Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti jahon siyosati kafedrasi



Download 1,14 Mb.
bet1/4
Sana24.01.2017
Hajmi1,14 Mb.
#1051
  1   2   3   4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

JAHON SIYOSATI VA TARIX FAKULTETI



JAHON SIYOSATI KAFEDRASI

Karajanov Begali Shuriddinovich

yaqin sharq davlatlarida parlament institutining shakllanish muammolari
BITIRUV – MALAKAVIY IShI

5310100Siyosatshunoslik


ilmiy rahbar: J.D. dots.v.b. Ochilov B.E.

toshkent-2012

MUNDARIJA

bet




KIRISH.............................................................................................

3










1-BOB.

GLOBALLASHUV SHAROITDA PARLAMENT INSTITUTI SHAKLLANISHINING TARIXIY XUSUSIYATLARI VA NAZARIY ASOSLARI...................................................................



9










1.1.

Hozirgi davrda parlament instituti shakllanishining nazariy jihatlari...............................................................................................


9

1.2.

Yaqin Sharqda parlament instituti rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlari..........................................................................................


18










2-BOB.

YAQIN SHARQ PARLAMENT INSTITUTI RIVOJLANISHINING YUTUQ VA MUAMMOLARI..............


26










2.1.

Misr va Suriya prezidentar respublikalarida parlament shakllanishining xususiyatlari............................................................


26

2.2.

Eron Islom Respublikasida parlament rivojlanishining asosiy jihatlari...............................................................................................


37

2.3.

Yaqin Sharq mintaqasidagi arab monarxiyalarida parlament faoliyati.............................................................................................


45













XULOSA...........................................................................................

56













FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...................

61













ILOVA..............................................................................................

70


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Parlament demokratik davlat barpo etishning asosiy sharti bo‘lib, qonunchilik hokimiyatining samaradorligi, davlat boshqaruvi ustida xalq nazoratining o‘rnatilishi, milliy siyosiy madaniyat darajasining yuksalishida parlamentning roli katta ahamiyatga ega. Mustaqil davlat hokimiyati sifatida parlamentning vujudga kelishiga Yevropadagi Yangi va Reformatsiya davrida shakllangan turli siyosiy-huquqiy g‘oyalar kuchli ta’sir etgan. Bu o‘rinda Sh.L.Monteskyo va J.Lokk qarashlarini keltirish mumkin. Parlament deganda qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tushuniladi1.

BMTning global miqyosda parlamentlar borasidagi dokladiga ko‘ra, hozirda jahonda 193 ta demokratik tizimdagi davlatlar mavjud bo‘lib, ularda 190tasi bevosita qonunchilik hokimiyati - milliy parlamentiga ega2. Xususan, O’zbekistonda ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2000 yil 25 mayda Oliy Majlisning 2-sessiyasida ilgari surildi. “Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o’zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg’ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o’zgarishlar bo’lishi tabiiydir. Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tish taklifini kiritmoqchiman, ya’ni biz 2004 yilda bo’ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim”3.

Aytish mumkinki, Yaqin Sharq mintaqasida parlament instituti rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega:

Birinchidan, mintaqa davlatlarining boshqaruv shakli va siyosiy rejimi bir-biridan keskin farq qiladi. Misr, Suriya, Iroq (2003 yilgacha) singari mamlakatlarda davlat va hukumat tepasidagi siyosiy elitalarning uzoq vaqt hokimiyatga egalik qilishi, o‘ziga voris tayinlashga intilishi parlamentning siyosiy hayotdagi rolini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi mutloq va cheklangan monarxiyalar mavjud bo‘lib, ularda parlament instituti cheklangan va maslahat kengashi sifati faoliyat yuritadi;

Ikkinchidan, Yaqin Sharqdagi davlatlar o‘rtasidagi nizolar, siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tushkunlik va qashshoqlikning saqlanib qolinishi, diniy va etnik omilning davlatlar ichki siyosatidagi ta’siri, turli g‘ayriqonuniy ekstremistik tashkilotlarning davlat boshqaruvi va parlamentga ta’sirining mavjudligi;

Uchinchidan, Yaqin Sharqning boy energetik resusrlari1, qulay transport koridor ekanligi mintaqa davlatlariga nisbatan tashqi kuchlarning surunkali siyosiy bosimlariga, mamlakatlar ichki ishlariga aralashishlariga turtki bo‘lmoqda.

Yaqin Sharq mintaqasida parlament instituti rivojlanishiga G‘arb davlatlarining Ikkinchi jahon urushidan so‘ng prorektorati joriy etilishi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Shu jihatdan Yaqin Sharqda parlamentning rivojlanishini uch bosqichga bo‘lish mumkin: Birinchi jahon urushiga qadar, ikki urush oralig‘idagi davr va Ikkinchi jahon urushidan to bugunga qadar davom etgan so‘nggi bosqich.

Bundan tashqari Yaqin Sharq mintaqasidagi parlament institutining zamonaviy holatini tizimli tahlil etishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim deyish mumkin: birinchidan, ikki palatali parlamentlarga ega davlatlar va ularda parlamentning jamiyat siyosiy hayotidagi o‘rni; ikkinchidan, bir palatali parlamentlar va ularning huquqiy maqomi; uchinchidan, maslahat organi shaklidagi arab monarxiyalaridagi parlamentlar faoliyati.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishganidan so‘ng arab davlatlari bilan keng diplomatik aloqlarni o‘rnatdi. Davlat va hukumat darajasidagi tashriflar bilan birga parlamentlararo hamkorlik kengayib bormoqda. Bunga misol tariqasida Saudiya Arabistoni podshohligi Sho‘ro Kengashi raisi Abdulla Al ash-Shayx boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 2012 yil 24 aprelda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi1.

Umuman olganda, so‘nggi siyosiy voqeliklar natijasida Yaqin Sharq davlatlarida parlament rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu holat kelgusida Yaqin Sharq davlatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar va parlamentaro muloqotlarni olib borishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tamoyillari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston pozisiyasi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi2.

Yaqin Sharq davlatlarida parlament institutini O‘zbekiston bilan tahliliy asosda o‘rganishda mamlakatimizdagi1 va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi2 parlament institutining huquqiy asoslariga tayanildi.

Parlament institutining rivojlanishi, xorijiy davlatlar tajribasi, turli mintaqa davlatlaridagi parlament faoliyati va davlat boshqaruvi, jumladan O‘zbekistonda parlamentning shakllanish bosqichlari D.Q.Axmedov, M.Boydadaev, B.T.Giyasov, R.Z.Jumaev, A.Kamiljanov, N.E.Karimova, G.R.Malikova, X.Mustapova, E.Xalilov, S.M. Xidirov, A.Sharapov, S.Sharapov kabi mahalliy olimlarning ilmiy risola va maqolalarida ochib berilgan3.

Jumladan olim Sh.A.Yovqochev4 Misrda din va davlat munosabatlari, davlat boshqaruvning shakllanishida diniy omilning ta’siri va bugungi kundagi mamlakatdagi siyosiy voqeliklar tadqiq etgan bo‘lsa, olim B.E.Ochilov1 O‘zbekistonda ikki palatali parlament faoliyati, uning huquqiy maqomini tahlil qilgan.

Tadqiqotchilar A.A.Abdisattorov, N.A.Abdullaev, M.M.Muhamadsidiqov, Taxa Fargali Abdel Xakim tomonidan Fors Ko‘rfazi va Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy-iqtisodiy holat, xavfsizlik masalalari, O‘zbekiston-Misr o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan2.

Xorijiy olimlar tomonidan parlamentning rivojlanishi va Yaqin Sharq davlatlaridagi asosiy xususiyatlari A.B.Borisov, P.Bromxed, V.V.Lazerev, P.G.Mijuev, R.M.Romanov, M.A.Sapronova, I.G.Yashin, A.Kapiszewski singari rus va xorijlik olimlardan tomonidan o‘rganilgan3.



Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni yoritishda internet manbalaridan keng foydalanilgan.

Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Bitiruv malakaviy ishining manbalarida, avvalo, metodogik asos hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mavzu yuzasidan bildirgan asarlari, ma’ruza va nutqlari, shuningdek mahalliy, MDH mintaqasida faoliyat yuritayotgan olimlar va xorijlik mutaxassis-olimlarining asarlari, chop etttirgan risola va ilmiy maqolalari tashqil etadi. Internet manbalarini shular jumlasidandir.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishida Yaqin Sharqda parlament institutining shakllanish tarixi va bugungi kundagi holatini ilmiy tahlil qilish va istiqbolini aniqlash maqsad qilib olindi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Yuqorida ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun quydagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi:

  • Yaqin Sharqda parlament institutlari rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlari o‘rganish;

  • Misr va Suriya prezidentar respublikalarida parlament shakllanish xususiyatlarini bayon etish;

  • Eron Islom Respublikasida parlament rivojlanishining asosiy jihatlarini o‘rganish;

  • Yaqin Sharqda maslahat organi sifatidagi parlamentlar faoliyatini tahlil etish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Hozirgi davrda parlament institutining shakllanish va faoliyat olib borishining nazariy-uslubiy jihatlari, jumladan Yaqin Sharq mintaqasida parlament institutining shakllanish muammolari bitiruv malakaviy ish ob’ekti sifatida belgilandi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Yaqin Sharq mintaqasida parlament institutining rivojalanish bosqichlari, uning zamonaviy holati va mintaqa davlatlarida parlamentining rolini oshirishi borasidagi islohotlari, qo‘llayotgan vosita va uslublari bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Yaqin Sharqda parlament instituti shakllanishining tarixiy bosqichlari va zamonaviy holati, uning asosiy tendensiyalari ochib berilganligi ishning ilmiy yangiligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu malakaviy ishda mintaqadagi kuchli prezidentlik institutiga ega Misr va Suriyada, dualistik tizimga ega Eronda hamda arab monarxiyalarida parlamentning davlat va jamiyat siyosiy hayotidagi roli, so‘nggi siyosiy voqeliklar ta’sirida mazkur mamlakatlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar izchil, tizimli va va qiyosiy tarzda tahlil etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishda tahlil etilgan voqealar va faktlar, xulosalar va boshqa bir qator masalalarga oid materiallar «Siyosatshunoslik», «Jahon siyosati» va boshqa gumanitar yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

1-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITDA PARLAMENT INSTITUTI SHAKLLANISHINING TARIXIY XUSUSIYATLARI VA NAZARIY ASOSLARI
1.1. Hozirgi davrda parlament instituti shakllanishining nazariy jihatlari
Parlament fransuzcha «Parler» so‘zidan olingan bo‘lib, «gapirmoq», «so‘zlamoq» ma’nolarini anglatadi. Parlament deganda qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tushuniladi. Bundan tashqari, davlatlar o‘z tarixiy tajribasidan kelib chiqib parlamentlarni shunga muvofiq nomlaydilar, masalan, Latviya va Litvada qonunchilik organi «Seym» deb nomlansa, Turkiyada «Buyuk Millat Majlisi» deb ataladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida va aksariyat Janubiy Amerika mamlakatlari parlamentlari «Kongress» deb nomlanadi1.

Zamonaviy ko‘rinishdagi parlament institutining shakllanishish bevosita G‘arbiy Yevropa davlatlarida o‘rta asrlarda yuz bergan Uyg‘onish va Reformatsiya jarayonlari bilan bog‘liqdir. J.Lokk va Sh.L.Monteske kabi davlat hokimiyatining bo‘linishi g‘oyasi tarafdorlari uning vakolatlarini asosan qonun ijodkorligini amalaga oshirish bilan cheklashga intilishgan. J.Lokk birinchilardan bo‘lib hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va ittifoq (tashqi siyosat) sohasida hokimiyatlarga bo‘linishi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Bunda boshqalarga “buyruq berishi” lozim bo‘lgan qonun chiqaruvchi hokimiyatni eng muhim deb hisobladi. Sh.L. Monteske esa hukmronlikning asosini qonunlarda ko‘rdi. Oliy sud qonun chiqarishni ham, qonunlarning bajarilishini ham nazorat qilishi lozim. U o‘z asarida: “erkinlik qonunlar ruxsat bergan ishlarni qilish huquqidir”, deb yozgan edi2. Xususan, Sh.L.Monteske o‘z asarlarida hokmiyat bo‘linish tizimida xalq ishtiroki borasida to‘xtalib, uning eng samarali vositasi sifatida xalq vakilligi borasida to‘xtalib o‘tgan. Xalq hokimiyat tizimida o‘zi qila olmagan ishni bevosita xalq vakilllari orqali amalga oshirishi lozimligini ta’kidlagan1. J.J.Russo esa davlat hokimiyatining yaxlitligi haqida so‘z yuritadi va qonunchilik organining ijroiya hokimiyatni nazorat qilish g‘oyasini ilgari suradi2.

VII- XIX asrlardayoq vujudga kelgan milliy vakillik konsepsiyasi quyidagi tamoyillarning majmui sifatida e’tirof etilishi mumkin:


  1. Milliy vakillik konstitutsiya vositasida joriy qilinadi;

  2. Suverenitetning mutlaq egasi sifatida millat parlamentga o‘z nomidan ish yuritish vakolatini beradi;

  3. Parlament a’zosi uni saylagan fuqarolarning emas, balki butun millatning vakili xisoblanadi, shu sababli o‘z saylovchilariga qaram ham bo‘lmaydi3.

Ma’lumki, parlament institutining rivojlanishi, haqiqiy faoliyat yuritishi, o‘z huquqiy maqomini mustahkamlab olishi davlatning boshqaruv shakli bilan ham bevosita bog‘liq hisoblanadi. Rus olimi V.E.Chirkin o‘z darsliklarida davlat shakllarining alohida turlarga atroflifa to‘talib o‘tgan.Uning fikricha, davlat shaklini uchta turga ajratib o‘rganish lozim:

1. Polikratik (ko‘p hokimiyatli) davlat shakli. Bunga ko‘ra hokimiyatilar bo‘linishi prinsipining amal qilishi, ya’ni turli davlat organlari o‘rtasida davlat hokimiyatining bo‘lib olinishi; hokimiyatlar bir-birini o‘zaro nazorat qilishi va muvozanatda ushlab turishi; davlat rejimining demokratik ekanligi; davlat boshqaruvida xalqning bevosita yoki bilvosita ishtirok etshishi kabi munosabatlar asosiy o‘rinni egallaydi.

2. Monokratik ( yakka hokimiyatli) davlat shakli.Bunga ko‘ra ma’lum bir organ yoki mansabdor shaxsning hokimiyatga yakka egalik qilishi bilan ajralib turadi.Bunday davlat shaklida muvozanatda ushlab turish va bir-birini nazorat qilib turish tizimi yo‘q. Bunday davlat shakli bo‘lgan davlatlarda yagona davlat mafkurasi o‘rnatilgan bo‘ladi.

3. Segmentar davlat shakli. Segmentar( lotincha “Segmentum”-bo‘lak) davlat shaklining xususiyati shundaki, unda davlat tuzumi yaxlit, ammo bir nechta xil bo‘laklardan tashkil topgan bo‘ladi. Segmentar davlat shaklida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili konstitutsiya bilan tan olnishi mumkin, lekin haqiqiy tizimda tiyib turish, muvozanatda saqlash va qarama- qarshi va qarama qarshi ta’sir etish uchramaydi1. L.Dyugi va M.Prelo kabi olimlarning ta’kidlashicha, parlament butun millat o‘z nomidan ish yuritish vakolatini bergan organ, u xalq irodasini mustaqil tarzda anglab yetadi va konstitutsiya doirasida faoliyat yuritadi, ya’ni parlament hech kimga, shu jumladan, fuqarolarga ham bo‘ysunmagan tarzda millat manfaatidan kelib chiqqan holda faoliyat olib boradi, uning milliylik xususiyati ham aynan shunda1.

Parlamentning bugungi kunda jamiyat va davlat qurilishida o‘ziga xos o‘ringa ega:

Birinchidan, parlamentlar qonun qabul qilish vazifasini bajaradi. Bu bilan inson, jamiyat va davlatning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashda birlamchi qatlamni yaratishga imkon qujudga keladi. Aksariyat mamlakatlarda qonun huquqning asosiy manbai hisoblanib, fuqarolar, davlat organlari, xo‘jalik tashkilotlari va demokratik institutlarning qonunga rioya qilishi o‘zag xos qat’iy ijtimoiy talabga aylanib bormoqda.

Ikkinchidan, davlatning barcha institutlari orasida parlament xalq vakilligining yagona organi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu –parlamentni fuqarolar nazarida barcha uchun demokratik institut tarzida, partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarga esa - maqsad tarzida ko‘rsatiladi.

Uchinchidan, hokimiyatni uchga bo‘lishda parlament asosiy institut sifatida namoyon bo‘lib, har bir davlat organiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Ijtimoiy manfaatlarning jamlanishi va ularni ochiq bildirish imkoniyati parlamentni hokimiyat va davlatning boshqa idoralari, “markaz” va “joylar” o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish yo‘lida hamkorlik maydoniga aylantiradi. Aksariyat davlatlar parlamentlarining doimiy vazifasi o‘z vakolati doirasida manfaatlar muvozanatini ta’minlashdir1.

Parlament barcha davlatlarda qonunchilik vazifasini bajarsada, bugungi kunda amalga oshirilgan qiyosiy tadqiqotlar parlament institutining bir qator mezonlar asosida bir-biridan farq qilishini kuzatish mumkin:

a) parlamentlar va ularning palatalari nomlanishidagi farq; b) parlamentlarning prezidentlik va ijroiya hokimiyati bilan o‘zaro munosabatlarining modeli; v) bir palatali parlamentlar o‘rtasidagi farqlar; g) parlamentlardan yuqori strukturalarning mavjudligi; d) qonunchilik va vakillik funksiyalarining hisobga olgan holda parlament funksiyalari va vakolatlari turli xajm va xarakterdaligi; ye) parlamentlar rivojlanishining umumiy tendensiyalari2.

Shuningdek, parlamentlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bir qatorda bir guruh mamlakatlar va regionlarga hal bo‘lgan spesifik (o‘ziga xos) tendensiyalar ham mavjud. Alohida davlatlarning parlament tarkiblari mufassal ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda yoritiladi. Milliy parlamentlar rivojlanishi tendensiyalarini guruhlarga yig‘ish mezoni deb ularning ijtimoiy-funksional rolining barqarorligi darajasini aytish mumkin.Barqaror parlamentlari bo‘lgan mamlakatlarni bitta guruhga kiritsa bo‘ladi. Ularning ichida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyani ko‘rsatsa bo‘ladi.

Qiyosiy huquqshunoslikning quyidagi uslubiy qoidalariga amal qilish mumkin:

Birinchidan turli mamlakatlar parlamentlaridagi umumiylik, alohidalik va yakka holligi masalalari o‘rganib chiqiladi. Umumiy tavsiflar ko‘proq abstrakt holda bo‘lib, barcha yoki ko‘pgina parlamentning asosiy tipi (o‘ziga xos) hislatlarini aks ettiradi.

Alohidalik tavsifi bir guruh parlamentlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni bildiradi va ayolarning guruhga kiritilishi bir xilligi yohud g‘oyaviy dunyoqarashlik ildizlari (mas. Barqaror klassik Yevropa mamlakatlari) bilan, yohud regional sabablar (Skandinaviya mamlakatlari pardlamentlari) bilan, yohud umumiy vaziyat sabablari (masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari parlamenti islohotlari) bilan izohlanadi. Hattoki monarxiya ko‘rinishidagi davlatlarda ham parlament institutlari farqlanishi kuzatiladi.

Ular Shveysariya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiyada bu mamlakatlarga xos bo‘lgan demokratiya konsepsiyadaligi va huquq ustivorligi uchun yaxshi rivojlangan masalan, musulmon huquqi va din ustivor bo‘lgan Saudiya Arabistoni.

Parlamentlardagi yakka holatlik konkret-tarixiy holatda rivojlanayotgan yo yoki bu davlatga eng yuqori darajada xos bo‘lgan ularning xilma-xilligini aks ettiradi.

Ikkinchidan parlamentlarning qiyosiy tahlili ob’ekti parlamentlarning o‘zlaridir. Ko‘pincha qiyoslash ob’eti bo‘lib ularning alohida elementlari ko‘riladi: qonunchilik va nazorat qilish vakolatlari hajmi, qonun chiqarish jarayoni, presedent, hukumat bilan o‘zaro munosabatlar, parlamentlar a’zolari (deputatlar) maqomi, parlamentlar apparati va h.k.

Qiyoslash ob’etlarining torayishi (aniqroq bo‘lishi uchun) alohida qiziqish, masalan parlamentlarning byudjet vakolatlarini taqqoslash tufayli bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, parlamentlarni qiyosiy o‘rganish u yoki bu hajmda mamlakatdagi davlat hokimiyatining Konstitutsion qurilmasi b ilan tanishishni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Busiz, masalalar, parlamentning boshqa davlat organlari bilan munosabatlarining o‘ziga xosligini to‘liq bilib bo‘lmaydi va bunga foyda qo‘shimcha (to‘ldiruvchi) bo‘lib huquqshunos-olimlar, siyosatshunoslarning “o‘zlarining” parlamentlari haqidagi ilmiy ishlari va konsepsiyalari xizmat qiladi.

To‘rtinchidan muhim metodologik (uslubiy) mezon bu foydalanilayotgan tushuncha va iboralarning bir biriga yaqin va mos bo‘lishidir. Madaniy an’analar va til xususiyatlari yuridik tushunchalar spesifikasi bilan birgalikda mumkin qadar aniqlik bilan tayinlanishi kerak. Aks holda parlament hodisalarining tashqi o‘xshashligi yoki o‘xshamasligi ortida ularning asl tabiatini ko‘ra olmaslik mumkin. Aytilgan gap “akt”, “protsess”, “spiker”, “senat”, “palata” va boshqalari kabi O‘zbekiston qonunchiligida qo‘llaniladigan turli ma’nodagi tushunchalarga taalluqlidir.

Beshinchidan parlamentlarni taqqoslash ularning har biri rivojlanishining “tarixiy fakti”ni hisob olgan holdagina to‘g‘ri va haqqoniy bo‘ladi. Bir mamlakatning parlamenti uchun o‘z vaqtida yaxshi bo‘lgan narsani, ancha yildan so‘ng boshqa mamlakatning (o‘xshash bo‘lgan taqdirda ham) amaliyotiga “ko‘chirish” qo‘llash qiyindir.



Bundan tashqari parlament boshka davlat organlarining faoliyatini ham tashkil kiladi. Parlament vakolatlarining hajmiga qarab uning quyidagi uch xil turini belgilash mumkin:

  1. Cheklanmagan vakolatli parlament;

  2. Mutlaq cheklangan vakolatli parlament;

  3. Nisbatan cheklangan vakolatli parlament.

Parlamentar boshqaruv shakliga ega bo‘lgan aksariyat davlatlarda parlament vakolatlari cheklanmagan hisoblanadi. Bunga Buyuk Britaniya parlamenti klassik misol bo‘lishi mumkin. Huquqshunos P. Bromxed mutlaq vakolatli parlament g‘oyasini yoqlab chiqadi. Uning ta’kidlashicha, qonun mazmuniga doir hech qanday cheklovlar, uni qabul qilishga hech qanday to‘siqlar majud emas1. Ingliz huquqshunos olimlarining ta’kidlashicha, Parlamentning ustivorligi quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. Qonun qabul qilish sohasidagi ustunlik. Qonun faqat parlament tomonidan qabul qilinishi mumkin, o‘z navbatida qonun normativ huquqiy aktlar ierarxiyasida birinchi o‘rinni egallaydi;

  2. Davlat byudjetini tasdiqlash va soliqlarni joriy qilish huquqi;

  3. Hukumatning parlament oldidagi javobgarligi;

  4. Sudyalarni o‘z lavozimiga tasdiqlash huquqi;

  5. Parlament vakolatlariga o‘xshash vakolatlarni amalga oshiruvchi raqobatchi hokimiyatning mavjud emasligi1.

Aytish lozimki, parlament faoliyati qancha keng bo‘lsa, parlament huquqining roli shuncha katta bo‘ladi. Qiyosiy huquqshunoslikning quyidagi metodologik qoidalaridan foydalanish mumkin. Birinchidan, turli mamlakatlar parlamentlaridagi umumiylik, alohidalik va yakka holdagi masalalar o‘rganib chiqiladi. Umumiy tavsiflar ko‘proq abstrakt holda bo‘lib barcha yoki ko‘pgina parlamentlarning asosiy xususiyatini aks ettiradi. Alohidalik tavsifi bir guruh parlamentlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni bildiradi va ularning bir guruhga kiritilishi bir xilligi yoxud g‘oyaviy dunyoqarash ildizlari (masalan, barqaror klassik Yevropa parlamentlari) bilan yoki regional sabablar (Skandinaviya mamlakatlari parlamentlari) bilan yoxud umumiy vaziyat sabablari (masalan Sharqiy Yevropa mamlakatlari parlament islohotlari) bilan izohlanadi. Hattoki monarxiya ko‘rinishidagi davlatlarda ham parlament instutlarining farqlanishi kuzatiladi. Parlamentlarning nomlanishish ham turlicha namoyon bo‘ladi. Quyi va yuqori palata shakllanishi ham farqlanadi. Qiyosiy tahlil ob’ekti bo‘lib parlamentlar hisoblanadi. Parlamentlarni qiyosiy o‘rganish mamlakatdagi davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tuzilishi bilan u yoki bu hajmda tanishishni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Yana bir muhim metodologik mezon bu foydalanilayotgan tushuncha va iboralarning bir biriga yaqin va mos bo‘lishidir. Madaniy an’analar va til xususiyatlari yuridik tushunchalar spesifikasi bilan birgalikda mumkin qadar aniqlik bilan tayinlanishi kerak. Aks holda parlament hodisalarining tashqi o‘xshashligi yoki o‘xshamasligi ortida ularning asl tabiatini ko‘ra olmaslik mumkin. Aytilgan gap masalan, turli ma’nodagi “qonun”, “akt”, “spiker” tushunchalariga tegishlidir va h.k. Shuningdek,parlamentlarni taqqoslash ular har birining rivojining tarixiy omilini hisobga olish sharti bilangina to‘g‘ri va haqqoniy bo‘ladi. Bir mamlakatning parlamenti uchun o‘z vaqtida qo‘llash samarali bo‘lgan tajribani uzoq vaqtdan keyin boshqa davlatning tajribasiga qo‘llash qiyin1.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda siyosiy-huquqiy terminologiyada parlament institutining rivojlanishi bilan “parlamentarizm” tushunchasi ilmiy doiraga kirib keldi. Parlamentarizm — vakillik qonun chiqaruvchi organ — parlamentning boshqa davlat organlari munosabatida rasmiy ustuvor bo‘ladigan sharoitda qonun chiqaruvchilik va ijro etuvchilik vazifalarining aniq taqsimlanishi bilan ifodalanadigan boshqaruv tizimi. Parlamentarizmda hukumatni parlament tuzadi va bu hukumat parlamentga hisobdor bo‘ladi. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga ko‘ra oliy qonunchilik vakolatiga ega va davlat organlari tizimida yuqori o‘ringa egadir. Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Parlamentarizm tarixi esa Angliyada 1215 yilda qabul qilingan “Buyuk ozodlik Xartiyasi”dan boshlanadi. Parlamentarizmning bugungi kundagi o‘rnini va ahamiyatini quyidagi xususiyatlarda ifodalashimiz mumkin2:



Birinchidan, parlamentlar qonun qabul qilish vazifasini bajaradi. Bu bilan inson, jamiyat va davlatning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashda birlamchi qatlamni yaratishga imkon vujudga keladi. Aksariyat mamlakatlarda qonun huquqning asosiy manbai hisoblanib, fuqarolar, davlat organlari, xo‘jalik tashkilotlari va demokratik institutlarning qonunga rioya qilishi o‘ziga xos qat’iy ijtimoiy talabga aylanib bormoqda.

Ikkinchidan, davlatning barcha institutlari orasida parlament xalq vakilligining yagona organi sifatida namoyon bo‘ldi. Bu parlamentni fuqarolar nazarida barcha uchun demokratik institut tarzida, partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarga esa maqsad tarzida ko‘rsatadi.

Uchinchidan, hokimiyatni uchga bo‘linishida parlament asosiy institut sifatida namoyon bo‘lib, har bir davlat organiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Ijtimoiy manfaatlarning jamlanishi va ularni ochiq bildirish imkoniyati parlamentni davlat hokimiyati va boshqa idoralari, «markaz» va «joylar» o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish yo‘lida hamkorlik maydoniga aylantiradi. Aksariyat davlatlar parlamentlarining doimiy vazifasi o‘z vakolati doirasida manfaatlar muvozanatini ta’minlashdir

Yuridik manbalarda paramentarizmga nisbatan ilmiy yondoshuvlarda ikki yetakchi qarashning mavjudligini kuzatish mumkin:

Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra parlamentarizm paralmentning qonunuchilik hokimiyati sifatida ijro etuvchi hokimiyat bilan uzviy aloqadorligi e’tirof etiladi. Biroq, ikki hokimiyat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar borasida olimlar o‘rtasida yagona yondoshuv shakllanmagan1.

Professor I.M. Stepanov o‘z asarlarida parlamentni davlat hokimiyati organlari orasida yetakchisi sifatida etirof etadi. Uning fikricha, parlamentarizm ijtimoiy adolat va huquqiy tartibotni qaror toptirishda parlament rolini oshirish va qonun ustivorligini ta’minlash qaratilgan davlat hokimiyatining muhim tizimidir2.

Ikkinchi qarashga ko‘ra parlamentarizm bevosita qonunchilik hokimiyatining faoliyatini aniqlab beruvchi nazariy konsepsiya sifatida bayon etiladi.

Rus olimi N.A. Bogdanova paralamentarizmni parlament vositasida xalq hokimiyatini amalga oshirish brasidagi g‘oyalar va tajribalar majmuasi sifatida talqin etadi3. Tadqiqotchi R.M.Romanov esa parlamentarizmni parlament faoliyatiga oid nazariya va amaliyot sifatida ifodalaydi. Xususan R.M.Romanov fikricha qachonki paralamentning qonunchilik, hukumatni saylash, uning va boshqa ijroya hokimiyati organlarini nazorat etish, hukumatni va prezidentni iste’foga chiqarish vakolati bo‘lsagina o‘shanda parlamentarizm mavjud bo‘la oladi va faoliyat yurita oladi4.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish