Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana27.09.2021
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
ANNOTATSIYASI 

 

 

Mavzuning dolzarbligi. Hammamizga yaxshi ma’lumki davlatlar va xalqlar 

o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yanada yaqinlashtirishda ma’daniyatning 

ayniqsa, musiqa va cholg’u asboblari madaniyatining o’rni beqiyosdir. Har bir 

xalqning o’ziga xos musiqiy asboblari  bo’ladi. Lekin shunga qaramay musiqa 

asbobi qaysi xalqga mansub bo’lishidan qat’iy nazar undan taralgan kuy  har bir 

insonga hush kayfiyat baxsh etadi. Turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy 

va rasmiy tadbirlar, festivallar va tanlovlarni musiqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 

“O’smirlarning hayotga qiziqishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatning o’sishida 

musiqa muhim rol o’ynaydi. Demak boshqa san’at turlariga nisbatn musiqa san’ati 

estetik tarbiyaning muhim  tarkibiy qismidir. Estetik tarbiyada musiqa san’ati 

o’ziga xos alohida ta’sirchanlikka ega bo’lganligi sababli qadim zamonlardan 

buyon hozirgacha maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo’lib kelmoqda. Qadimgi 

xitoy faylasufi va maorifchisi Konfutsiy “Xursandliging she’rdan, do’stliging 

odobdan, yetilishing musiqadan bo’lur” degan edi

1

.   Albatta musiqaning sifati u 



qaysi cholg’u asbobdan taralayotganiga uzviy bog’liq.  Cholg’u asboblari 

sadosining sifati esa muayyan cholg’u asbobning shakli, umumiy tuzilishi, 

qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan materialga bog’liq. Musiqa cholg’u 

asboblari qadimdan  bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri,ipak, kokos 

yong’og’i, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Musiqa cholg’u asboblari tovush 

manbalariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: torli, puflab chalinadigan, teri 

qoplamali, tilchali, plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg’ulari va idiofonlar

2

.  



     Diplom ishimizni boshlashimizdan avval bizda bir savol tug’ildi: bugungi 

kunda O’zbekistonda va Xitoyda mavjud bo’lgan cholg’u asboblar aslida qanday 

paydo bo’lgan – O’rta Osiyodan Xitoyga borib qolganmi yoki aksincha Xitoydan 

O’rta Osiyoga kelib o’zlashganmi? Buni qarangki O’rta Osiyo va Xitoy xalqlari 

o’rtasidagi aloqalar juda uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib kelmoqda.  

          Ma’lumki,  xitoyliklar  G’arbiy  O’lka

3

 bilan mil.av. II- asrda Xan davri 



elchixonasi  Chjan Szyan boshchiligida O’rta Osiyo hududi chegaralariga kirib 

borgan davrda tanishadilar. Shu davrdan boshlab ikki hudud o’rtasida savdo va 

madaniy sohada ayriboshlash  rivojlana boshlaydi. Xan davridanoq  G’arbiy 

O’lkadan Xitoyga ba’zi musiqiy asboblar va alohida musiqalar kirib kela 

boshlagan. Misol uchun, ko’ndalang fleyta hu ya’ni ajnabiy cholg’u(ko’chmanchi 

                                                 

1

 Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni  estetik tarbiyalash. 



Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 22-b. 

2

  Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент,2003.-149-б. 



3

 Xitoyliklar Suy va Tan (589-906) sulolalari davrida G’arbiy O’lka deganda Vizantiyadan to Eron va 

Hindistongacha, xususan,Osiyoning bir qismini; Yuan (1280-1376) sulolasi davrida esa sanab o’tilgan hududlar 

bilan birga Yevropa va Afrikanning ham bir qismini tushunganlar.   




                                                                               6

gunlardan o’zlashtirilgan), zhong qo’ng’iroqlari, sitra zheng, gorizontal arfa 

konghou, vertikal arfa konghou, zarbli cholg’u yangqin, pipa, tilli cholg’u sheng, 

damli cholg’u xiao, yaogu(belbog’li baraban), bo kimvallari va b.  

       Xitoy tilshunosligida musiqa asboblari nomlarining tahlili, ularning 

kelib chiqishi, tarixiga oid tadqiqot ishlari kam olib borilgan. Bitiruv malakaviy 

ishimizning dolzarbligi xitoy va o’zbek cholg’u  asboblarining leksik-struktur 

tahlili o’rganilmaganligi, ularni o’zbekcha tasnifi keltirilmaganligi, xitoy tili 

cholg’u  asboblari lug’ati o’zbek tilida yo’qligidan iboratdir.  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat