Toshkent davlat sharqshunoslik



Download 233.83 Kb.
bet3/9
Sana24.01.2017
Hajmi233.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mamlakatning rasmiy nomi Turkiya Respublikasi. Mahalliy tilda Turkiya Jumxuriyatidir. Mamlakat poytaxti- Ankara. Mamlakat 81ta viloyat(provinsiya)dan tashkil topgan.Bular- Adana, aksaray, Ankara. Istambul, Izmir, Antaliya, Bayburk va boshqalar.


Zamonaviy Turkiya hududida bir necha asrlar davomida ko‘plab xalqlar bilan doimiy aloqalar va ular bilan aralashib (qo‘shilib) ketishlar yuz bergan.Turklarning asl tarixiy vatani Altay tog‘lari hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan tukrlar O‘rta Osiyo hududiga, keyinchalik esa Mesopatamiya hududiga migratsiya qila boshladilar va natijada turklar O‘rta Sharq va musulmon olamidagi asosiy kuchlardan biriga aylandilar. Keyinchalik esa turklar Azarbayjon hududlarida ham o‘troqlasha boshladilar.

Usmoniylar imperiyasi davrida turklashtirishdan qutilib qolgan yirik etnik guruh bu –kurdlar hisoblanadi. Kurdlar Anatoliyaning sharqiy va janubi sharqiy tog‘li rayonlarida istiqomat qiladilar. Ular joylashgan hududlarda ko‘p yilar davomida kurdlarni turklatirish siyosati olib borildi.Faqatgina 1946 yilga kelib kurdlar yashaydigan viloyatlar boshqa viloyatlar singari mavqe’ga ega bo‘ldilar. Eron va Iroqdagi qudratli qo‘shni kurd millatlari turk kurdlarining integratsiya muammolarini Turkiya uchun yanada keskinlashtiradi. 2000 yillarning boshlarida Turkiyani Yevropa Ittifoqining to‘la qonli a’zoligi haqidagi muzokaralarning boshlanishi bu yerdagi kurdlar uchun qator qo‘shimcha huquqlar yaratish imkonini berdi. 2003 yilga kelib milliy ozchilikni tashkil etuvchi til va dialektda ta’lim olish imkonini yarutuvchi qonun ishga tushdi. Natijada kurd tilini o‘rgatuvchi qator o‘quv markazlar va kurd tilida ta’lim beruvchi xususiy maktablar faoliyat ko‘rsata boshladi. Turk tilidan boshqa tildan foydalanish mumkinligi haqidagi cheklovni man qilish masalasida Mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi.

Shuningdek tarixdan Turkiya hududida yana bir milliy ozchilikni tashkil etuvchi guruh bu-armanlardir. Hozirigi Arman respublikasi va Turkiyaning shimoli-sharqiy qismiga daxldor bo‘lgan hududda ushbu guruh tarixda mustaqil xristianlar davlatini tuzishga muvaffaq bo‘lgan .Shu bilan birga zamonaviy Turkiyada arablar, greklar, gruzinlar va yahudiylar, hamda Shimoliy Kavkaz hududidagi qator millatlar va guruhlar istiqomat qiladilar. Xulosa qilib aytish mumkinki, Turkiya- ko‘p millatli mamlakat bo‘lib, u yerda 25 dan ortiq mayda millatlar faoliyat ko‘satadilar. Ba’zi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni 13-15 mln kishiga yetadi.
Turkiya davlatining aholisi ko‘p millatli aholi hisoblanadi. Turkiyaning umumiy aholisi 76 mln805ming kishini tashkil qilib, dunyoda aholi soni bo‘yicha 18-o‘rinda turadi. Umumiy aholining 56 mlnnini turklar, 14mlni kurdlar, 3mln bosniyaliklar, 1.3 mlni albanlar, 870 ming kishi arablar, 700 ming kishi siganlar, 600 ming kishi armanlar, 500000 kishi yevreylar, 350000 greklar tashkil qiladi. Umumiy qilib aytganda aholining 75%ini turklar , 18%ini kurdlar va 25%ini boshqa millatlar tashkil etadi.

Turkiyada millat masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat Konstitutsiyasining 55- moddasiga ko‘ra, mamlakatning barcha fuqarolari turklar qisoblanadi. Turk tili- mamlakatning yagona davlat tili hisoblanadi.

Sigan(lo‘lilar) aholisi mamlaktning barcha qismlarida tarqalgan(500000 kishi).Arablar ham mamlakatning barcha qismlarida tarqalgan bo‘lsada, ularning aksariyati Antakya, Mardina va Siirt viloyatlarida yashaydi. Lazlar (gruzinlar)Artvin va Rizo hamda boshqa yirik shaharlarda yashaydi(500000-1 mln). Bolgarlar esa Frak shahrida yashaydilar.

Aholining 99.8%ini musulmon-sunnilar, 0,2%ini xristianlar va boshqalar tashkil qiladi. Kurdlarning katta qismi islom dinining shia mazhabiga amal qiladilar.Hozirda Turkiya hududida istiqomat qiluvchi arablar qatorida nafaqat islom diniga, balki xristian diniga ishonuvchilari ham bor. Hozirgi Turkiya hududi tarixda dastlabki xristian dinining markazlaridan biri bo‘lgan, keyinchalik esa bir necha asrlar davomida Vizantiya imperiyasi davrida Konstantinopol pravoslav dinining markazi bo‘lgan.

1920 yillarda Usmoniylar imperiyasining ag‘darilishi va monarxiyaning tugatilishi natijasida,,ushbu hududda ko‘pchilikni tashkil etgan turk etnosi asosida milliy turk davlati tuzilgan. Zamonaviy Turkiya Respublikasiga mamlakatning milliy qahramoni Mustafa Kamal , keyinchalik esa , “ Turklarning otasi” nomiga sazovor bo‘lgan Ota turk tomonidan 1923 yil 29 oktyabrda asos solingan. Uning ma’sul rahbarligi ostida mamlakatda qator ijtimoiy, huquqiy , siyosiy va iqtisodiy islohatlar o‘tkazilgan va asosiy e’tibor mamlakatni modernizatsiya qilishga qaratilgan. Yangi xukumatning vujudga kelishi bilan mamlakatda yagona partiyaviylik siyosati tugatildi, va ko‘p partiyaviylik siyosati tajriba qilib ko‘rildi. Bu esa o‘z-o‘zidan 1950- yillardigi tinchleksevar kuchga ega bo‘lgan Demokratik Partiyaning saylovlarda g‘alaba qozonishiga olib keldi. Shundan so‘ng Turkiyaning siyosiy partiya tizimi ko‘p partiyaviylik tizimiga aylandi, lekin o‘sha davrdagi beqarorlik va tub harbiy burilishdar mamlakatda demokratiyaning sinishiga olib keldi.

1974 yilda Turkiya Kiprga harbiy borada aralasha boshladi, buning sababi esa greklarning orolni qo‘lga kiritishlariga barham berish edi . Shundan beri Turkiya o‘ziga “ Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasi”ning qimoyachi davlati sifatida qaraydi. 1984 yilda Kurdiston Ishchilar Partiyasi, hozirda esa Kurdiston Xalq Kongressi yoki Kongra-Gel nomi bilan ma’lum bo‘lgan guruh o‘zining separatizm qo‘zg‘olonini boshlagan.Ushbu qo‘zg‘olon mamlakatda shu darajada tus oldiki, u Turkiyaning qudratli harbiy kuchlarinining e’tiborini va 30000 dan ortiq kishining hayotini o‘ziga qaratdi. 1999 yilda ushbu guruxning yetakchilaridan birining qo‘lga olinishidan so‘nggina , ularning katta qismi Iroqning shimoliy qismi tomonga ko‘chib keta boshlashdi. 2004 yilda esa, KGKning tugatilishi e’lon qilindi.

1945 yilda Turkiya Respublikasi BMTga a’o bo‘ldi , 1952 yilda esa NATOning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shuningdek Turkiya 2009-10 yildan boshlab BMTning kotibiyatida vaqtinchalik o‘rniga ega. 1964 yildan beri esa Turkiya Yevropa Hamjamiyatining a’zosi hisoblanadi. So‘nggi 10 yillikda Turkiya o‘zining demokratiya tizimining yaxshilash va iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan ilohotlar olib bomoqda, shuningdek Turkiya 2005 yildan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga doir muzokaralar olib bormoqda.

Hozirgi kunda Turkiya Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat Turkiyaning Buyuk miiliy yig‘ilishiga, ya’ni bir palatali parlamentga tegishli. Ushbu parlament 550ta deputatdan iborat bo‘lib, ular umumiy ovoz berish yo‘li bilan 4 yil muddatga saylanadilar. Ijro hokimiyati esa Bosh Vazir rahbarligidagi xukumatga bo‘ysunadi, lekin prezident ham qator vakolatarga ega. 2007 yil 21 oktyabrda Turkiyada amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish borasida referendum o‘tkazildi. Bunda prezident va parlament vakolatining muddatlari borasida o‘zgartirishlar kiritildi. 1982 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentni parlament 7 yil muddatga saylar va u qayta saylanish huququqiga ega bo‘lmas edi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, prezident umumxalq saylovi asosida 5 yilga saylanadi va u yana 1 muddatga qayta saylanishi mumkin. Parlamentga saylovlar esa 4 yilda 1 martta o‘tkaziladi.



Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Turkiyaning geografik joylashuvi unga ianday iqtisodiy imkoniyatlani yaratadi?

  2. Nima uchun mamlakat hududining turli qismlariga turlicha iqlim xos?

  3. Turkiya hududida milliy ozchilikni tashkil etuvchi asosiy millatlarni ko‘rsating?

  4. 2007 yildan boshlab Turkiya Konsttutsiyasiga qanday o‘zgartirishlar kirildi?

Mustaqil ish topshiriqlari

1.Turkiya Respublikasidagi tabiiy iqtisodiy shart-sharoitlar va uning

mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri

2.Turkiya iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlari



Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar.

1. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.

2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005

3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009




Download 233.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik