Toshkent davlat sharqshunoslik


Градов А.П. Национальная экономика. Спб.Питер 2005



Download 233,83 Kb.
bet7/9
Sana24.01.2017
Hajmi233,83 Kb.
#1049
1   2   3   4   5   6   7   8   9

4.. Градов А.П. Национальная экономика. Спб.Питер 2005

5.Деловая Турция.Справочники Полпред.Совет ветеранов МИД РФ.Москва 2009. www.polpred.com

6.Маматказин А.Мухторов А Экономика Турции: история и современность Т.1993

7..Шодиев Т.Ш. Рыночная экономика Турции Т., 1993

8. Драчева Е.Л., Яворская А.О., Христов Т.Т. Страноведение – Испания, Кипр, Турция, Египет. – М., 2007

9. Полякова Л., Попков М., Сторожук В., Кирилюк С., Леса и лесной сектор Турции. WoodBusiness №4 2003

10. Huseyin Sahin.Turkiye Ekonomisi.Bursa 1995


Internet resurslari

www.cia.gov

www.turkey-info.ru

www.yartpp.ru

www.hotturkey.ru
6-Mavzu: Turkiyaning innovatsiya va ilmiy-texnika resurslari
Dars o‘quv maqsadi-Innovatsiya va ilmiy salohiyat tushunchalarining

mohiyati, Turkiya Respublikasida amalga oshirilayotgan ilm-texnika va innovatsiya siyosati,shuningdek mamlakatda olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarning ahamiyati va uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va bu sohaning istiqboli haqida ma’lumotlar berish.



Tushunchalar va tayanch iboralar- Innovasi ya, ilmiy salohiyat, fundament al tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, nou-xau, yuqori texnologiyalar, tadqiqot va rivojlanish.

Asosiy savollar

  1. Innovatsiya va ilmiy salohiyat tushunchasi

  2. Turkiyada ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati

  3. Turkiyaning innovatsiya salohiyati, fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni

Ilmiy-texnik yangilik ishlab chiqaruvchining ushbu g‘oyaga va uni ishlab chiqarish sirlariga( nou-xau) egalik qilishni monopollashtirish imkoniyatini berishi bilan muhimdir. Kashfiyot ya’ni yangilikning egasiga aylangan ishlab chiqaruvchi o‘ziga bozordagi yangilik ya’ni bozordagi innovatsiya imkoniyatini ta’minlaydi. O‘z navbatida u iste’molchinin ehtiyojini qondirish uchun qo‘llanilgan avvalgi usullardan farqli ravishda, iste’molichilarga katta foyda(o‘zgartirish) keltirib, unga sarflangan mablag‘ni oqlaydigan o‘zigi xos xususityalarga(ya’ni ishlab chiqaruvchi kashf qilgan) ega bo‘lgan tovarlarning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.

Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonlari natijasida hozirgi kunda ham bozordagi , ham ilmiy-texnika sohasidagi yangiliklarning ulushi ortib bormoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda «Yuqori texnologiyalar» nomi bilan yuritiluvchi ilmiy texnologiyalarga nafaqat korporatsiyalarning, balki butun bir davlatlarning ham e’tibor ortib bortmoqda.

Avstriyalik olim I.Shumpeter innovatsiyani quyidaga guruhlarga)klassifikatsiyaga ajratadi:



  1. Moddiy-texnik (texnika, texnologiya, material)

  2. Tashkiliy-boshqaruv

  3. Ijtimoiy

  4. Iqtisodiy

  5. Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar

Innovasion faoliyatning assosiy vazifasi bu- o‘zgartirish , yangilash vazifasidir. I.Shumpeter innovatsiya faoliyatni 5 xil o‘zgarish bilan harakterlaydi:

  • Yangi texnikadan foydalanish

  • Maxsulotning yangi xususiyatlarini tadbiq etish

  • Yangi xom- ashyodan foydalanish

  • Ishlab chiqarishni tashkil etishda va moddiy- ta’minot bazasida o‘zgartirish

  • Yangi (savdo) bozorlarini paydo bo‘lishi

Innovatsiya faoliyat innovatsiya talabigi javob berishi uchun u ikki omilni o‘zida mujassamlashtirishi kerak:

  • Faoliya yoki tovar yangilik xususitiga ega bo‘lishi, ya’ni yangi bo‘lishi kerak

  • Bozor talabini qondirishi va ishlab chiqaruvchiga foyda (daromad) keltirishi kerak

Yangilikning tarqalishi uni yaratilishi kabi innovasion faoliyatning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.

Innovasion faoliyatning uch turi mavjud: bular tashkilot ichidagi(tabiiy), tashkilotlar o‘rtasidagi( tovar shaklida) va kengaytirilgan. Innovatsiya faoliyati ( foyda)daromad olish maqsadida yangi bilimlardan foydalanish va texnologik yangi yoki yaxshilangan mahsulotlar (jarayonlar) ega bo‘lishga yo‘naltirilgan tadbirkor faoliyatidir. Innovatsiya faoliyati bevosita yangilikni yaratish, uni aniqlash hamda yangi tovar va xizmatlar bilan jamiyat talabini samarali qondirishini tashkil etishi ta’minlaydi.

Ilmiy faoliyat deganda esa , ilmiy hisobot, ilmiy maqola, texnik va normativ hujjatlar shaklidagi fundamental va amaliy izlanishlar, konstrkutorlik, texnologik va tajriba ishlanmalarini amalga oshirish yo‘li bilan ilmiy bilimlarga ega bo‘lish, ularni boyitishga yo‘naltirilgan faoliyat tushuniladi. Innovasion faoliyat bu ilmiy soha, texnik soha, ta’lim, davlat va tadbirkorlikni birlashtiruvchi yagona sohadir. Innovasion faoliyat bu ilmiy va texnik sohani, ta’lim tizimini, shuningdek davlat va tadbirkorlikni birlashtiruvchi yagona o‘ziga xos jarayon bo‘lib, u ilmiy bilimlarni qayta shakllantirib innovatsiyani yaratadi. Innovasion faoliyat amaliy va hattoki fundamental izlanishlar kabi stadiyalar bilan harakterlansada, amaliy qo‘llashda zarur bo‘ladigan natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Ilmiy salohiyat va ilmiy resurs tushunchalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.Ilmiy resurslar u yoki bu mamlakatning o‘zida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) olib borish imkoniyatlarini belgilab beradi. Mamlakatning ilmiy- texnik salohiyati, uning holati va tendensiyalariga 2 guruh omillari ta’sir etadi. Birinchi guruh omillari bu-miqdoriy omillar bo‘lib, ular mamlakatdagi ilmiy tadqiqotchilaningr, ITTKIni moddiy-texnik ta’minotining va moliyaviy resurslarga ilmiy xizmat ko‘rsatishning mavjudligini belgilaydi. Ikkinchi guruh omillari-esa bu miqdoriy omillar bo‘lib, ular ITTKI tashkil qilish tizimi, ilmiy ishlarning ustunliklari hamda ilmiy xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqning rivojlanganlik darajasi kabilarni o‘zida mujassamlashtiradi.



Mamlakat va mamlakatlar guruhining ilmiy resurslarini harakterlovchi muhim ko‘rsatkichlar:

  • ITTKIga ajratilgan xarajatlarning YaIMdagi ulushi

  • ITTKiga byudjetdan ajratilgan mablag‘ning davlatning umumiy xarajatlaridag ulushi

  • Ilmiy sohada band bo‘lgan mutaxassilarning soni

  • Mashhur, misli ko‘rilmagan ilmiy muvaffaqiyatlar uchun olingan xalqaro mukofotlar miqdori

  • Mazkur mamlakatdagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga qilinadigan havolalarning tezligi (chastota)

  • Ilm talab qiluvchi maxsulotlarning YaIM va sanoat maxsulotlaridagi ulushi

  • Mazkur mamlakatning jahon yuqori texnologiyalar bozoridagi ulushi

Mamlakatning taraqqiyot darajasi va uning ilm-fanga ajratadigan xarajatlari ichida o‘ta bohliqlik yo‘q.Umuman olganda rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda ITTKIga ko‘proq moliyaviy resurslar, yirik sanoat mamlakatlari esa mayda mamlakatlarga qaraganda ilm-fanga ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Lekin ko‘p narsa ushbu mamlakatda tarixdan shakllangan shart-sharoitlarga bog‘liq. Qator mamlakatlarda ITTKIni moliyalashtirishda xususiy firmalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Ilmiy-texnik sohaning iqtisodiy samaradorligini ilm-fanga asoslangan maxsulot yaratilishini o‘sishini ITTKIg aajratilgan xarajatlarga nisbati bilan belgilash mumkin. Yana bir mug‘im ko‘rsatkich bu- berilgan patentlar va kashfiyotlar uchun avtorlik guvohnomalarining sonidir. Shuningdek muvaffaqiyatlarni baholashda turli xil yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun olingan Nobel mukofotlari ham muhim ahamityaga ega.

Jahon iqtisodiyotining ilmiy resurslari unchalik ko‘p mamlatlarda joylashmagan. Masalan, ITTKIga ajratilgan moliyaviy resurslarning yarmi AQSh ulushiga to‘g‘ri keladi. Qolganbunday markaz mamlakatlardan G‘arbiy Yevropa, Yaponiya va Rossiyani misol keltirish mukin.

Kichik rivojlangan mamlakatlar (Shvesiya, Shveysariya, Niderlandi va boshqalar) boshqa mamlakat firmalari bilan hamkorlik qilish bilangina alohida, nisbatan tor yo‘nalishdagi ilimy-texnik progressga erishgan yetakchilar, liderlar qatoriga kiradi. Ba’zi yangi rivojlangan mamlakatlar (Koreya) va asosiy rivojlanayotgan mamlakatlar (Xindiston) ba’zi yo‘nalishlarda lidek mamlakatlar qatoridan joy olmoqdalar.

XX asrning ikkinchi yarmida texnologik almashinuvning kengayishi yuz berdi. Xalqaro texnologik almashinuv quyidagilar asosida amlaga oshirilishi mumkin:


  • Notijoriy asosda (maqolalar, konferensiyalar, simpoziumlar,olimlar migratsiyasi)

  • Tijoriy asosda ( lisenzion kelishuv asosida kashfiyotdan foydalanish xuquqqini o‘tkazish)

Almashuv yoki o‘tkazish ikki asosiy gurux xaridorlari: xorijiy filiallar va mustvqil firmalar bilan amlaga oshiriladi.Yangi texnologiyalar TMKlarning o‘z filialari va sho‘’ba korxonalariga o‘tkaziladi. Mustaqil firmalarga esa ilm-fan talab qilmaydigan tarmoqlarning texnologiyalari o‘tkaziladi.

Texnologiyaning dunyodagi yirik eksportyori bu-AQShdir. Lisenziyalar savdosida ijobiy saldoga Buyuk Britaniya va Shveysariya ega. Yaponiya dunyodagi fan-texnika muvaffaqiyatlarining yirik iste’molchilaridan biri edi, hozirda esa o‘z eksportiga nisbatan xorijiy texgologiyalarga ko‘proq mablah sarflaydi. Argentina, Braziliya, Meksika, Xindiston, Turkiya texnologiyalarni sotib olish maqsadi sari intilib, unchalik katta hajmda bo‘lmagan lisenziyalarni qo‘shni mamlakatlarga eksport qiladi.

Butun jahon yuqori texnologiyalar bozori shartli ravishda 50 ta makrotexnologiyaga bo‘linadi. Jahon bozorini AQSh 22ta, Germaniya 11ta,Yaponiya 7ta makrotexnologiya bo‘yicha nazorat qiladi.

Hozirgi zamonaviy iqtisodiy o‘sish sur’atlari ilmiy-texnik progress va ishlab chiqarish omillarning intelektuallashuvi bilan asoslanadi. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiya, jihozlar, kadrlar ta’limi va ishlab chiqarishni tashkil etish kabilarda mujassamlashgan yangi bilimlarning ulushi YaIMning o‘sish sur’atining 70dan to 85% bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Innovatsiyani ya’ni yangilikni tadbiq etish bozor raqobatining asosiy omillaridan biriga aylanib, u nisbatan yangi samarali tovar va texnologiyalardan monopol tarzda foydalanuvchi yetakchi firmalarga intellektual rentani o‘zlashtirgani sababli yuqori daromadlarga erishish imkonini bermoqda. Natijada jamiyat farovonligi va aholining turmush darajasi yaxshilashni ta’minlovchi tovarlarining iste’mol xususiyatlariga bulgan birliklarning arzonlashtirishdek barqaror tendensiyalar imkoniyatini beradi.

1923 yilda Turkiya Respublikasi tashkil topgandan beri turk jamiyati ijtimoiy,madaniy,intelektual va iqtisodiy sohalarda ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirdi.Bir necha o‘n yillar ichida Turkiya Respublikasi import maxsulotlariga qaram bo‘lgan, aholisiningasosiy qismi qishloqlarda yashaydigan, iqtisodiyoti yopiq agrar mamlakatdan, raqobatbardosh eksport maxsulotlarini yaratuvchi, aholisining aksariyat qismi shaxarlarda yashovchi ochiq bozor iqtisodiyotiga asoslangan industrial mamlakatga aylandi. Turkiya Respublikasining o‘ziga xos xususityalaridan biri shuki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoting asosini ta’lim va sanoatlashtirish,hamda fan va texnikadan iborat bo‘lgan katta kuch tashkil qiladi.

So‘ngi bir necha yillardan beri Turkiyada milliy innovasion tizimni rivojlantirish uchun kator shart-sharoitlar yaratilmokda. Turkiya xukumati foiz stavkalarini va inflyatsiyani qisqartirish, kata miqdorda investisiyani jalb qilish va xususiylashtirish dasturlarini samarali amalga oshirish natijasida iqtisodiy taraqqiyotda sezilarli jadallashuv (progress)ga erishdi. 1995 yilda Turkiyaning Umumjahon Savdo Tashkilotiga va 1996 yilda YeVROPA ITTIFOQI bilan Bojxona Ittifoqiga kirishi va turk maxsulotlarining xalqaro bozorga chiqishi uchun eng yaxshi щaroitlardan foydalanish imkoniyatini berdi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy investisiyalar uchun qulay iqlim yaratish , shuningdek xorijiy tovar, xizmat va investisiyalarning oqimining ortishi tufayli maxsulotlarning sifat va raqobatbardoshliligining ortishiga olib keldi.

Mamlakatning bu kabi oqilona siyosati natijasida, Usmoniylar imperiyasi davridan yodgorlik bo‘lib qolgan, bittagina universitet va 7tagina oliy ta’lim institutlarining soni bugungi kunda 76 taga yetdi,shuningdek ularning 23 tasini xususiy universitetlar tashkil qila boshladi. Butun mamlakat bo‘ylab yoyilgan 150 ga yaqin ijtimoiy tadqiqot markazlarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon sanoatiga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bir necha yillar ilgari turk sanoati past yoki o‘rta texnologiya maxsulotlarining barchasini lisenziya ostida ishlab chiqarishga qodir edi. Bugungi kunga kelib mamlakat sanoatida yuqori texnologiya maxsulotlari va xizmatlari patent, lisenzi va nou-xau kelishuvlari ostida ishlab chiqarilmoqda. Bu o‘z navbatida mamlakat ilmiy-texnik taraqqiyotining yetakchi darajaga yetganin izohlaydi. Bunday taraqqiyotga paralell ravishda aynan texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishni intensivlashtirib yuborilishi nafaqat xorijliklar uchun turk bozorlarining ochilishiga, balki turk tadbirkorlari uchun xorij bozorlarining ochilishiga olib keldi. Mamlakatda yuqori texnologiya maxsulotlarining raqabatbardoshligi shu darajaga yetdiki, ba’zi turk firmalari nafaqat ichki bozorda,balki dunyo bozorlarida o‘zining salmoqli ulushiga ega bo‘la boshladi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 1960-yillarga qadar Turkiyada ilm-fan va texnologiya masalasi mamlatdagi muhim siyosiy masala sifatida qaralmagan va ilmiy izlanishlar universitetlarning akademik faoliyati shaklidagina e’tirof qilingan. 1963 yilda TUBITAK (SCIENTIFIC AND TEChNICAL RESEARCh COUNCIL OF TURKEY) ya’ni TURKIYa ILM-TEXNIKA TADQIQOTLARI KENGAShIning tuzilishi mamlakatning milliy ilm-texnika va innovatsiya siyosatidagi tub burilish nuqtasi bo‘ldi. TUBITAK fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkillashtirish,muvofiqlashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Bir necha yillar mobaynida TUBITAKning asosiy vazifasi o‘zinig grant rejalari bo‘yicha universitetlarda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat edi. Keyinchalik ana shu faolyatga paralell ravishda TUBITAK indusrial texnologik faoliyat va shartnomalarni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha muhim natijalardan biri bu 1972 yilda turk sanoat korxonalarning asosiy qismi joylashgan Gebzeda Marmar Tadqiqotlar markazining tashkil etilishi bo‘ldi. Dastlabki yillarda mamlakatdagi milliy fan-texnika siyosatining asosiy maqsadi aynan TUBITAKni yaratishdan iborat bo‘lib, bu siyosat hech qanday rasmiy xujjatsiz faoliyat ko‘rsata boshladi.



1983 yilga kelibgina , birinchi martta 300 ta ekspert nazoratida fan-texnika siyosatining mukammal rasmiy hujjati “ Turkish Science Policy: 1983-2003” ya’ni “Turkiyaning ilm-fan siyosati:1983-2003” qabul qilindi. Bu hujjatda taraqqiyotda texnologiyaning roli va ilk martta ustun deb belgilangan texnologiya sohalari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu hujjat Turkiyada ilk martta 1983 yilda “Ilm-fan va texnologiya oliy Kengashi”nomli yangi institutning tuzilishiga olib keldi. 1993 yilga kelib esa, 2- rasmiy hujjat Turkish Science Policy: 1993-2003” ya’ni “Turkiyaning ilm-fan siyosati:1993-2003” imzolandi. Bu davrni Turkiyaning ilm-fan texnika taraqqiyotidagi tub burilish davri deyish mumkin, chunki aynan ushbu hujjat “zamonaviy tadqiqot va taraqqiyot infratuzilmasini yaratish”dan “innovatsiyaga yo‘naltirilgan” fan-texnika milliy siyosatini olib bora boshladi. Uning asosiy sohalari etib, informatika,biotexnologiya, aero kosmos texnologiyasi kabi yo‘nalishlar tanlab olindi.Bu siyosat o‘zining davomini 1995 yilda qabul qilingan “ Ilm-fan va texnologiyadagi xarakatlanuvchi kuchlar uchun loyiha ” nomli hujjat bo‘lib, u mamlakatning yettinchi besh yillik rejasining “Ilm-fan va texnika ” bo‘limida aks topgan edi. Mazkur hujjatda yettita ustun sohalar, shuningdek zil-zila sohasiga oid bo‘lgan tadqiqotlar yetakchi qilib belgilangan edi. Bu sohalar asosan quyidagilardan iborat edi :

  • XX asr uchun talabiga javob beradigan Miiliy Informatsiya infratuzilmasini yaratish

  • Turk sanoati ishlab chiqarishini innovatsiya qilish

  • Mavjud bo‘lgan temir yo‘l tizimini tezligi yuqori bo‘lgan poezd texnologiyalari asosida rivojlantirish

  • Aviatsiya sanoati

  • Aeronavtika

  • Gen injeneriyasi va biotexnologiya

  • Qayta yangilanadigan energetika texnologiyalari

Turkiya Respublikasining tadqiqiotlar va rivojlanish sohasidagi joriy yo‘nalishlar esa quyidagilardan iborat:

  • Informatsiya va kommunikatsiya

  • Nyuanslarga boy ishlab chiqarish va avtomatlashtirish

  • Transport, xususan temir yo‘l transporti

  • Genetik injeneriya va biotexnologiya, xususan “Janubiy Anatolia loyihasi”ga aloqador bo‘lgan agrar sohalar

  • Yangilanadigan energiya tizimi

  • Zil-zilaga oid muammolar va boshqaruv riski(tavakkalchiligi)

2001 yil dekabr oyida TURKIYa ILM-TEXNIKA TADQIQOTLARI KENGAShIning 6-yig‘ilishida “Vision 2023: Science and Technology Strategies” ya’ni “2023 yilga nazar :Fan va Texnologiya strategiyalari ”nomli loyiha qabul qilindi. Bu loyihaning asosiy vazifalari

  • Turkiyaning oldindan fan va texnikaga nazar solish imkoniyatini yaratish

  • Tadqiqotlarning strategik texnologiyalari va ustun yo‘nalishlarini belgilash

  • Keyingi 20 yil uchun Turkiyaning fan va texnologiya siyosatini shakllantirish

  • Sotsial-ijtimoiy taraqqiyot uchun fan vatexnologiyaning zaruriyatini ochib berishdan iborat.

Xozirgi kundaTurkiyada quyidagi tashkilotlar tadqiqotlar olib boradi:

  • TUBITAKning ilmiy tadqiqot institutlari,Marmar ilmiy tadqiqot markazi,Elektronika ilmiy tadqiqot milliy instituti, Mudofaa Sanoati tadqiqot va rivojlanish instituti

  • Universitetlar

  • Turk Atom energiyasi instituti, u atomtexnologiyasi va xavfsizlik sog‘asida tadqiqotlar olib boradi

  • Qishloq xo‘jaligi tadqiqot lari boshdirektorati

  • Boshqa institut va vazirliklarning tadqiqot bo‘limlari

  • Texnologiyani rivojlantirishmintaqalaridagi tidqiqot va rivojlanish firmalari

  • Turkiyada chegaralangan miqdorni tashkil etuvchi xususiy firmalarning tadqiqot va rivojlanish bo‘limlari

Ushbu tadqiqotlarga oid statistik ma’lumotlarni to‘plash bilan Turk Statistika Instituti , intelektualva avtorlik huquqi masalari bilan Turk Patenint Instituti, dasturiy ta’minot, jihozlar va sanoat uchun zarur bo‘lgan prototip xizmatlar bilan Milliy Metrologiya Instituti shuningdek innovatsiya, ilm-fan va tadqiqotlarga oid hisobotlarni muntazam chop etish bilan Turk industrialistlari va tadbirkorlari AssotsiatsiyasiSanoat Palatasi kabi bir qancha xususiy institutlar shug‘ullanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatda fan-texnika tadqiqotlari va innovatsiya faoliyati davlat tomonidan alohida qo‘llab-quvvatlanadi va moliyalashtiriladi. Masalan,Moliya Vazirligi xususiy firmalarning tadqiqot va rivojlanish faoliyati uchun sarflaydigan xarajatlar uchun 40% nisbatda chegimalar o‘rnatadi, Tashqi Savdo Vazirligi va TUBITAK xususiy sektorni grant fondlari bilan ta’minlaydi, Turkiya Texnologiyani Rivojlantirish Fondi esa qarz fondlari va boshlang‘ich mablag‘ bilan ta’minlaydi, Sanoat va Savdo Vazirligi esa kichik va o‘rta biznesni fond granlari bilan ta’minlaydi, Kredit Kafolat Fondi esa kichik va xususiy biznes sektorining turk banklaridan oladigan qarzlarini kafolatini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Turkiya Respublikasida fan-texnika va innovatsiya siyosatining samarasi allaqachon o‘z natijalarini berib ulgurgan va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o‘z ulushiga ega. Masalan, Turkiyadagi tadbirkorlik korxonalarning tadqiqot varivojlanish faoliyati uchun ajratayotgan xarajatlari 1990 yilda 20,4%ni, 2000 yilda esa 33,4%ni,bu korxonalarning aynan shunday xarajatlarni moliyalashtirish 1990 yilda 27,5%ni, 2000 yilda 42,9%ni,shunindek mamlakatdagi har 10000 ishchi kuchidan 1990 yilda 7 tasi, 2000 yilda 13 tasi tadqiqotlar bilan band bo‘lgan. Turkiya Respublikasi ilmiy tadqiqot masalalari bo‘yicha 1990 yilda 1177ta, 2000 yilda 6074 ta, 2002 yilda 9303 ta ilmiy maqolalar chop etgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 1990 yilda 41-o‘rinni, 2000 yilda 25nchi va 2002 yilda 2-o‘rinni egallagan.

1996 yildaEvropa Komissiyasi YeVROPA ITTIFOQIda innovasion siyosatga bo‘lgan rejali yondashuvni ta’minlovchi “Evropada innovatsiyani amalga oshirish faoliyatibo‘yicha birinchi reja”sini qabul qildi. 2005 yilda Yevropa Ittifoqi tadqiqotlar va innovatsiyaga bo‘lgan investisiyalarni stimullashtirish uchun “Texnologiya platformalari ”ni yaratdi. Ushbutexnologiya platfomalari ITTIFOQIning ilmiyg‘tadqiqot siyosatidagi innovasion takliflarni namoyon qilish va mamlakatlar innovatsiya sohasidagi davlat va xususiy hamkorliklarni ta’minlashga yo‘naltirilgan edi.

Turkiyaning “Evropa texnologiya platformalari”da ishtirok etishi juda dolzarb bo‘lib, ushbu dastur Turkiyaning innovasion faoliyatida qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqarishi va amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Mamlakatning 2000-2007 yillardagi iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, iqtisodiyotning an’anviy sektorlarining ulushi qisqarib, uning o‘rnini innovatsiyani rivojlantirish va ilm-fan rivojini talab qiluvchi iqtisodiyotni barpo etishga yo‘naltirilgan sohalarning ulushi ortganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Turkiyadagi zamonaviy korxonalarning mehnat unumdorligi 60%ni, ana’naviy krxonalarda esa 25%ni tashkil qilmoqda.Faol innovasion faoliyat asosan ofis jihozlarini ishlab chiqarish,avtomobil sanoati, ralio va televideniya, mashinasozlik, plastmassa va rezinalar ishlab chiqarish, shuningdek optik maxsulotlar ishlab chiqarish sohalarida keng namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek ichki tarmoqlardagi o‘zgarishlar korxonalarni rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi universitet bitiruvchilarga bo‘lgan talabga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Zamonaviy innovasion korxonalar an’naviy korxonalarga nisbatan kattaroq talab qo‘ymoqda. An’anaviy korxonalar avvalambor uning odob-ahloqiga e’tibor berib, undan asosan ish bo‘yicha tajriba talab qiladi, unga nisbatan kamroq ish haqini taklif qilib, tadqiqotchining malaka oshirishiga kamdan-kam imkon yaratadi. Zamonaviy yirik korxonalar esa tadqiqotchining tahlil qila olish qobiliyatini hisobga oladilar, ularga ish tajribasidan ko‘ra tadqiqotchining ta’lim darajasi muhimdir. Bu kabi korxonalarning resurslari ham katta bo‘lib, ular yuqori malakali ishchilarni taklif qilib, tajribasiz ishchilarni qayta o‘qitishlari mumkin.Shu tariqa mamlakatda davlatning ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan majburiyatlari tobora o‘sib bormoqda, 2004 yilning ikkinchi yarmidan boshlab ushbu sohaga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi keskin ortib bormoqda.

Yuqoridagi yutuqlarga qaramay mamlakatning fan-texnika va innovatsiya sohasidagi kamchiliklari talaygina, masalan ilmiy tadqiqotlarning 60%idan ortig‘i hali ham universitetlarda o‘tkazilmoqda, OESR mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkichni 25%ga teng, aksariyat qismi sanoat sektorlaridao‘tkaziladi.Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etio‘ joizki, Aynan Chilida bu ko‘rsatkiya 69%ni tashkilqiladi va bu kshrsatkich bo‘yicha dunyoda 1-o‘rindaturadi. Mamlakatdagi biznes-sektorning ushbu sohaga xarajatlari 35 %ni , OESR mamlakatlaridaesa 65%ni tashkil qiladi.

Turkiya Respublikasida bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha,tadqiqot va tadqiqotchilar sonini ko‘paytirish, tadqiqotlar olib borilishi zarur bo‘lgan ustun sohalarni aniqlash, universitetlar faoliyatini qayta isloh qilish, shuningdek bu kabi sohalarga yo‘naltirilgan investisiyalarni stimullashtirish kabi choralarni ko‘rmoqda.

Shuni qayd etishe’tiborga molikki, Xitoy, Xindiston, Koreya, Tayvan, Kanada, Indoneziya va Meksika mamlkatlaridan keyin Turkiya va Tayland 2000-2001 yillarda AQSh universitetlariada o‘z talabalari ta’lim olayotgan 10 mamlakatlar 10 taligiga kirdi. Bunda turk talabalrining soni 15 ming kishiga yetdi va bu AQSh iqtisodiyotiga 84 mln dollar foyda keltirdi.

Turkiyaning ilm-fan sohasidagi yutuqlarni \ali unchalik ham katta deb bo‘lmaydi. Mamlakatda (Ph.D.) aspiranturada o‘qiyotganlarning ham soni unchalik ko‘p emas. Umumiy aholigi solishtirilganda 1ta fan nomzodi 34000 kishi aholi to‘g‘ri kemoqda, OECD mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 1:5000 ni tashkil qiladi. Shuningdek aspiranturani tugatlarning 38%i matematika, tabiiy fanlar va injenerlik ishi sohasidagi mutaxassilar. Biroq informatika sohasidagi bitiruvchilar (bakalavrlardan tortib to fan nomzodigacha) 2001 yilda 5309 kishini, yoki 1000 kishi aholiga 0,08 kishini tashkil qildi. Ushbu sohada yetakchi bulgan Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 100000 kishi aholiga 0,67 kishini tashkil qildi. Shu bilan birga Turkiyada distansion ta’lim tizimi ancha samarali rivojlanmoqda, bu o‘z navbattida 90-yillarda va hattoki hozirgi kunda ham aholining ta’lim darajasini yuqori sur’atlar bilan ko‘tarishda as qotmoqda.
Shuningdek universitet va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiyada 12 ta texnopark va texnologik taraqqiyot zonalari mavjud. Bunday hududlarda tadqiqotchilar va kompaniyalar uchun maxsus mehnat qilish sharoiti, qonuniy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllangan. Shuningdek bu jarayonlarni rahbatlantirishning boshqa choralari ham ko‘rilmoqda, masalan agar loyiha universitet va ishlab chiqaurvi kompaniya bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsa, moliyalashtirish 30%ga oshiriladi.

Mamlakatda universitet va biznes o‘rtasidagi masofani yaqiinlashtirishga xizmat qiluvchi 11 Texnologiyani Rivojlantirish Markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkin, R&D milliy tiziminining bazaviy asoslarini yaratgan bo‘lib, hozirda muammo ushbu tizimni to‘liq milliy innovatsiya tizimiga tranformatsiya qilishdir.

Hozigi kunga qadar, Turkiya iqtisodiyoti texnologiyalarni tarqatish va import qilishga asoslangan edi. Biroq R&D taraqqiyotidan ko‘ra ta’lim tizimining taraqqiyoti natijasida aynan texnologiyalar importi ancha muvaffaqiyatli natijalar berdi. Hozirda Turkiya aynan R&D tizimini to‘liq milliy inovatsiya tizimiga transformatsiya qilishga intilmoqda. Buning uchun dasturiy ta’minot va ta’lim dasturlarni rivojlanishiga, shuningdek informatika va mutaxassislarni informasion texnologiyalar sohasida o‘qitishni rivojlantirishga e’tibor berish kerak. Shuningdek mamlakat uchun ustun sohalar bo‘lib, 90-yillardayoq katta muvaffaqiyatlarga erishgan biotexnologiya, kommunikatsiya texnologiyasi va raqamli telekommunikatsiya sohalari bo‘lib qolmoqda. O‘z navbatida mamlakatda menejmentga alohida e’tibor berilmoqda. Bunday dasturlar mamlakatning 77ta universitetidan 52 tasida mavjud, shuningdek aksariyat universitetlar innovasion menejment dasturlarini taklif qiladilar.

Chunonchi, Turkiya Respublikasining ilm-fan sohasidagi yutuqlari 2009-2010 yillarga kelib o‘zining samarador natijalarini berayotganini unutmasligimiz kerak. 2010 yilga kelib so‘nggi 30 yil ichida turli mamakt olimlarining yaratgan ilmiy maqolalarining soniga oid ma’lumotlarni tahlil qilgan Science-Metrix kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, Turkiya va Eron ilm-fan nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakat deya tan olindi.

Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish joizki, 1980-yilda ilmiy jurnallarda 450 mingta ilmiy maqola e’lon qilingan bo‘lib, ularning 43%i AQSh, 41%i Yeropa va 11%i Osiyo ulushiga to‘g‘ri kelgan. 2009 yilga kelib esa, bunday maqolalar soni 1,5 milliontaga yetgan bo‘lib, shundan 30%i Osiyo, 36%i Yevropa va 28%i AQSh ulushiga to‘g‘ri kelgan. Osiyo mamlakatlari ichida esa yetakchilikni Eron va Turkiya Respublikalari qo‘lga kiritgan.



Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Innovatsiya va ilmiy salohiyat tushunchalarining mohiyati tushuntirib bering?

  2. Turkiya Respublikasida ilm-texnika va innovatsiya siyosati borasida olib borilayotgan o‘z garishlar natijasi qanday?

  3. Mamlakatda ilm-texnika va innovatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va uni moliyalashtiruvchi qanday tashkilotlar mavjud?

  4. Turkiya respublikasining ilm-texnika va innovatsiya faoliyatida qanday kamchiliklar mavjud?

Mustaqil ish topshiriqlari

  1. Turkiyada fundamental va amaliy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizim

  2. Turkiyaning innovatsiya va ilmiy-texnika resurslari

Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar

1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.

2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005

3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009

4. Шумпетер Й. Теории экономического развития. - М.: Прогресс, 1982

5.Стратегия развития науки в Турции в условиях экономического роста. Газизова А.И., НФ КГУ, г. Набережние Челни www.тисби.ру

6.Содействие проведению научных инноваций в мусулманский мир. Усама Атар. ДинарСтандард.cом

7.Инновации в образование, науке и технике:Организационо-экономические механизмы.Н.В. Силкина ГОУ ДПО . "Институт повышения квалификации и переподготовки работников профессионалного образования

8.Research,development and innovation in Turkey . www.ref.advancity.net

9.Science,Technology and Innovation Policy Documents. www.ref.advancity.net

10. V.M. Sergeyev i Ye.S. Alekseenkova. Stanovlenie gosudarstva i modeli innovasionnogo razvitiya. www.mgimo.ru
7-mavzu: Turkiya Respublikasida iqtisodiy o‘sish
Dars o‘quv maqsadi - Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uning turlari, Turkiyada iqtisodiy o‘sish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi omillar, Globallashuv sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri va uni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar berish.

Tushunchalar va tayanch iboralar- iqtisodiy o‘sish, estensiv iqtisodiy, intensiv iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichla, YaIM,YaMM,jon boshiga YaIM, inflyatsiya, davlat qarzi va ishsizlik darajasi.

Asosiy savollar


  1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uning turlari

  2. Turkiyada iqtisodiy o‘sish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi omillar

  3. Globallashuv sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari.

  4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri va uni bartaraf etish chora-tadbirlari

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni

Iqtisodiy o‘sish deganda qisqa muddatli o‘zgarishlar emas, balki milliy xo‘jalikning uzoq muddatli rivojlanish ya’ni, bu borada iqtisodiyotdagi real daromadlarining(YaIM,YaMM) o‘sishi, mamlakatning iqtisodiy qudratining ortishi, shuningdek aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarishning o‘sishi kabi tendensiyalarning o‘zgarishi tushuniladi.Shuning uchun iqtisodiy o‘sish iqtisodiy tizimining xarakteridan qat’iy nazar har qanday mamlakatning diqqat markazdagi vazifa sifatida qaratiladi.Tabiiyki, iqtisodiy o‘sishni aniqlash uchun absolyut o‘sish ko‘rsatkichlari yoki umumiy yoki jon boshga to‘g‘ri keladigan real ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Iqtisodiy o‘sish bu-Yalpi Ichki Maxsulot tarkibiga kiruvchi hajmning o‘sishi, boyliklarning sifat va assortimentining o‘zgarishidir. Iqtisodiy o‘sishni 2 hil nuqtai nazarda tushunish mumkin.

-asosiy yildagi doimiy narxlarda ifodalangan real o‘sish

-joriy narxlarda ifodalangan nominal o‘sish

Ya’ni iqtisodiy o‘sishning miqdoriy parametrlari rel va nominal o‘sish bilan bog‘liq. Turmush sifati (darajasi)-bu aholi jon jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmini ko‘rsatuvchi hayot darajasi va uning ijtimoiy xarakteristikasidarir. Ijtmioiy xarakteristikaga misol sifatida mamlakatdagi xavfsizlik darajasi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, o‘rtacha umr ko‘rish, sog‘liq va uni saqlash darajasi kabilarni keltirish mumkin. Iqtisodiy o‘sishni eng odiiy aniqlash va hisoblash bevosita –real ya’ni inflyatsiyadan holi bo‘lgan YaMM yoki YaIM kabi yirik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq.Iqtisodiy o‘sish-bu ma’lum muddat ichida real YaMM yoki YaIM hajmining nisbiy o‘zgarishidair.

Itisodiy o‘sish sur’atlari- real YaMM yoki YaIM o‘sish sur’atlarini foiz ko‘rsatkichlarida ifodalanadi va odatda yil uchun hisoblanadi.

Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi har doim ham ijobiy bo‘lmasligi, statistikada iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining nolga teng bo‘lgan yoki salbiy(minus) bo‘lgan hollari ham uchrab turadi. Iqtisodiyotning inqirozga uchragan sharoitlarida, ya’ni milliy maxsulot ishlab chiqarish, butunlay emas, balki qisman bo‘lgan hollarda iqtisodiy o‘sish salbiy ko‘rsatkichlarni ko‘rsatadi. Shuningdek mamlakatdagi iqtisodiy holat haqida yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lish uchun, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin.

Iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalari qaysilar?

Har qanday mamlakatda iqtisodiy o‘sish asosiy 6 ta omil bilan harakaterlanadi, shulardan 4 tasi iqtisodiyotning o‘sishini jismoniy qobiliyati bilan bog‘liq. Bular:


  1. Tabiiy resurslarning miqdori va sifati

  2. Mehnat resurslarining miqdori va sifati

  3. Asosiy kapital hajmi

  4. Texnologiyalar

Ushbu 4 omilni iqtisodiy o‘sishning taklif omillari deyish mumkin. Aynan ana shu omillar ishlab chiqarishning o‘sishini jismoniy jihatdan ro‘yobga chiqara oladi. Faqatgina sifat jihatidan eng yaxshi bo‘lgan katta miqdordagi resurslarga va texnologik salohiyatga ega bo‘lish imkoniyati real maxsulotni ishlab chiqarishni ortishiga olib keladi. Biroq bu borada o‘sish qobiliyati va real o‘sishning o‘zini ajratib olmoq lozim. Birinchidan, o‘sish taklif omillariga bog‘liqdir. O‘sib borayotgan ishlab chiqarish salohiyatini amalga oshirish( relizatsiya) uchun mamlakat iqtisodiyoti keng hajmdagi resurslardan to‘laligicha foydalanishni ta’minlab berishi kerak. Buning uchun esa jami xarajatlarning darajasini ko‘tarish zarur bo‘ladi. Ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishga qayta taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan yanada maqsadli foydalanish uchun iqtisodiy aylanmaga nafaqat barcha resurslarni jalb qilish, shuningdek ularni utilizatsiya qilish ya’ni foydali sur’atda ishlatish ham zarur.Ishlab chiqarishni o‘sishi uchun, maxsulotlarning umumiy ishlab chiqarilishini kengaytirish yetarli emas, buning uchun o‘sib kelayotgan resurs hajmidan va uni taqsimlanishidan real foydalanish, shu tariqa foydali maxsulotning maksimal miqdorini qo‘lga kiritish kerak.

Shuni aytish kerakki, iqtisodiy o‘sishga o‘z ta’sirini ztkazuvchi talab va taklif omillari o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan, ishsizlik odatda kapital jamg‘arish sur’atini, shuningdek tadqiqotlarga ajratiladigan xarajatlarning o‘sishini sekinlashtiradi.Shuningdek, aksincha, yangilik kiritish va kapital qo‘yilmalarining past sur’ati ishsizlikning acosiy omil bo‘lishi mumkin.

Tabiiy va mehnat resurslari, tadbirkorlik qobiliyati, asosiy kapital, ilmiy-texnik potensial va uning muvaffaqiyatlaridan foydalanish, umumiy talab - bularing barchasi iqtisodiy o‘sishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Iqtisodiy o‘sishning 2 hil turi mvjud bo‘lib, bular ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sish.

Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv usulida iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning qo‘shimcha omillari –er, mehnat va kapitalning jalb qilinishi hisobidan amalga oshirilib, bunda ularning sifat va texnik darajasi o‘zgarmay qoladi.Masalan, joriy yilda ijtimoiy ishlab chiqarishga 2 mln kishi jalb qilinadi, bunda ularning tayyorlash sifati va kasbiy darajasi avvalgidek qolaveradi. Agar o‘tgan yili ishlab chiqarishda 10 mln kishi ishlagan bo‘lsa, har bir ishchi tomonidan ishlangan ish vaqti miqdori o‘zgarmagan holda YaIM 20%ga ortadi. Shuningdek bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari, ya’ni qo‘shimcha ishchilarni ta’minlash zarur bo‘lgan mehnat vositalari, hamda xom-ashyo va materiallar kabi mehnat predmetlari talab qilinadi.

Yana bir misol, 100s xosil olish uchun,, 2 ga yer, 5 ta qishloq xo‘jaligi mashinalari va 5 ta ishchi zarur bo‘ladi.Hosilni 2 baravarga oshirish uchun, tabiiyki mehnat resurslarini ham 2 baravarga, 3 baravarga oshirish uchun esa ularni 3 baravarga oshirish zarur bo‘ladi. Tabii ki, resurslar bilan muammo paydo bo‘la boshlaydi, eng avvalo yer yetishmaydi. Demak, iqtisodiy o‘sishning ekstensiv usuli chegaralangan. Bu chegaralarning olib tashlanishi energiya, material va fondni tejovchi yangi yo‘nalishlarga moslashishni, ya’ni iqtisodiyotni intensiv iqtisodiy o‘sishga o‘tkazilishini talab qiladi.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv usuli progressiv ya’ni resurslarni tejovchi texnika va texnologiyalarga, ilm-fan muvaffaqiyatlariga, ilmiy texnik va iqtisodiy informatsiyalarga, shuningdek ishchilarning malakasini oshirishga asoslanadi. Natijada iqtisodiyotning samaradorligi o‘sadi, shuningdek mehnat unumdorligi, resurs tejamkorligi va maxsulot sifati oshadi.Intensiv iqtisodiy o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sishning chegara va cheklovlarini bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Intensiv iqtisodiy o‘sishning mehnatni tejovchi, kapitalni tejovchi va har taraflama tejash turlari mavjud.Mehnatni tejovchi intensifikatsiya bu ishchilarni texnika bilan almashtiridir. Kapital tejovchi intensifikatsiya bu nisbatan ancha samarador texnika va chiqindisiz texnologiyadan (xom ashyo resurslaridan to‘laligicha foydalanish) foydalanishdir. Har taraflama intensifikatsiya esa resurs tejashning barcha usullaridan foydalanishni, kengaytirilan takror ishlab chiqarish jarayonlarini sifatli yangilashni , iqtisodiyotning progressiv tarkibini doimo modernizatsiya qilish orqali shakllantirishni ta’minlovchi, xarajatga qarama-qarshi (antizatrat)xarakterga ega bo‘lgan jarayondir.



YaIMning iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tarkibi

5 (original)

Turkiya iqtisodiyoti - zamonaviy sanoat va hozirgacha YaIMning deyarli 30%ini tashkil qilib kelayotgan an’anaviy qishloq xo‘jaligi sohalarining uyg‘unligidan iborat bo‘lgan iqtisodiyotdir.Turkiyada kuchli va yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgan xususiy sektorga asos solingan bo‘lsada, davlat asosiy tarmoqlar, bank sektori, transport va kommunikatsiya kabi sohalarning asosiy ishtirokchisi sanaladi.

Mamlaktda yengil sanoat sektori ( kiyim-kechak va tekstil maxsulotlari ishlab chiqarish) ancha rivojlangan bo‘lib, u Turkiyaning umumiy sanoat ishlab chiqarish quvvatining 1/3 qismini tashkil qiladi.Hozirgi kunda turk yengil sanoat maxsulotlari ancha arzon analogik xitoy maxsulotlari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Turkiya Respublikasida YaIMning o‘sish sur’ati bir necha yillar davomida barqaror 6%da saqlanib keldi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga 1994,1999 va 2001 yillardagi qator iqtisodiy inqirozlar halaqit berdi.

So‘nggi 6 yil ichida ya’ni 2002-2006 yillar ichida Turkiyada iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy tomonga o‘zgarishi va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. 2002 yildan beri rasional fiskal siyosat va ulkan tarkibiy islohotlar uyg‘unligidan iborat bo‘lgan qudratli iqtisodiy strategiya amalga oshirilishi Turkiya iqtisodiyotining globallashgan dunyoga integratsiya qilishini ta’minladi va uni mintaqaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni qabul qiluvchi asosiy mamlakatlardan biriga aylantirdi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlarini tezlashtiruvchi tarkibiy islohatlar mamlakatning qator tarmoqlarida kompleks qayta shakllantirish imkoniyatlariga yo‘l ochib berdi. Ushbu tub o‘zgarishlarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat edi:



  • Turkiya iqtisodiyotida xususiy sektorning rolini oshirish

  • Moliya sektorining samaradorligi va barqarorligini oshirish

  • Ijtimoiy ta’minot tizimining mustahkam asosini ishlab chiqish

Shuningdek islohotlar natijasida mamlakatning makroiqtisodiy holati mustahkamlana boshlandi, masalan 2002 yil 30%ni tashkil etgan inflyatsiya ko‘rsatkichi 2009 yil avgusi holatiga ko‘ra 5,3%gateng bo‘ldi. Shuningdek mamlakatning nominal qarzdorligi 2002 yildan 2008 yilga qadar 74%dan 39,5% ga tushdi. Aynan 2004 yilga kelib,Respublikining qarz hajmi 131 mlrd. Dollarga teng bo‘lgan. (Bu ko‘rsatkich YaIMning 65% ni yoki aholi jon boshiga hisoblaganda taxminan 1 870 dollarni tashkil qiladi). Shu tariqa Turkiya 2004 yildan beri davlat qarzlari bo‘yicha “Evropa Ittifoqiga kirish uchun Maastrixt kriteriyasining 60%”ini qoniqtirmoqda. Lekin shuni qayd etish lozimki, oxirgi 5 yil ichida Turkiyaning tashqi qarzi sezilarli darajala o‘sgan. Bunga sabab, esa, xukumatning byudjet defisitini noinflyatsion usullar bilan moliyalashtirish uchun mablag‘ topish maqsadida, bozorga davlat qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarishi va tashqi qarzlarga murojat etishi bo‘ldi. Hozirda davlat xarajatlarining 35-40%ini davlat qarzlarining foiz to‘lovlari tashkil qilmoqda. Bunday siyosat

Chunonchi, 2005 yildan beri mamlaktning byudjet defisiti “Maastrixt kriteriyasining 3%”i ga to‘g‘ri kelmoqda. 2008 yilda Turkiyada byudjet defisiti 2,2%ni tashkil qildi, 2002 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 10%ni tashkil qilgan. Shuningdek 2002 yilday 2008 yilga qadar malakat YaIM uch baravarga o‘sib, 231 mlrd dollardan 742 mlrd dollarga yetgan.



6 (original)

Jon boshiga YaIM esa bu davr ichida 3500 dollardan 10000 dollarga yetgan.



Jon boshiga YaIM

7 (original)

Yuqorida qayd etilgan iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar tashqi savdo va eksport hajmining o‘sishini stimullashtirdi va uning hajmi bu yillarda 36 mlrd dollardan 132 mlrd dollarga yetdi. Turizmdan keladigan bu kabi daromadlar 8,5 mlrd dollardan 22 mlrd dollarga yetdi. 2008 yilda 18,2 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni qabul qilgan Turkiya 2008-2010 yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish xususiyatiga ko‘ra dunyoda 15- o‘rinni egallagan mamlakatga aylandi.(BMTning savdo va rivojlanish Konferensiyasiga muvofiq, YuNKTAD).

Bu kabi muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanish Turkiyani jahon iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha 15-o‘ringa, Yevropa iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha barcha a’zo 27 ta davlatlar bilan taqqoslaganda 6-o‘ringa olib chiqdi (MVF «Perspektivi mirovoy ekonomiki», 2008). Barcha ma’lumotlar 2008 yildagi YaIM(XQQ) ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

Butun dunyo iqtisodiy tizimining shikastlanishiga olib kelgan jahon-moliyaviy inqiroziga qadar Turkiya iqtisodiyotida oxirgi 27 kvartal mobaynida barqaror yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari kuzatildi va mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha Yevropadagi lider mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. So‘nggi 7 yil ya’ni 2002-09 yillar mobaynida YaIMning o‘sish sur’ati o‘rtacha 6%ni tashkil qilib keldi. Biroq global moliyaviy inqirozmoliyaviy tashkilotlar va tashqi bozordagi talabga negativ ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan qator iqtisodiyotlarning makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi va u o‘z navbatida faoliyatning barcha sohalarida global iqtisodiy faolliknin tushkunlikka tushishiga olib keldi.

Garchand Turkiyaning moliyaviy bozorlari inqirozga nisbatan o‘z barqarorligini namoyon etsada, tashqi talabning kamayib ketishi va xalqaro kapital oqimining sustlashishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi va 2009 yilda 6% lik tushkunlik(spad) ya’ni qisqarishga olib keldi. Biroq 2009 yilning so‘nngi kvartalidan boshlab iqtisodiy holat tez tiklanishi, hamda 2010- va 2011- yillardagi iqtisodiy o‘sish sur’ati 3,5% va 4%ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Turkiyaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari




Real

ko‘rsatkichlar



Bashorat qilinayotgan ko‘rsatkichlar

Mo‘ljallangan

ko‘rsatkichlar



Ko‘rsatkichlar

2008

2009

2010

2011

2012

Real YaIMning o‘sish sur’ati(%)

0,9

-6,0

3,5

4,0

5

YaIM (mlrd dollar)

742

608

641

669

723

Jon boshiga YaIM (dollar)

10 436

8 456

8 821

9 096

9 732

Eksport (mlrd dollar)

132

98,5

107,5

118,0

130,0

Import (mlrd dollar)

202

134,0

153,0

168,0

187,0

T urizm daromadlari (mlrd dollar)

22,0

21,0

22,5

23,5

24,5

Ishsizlik (%)

11,0

14,8

14,6

14,2

13,3

Inflyatsiya (%)

10,1

5,9

5,3

4,9

4,8

Joriy hisob (YaIMning %)

-5,6

-1,8

-2,8

-3,3

-3,9

Byudjet saldosi (YaIMning %i)

-1,8

-6,6

-4,9

-4,0

-3,2

EI tomonidan belgilangan davlat qarzdorligi (YaIMning %)

39,5

47,3

49,0

48,8

47,8

Manba: Organizatsiya gosudarstvennogo planirovaniya «Srednesrochnaya programma 2010-2012»

 Turkiya iqtisodiyotining zaif tomoni shundaki,mamlakatda kapitalning yetishmasligi uning iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Turk banklari hali ham 80%davlat qarzlarini moliyalashtiradi, mamlakatda kapital bozori sust rivojlangan, xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiyalar unchalik katta salmoqqa ega emas. 2003 yilda ular joriy operatsiya to‘lovlarining chorak qismini qopladi. Shuningdek Turkiya Respublikasida valyuta tizimi barqaror emas, bu esa iqtisodiyotning turizm sektoriga qaram ekanligi bilan ham izohlanadi.

Jahon-moliyaviy inqirozi dunyoning barcha nuqtasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib ulgurdi, bu o‘rinda Turkiya Respublikasi ham bundan mustasno emas. Bunday sharoida xukumat dastlab XVF dan iqtisodiyotni qo‘llab –quvvatlash uchush yordam so‘radi. XVF tomonidan standart qilib belgilangan 2 mlrd dolarlik kvotaning mamlaka iqtisodiyotini tiklash uchun yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. 2009 yilning yuoshida mamlaktga 40 mlrd dollar miqdorida kapital qo‘yilmasi zarur edi.


Download 233,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish