Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana27.09.2021
Hajmi0.6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
           

      Hech kim jonli tafakkur, toza zexn va 

sog’lom jismoniy tabiatga ega bo’lmay turib 

musiqa faniga chuqur sho’ng’ib keta 

olmaydi. 



Faxruddin ar-Raziy 

 

                                                                 

         Mavzuning  dolzarbligi.  O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach 

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda turli o’zgarishlar, 

yangiliklar ko’zga tashlana boshlandi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori 

pog’onalarga ko’tarilib, o’z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga 

bo’lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalangan holda dunyo 

mamalakatlarini o’rganish, ularning dini, urf-odatlari, madaniyati, tilini bilishi 

zarurdir

4

. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa 



sohalaridagi ahvol, amalga oshirayotgan islohotlarimizning samaradorligi avval 

xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o’rganilishi, an’analari- 

mizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy 

bog’liqdir

5

. Respublikamiz va Xitoy o’rtasidagi o’zaro do’stona aloqalarimiz 



borgan sari keng rivojlanib bormoqda.  

          Hammamizga  yaxshi  ma’lumki davlatlar va xalqlar o’rtasidagi aloqalarni 

mustahkamlash va yanada yaqinlashtirishda ma’daniyatning ayniqsa, musiqa va 

cholg’u asboblari madaniyatining o’rni beqiyosdir. Har bir xalqning o’ziga xos 

musiqiy asboblari  bo’ladi. Lekin shunga qaramay musiqa asbobi qaysi xalqga 

mansub bo’lishidan qat’iy nazar undan taralgan kuy  har bir insonga hush kayfiyat 

baxsh etadi. Turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, 

festivallar va tanlovlarni musiqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. “O’smirlarning 

hayotga qiziqishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatning o’sishida musiqa muhim rol 

o’ynaydi. Demak boshqa san’at turlariga nisbatn musiqa san’ati estetik tarbiyaning 

muhim  tarkibiy qismidir. Estetik tarbiyada musiqa san’ati o’ziga xos alohida 

ta’sirchanlikka ega bo’lganligi sababli qadim zamonlardan buyon hozirgacha 

maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo’lib kelmoqda. Qadimgi xitoy faylasufi va 

maorifchisi Konfutsiy “Xursandliging she’rdan, do’stliging odobdan, yetilishing 

musiqadan bo’lur” degan edi

6

.   Albatta musiqaning sifati u qaysi cholg’u 



asbobdan taralayotganiga uzviy bog’liq.  Cholg’u asboblari sadosining sifati esa 

muayyan cholg’u asbobning shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni 

tayyorlashda ishlatiladigan materialga bog’liq. Musiqa cholg’u asboblari qadimdan  

bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri,ipak, kokos yong’og’i, qovoq va 

boshqalardan tayyorlangan. Musiqa cholg’u asboblari tovush manbalariga qarab 

                                                 

4

 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent.,2010. 10-b. 



5

 Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – Toshkent.: O’zbekiston, 1999. – 230-b.  

6

 Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni  estetik tarbiyalash. 



Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 22-b. 

 



                                                                               

11

quyidagi turlarga bo’linadi: torli, puflab chalinadigan, teri qoplamali, tilchali, 



plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg’ulari va idiofonlar

7

.  



     Diplom ishimizni boshlashimizdan avval bizda bir savol tug’ildi: bugungi 

kunda O’zbekistonda va Xitoyda mavjud bo’lgan cholg’u asboblar aslida qanday 

paydo bo’lgan – O’rta Osiyodan Xitoyga borib qolganmi yoki aksincha Xitoydan 

O’rta Osiyoga kelib o’zlashganmi? Buni qarangki O’rta Osiyo va Xitoy xalqlari 

o’rtasidagi aloqalar juda uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib kelmoqda.  

          Ma’lumki,  xitoyliklar  G’arbiy  O’lka

8

 bilan mil.av. II- asrda Xan davri 



elchixonasi  Chjan Szyan boshchiligida O’rta Osiyo hududi chegaralariga kirib 

borgan davrda tanishadilar. Shu davrdan boshlab ikki hudud o’rtasida savdo va 

madaniy sohada ayriboshlash  rivojlana boshlaydi. Xan davridanoq  G’arbiy 

O’lkadan Xitoyga ba’zi musiqiy asboblar va alohida musiqalar kirib kela 

boshlagan. Misol uchun, ko’ndalang fleyta hu ya’ni ajnabiy cholg’u(ko’chmanchi 

gunlardan o’zlashtirilgan), zhong qo’ng’iroqlari, sitra zheng, gorizontal arfa 

konghou, vertikal arfa konghou, zarbli cholg’u yangqin, pipa, tilli cholg’u sheng, 

damli cholg’u xiao, yaogu(belbog’li baraban), bo kimvallari va b.  

       Xitoy tilshunosligida musiqa asboblari nomlarining tahlili, ularning 

kelib chiqishi, tarixiga oid tadqiqot ishlari kam olib borilgan. Bitiruv malakaviy 

ishimizning dolzarbligi xitoy va o’zbek cholg’u  asboblarining leksik-struktur 

tahlili o’rganilmaganligi, ularni o’zbekcha tasnifi keltirilmaganligi, xitoy tili 

cholg’u  asboblari lug’ati o’zbek tilida yo’qligidan iboratdir.      

   Mavzuning o’rganilganlik darajasi.   O’zbekiston xitoyshunosligi 

tarixida ushbu mavzu bo’yicha izlanishlar chuqur olib borilmagan. Markaziy Osiyo 

cholg’ushunosligi,xususan, o’zbek milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va 

amaliy masalalari o’zbek olimlari  F.Karomatli, I.Rajabov, A.Nazarov, 

J.Rasultoyev, A.Malkeyeva,Botir Matyoqubov, M.Yusupova, A.Xalimovalar, rus 

olimlaridan T.S.Vizgo, Revo Markovich Petrov, A.N.Petrosyants, Belyayev V.M 

lar, yevropalik musiqashunoslar Egon Welesz, G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik 

T.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.   

Chunonchi T.Vizgo, A.Malkeyeva asarlarida o’zbek xalq cholg’ulari, 

ularning tarixi, F.Karomatli tadqiqotlarida esa cholg’ularning ijro imkoniyatlari, 

mahalliy uslublari, sozlanish va diapazonlari har tomonlama o’rganiladi. 

A.Petrosyant rahbarligida milliy cholg’ularimizni “qayta ishlash” natijasida 

ularning sadolanish xususiyatlari va an’anaviy ko’rinishlari o’zgartirildi, 

labaratoriya sharoitida milliy cholg’ular sadosidan uzoq bo’lgan cholg’ular va 

ularning oilalari yaratildi. Shu bilan birga, o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi, 

M.Masson, L.Pempel, S.Tolstov, R.Sadokov, G.Pugachenkova kabi tarixchi va 

arxeolog olimlar tomonidan ham umumiy tarzda yoritiladi. 

Qomusiy olimlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin  al-Urmaviy, Xoja 

Abdulqodir asarlarida cholg’u asboblariga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar 

keltirilib, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan edi. Abdurauf Fitrat o’zining 

                                                 

7

  Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент,2003.-149-б. 



8

 Xitoyliklar Suy va Tan (589-906) sulolalari davrida G’arbiy O’lka deganda Vizantiyadan to Eron va 

Hindistongacha, xususan,Osiyoning bir qismini; Yuan (1280-1376) sulolasi davrida esa sanab o’tilgan hududlar 

bilan birga Yevropa va Afrikanning ham bir qismini tushunganlar.   




                                                                               

12

“O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli tadqiqotlarida sharq musiqasi 



bag’rida muhim o’rin tutgan o’zbek musiqasi, milliy cholg’ulari, maqomlari 

mazmuni, musiqa va aruz kabi dolzarb muammolarni yoritib bergan

9

.  


     Bitiruv malakaviy ishining manbalari.  Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz 

mavzusi ustida  izlanish olib borish jarayonida asosan Van Dzichuning  

中国乐器”


 

kitobi, aynan shu kitobning N.Vasilyev tarjimasidagi “Китайские  музыкальные 

инструменты” kitobidan, Vizgo T.Sning “Музыкальные инструменты Средней 

Азии” asari, Revo Markovich Petrov va Botir Matyoqubovning “Cholg’ushunoslik 

va Cholg’ulashtirish” o’quv qo’llanmasidan, F.Karomatlining “Узбекская 

инструментальная музыка” asaridan, Васильченко Е.В. ning  “Музыка на цине 

и его место в китайской культуре” kitobidan, Завадская Е.В. ning   “Культура  

Востока  в    современном  западном  мире” asaridan,  Рмановская E. ning  

“Узбекская инструментальная музыка” kitobidan foydalandik. 

 Bitiruv malakaviy  ishning yangiligi.  

•  Xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi, cholg’u asboblar 

nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi.  

•  Cholg’u asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan 

fikrlari tahlil etildi.  

•  Shu natijasida “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’at yaratilishi 

ko’zda tutilgan. 

     Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Zamonaviy xitoy tilida 

musiqiy asboblarning kelib chiqish tarixi va leksik-struktur tahlilini ko’rib chiqish. 

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:  

1. Xitoy cholg’u asboblarini tadrijasini Van Dzichuning  

中国乐器”


 kitobi 

asosida ko’rib chiqish. 

 

 

2.  Ularni leksik va struktur jihatidan tahlil qilish.  

3.  Ularning tasnifini keltirish. 

4.  O’zbek cholg’u asboblarini T.S.Vizgoning “Музыкальные  инструменты 

Средней  Азии” asari, F.Karomatovning “Узбекская  инструментальная 

музыка” asari asosida tadrijasini ko’rib chiqish.  

5.  Ularni leksik va struktur jihatdan tahlil qilish.  

6.  O’zbek va xitoy cholg’u asboblarini o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib 

chiqish.  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat