Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi fakulteti janubiy va janubi-sharqiy osiyo tillari kafedrasi


Til o’rganishda leksikaning ahamiyati va leksika haqida tushuncha



Download 59.83 Kb.
bet2/5
Sana17.09.2021
Hajmi59.83 Kb.
1   2   3   4   5
Til o’rganishda leksikaning ahamiyati va leksika haqida tushuncha

Til o’rganishda leksikaning naqadar muhim ekanligini ta’kidlab, yevropalik tilshunos olim Willkins shunday degan edi: “ Grammatikasiz nimanidir ifodalash mumkin , lekin leksika, so’z boyligisiz hech narsa qilib bo’lmaydi”.

Leksika (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. Lesika maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, isteʼmoldan chiqishi, leksik maʼnosini o’zgartirib, yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda leksika boyib boradi.

Til materialini, jumladan leksikani o`rgatish metodikasi ikki bosqichda o`tadi. Birinchisi metodist tayyorlab, muallim bilish shart bo`lgan metodik jarayondir. Unda leksika tanlanadi, metodik tashkil ( taqsim) qilinadi, tasnif etiladi, darslikda taqdim etiladi. Har to`rttala tadbir o`quvchini hisobga olib ruyobga chiqariladi.

Metodikada“ leksikani tanlash” atamasi ifodalaydigan tushuncha muallimlarga tanish. Lekin ushbu tushunchaga ilmiy – metodik ta`rif berilgan emas. Fanda ishlab chiqilgan mezonlar asosida til makrosistemasidan o`quvchi o`rganishi uchun mo`lj`allanadigan mikrosistema yaratish hodisasi metodik tanlash deb ataladi.Metodist leksikani tanlashga kirishar ekan, quyidagi metodik tushunchalardan foydalanib ish ko`radi : “ tanlash manbai”, “ tanlash mezonlari”, “ tanlash birligi”.

Tanlash manbai deganda, shakllanayotgan leksik minimumni til sistemasidan“ tanlab” olish tushuniladi. Odatda lisoniy minimum, jumladan leksika, o`rganilayotgan tildagi nutqdan tanlanadi.Ayniqrog`i aktiv minmum bilan asarlardagi juft nutqdan yoki so`zlashuv-adabiy nutqning yozilgan fonogrammasidan tanlanadi.

Chet til leksikasi maktab minimumining aktiv qismi 1000 nacha leksik hbirlikdan tashkil topadi.Shu asosda yana maktab o`quv boyligi hajmi o`quv soatlari miqdoriga bevosita bog`liq bo`ladi.

Tanlash birligi fanda uzluksiz bahslarga sabab bo`lgan metodik tushunchadir. Ushbu birlik tegishli metodik talablar qo`yiladi :birinchidan, tanlash birligi mezonlar va tanlash birligiga mos tushishi kerak, ikkinchidan, ular xolisona amallar asosida ajratib olinishi zarur. Xullas, tanlash birligi qilib, so`zlar ularning leksik- semantik va leksik – frazeologik varaintlari hamda nutq klishesi( qolip jumla) muayyan ma`noda olinadi. Bir ma`nodagi so`z yoki so`zga teng keladigan turg`un birikma leksikaning tanlash birligi sanaladi( ma`no lug`atda ko`rsatiladi, so`z mazmuni ush bu ma`noning nutqiy faoliyatida yuzaga chiqishidir, tushuncha esa tafakkurda shakllanadi).

Miqdor va sifat jihatdan o`quv dasturi talabga javob beradigan lug`at minimum darsliklari va qo`llanmalar tuzish uchun “qurilish” materiali vazifasini o`taydi.Tanlangan leksik material metodik tasnif, taqsimot va static taqdimot bosqichlaridan o`tadi, dinamik taqdimotdan boshlab o`quvchilar ko`nikmasini hosil etishga xizmat boshlab o`quvchilar ko`nikmasini hosil etishga xizmat qiladi.

Leksikaning taqsimoti.Ilmiy adabiyotlarda ushbu tushunchani( ruscha manbalarda “metodicheskaya organizatsiya”) “metodik tashkil qilish” nomi atama bilan ifodalanadi. Til materialini tanlashdan ko`ra taqsimlash masalasiga kamroq ilmiy e`tibor berilgan.

Leksikaning taqsimoti ikki bosqichda amalga oshiriladi : 1) aktiv va passiv leksik minimumlariga ajratiladi, ya`ni og`zaki nutq o`qitish maqsadi hisoblanadigan ta`limning birinchi va ikkinchi bosqichlarida aktiv yuqori bosqichda o`qish uchun passiv leksika farqlanadi, passiv leksikaning yarmi og`zaki nutqda ham taqdim etiladi : 2) reproduktiv va retseptiv tarzda egallanadigan leksika darslik tuzish chog`ida sinflar minimumlari shaklida ajratib chiqiladi.

Bir soatlik dars chog`ida ko`pi bilan sakkiztagacha leksik birlik o`rgatilishi ko`zda tutadi. Grammatik hodisa o`rgatiladigan darsda, iloji boricha, yangi leksika

berilishi tavsiya etilmaydi (yoki leksika o`ta oz miqdorda taqdim etilishi mumkin). Leksika birliklarining xususiyatiga qarab, taqsim miqdori aniqlanadi. Undan tashqari idrok etib tushunish yoki fikr bayon etish uchun leksikaning qo`llanishida ham tafovut mavjud, binobarin, taqsim miqdori ham farq qiladi.

Leksikaning tasnifi. Til materialin imetodik tayyorlashning ushbu bosqichida metodist olimlar o`quvchilarning til tajribasini sinchiklab tekshiradi va o`rgatiladigan birliklani oson / qiyin guruhlarga ajratadilar.

Metodik tasnif ( ruscha adabiyotlarda “ metodicheckaya tipologiya

klassifikatsiya)” deganda, til birliklarini o`zlashtirishda sodir bo`ladigan qiyinchiliklar tufayli ularni turli toifalarga ajratib chiqish tadbirlari tushuniladi. Demak, tasnif atamasi beixtiyor qiyinchilik hodisasi bilan fikran bog`lanadi. Metodik tasnifga bo`lgan hayotiy ehtiyoj nimabilan isbotlanadi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Leksikaning tasnifi masalasini ilmiy tekshirishgan olimlar( V.A.Buxbinder, S.V.Kalinina, L.Z.Yakushina , M.S.Latushkina, N.V.Nikolaev, A A. Zalevskaya, M.A.Pedanjva, YU.V.Gnatkevich, H.Soynazarov va boshqalar) turli nuqtai nazarlardan turibchet til leksikasining toifalarini aniqlaganlar.

Metodik tasnif bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlarda ikki yo`nalish ko`zga tashlanadi :birinchi- alohida so`z xususiyatga bog`liq va tilning ichki va tillar aro interferentsiyasi yuzaga keltiradigan qiyinchiliklar aniqlandi. Ikkinchi yo`nalishda esa aktiv / passiv lug`atga xos so`zlardagi qiyinchiliklar o`rganildi.

Nutqni idrok va uni sodir etish jarayonlarida leksikani qo`llash operatsiyalari turlicha bo`lishi metodik asoslangan .Undan tashqari xufiya lug`at boyligining ham o`ziga xosligi aniqlandi. Ushbu leksika o`quvchilar til tajribasida ilgari uchramagan ilk bor duch kelayotgan leksik birliklar tasnif qilish zarur.

Metodik tasniflangan leksik birliklar til o`rgatish jarayonini tashkil qilishda, bajariladigan mashqlar sistemasida hisobga olinadi. Leksik ko`nikmalarni shakllantirishning samaradorligi tasnif sifatiga bog`liq bo`ladi.

O’rta maktablar uchun tanlangan leksik minimum uch gruppaga bo’linadi:


  1. aktivminimum (reproduktivminimum);

  2. passivminimum (retseptiv minimum);

  3. potensial minimum.

Aktiv minimumga o’quvchi o’z fikrini og’zaki yoki yozma bayon qilishda qo’llaydigan so’z boyligi kiritiladi. Ushbu leksik boylikni o’quvchilar reproduktiv ravishda o’zlashtirib olishlari lozim. Ya’ni o’quvchilar ushbu so’zlarni ifodali o’qiy olishlari, to’g’ri talaffuz qila olishlari, ma’nosini darxol tushuna olishlari, boshqa so’zlar bilan biriktira olishlari talab qilinadi. Faqat shundagina o’quvchi ushbu so’zni o’zlashtirib oldi deb hisoblash mumkin. Aktiv minimum o’quvchilar so’z boyligining asosini tashkil qiladi.

Passiv minimum deganda og’zaki yoki yozma axborotni qabul qilish uchun xizmat qiladigan so’z boyligi tushuniladi. Bu so’z boyligi o’quvchilarning aktiv so’z boyligini to’ldiradi va retseptiv yo’l bilan o’zlashtirib olinadi. Aktiv va passiv minimum o’rtasida chegara yo’q. Kishining aktiv minimumiga kiruvchi so’zlar gapirish va yozish jarayonlarida qo’llanilmasligi passiv minimumga aylanishi yoki aksincha, passiv minimumdagi so’zboyligi mashq yordamida aktiv minimum qatoriga qo’shilishi mumkin. Amalda birinchi holat osonroq sodir bo’ladi, ya’ni aktiv leksik minimum passiv minimumga tezroq aylanadi.

Urdu tilida minimumlar hajmi tilni o’rganishdan ko’zlangan maqsad va tilni egallash darajasiga bog’liq. Masalan, takomillashtirilgan dastur talabiga ko’ra o’rta maktab o’quvchilari 850 leksik birlikni reproduktiv, 1000 leksik birlikni esa retseptiv ravishda o’zlashtirib olishlari lozim.

Xozirgi kunda o’rta maktab nutq faoliyatining og’zaki nutq va o’qish turlari uchun mo’ljallangan lug’at minimum soni turlicha bo’lishligi lozimligi ta’kidlanadi. I.V.Raxmonov og’zaki nutq uchun 800-1000, o’qish uchun esa 2000-3000 leksik birlikni tavsiya qiladi.

Metodik adabiyotda aktiv va passiv minimumdan tashqari potensial minimum deganda o’quvchi hali o’z tajribasida uchratmagan, lekin tanlash yoki o’qish jarayonida taniy oladigan so’zlar tushuniladi. Bunday so’zlarga birinchi navbatda ona tilida va urdu tilida o’zagi bir xil bo’lgan so’zlar kiradi. Masalan, e’tibor, ijozat va boshqalar. Bunday so’zlar tilda taxminan 25% ni tashkil qiladi. O’rta maktablar uchun potensial minimum tanlanmaydi, balki o’quvchilarda bunday so’zlarni tushunishga asos tayyorlanadi. Har bir o’quvchining potensial minimumi bir-biridan farq qiladi. Potensial minimumning hajmi o’quvchining tilni bilish darajasi, topqirligi, dunyo qarashiga bog’liq.

Garchi metodistlarning leksikaning metodik tipologiyasi haqidagi fikri bir xil bo’lmasa ham, aktiv va passiv so’z boyligini o’zlashtirishda tug’iladigan qiyinchiliklar bir-biridan farq qilishi lozimligini barcha olimlar etirof etadilar.

Aktiv lug’atni o’zlashtirib olish jarayonida quyidagilar qiyinchilik tug’diradi. So’zning mustaqil va yordamchi ma’noda qo’llanishi, so’zning erkin va erkin bo’lmagan holda qo’llanilishi, so’zlarning talaffuz va ma’no jihatdan o’xshashligi, grammatik fo’rmalar yasash usulining urdu tili va ona tilida mos kelmasligi, urdu tili va ona tili so’zlarining ma’no jihatdan o’xshashligi, ammo shaklan bir-biridan farq qilishi mumkin.

Passiv leksikani o’zlashtirishda quyidagi qiyinchiliklar xosdir; so’zlarning bir bo’g’inligi, ko’p ma’noligi, bir so’zning asosiy va yordamchi ma’noda, to’g’ri va ko’chma ma’noda qo’llanilishi, urdu tilidagi so’zlarning talaffuz jihatdan o’xshashligi, urdu tili so’zlari ona tilidagi so’zlarga, ma’no jihatdan farq qilsa ham shaklan o’xshashligi va bu leksik materialni tushuntirishda yuqorida keltirilgan dalillarni hisobga olish zarur.

Leksikani metodik tayyorlash. Til materialini, jumladan leksikani o’rgatish metodikasi ikki bosqichda o’tadi. Birinchisi metodist amalga oshiradigan va muallim bilishi shart bo’lgan metodik jarayondir. Unda leksika tayyorlanadi, metodik tashkil (taqsim) qilinadi, tasnif etiladi va dasrlikda (statik holda ) taqdim etiladi. O’quvchi bundan behabar, ammo har to’rttala tadbir ham o’quvchini hisobga olib amalga oshiriladi.

Leksikani o’rgatishning ushbu statik bosqichi, keyingi dinamik bosqich, ya’ni leksik ko’nikmalarni shakllantirish manfaatlariga bo’ysundiriladi.

Leksikani tanlash. Til makrosistemasidan o’quvchi o’rganishi uchun mo’ljallanadigan mikrosistema yaratish hodisasini metodik tanlash deb ataladi. Metodist leksikani tanlashga kirishar ekan, quyidagi metodik tushunchalardan foydalanib ish ko’radi: “tanlash manbai”, “tanlash mezonlari”, “tanlash birligi”.

Tanlash manbai deganda, tuzilayotgan leksik minimumni til sistemasidan “terib”olish tushiniladi.

2.Urdu tili leksikasini o'rgatishda uslubiy ko'nikmalar

Urdu tilining so‘z majmuasida, hamma tillardagidek katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Bu borada Hindiston va Pokiston urdusida ikkita yo‘nalish ko‘zga tashlanadi.

Birinchidan, tilda paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarning bir xil ekanligi. Bu asosan, ingliz tilidan kirib kelayotgan yangi so‘zlar va urduning o‘zida yaratilayotgan neologizmlardir.

Ikkinchi yo‘nalish - bitta yangi atama yoki tushunchani ikki mamlakatda boshqa-boshqa nomlanishidir. Demak, bu jihatdan ikkala mamlakatda ham keng tarqalgan tilda o‘zgarish jarayoni vujudga kelmoqda.

Leksikologiya - tilshunoslikning bir qismi bo‘lib uning lug‘at boyligi, ya’ni lu­g‘at tarkibini o‘rganadigan fan. Uning yo‘nalishlar ta’rifi: umumiy, xususiy, sinxronik, diaxronik, qiyosiy va hokazo. Biz bular ichidan leksikologiyaning aniq, xususiy (faqat urdu tiliga bog‘liq) turini ko‘rib chiqamiz. U asosan, sinxronik bo‘lib, hozirgi payt lug‘at boyligi holatini o‘rganilishiga qaratiladi. Ba’zan, Hindiston va Pokiston urdusining leksik qatlamlarini solishtirilsa, unda siyosiy yondashishdan ham foydalaniladi.

«Tilning so‘z boyligi" tushunchasi nimani ifodalaydi. So‘z va tushuncha. So‘zlarning asosiy vazifasi - atash (nominativ) funksiyasidir.

So‘zlarning ma’no turlari ta’rifi. Ifoda plani va mazmun plani tushunchalari. So‘zning moddiy tomoni (qobig‘i) tushunchani bildiradi, unga ishora qiladi.

So‘zning ma’nosi ham muayan narsani, ham uning umumlashtirilgan tushunchasini ifoda etadi.

Birinchisi faqat nutq yoki yozuvda namoyon bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Ikkinchisi esa - lug‘aviy ma’no bo‘ladi. Bu o‘zining doimiy barqarorligi bilan ajralib turadi.



So‘zning asosiy vazifasi - biror narsa yoki hodisani atashdir. Bunda so‘zning asl (to‘g‘ri) ma’nosi va ko‘chma ma’nosini aytish mumkin.

Hindshunoslikda urdu leksikologiyasining o‘rganilishi va bu sohada qilingan ishlar ko‘p emas.

Ma’lumki, Hindiston va Pokistonda tilshunoslikka ko‘p ahamiyat berilmaydi. Bu holat mustaqillikdan oldingi davrlarda ham saqlanib kelgan. Shu bois, urdu leksikologiyasi olimlar tomonidan atroflicha ishlanmagan. Albatta, atamasozlik jihatdan Xaydarobodda keng ko‘lamda ish olib borilgan. Bu narsa hozir Pokistonda davom ettirilmoqda.



Urdu tilining leksik qatlami ba’zi rus va o‘zbek hindshunoslari tomonidan ishlangan. Bularning orasida Solnseva, Zograf, Shamatov, Toshqo‘ziev va boshqalarning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.

Jamiyatda ro'y berayotgan o‘zgarishlar bevosita yoki bilvosita, o‘z ta’sirini tilda, birinchi navbatda uning so‘z qatlamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida ikkita jarayon amalga oshadi.



Birinchisi – tilda so‘z boyligining o‘zgarishi. Ikkinchisi - mavjud bo‘lgan so‘zlarda ma’noviy siljish (o‘zgarish) ro‘y berishi.

Tildagi barcha so‘zlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lsa bo‘ladi. Birinchisi insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan bog‘liqdir. (Ota-ona, qarindosh-urug‘, oziq-ovqat, turmush tarzi, madaniyat, din, san’at va h.k.). Bu qabilidagi so‘zlar "faol" bo‘lib, juda sekin o‘zgaradi.

Ikkinchi guruhdagi so‘zlar tor doirada ishlatilib (masalan, muayyan bir kasb-hunarga tegishli atamalar) adabiy tilda keng o‘rin olmaganlar. Bular tilning "passiv zahirasi"dan joy olib, ba’zan joy olib almashishlari ham mumkin. Ya’ni bir vaqtda "g‘ayrifaol" bo‘lgan so‘z "aktiv"ga aylanib qoladi.

Hozirgi urduning so‘zlar majmuasida eskirgan, kam ishlatiladigan so‘zlar turfa sohalarga tegishlidir. Birinchidan, bu muayan siyosiy, ijtimoiy voqealar tushunchalarini ifoda etuvchi so‘zlardir. Masalan, inglizlar davridagi unvonlar, administrativ bo‘linmalar (navab, raj pramukx, maharaja, subedar, rae bahadur, vaysroy), milliy-ozodlik harakatiga tegishli atamalar (svaraj, svadesh, ahimsa) va h.k. Bunday so‘zlar tarixning muayan bir davriga bog‘liq bo‘lganliklari uchun, hozir eskirib qolgan. (Lig af neyashanz, balshevik).

Lekin so‘zlarning passiv guruhga o‘tib ketishi - tarix bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ular hozirgi hayotda uchrab turadigan narsa va tushunchalarni anglatishiga qaramay, arxaizmlar qatoridan joy olishgan. Masalan, sad-yuz (do sad hamla avar); sipah - qo‘shin (rusi sipah); valandezi – gollandiyalik; asp - ot; saudagar - tojir, tijoratchi; riaya - xalk (gavarnamant aor riaya ke darmiyan, - deb yozgan edi Sar Sayyad).

Fors tilidan kirgan haftaning ba’zi kunlari (dushanba, seshanba, chaharshanba, yakshanba). Bunday so‘zlar hozirgi paytda alohida ishlatilmasada, murakkab so‘zlarda, atamalarda uchrab turadi. Masalan, shamsi tavanai - quyosh energiyasi, abi ghora - begemot.

Ikkinchi toifaga semantik arxaizmlar kiradi. Bunday hodisa ko‘p ma’noli so‘zlarda ro‘y beradi. Bunda so‘zlarning bir yoki bir nechta ma’nolari eskirib qolgan bo‘ladi. Hindi so‘zi hozirgi paytda faqat hindiy tiliga nisbatan ishlatiladi, vaholanki 50-70 yil muqaddam bu hindistonli, Hindistonga tegishpi degan ma’noni ham anglatgan: Hindi faoj - Hindiston armiyasi, hindi musulman - Hindiston musulmonlari. Muhammad Iqbolning bir mashhur she’rida shunday satr bor:


Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat