Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xmi va s fakulteti


Transmilliy korporatsiyalar odatta uchta katta guruhga bo‘linadi



Download 40.08 Kb.
bet2/5
Sana15.05.2021
Hajmi40.08 Kb.
1   2   3   4   5
Transmilliy korporatsiyalar odatta uchta katta guruhga bo‘linadi:

1) Gorizontal joylashlashgan transmilliy korporatsiyalar – turli mamlakatlarda bir xil yoki o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchi turli mamlakatlardagi bo‘limlarni boshqaradilar.

2) Vertikal joylashgan transmilliy korporatsiyalar - boshqa mamlakatlardagi o‘z bo‘limlariga ma’lum bir tovarlarni yetkazib beruvchi muayyan bir mamlakatda joylashgan bo‘limlarni boshqaradi.

3) Alohida transmilliy korporatsiyalar – vertikal yoki gorizontal birlashmagan turli mamlakatlarda joylashgan bo‘limlarni boshqaradi.

Korporatsiyalarni transmilliy sifatida tasniflash uchun odatda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:

  • korporatsiya faoliyat yuritayotgan mamlakatlar soni (kamida oltita);

  • korxonaning ishlab chiqarish kuchi joylashgan mamlakatlar soni (kamida uchta);

  • asosiy bozorda yetakchi pozitsiyalar;

  • korporatsiyaning daromadlari yoki sotilishidagi xorijiy operatsiyalarning ulushi (kamida to‘rtta);

Transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lishiga sabab nima? Transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lishining asosiy sababi milliy-davlat chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi yirik kompaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlarda o‘z bo‘limlarini tashkil etib, milliy korporatsiyalarning transmilliy korporatsiyalarga aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida kapital olib chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir1.

Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishining sabablaridan yana biri haddan tashqari foyda olishga bo‘lgan intilishdir. O‘z navbatida, kuchli raqobat bu kurashda g‘alaba qozonish zaruriyati, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning kontsentratsiyasi ham transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.



Transmilliy korporatsiyalar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak birinchi haqiqiy transmilliy korporatsiyasi Angliyaning Ost India kompaniyasi edi. 1600-yilda tashkil etilgan bu kompaniya qirolicha Yelezavata 1 bilan bog‘liq. Uning farmoni bilan kompaniyaga monopolistik huquqlar va Hindistonda savdo qilish huquqi berilgan. Kompaniya boshqaruvi gubernatorlar va direktorlar kengashiga topshirilgan. Natijada, tijorat kompaniyasiga oxir-oqibat harbiy va davlat vazifalari yuklatilib, bu nafaqat Hindiston, balki boshqa sharqiy davlatlarni ham mustamlakachiligida hal qiluvchi ro‘lni o‘ynagan. Kompaniya o‘zining shaxsiy qo‘shinlariga ega bo‘lib boshqa mamlakatlarni egallash uchun bo‘lgan harakatlarda qatnashgan. 1858-yilda barcha administrativ vakolatlari Angliya qirolligiga o‘tib ketgandan so‘ng kompaniya o‘z kuchini yo‘qotdi. Oxir oqibat 1874-yilda Ost India kompaniyasi faoliyati tugatildi.

Transmilliy korporatsiyalarning rivojlanish tarixidagi yana bir ajralmas qismi - Gollandiya Ost Indiya kompaniyasi. 1602-yilda tashkil etilib Tseylon, Xitoy, Yaponiya va Indoneziya bilan savdo sohasida monopoliyaga aylandi. Tarixga kirishining asosiy sababi bu korporatsiya butun dunyoga yangilik bo‘lgan aktsionerlik jamiyati edi. U o‘z ishtirokchilariga mas’uliyat va umumiy foydani taqsimlanishini taklif etgan. Kompaniya o‘z faoliyatini 1798-yilda to‘xtatgan.

Keyinchalik, transmilliy korporatsiyalar butun dunyoda paydo bo‘ldi va biznesning juda keng tarqalgan turiga aylandi.

Transmilliy korporatsiyalar o‘z rivojlanish tarixida bir necha bosqichdan o‘tdilar va shuning uchun shartli ravishda beshta avlodga bo‘linadi.

Transmilliy korporatsiyalarning birinchi avlodi (19-asrning oxirlarida boshlab 1914-1918-yillardagi birinchi jahon urushi boshlanishigacha bo‘lgan davr) Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mintaqalaridagi mamlakatlarda xom ashyolarni ishlab chiqarish va qazib olish bilan shug‘ullangan va egalik qiluvchi mamlakatlarda qayta ishlash bilan shig‘ullangan.


Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat