelib esa u 16%ga o‘sib 25,5 mlrd dollarga yetdi. Mamlakatning umumiy kimyo ishlab chiqarishida neft-kimyosining ulushi 30%ni, o‘g‘itchilik esa 25%ni tashkil qiladi. Turkiyaning neft kimyosiga bo‘lgan ehtiyojining 25%i mamlakatdagi Petkim Petrokimya Holding A.S xoldingining ichki ishlab chiqarishi hisobidan qondiriladi.

  • Turkiya kimyo sanoati to‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan xom ashyoning 15%ini, charm ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyoning 12%ini, qog‘oz sanoati uchun zarur bo‘lgan xom ashyoning 50%ini yetkazib beradi.


To‘qimachilik sanoati
Oziq-ovqat va uy-joyga bo‘lgan talab bilan bir qatorda insoniyatning kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyoji uning kundalik ehtiyojlari qatoridan joy olgan. Jahon iqtisodiyoti miqyosida keltiradigan daromadiga ko‘ra, to‘qimachilik sanoati turizm va informasion texnologiyalardan keyin 3-o‘rinda turuvchi tarmoq hisoblanadi. YaIMdagi, bandlikdagi va eksportdagi salmoqli ulushi kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan holda, to‘qimachilik sanoatini qayta ishlash sanoatining hamda umuman Turkiya milliy iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakat dunyoda to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak eksport qiluvchi yirik mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Turkiyada to‘qimachilik sanoatining yuqori darajada rivojlanishining omillaridan biri bu-katta hajmda paxta yetishtirilishi bo‘lib, bu borada mamlakat dunyo bo‘ylab 7-o‘rinni egallaydi. Turkiya Yevropaning 62% paxtasini yetishtiradi. Paxtadan tashqari mamlakatning to‘qimachilik sanoatida jundan, xamda shoyi va turli xil sintetik tolalardan keng foydalaniladi.Shuni inobatga olish kerakki, sintetik tolalarning deyarli barcha turlari mahalliy xom ashyodan tayyorlanadi.Shuningdek Turkiya sintetik tolalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 10 talikka kirsa, Yevropa mamlakatlari ichda esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. Mamlakatdagi eng qadimgi to‘qimachilik korxonalaridan biri Kayseridagi kombinat bo‘lsa, eng so‘nggilaridan biri esa bu Gaziantepdagi paxta yigirish fabrikasidir.

Hozirda Turkiyadagi 500ta yirik korxonalarning chorak qismi to‘qimachilik sanoatida band. Turk to‘qimachiligining 40%i Istambulda, 13,8%i Bursada, 6,4%i Adanada, 6%i Izmirda ishlab chiqariladi. Umumiy to‘qimachilik maxsulotlarining 75%i mamlakatning Marmar va Egey mintaqasida ishlab chiqariladi.Ularning aksariyat qiismi Tashkillashtirilgan Sanoat Zonalari(TSZ) da joylashgan. Masalan, Bursa shahridagi 670 ga maydonga ega bo‘lgan TSZda 150ta to‘qimachilik fabrikalari faoliyat ko‘rsatadi. Ular orasida dunyoga mashhur bo‘lgan ADOKSAN", "AKTEKSTIL", "BOYTEKS", "PANOTEKS", "SÖNMEZ F#304;LAMENT", "TÜRKAY Tekstil"kabi fabrikalar mavjud.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, 70-yillardan boshlab davlatning katta miqdordagi investisiyalari hamda 80-yillardan boshlab esa eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy taraqqiyot modeliga asos qo‘yilishi- bularning barchasi ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirishni va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilinishini stimullashtirdi, bu esa o‘z navbatida zamonaviy to‘qimachilik sanoatininng butunlay yangi konsepsiyasini shakllanishiga zamin yaratdi. Dastlab to‘qimachilik maxsulotlarining savdosi bilan shug‘ullangan mayda va o‘rta korxonalar asosida asta-sekin qoidaga muvofiq, ma’lum turdagi mato, kiyim yoki boshqa to‘qimachilik maxsulotini yaratishga ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik kompaniyalari yetishib chiqa boshladi. Bu jarayon ichki bozorni shunchalik to‘yintirdiki, asta-sekin mamlakat tayyor kiyim kechak eksportidan butunlay voz kecha boshladi. Aynan shu davrlardan boshlab asosan Izmir, Aydin, Denizli, Bursa viloyatlarida yangi xususiy to‘qimachilik korxonalarining paydo bo‘lishiga qaramay, Istambul o‘sha davrlarda ham, hozirgi kunda ham tayyor kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish va eksport qilishda o‘zining yetakchilik mavqeini saqlab qolgan. Aynan eksportga yo‘nalish strategiyasi va iqtisodiyotni umumiy liberalizatsiya qilinishi Turkiyada to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilishining yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga asos soldi. Ma’lumot va taqqoslash o‘rnida ushbu raqamlarni ko‘rsatish lozim:1984 yilda Turkiya xamjamiyat tarkibida bo‘lmagan mamlakatlar ichida YeIga to‘qimachilik maxsulotlarini eksport qilishda 4-o‘rinni, 1989 yilda esa YeIga tayyor kiyim-kechak eksport qiluvchi xamjamiyat tarkibida bo‘lmagan mamlakatlar ichida 2-o‘rinni egalladi. Biroq 1993-yilga kelib Turkiyadan to‘qimachilik maxsulotlarining kirib kelishi chegaralanishi tufayli mamlakat bu borada 6-o‘ringa tushib qoldi.

Hozirgi kunda turk to‘qimachilik korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligiga ko‘ra dunyodagi ilg‘or o‘rinlardan birida turadi. Shuningdek ushbu tarmoqning sifatli xom ashyo bilan ta’minlanishi so‘nggi yilllarda Turkiyaning to‘qimachilik maxsulotlarini an’naviy jahon liderlari hisoblanmish Italiya va Germaniya kabi mamlakatlarning maxsulotlari bilan raqobatlashishiga olib keldi.

Oxirigi yillarda aksariya yirik turk firmalari iqtisodiy va strategik jihatdan foydali bo‘lgani uchun xoldinglarga birlashib ketmoqdalar. Odatda xoldinglarda ishlab chiqarish tola tayyorlashdan to tayyor maxsulot tikishgacha bo‘lgan jrayonni o‘z ichiga oladi, bu esa narxlarni raqobat darajasida ushlab turishga imkon beradi. Shuningdek turk to‘qimachiligining rivojlanishida xam milliy, xam xorijiy kapital birdek ahamiyat kasb etdi. Masalan, 2001 yilda bu sohaga kiritilgan xorijiy investisiyalar miqdori 177 mln dollarni tashkil qilib, shundan 25%i Shvesariya, 23%i Germaniya, 16%i Fransiya va 13%i Italiya kabi mamlakatlarning ulushiga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning oqilona strategiya va taktikasi , hozirgi kunda Turkiyani tayyor kiyim-kechak va to‘qimachilik maxsulotlari yetkazib beruvchi duyodagi 5-mamlakatga, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15ta mamlakat ichida esa 2-mamlakatga aylanishiga olib keldi. To‘qimachilik maxsulotlari va tayyor kiyim-kechaklar eksporti mamlakat umumiy eksportning 40%ini tashkil qiladi.

Turk tadbirkorlari hozirda Turkiyaning tekstil yetkazib beruvchi dunyodagi 3 talik tarkibiga kirishiga va Yevropa mamlakatlari ichida bu borada lider bo‘lishiga intilmoqdalar.Bunday imkoniyatga erishishning shartlaridan biri esa bu-Turkiyaning to‘qimachilik maxsulotlari va kiyim-kechaklarini AQShga bojsiz olib kirishdir. Shu bilan birga hali ham ichki va tashqi bozorga yetkazib beriluvchi to‘qimachilik maxsulotlari va kiyim-kechaklarning sifatini oshirish asosiy ustun yo‘nalishlardan biriligacha qolmoqda.

Mamlakat ichida to‘qimachilik sanoati maxsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib qolgan hollarda turk tadbirkorlari bu yo‘qotishni ushbu maxsulotlarni tashqi bozorlarga eksportini oshirish yo‘li bilan hal qilishga urinadilar.Turk tadbirkorlari o‘z maxsulotlarini boshqa mamlakatlar bozoriga olib chiqishda ushbu mamlakatlarda to‘qimachilik maxsulotlari ko‘rgazmalarini uyushtirish usullaridan foydalanidilar.
So‘nggi yillarda Mokvada har yili “Tureskaya moda" va "Domashniy tekstil" kabi maxsus ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi. Rossiya turk to‘qimachilik maxsulotlarining asosiy bozorlaridan biri hisoblanadi va u turk tadbirkorlarini o‘ziga o‘ta jalb qiluvchi mamlakatlardan sanaladi. Biroq, turk mutaxassislarining fikricha, Rossiya bozoriga kirib kelayotgan "chelnochniy" ya’ni “mokisimon” savdo rasmiy to‘qimachilik maxsulotlari importidan 4-5 baravar ortiq.

Tayyor kiyim-kechak

Tayyor kiyim-kechak-Turkiya to‘qimachilik sanoatining dinamik rivojlanib kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Istambul Tayyor Kiyim-Kechaklar Eksportyorlari Ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu maxsulotni ishlab chiqarish yiliga 20%ga o‘smoqda, bu esa Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridan 3 baravar ortiq. Tayyor kiyim-kechak eksporti umumiy to‘qimachilik maxsulotlari eksportining 75%ini beradi. Bu esa mamlakat umumiy eksportining 25%ini tashkil qiladi. Bu ushbu tarmoqning Turkiya iqtisodiyotidagi muhim o‘rnini belgilab beradi.

Tayyor kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi asosiy turk markazlari- Istambul, Izmir, Bursa, Denizli, Adana, Eskishexir, Ankara, Malatya.Bu sog‘ada yirik korxonalar bilan bir qatorda,ushbu tarmoda so‘nggi 15-20 yil ichida tobora ko‘payib borayotgan mayda va o‘rta korxonalarning mavqei ustun hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mayda korxonalar urf talablariga qarab tez o‘zgaruvchan ishlab chiqarishni yaratish, boshqaruv xarajatlarini tejash kkabi ustunliklarga egaki, bu ustunliklar xech qachon yirik korxonalr ularni bozordan chiqarib yuborishiga imkoniyat bermaydi.

Turk ekspertyorlari tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish tarmog‘ini “tashkiliy ” va “notashkiliy” guruxlarga ajratadi. Bunday ajratish nafaqat firmalar xajmi, balki ularning texnik jihatdan ta’minlanganligi, eng asosiysi-so‘nggi maxsulotning sifati ustidan o‘rnatiladigan nazoratni ham o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, sifat masalasi turk to‘qimachiliki uchun asosiy masala sanaladi. Hozirgi kunda jahon tayyor kiyim-kechaklar bozorida muvaffaqiyatga erishishining shartlaridan biri bu-ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat’iy nazorat o‘rnatish va zamonaviy iste’molchining talabini qondira oldaidgan yakuniy natijaga erishishdir. Turk to‘qimachilik tarmog‘idagi sifat jihatidan o‘zgarishlar so‘nggi yillarda e’tiborga molikdir. Yevropa Savdo Klubining ta’kidlashicha, Turkiya rivojlanayotgan mamlakatlarning sifat standartlaridan o‘sib ketdi.Bunday natijaga erishish uchun tayyor maxsulotlarni ng sifatini va uning turli xil kriteriyalar bo‘yicha jaxon standartlariga mos kelishini nazorat qiluvchi to‘qimachilik laboratoriyalarini tashkil etishga katta miqdorda kapital kiritildi.

Shuningdek to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash masalasi muhim sanaladi. Turkiyada to‘qimachilik dastgohlarida ishlovchi texniklarni tayyorlovchi maxsus litseylar faoliyat ko‘rsatadi. Aksariyat universitetlarda tektil fakulbtetlari mavjud. Har yili 200dan ortiq tekstil injenerlari yetishib chiqadi. Shuningdek Egey Universiteti qoshida nemis-turk loyihasi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi To‘qimachilik O‘quv markazi ham mavjud.Ushbu tarmoqning asosini trikotaj maxsulotlar va gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar tashkil qiladi. Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish joizki,90-yillarning o‘rtalariga keliboq, Turkiya Italiya va Gonkongdan keyin trikotaj maxsulotlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi 3-mamlakatga aylandi. Hozirda turk trikotaji ishlab chiqaruvchilari va eksportyorlari jaxonning yetakchi firmalari bilan shartnoma asosida ularning buyurtmalarini ularning markalari asosida ishlab chiqarish bilan o‘z maxsulotlarining sifatini tan olinishini ta’minlamoqdalar. Turkiyada Pierre Cardin", "Christian Dior", "Cacharel", "Gianfranco Ferre", "Hugo Boss"va boshqa dunyo moda uylari, shuningdek Yevropadagi mashxur "Burberry's", "Marks&Spencer", "Benetton"savdo uylari o‘zlarining trikotaj maxsulotlari o‘zlari buyurtma beradilar.

Turk tayyor kiyim kechak eksportyorlari maxsulotlarini asosan YeI mamlakatlariga yo‘naltirigan bo‘lib, bu maxsulotning 71%i ushbu mamlakatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular ichida Germaniya yetakchi o‘rinni egallaydi, ya’ni ushbu mamlakatga ummiy turk to‘qimachiligining 50%i kirib keladi. Undan keyin esa turk to‘qimachilik maxsulotlarining iste’molchisi Buyuk Britaniya,Fransiya va Gollandiya hisoblanadi, odatda ushbu mamlakatlar Turkiyadan import qilgan maxsulotlarini boshqa mamlakatlarga, shuningdek Rossiyaga ham yevropa markalari ostida reeksport qiladilar, bu maxsulotlar esa Moskva va boshqa shaxarlarning mashxur magazinlarida “evropa” narxlarida sotiladi.

Turkiyaning YeI bilan Bojxona kelishuvlariga muvofiq, mamlakat YeIning xuquqiy normalariga mos kelishi uchun mamlakat o‘zining qonunchiligida qator o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘lmoqda. Ekologik talablar va intelektuall egalikni himoya qilish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qimachilik tarmog‘iga, ayniqsa, tayyor kiyimlar tarmog‘iga tegishlidir.

Intelektual egalikni tartibga kelitirish va xorijiy savdo belgilarini qalbakilashtirishga chek qo‘yish maqsadida 1994 yilda mamlakatda Turk Patent Instituti tashkil etilgan. Institutning say’-harakatlari bilan patenlardan, Savdo belgilaridan va dizaynerlik ishlaridan foydalanishda intelektual egalikni himoya qilishga oid chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.Shuningdek Yevropadagi qat’iy ekologik talablar yevropalik ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda turk ishlab chiqaruvchilari uchun ham tegishlidir. Bu asosan ma’lum turdagi bo‘yoqlar va kimyo moddalaridan foydalanishni ta’qiqlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi masalarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rinib turibdiki, Yevropada mavjud bo‘lgan iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi yuridik tizim turk tovarlari uchun ma’lum cheklashlarni o‘rnatmoqda va Turkiyadan YeIga qaratilgan tayyor kiyim kechaklar eksportini sustlashtirmoqda. Bu esa turk eksportyorlarini o‘z maxsulotlari uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirishga majbur qilmoqda. So‘nggi yillarda Turkiya o‘zining to‘qimachilik eksporti bilan AQSh bozoriga faol kirib kelmoqda. Bu bozorda unga ta’sir ko‘rsatayotgan osiyolik, ayniqsa uzoq sharqlik ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobatiga qaramay, Turkiya o‘zning umumiy tayyor kiyimlar eksportining 10%ini AQSh bozoriga kiritishga muvafaq bo‘lmoqda.

Shuningdek turk eksportyorlari MDH bozorlarini ham nazardan chetda qoldirmoslikk harakat qilmoqda. Aytish joizki, oxirgi yillarda ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning 40%i MDH mamlakatlariga eksport qilishga yo‘naltirilgan.

Biroq shunisi e’tiborga molikki, tayyor kiyim kechaklar eksporti bilan bir qatorda uning importi ham parallel ravishda ortib bormoqda. Bunday import YeIning Italiya, Angiliya va Fransiya kabi mamlakatlaridan kirib kelib, uning asosiy iste’molchilari shaharlik aholining o‘ziga to‘q bo‘lgan qismi bo‘lib, bunday sifatli va so‘nggi urfdagi yevropa maxsulotlarining mamlakatga kirib kelishi turk ishlab chiqaruvchilarining sifat masalasiga yana e’tibor berishlariga majbul qilmoqda.

Jahon moliyaviy inqirozining Turkiya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatiga ta’siri

Turkiyaning to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati mamlakatning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib qolishiga qaramy, hozirgi kunda bu tarmoq restruktirizatsiya jarayonlarini boshdan kechirmoqdaXitoy Respublikasi eksportyorlarini tomonidan so‘nggi yillarda Yevropa bozorlaridagi raqobatni kuchayishi turk to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarining moslashishi yo‘llarini izlashga chorlamoqda. Jahon moliyaviy inqirozi va iste’molchilarning shoshilmaslik kayfiyati bu borada raqobatni kuchaytirmoqda. 2009 yilda aksariyat turk to‘qimachilik korxonalari oldida o‘z faoliyatini saqlab qoliщ muammosi, ya’ni mavjud bo‘lgan mablag‘lar asosida imkoniyat qadar ishlab turish, mavjud bo‘lgan biznes uchun likvidligini saqlab qolish va bozorlardagi o‘z ulushlarini ushlab turish kabi muammolar ko‘ndalang bo‘lib qoldi.

Dünya turk iqtisodiy gazetasida Stambul tayyor kiyim-kechaklar eksportyorlari Birlashmasi raisining ta’kidlashicha, aksariyat korxonalar kiyim-kechaklar iste’molining 30-50%gacha qisqarishiga dosh bera oladi. So‘nggi yillarda qimmat bo‘lmagan turk tekstil maxsulot ishlab chiqaruvchilariga Janubiy Sharqiy Osiyolik xuddi shunday maxsulot ishlab chiqaruvchilarning sezilarli darajadagi arzon narx-navolar bilan raqobatlashishi ushbu maxsulotga bo‘lgan ommaviy talabni ushlab turishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Turkiyaining to‘qimachilik tarmog‘iga Italiya yuqori sifatli kiyimlarni ishlab chiqarish va o‘zlarining firma markalarini yaratish tajribasini misol qilish mumkin.

Ayaydin Group guruxi boshqaruvchisining ta’kidlashicha, turk to‘qimachilik sanoati uchun ancha barqaror davrlar 2012 yilda keladi. Uning fikricha, xitoylik kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish xarajatlari, hamda YeI bozorlaridagi talabni jonlanishi natijasida turk tekstil ishlab chiqaruvchilarining mavqei kuchayadi.

2008 yilda Turkiyaga kiyim-kechak buyurtma beradigan yirik Yevropa kompaniyalarining buyurtmalar 20% ga, 2009 yilda esa yana bir necha foizga qisqargan. So‘nggi paytlarda energiya va xom ashyoga bo‘lgan narxlarning pasayishi, nafaqat xalqaro raqobatchilarga, balki turkiya to‘qimachilik sanoatiga ham as qotdi. Stambul tayyor kiyim-kechaklar eksportyorlari Birlashmasi raisiningfikricha, maxalliy ishlab chiqaruvchilarning Sharqiy Osiyoliklardan ustun tomoni shundaki, ular yevropaliklarning unchalik kata bo‘lmagan hajmdagi buyurtmalarini o‘ta qisqa vaqtda yetkazib berishga qodirlar. Bu eng avvalo bozorni jonlanishidagi birinchi oylarda ayniqsa ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Biroq narx bosimi keyinchalik ham yuqori darajada saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun nihoyat sotib olishga doir qarorlar narx omillarni hisobga olish bilan qabul qilinadi.

To‘qimachilik sanoatining global strukturasida Turkiyada ishlab chiqarishning ma’lum sohalarida ixtisoslashishi mumkin. Bunday sohalarga djinsi matolari va undan tayyorlangan maxsulotlar, uy to‘qimachiliki sohAsi va ekologik toza paxta ishlab chiqarish zanjiri kabilarni misol qilish mumkin. Hozirgi kunda Dune bo‘ylab ekologik toza paxta yig‘ib olishning 40%i Turkiya ulushiga to‘g‘ri kelmoqda, hamda turk ekologik toza paxtasi nisbatan yuqori sifatga ega. Shu tariqa Turkiyani ekologik toza paxta ishlab chiqarish markaziga aylantirish ham mumkin. Chunki xalqaro ekologik to‘qimachilik bozori yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda. Egey mintaqasi tikuvchilik sanoati birlashmasining ma’lumotlariga ko‘ra,ekologik to‘qimachilikka bo‘lgan jahon talabi 2005 yildagi 583 mln dollardan 2008 yilda 3,5 mlrd dollarga, 2009 yilda 4,5 mlrd dollarga yetdi.

2008 yil sentyabr oyida tektil sanotini qщllabg‘ quvvatlashga qaratilgan xukumat rejalariga muvofiq, kamida 30 kishidan iborat bщlgan korxonalar mamlaktning harbiy rayonlaridan uning to‘qimachilik ishlab chiqarish qщllabg‘quvvatlanadigan narqiy va janubig‘sharqiy rayonlariga kщchibo‘tishlari mumkin. Bu huddudda ular soliqlar,bojxona tщlovlari va ijtimoiy suhurta uchun pul qщyilmalari bщyicha imtiyozlarga, shuningdek imtiyozli foiz stavkalariga ega bщlgan kreditlarga ega bщlishi mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkiyaning ba’zi to‘qimachilik korxonalari bozor konyunkturasining yomonlashishi, jahon moliyaviy inqiroizining natijasi, ichki muammolar sababli o‘z faoliyatida jiddiy muammolarga uchramoqda. Masalan, Gazintepadagi Elegant markasi ostida uy to‘qimachiligi ishlab chiqaruvchi yetakchi Tekerekoglu Tekstil firmasi, 2008 yil noyabr oyida 42 mln dolllarlik qarzini to‘lash maqsadidao‘ziga tegishli bo‘lgan 2ta fabrikani sotdi, yana 3ta fabrikaning yopilishi rejalashtirilgan. Shuningdek 2008 yil noyabr oyida Sönmez Filament, Aksu Iplik, Dempa Denizli Mensucat va Denteks firmalari ham ishlab chiqarishni to‘xtatgan.

Biroq ba’zi firmalaro‘zining maishiy ishlab chiqarish tarmoqlarini asta-sekin qisqartirish yo‘li bilan inqirozga javob bermoqdalar. Masalan, Yesim Tekstil firmasi, 2000 yildan 2008 yilga qadar o‘zining ishchilarini 6500tadan 3500tagacha qisqartirdi, hozirda yana 370 tasini bo‘shatish rejasida. Cicek Ic Giyim firmasi esao‘zining 20 ta do‘konlarini yopdi. Turkiyaning yirik xoldinglarining so‘nggi bir necha yillar ichida to‘qimachilikni maxsulotlari realizatsiyasidan hisobidan keladigan tovar aylanmasidagi ulushi qisqarmoqda. Masalan, Gazintepadagi Sanko xoldingining an’anaviy ishlab chiqarish sohasi bo‘lgan tekstil tovarlarining xolding tovar aylanmasidagi ulushi 2005 yilda 65%ni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2008 yilda bu kщrsatkich 40%ni tashkil qilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu kabi holat energetika, turizm va qurilish sektorlarida ham ko‘zga tashlanadi. International Apparel Federation xalqaro kiyim federatsiyasi prezidenti ) Vassilis Masselosning fikricha,o‘rta muddatli rejaga ko‘ra, Turkiyaning jahon tikuvchilik sanoatining muhim bozori sifatidagi roli ortib boradi . Chunki yuqori sifat hamda maxsulotni tez va moslashuvchan (gibko) yetkazib beriщ uyg‘unligi hozirgi kunda raqobatchilarning kuchli tomoni sanaladi.O‘z navbatida Xitoy kabi osiyolik raqobatchilar hozirda moliyalashtirishga bo‘yicha xarajatlarning ortishi muammosiga uchrayotgani ularning Turkiyaga nisbatan afzalliklarini kamaytirad. YeI mamlakatlari uchun Turkiya Xitoydan keyingi 2-kiyim-kechak yetkazib beruvchi mamlakat sanaladi.

Oziq ovqat sanoati

Hozirgi kunda turk oziq-ovqat sanoati rivojlangan mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatlari bilan bemalol raqobatlashib, turk oziq-ovqat maxsulotlariga YeI, MDH, Yaqin Sharq va qator mamlakatlarning bozorlarida barqaror talablar kuzatilmoqda. Turk oziq-ovqat sanoati tarkibida turli xil ya’ni mayda korxonalar bilan bir qatorda mazkur tarmoqning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha barcha maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar xam mavjud. Oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo sifatida mamlakatda ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jalik maxsulotlaridan foydalaniladi, kakao yoki kofe kabi maxsulotlarning yetishmasligi esa import hisobidan qoplanadi.

Oxirgi 10 yilda turk agrasektorining meva va sabzavotlar ishlab chiqarishga yo‘nalishi – aksariyati eksport qilinadigan muzlatilgan meva va sabzavotlar, meva sharbatlari, sabzavot konservalari kabilarni ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarining yuqori darajada rivojlanishiga asos solmoqda. Yangi tarmoqlar bilan bir qatorda o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish kabi an’anaviy tarmoqlar ham rivojlanishda davom etmoqda. Ushbu tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarning jalb etilishi sifat va eksportini , hamda assortimentini oshishiga imkoniyat yaratdi.

Shakar va shakar maxsulotlarini ishlab chiqarishning oziq-ovqat sanoatining muhim tarmoqdaridan sanaladi. Hozirda bir necha fabrikalardan tashqari barcha zavodlari xususiylashtirilgan. Mamlakatdagi asosiy shakar ishlab chiqaruvchilar bu- Türkiye Şeker Fabrikaları A.Ş, Adapazarı Şeker Fabrikası A.Ş. (2005 y xususiylashtirilgan.), Kütahya Şeker Fabrikası A.Ş. (2004 y xususiylashtirilgan.), Amasya Şeker Fabrikası A.Ş. (2004 y xususiylashtirilgan.), Kayseri Şeker Fabrikası A.Ş., Konya Şeker Fabrikası A.Ş. (1995 y xususiylashtirilgan.), GÜLSAN Şekerleme San. Tic. A.Ş. (2003 y xususiylashtirilgan.)

Katta miqdordagi, xususan xorijiy investisiyalar, mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilinishi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llanishi - ishlab chiqarilayotgan maxsulotning diversifikatsiya qilinishiga va sifatining ortishiga, ishlab chiqarish va eksport hajmining o‘sishiga olib keldi.

Turk Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda shakar va shakar maxsulotlari eksporti 202 mln dollarni, importi esa 44 mln dollarni tashkil qilgan. Turk shakar va shakar maxsulotining asosiy iste’molchilari AQSh, Germaniya, Fransiya, Azerbayjon, Gruziya, Rossiya, Suriya i Iroq sanaladi. .

Turkiyadagi un sanoati maxsulotlari (bug‘doy uni, manniy yormasi, turli xil non maxsulotlari, makaron, pechene)nafaqat mamlakatning ichki talabini qondiradi, balki agrosanoat maxsulotlari ichidagi asosiy eksport maxsulotlaridan hisoblanadi. 2005 yilda bu tarmoqning eksporti 348 mln dollarga yetib, meva sabzavot va o‘simlik yog‘idan keyingi asosiy eksport maxsulotlaridan sanaladi. Mamlakatdagi asosiy un ishlab chiqaruvchilar bu- Akunsa», «ORGUN», «Yurdakul», «ULUSOY UN», «ZAFER UN FAB»dir. Turk uning asosiy iste’molchilari- Eritreya, Liviya, Isroil, Indoneziya, Azerbayjon va Albaniyadir.

Qulay iqlim sharoiti mamlakatda 80 dan ortiq meva sabzavot turlarini yetishtirish imkonini beradi. Bu tarmoqdagi asosiy maxsulotlardan bu- uzum va mayizdir. Turkiyadagi uzumzorlar 700ming ga maydonni egallagan bo‘lib, yiliga 3,5-3,7 mln tonna maxsulot yig‘ib olinadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyodagi yetakchi o‘rinlardan birinini egallaydi. Mamlakatda 1200dan ortiq uzum navlari yetishtiriladi. Uzumlarning 60%i Egey mintaqasida yig‘ib olinadi. Aynan uzumchilik bilan qishloq aholisining 10%i band.

Yana bir muhim tarmoqlardan biri bu -quritilgan mevalar tarmog‘idir. Bargakning asosiy vatani markaziy Anatoliyaing sharqida joylashagan Malatyadir. Bu yerdagi o‘riklarning aksariyat qismi bargak uchun yig‘iladi. Turk bargagining asosiy iste’molchilari bu-AQSh (umumiy eksportning27%i) va YeI mamlakatlaridan Germaniya, Fransiya,Buyuk Britaniya va Niderlandi (umumiy eksportning 47%i) dir.Shuningdek mamlakatatda 250-300 ming tonna anjir yig‘ib olinib. Shundan 50-60ming tonnasi eksport qilinadi. 2005 yilda anjir eksportidan tushgan daromad 13 mln dollarni tashkil qilgan. Turk anjirining asosiy importyorlari bu- Germaniya (umumiy quruq anjir eksportining 21%i), Fransiya (17%), Italiya(13%), Buyuk Britaniya (5%) va Shveysariya (5%).

Shuningdek mamlakatdagi muzlatilgan meva va sabzavotlar ishlab chiqarilishi muhim ahamiyatga ega. Bu sohada hozirda 30 ta turk firmalari asosan xorijiy kapital bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.Bunday korxonalarga misol qilib Apeks», «Frigopark», «Merko», «Kerevitaş», «Penguen»ni, xorijiy kapitalsiz faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalaga misol qilib esa Bidaş», «Göztepe», «Nice Food», «Tat», «Novia Gıda»ni keltirish mumkin. Bunday maxsulot ishlab chiqaruvchilarning 50%i Bursadagi Tashkillashtirilgan Sanoat Zonasida joylashagan. Shuningdek ba’zi turk firmalari o‘z faoliyatlarini g‘arbiy yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikda olib borishga intilmoqdalar. Bunga “Dardanel” turk firmasi bilan «Frosta»nemis firmasining Germaniyaga kiritilajak muzlatilgan maxsulotlar eskportiga asoslangan qo‘shma korxonasini yaqqol namuna qilish mumkin.



Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Turkiya Respublikasi iqtisodiyotida sanoat tarmoqlarining o‘rni qanday?

  2. Mamlakat iqtisodiyotida mashinasozlik sanoatining o‘rni qanday?

  3. Mamlakat iqtisodiyotida yengil sanoatning o‘rni qanday?

  4. Mamlakat iqtisodiyotida oziq-ovqatsanoatining o‘rni qanday?

  5. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Turkiyaning testil sanoatiga qanday ta’sir qildi?

Mustaqil ish topshiriqlari

  1. Turkiyada yengil sanoat rivojlanishi xususiyatlari

  2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozinig Turkiya tekstil sanoatiga ta’siri

  3. Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar

1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.

  1. 2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005

  2. 3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009

  3. 4. Деловая Туркия.Справочники Polpred

  4. 5.Turkey 2007. Multi-language cd-rom

  5. 6. С.Авдашева. Турция:национальная модель либерализации экономики . www.ecsocman.edu.ru

  6. 7. С. Задонский.Состояние основных отраслей экономики Турции на рубеже тысячелетий

  7. www.iimes.ru

11-Mavzu: Turkiyada qishloq xo‘jaligi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
Dars o‘quv maqsadi- Agrosanoat majmuasi tushunchasi va uning tarkibi, Turkiyada qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish dinamikasi,Turkiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish,Turkiyada paxtachilik majmuasining rivojlanishi,Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari haqida ma’lumo berish.

Tushunchalar va tayanch iboralar- agrosanoat majmuasi, qishloq xo‘jaligi, agrobiznes, agrar siyosat, yer islohoti, paxtachilik majmuasi

Asosiy savollar

  1. Agrosanoat majmuasi tushunchasi va uning tarkibi

  2. Turkiyada qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish dinamikasi

  3. Turkiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish

  4. Turkiyada paxtachilik majmuasining rivojlanishi

  5. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari.

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni

Qishloq xo‘jaligining sanoat, qolaversa qurilish, transport, aloqa , ta’minot , savdo tarmoqlari bilan bog‘lanishi ,uyg‘unlashuvi natijasida agrosanoat majmuasi shakllanadi. Bu majmuaga qishloq xo‘jaligining o‘zidan tashqari, bir tomondan unga ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaridagan sohalar , ikkinchi tomondan qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan maxsulotlarni qayta ishlash sanoati sohalari kiradi.

Qulay geografik sharoit va iqlim Turkiyani qishloq xo‘jaligi sohasida dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylantiradi. 1980-yillardan boshlab o‘tkazilgan xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligi sohasida gi savdo cheklovlarini yumshatish kabi islohotlar milliy bozorni shakllanishiga va jahon iqtisodiyotining ajralmas bir bo‘lagiga aylanishiga olib keldi. Turkiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, ayniqsa oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi muhim mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Turkiya egallagan hudududining kattaligi bo‘yicha dunyodagi yirik mamlakatlar biri sanalidi. Mamlakat hududining 44,3%ini o‘rmonlar va 55,7%ini qishloq xo‘jalik yerlari tashkil qiladi. Unumdor yerlarning 81,6%i quruq usulda, 18,4%i irrigatsiya usulida sug‘oriladi.Sug‘orilidagn yerlarining kattaligi bo‘yicha mamlakat Yevropada 3-o‘rinda turadi. Turkiyaning YeIga kirishi uning uning unumdor yerlarining maydonini 41 mln ga ga yetkazish mo‘ljallangan va bu maydon YeI yerlarning 22%iga teng bo‘ladi. Qishloh xo‘jaligi ishlab chiqarishining 76%i dehqonchilik, 24%i esa chorvachilik ulushiga to‘g‘ri keladi. Unumdor yerlarning 34%i bug‘doyzorlar, 9,5%i arpazorlar. 10,6%i bog‘lar, 7,6%i moyli o‘simlik, va 2,%i paxtazorlardan iborat.

Turli yillardagi turlicha tafovutlarga qaramay, Turkiya anjir, o‘rik va mayiz ishlab chiqarish bo‘yicha 1-o‘rinda, sabzavot va uzum ishlab chiqarish bo‘yicha 4-o‘rinda, tamaki ishlab chiqarish bo‘yicha 6-o‘rinda, paxta ishlab chiqarish bo‘yicha 7-o‘rinda va bug‘doy ishlab chiqarish bo‘yicha 8-o‘rinda turadi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatdagi bug‘doyzorlar 9 mln ga yerni egallagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Kanada va Avstraliyaning unumdor yerlaridan ham ko‘p maydonni tashkil qiladi.Mamlakat ichidagi bug‘doyning 90%i non shaklida, 1%i bo‘tqa shaklida va 2%i makaron shaklida iste’mol qilinadi. Turkiya jaxon bozoriga bug‘doyning xam eksportyori, xam importyori sifatida kirib keladi. 2009 yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan bug‘doy 16,7 mln tonnani tashkil qildi. Biroq so‘nggi yillarda yiliga 400 ming tonna bug‘doyning import qilinishi, Turkiyani bug‘doyning netto importyoriga aylantirib bormoqda. Turkiya bug‘doyni xosil yuqori bo‘lgan davrlarda yoki mamlakatga kapital zarur bo‘lgan hollarda ekport qiladi.

Biroq mamlakatning parallel ravishda industrial taraqqiyoti qishloq xo‘jaligi sektorining sanoat va xizmat ko‘rsatish sektorlariga nisbatan YaIMdagi ulushining tobora qisqarishiga olib kelmoqda.Turkiyada qishloq xo‘jaligi sektori katta miqdordagi aholini band qiluvchi, YaIM darajasi, ekport hajmi va unga bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlariga o‘zining katta hisasini qo‘shuvchi sektor hisoblanadi. Turkiya Shimoliy Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mintaqasidagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yirik mamlakat hisoblanadi. 2007 yilda Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining eksporti 9,8 mlrd dollarni tashkil qilib, u mamlakatning umumiy eksportining 9,1%iga teng bo‘ldi. Taqqoslash uchun aytish kerakki, 2002 yilda bu ko‘rsatkich 1,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Shuningdek 2008-2009 yillarda ushbu sektorning YaIMdagi ulushi 7,8% va 9,4%ga teng bo‘ldi. Aynan 2008-2009 yillarga kelib mamlakatdagi ish band bo‘lgan aholining 24%i 29,5%i aynan qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan.

So‘nggi yillarda Turkiyada yerni sug‘orish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar ushbu sektorning muvaffaqiyatli rivojlanishiga turktki bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlatirilishida Janubi-Sharqiy Anatoliya loyihasining o‘rni beqiyos bo‘ldi. Ushbu loyihaning oxiriga yetkazilishi qator boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishni taqazo etadi.

Turkiya meva va sabzavotlar, o‘simlik yog‘i, qurur mevalar, tamaki, donli ekinlarva dengiz maxsulotlarining katta miqdordagi eksporti bilan o‘zining iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Turkiyada yiliga 45 mln tonna meva va sabzavotlar yetishtiriladi, mamlakat tamakining “oriental” turini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik mamlakat sanaladi. Shuningdek mamlakat iqtisodiyotida aynan dengiz maxsulotlarining o‘rni muhim bo‘lib, bu tarmoq asosan eksportga yo‘naltirilgan. Hozirda Turkiya Yevropa, MDH, Yaqin, o‘rta va Uzoq Sharq va AQShga dengiz maxsulotlari yetkazib beruvchi aosiy yirik mamlakat sanaladi.

Shuningdek 2001 yildan e’tiboran mamlakatda yer egalarini ro‘yxatga olish tizimi ishga tushdi va 2007 yilga qadar 2,75 mln kishi ro‘yxatga olindi. 2007 yida ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy qo‘llab quvvatlash sifatida 2,65 mlrd turk lirasi ajratildi. Shuningdek yer egasiga doimiy ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishi, o‘z daromadlarini orttirishi va iste’molchilarga xom ashyoni jahon narxlarida taqdim etishi uchun maxsus mukofot tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Aynan mukofot sifatida 2007 yilda 930 mln turk lirasi ajratildi.

Donli ekinlar va chorvachilik ishlab chiqarishi umumiy qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining 75%ini ta’minlaydi. Ikkala tarmoq xam Anatoliya tekisliklarida ancha rivojlangan. Chunki aynan bu hududda yangi va sifatli urug‘larni ekish, mineral o‘g‘itlarni solish va zotli molllarni yetishtirishga katta e’tibor qilinadi. Hozirda mamlakatda 35 mln bosh qora mol mavjud.

Inflyatsiya va yuqori foiz stavkalar mamalakatda agrar sektorning taraqqiyotigi to‘sqinlik qilayotgan omillardan asosiysi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga bo‘lgan beqaror narx-navo turk fermerlarining ham ichki ham tashqi bozorda qiyinchiliklarga uchrashiga olib kelmoqda. Bu kabi muammolarni hal qilish maqsadida xukumat qator chora-tadbirlar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Mamlakatda yirik irrigatsiya tizimini tashkil etish, arzon kreditlar joriy qilish, meteriallarni subsidiyalashtirish, maslahat xizmatlarini taklif etish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish hisobidan qishloq xo‘jaligini qo‘llab –quvvatlashga yo‘naltirilgan keng qamrovli dasturlar ishga tushirildi. Turkiya xukumati an’anviy tarzda resurs va kreditlar bilan subsidiyalashtirish va asosiy iste’mol maxsulotlariga bo‘lgan iste’mol narxlarini qisqartirish uchun qishloq xo‘jaligi sektorida ishtirok etishda davom etmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning qo‘yayotgan narxlaririni qo‘llab-quvvatlash xukumatga ancha qimmatga tushayotgan bo‘lsada, u fermerlarning daromadlarini barqarorlashtira olmadi.

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sohasiga kiritilayotgan investisiyalar xajmi umumiy investisiyalarning 3,9%ini tashkil qilmoqda. Shuningdek ushbu sektorning importdagi hajmi 3,6%ni, eksportlagi hajmi 3,8%ni tashkil qilmoqda.

Turkiya agrar sektorining tashqi savdo balansida asosiy ulushni . dehqonchilik tashkil qilib,bu tarmoq qishloq xo‘jaligi eksportining 95%, importining esa 85% ulushiga ega.

Turkiya sabzavotlar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy. Xindiston va AQShdan keyin dunuyoda 4-o‘rinda, mevalar ishlab chiqarish bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.

Shuningdek mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida paxtachilik tarmog‘ini alohida ta’kidlash joiz. Sun’iy tolalarning barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotganiga qaramay, asosiy tekstil xom ashyosi sifatida mamlakatdagi paxtachilik tarmog‘i o‘z o‘rni va ahamiyatini hanuzgacha saqlab turibdi. Umumiy tekstil xom ashyolarining 60%i paxtaning ulushiga to‘g‘ri keladi.

Mamlakatda paxtachilik asosan 3 mintaqa, ya’ni egey dengizi mintaqasi, Chukurova va Janubi-Sharqiy anatoliya mintaqalarida yetishtiriladi. Hozirda Egey dengizi mintaqasi paxta maxsulotlarining aksariyat qismiga ega. Shuningdek bu yerda tekstil sanoatida foydalanaladigan yuqori sifatli paxta ham yetishtiriladi. Chukurova mintaqasida esa tobora paxta yetishtirish qisqarib bomoqda. Janubi Sharqiy Anatoliya mintaqasining iqlimi paxta yetishtirish uchun qulay bo‘lsada, bu yerdagi sug‘orish imkoniyatlarining kamligi paxtachilik tarmog‘ining chegaralanishga olib kelmoqda. Mintaqada sug‘orish loyihalarining muvaffaqiyatli yakun topishi ushbu mintaqaga mamlakatdagi paxtaning 32% joylashishini ko‘rsatmoqda.

In Turkey, cotton farming is practiced mainly in three regions: The Aegean Region, Cukurova and Southeastern Anatolia. Though the climatic conditions in the GAP Region are conducive to cotton farming, meagre opportunities for irrigation used to be the most important factor limiting cotton farming. 2. Paxtadan universal maqsadalarda foydalana olish imkoniyatlari uning jahon xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda sanoat va savdo sektorlarining muhim maxsulotlaridan biri ekanligini anglatmoqda. Aholining o‘sishi bilan bir qatorda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatarda paxtaga bo‘lgan talabning ortishi kuzatilmoqda.

Turkiya paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunuyoda 6-o‘rinni egallamoqda. Mamlakat o‘zinig paxta maxsulotlarini asosan Italiya, Belgiya, Velikobritaniya, Isroil, AQSh, Germaniya va Misrga eksport qiladi. Biroq mamlakatda tekstil sanoatining o‘ta tez sur’atlar bilan o‘sishi Turkiyani paxtaning importyoriga aylantirib qo‘ydi. Shuningdek mamlakatda paxtaning ahamiyati tekstil sanoatidan tashqari neft sanoatida ham o‘ta muhim. Shuningdek aynan paxtachillik tarmog‘i mamlakatdagi yetakchi ish beruvchi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hisoblanadi.

Jaxon moliyaviy inqirozi Turkiyaning qishloq xo‘jaligi sektoriga o‘zining unchali ta’sirini o‘tkazmadi va hozirda 2009 yildagi beqarorlikka asta-sekin barham berilmoqda. Aynan don va oziq-ovqat maxsulotlarining nurxini dunyo bo‘ylab ko‘tarilishi qishloq xo‘jaligi sektoriga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Aynan jahon iqtisodiyoti ishsizlik bilan kurashib yotgan bir paytda , ya’ni 2009 yilda qishloq xo‘jaligida bandlik 6%ga o‘sib, 5,97 mln kishini tashkil qildi. Hozirda Turkiyada 3 mln dan ortiq qishloq xo‘jaligi xoldinglari faoliyat ko‘rsatadi.

Quyidagi omillar tufayli Turkiya tadbirkorlarni qishloq xo‘jaligi sektoriga investisiya kiritishlari uchun qulay muhitni taklif qilishi mumkin



  • Mamlakat geografik jihatdan qulay joylashgan, ya’ni iqlimining qulayligi va yirik bozorlarga mamlakatning yaqinligi

  • Mehnatni talab qiluvchi Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda raqobatbardosh ishchi kuchining yetarli ekanligi

  • Xam ashyo resurslarining deyarli barchasi yetarli

  • Mamlakatda xali xam yirik sug‘orish tizimlari shaklidagi, infratuzilmani mukamallashtirish va kichik maydonli unumdor yerlarni birlashtirish kabi davlat investisiyalarining mavjudligi

Turkiyadagi agrobiznesning asosiy ko‘rsatkichlari

  • Turkiya quruq anjir, yong‘oq, mayiz va bargak ishlab chiqarishda dunyodagi lider mamlakatdir

  • 2008 yilda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarning umumiy eksporti 10 mlrd dollarga yetdi

  • Turkiya mintaqadagi eng katta sut va sut maxsulotlari ishlab chiqarishiga ega.Turkiyada 11000 xilga yaqin o‘simliklar yetishtiriladi, Butun Yevropada esa bu ko‘rsatkich 11500 xilni tashkil qiladi

  • 2008 yilda Turkiyadagi organik yerlar maydoni 141.752 gektarga, 241 xil ekinlar ishlab chiqarishning umumiy xajmi esa 415.380 metrik tonnaga yetdi.

Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibigi izoh bering?

  2. Turkiya Respublikasida agarosanoat majmuasining o‘ziga xos xususityalarini aytib bering?

  3. Turkiyada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?

Mustaqil ish topshiriqlari

Turkiyada qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari



Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar

1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.

2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005

3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009

4. Сельское хозяйство Турции www.turda.ru

5. Сельское хозяйство и пищевая промышленность Турции. www.infoturk.biz


6. Турция: селское хозяйство примет инвестиции Саудовской Аравии

7.Структура селского хозяйство Турции. www.stanbul.ru




1 DPT. 2006 Yılı Programı Destek Çalışmaları. Ank., 2005, s. 34.

2 Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.4.

3 Bor Madeni ve Türkiye İçin Önemi. DTM. http://www.foreigntrade.gov.tr/ead/bor/BOR%20VE%20TORYUM.doc

4 DPT. 2006 Yılı Programı Destek Çalışmaları. Ank., 2005, s. 34.

5 Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.7.

6 Паст навли қўнғир тошкўмир

7 ШНТ-шартли нефт тоннаси= 10 ккал.

8 DPT. 2006 Yılı Programı Destek Çalışmaları. Ank., 2005, s. 34

9 Ўсимликлар алоҳида қўриқланадиган жой

10Дарё тагида кўндаланг кўндаланг кўтарилиб турган дўнглик


Download 233.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik