Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti markaziy osiyo xalqlari tarixi kafedrasi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.01.2020
Hajmi0,99 Mb.
#34846
  1   2   3   4
Bog'liq
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi (1)


 

 



 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM 



VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI  

JAHON SIYOSATI, TARIX VA FALSAFA FAKULTETI 

MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI KAFEDRASI 

 

 

 



 

                         XALILOV MIRAZIM MIRSOBIT O’G’LI 

 

 



XIVA XONLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI 

     (XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR 20-30 

YILLARI) 

 

 



 

5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) 

 

 



KURS ISHI 

 

 



 

 

 

 

 

                               Ilmiy rahbar: 

Tarix fanlari nomzodi Alimova R.R. 

 

 



 

 

TOSHKENT– 2015 



 

 

 



 

MUNDARIJA 

Kirish……………………………………………………………………….3-9 

 

I  bob.  Xiva  xonligi  tarixining  mahalliy  tarixchilar  va  xorijlik  olimlar 

tomonidan  tomonidan o‘rganilishi  

 

1.1. Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida……….….……..10



 

1.2. Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari ………….………….27 

 

II bob. Xiva xonligi tarixining  Sovet va Mustaqillik yillarida o‘rganilishi 

 

2.1. Xonlik tarixining sovet tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi..........……38 

2.2. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar tahlili …..52

 

 



Xulosa…………………………………………………...……………………..58 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………...…..61 

Ilova……………………………………………………………………..……...... 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Kirish 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  o‘zbek 

davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi.  “O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil 27  iyuldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

Akademiyasi  Tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  qarori 

o‘zbek  davlatchiligi  tarixi  muammosining  maqsadli  rivojlanishiga  imkon 

yaratdi


1

.  Respublika  Prezidenti  I.A.  Karimovning  bir  guruh  tarixchi  olimlar 

bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning 

davlatchiligi  tarixi  konsepsiyasining  yaratilishiga  g‘oyaviy  asos  bo‘lib,  unda 

“ilmiy  nuqtai  nazarga  tayangan  davlatchilik  tarixini  yaratish”

2

  asosiy  maqsad 



sifatida  belgilangan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning 

Xiva  shahrining  2500  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali  marosimda  so‘zlagan 

nutqida

3

,  “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi 



farmonida

4

 Xorazmning shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi 



ilgari  surilgan.O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligi  sharoitida  Xorazm 

vohasining    XIX  asr  ikkinchi  yarmi-XX  asrning  20-30  yillari  davri 

tarixshunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari 

asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim 

vazifalardan biriga aylandi. Zero, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi 

XX  asr  20-30  yillari  davri  tarixi  keng  o‘rganilgan  bo`lsa-da,  lekin  sovet  davri 

tarixshunosligida  turlicha  qarashlar  mavjud  bo`lgan.  XIX  asr  boshida  ushbu 

sulola  vakillari  hokimiyat  tepasiga  kelgandan  keyin  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan 

nisbatan  barqarorlik  va  osoyishtalik  jarayoni  xonlikning  taraqqiy  qilishiga  asos 

                     

1

Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 июля 1998 г. «О 



совершенствовании деятельности Института истории Академии наук Республики Узбекистан» 

//Народное слово. 1998, 28 июля.

 

2

Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тарихчи олимлар ва журналистлар билан 



учрашув / Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 1999. VII-жилд.– Б. 

136.


 

3

Каримов И.А. Хива шаҳрининг 2500 йиллигига бағишланган маросим нутқи / Хавфсизлик ва 



барқарор тараққиёт йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1997. VI-жилд. – Б. 374-380. 

4

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг «Хоразм Маъмун академиясини 



қайтадан ташкил этиш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи. 1997, 11 ноябр.

 


 

 



 

bo‘ldi.  Bu  davrda  Xorazm  tarixnavislik  maktabi  o‘z  taraqqiyotining  yangi 

bosqichiga  ko‘tarildi.  Mahalliy  tarixchilar  tomonidan  yaratilgan  tarixiy  asarlar 

xonlik  tarixini  o‘rganishda  muhim  manba  bo‘lib  xizmat  qildi.  Shu  bilan  birga, 

Rossiyadan  ko‘plab  elchilar,  savdogarlar,harbiylarning  xonlikka  yuborilishi 

natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida 

keng  ma'lumotga  ega  bo‘lish  imkonini  beradi.XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga 

kelib, Xiva xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, 

ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv 

ma'lumotlarini  tarixiy  adabiyotlardagi  ma'lumotlar  bilan  qiyosiy  tahlil  qilish 

imkoniyati  yuzaga  kelgan.Ammo,  sovet  tarixshunosligida  Xiva  xonligining 

davlatchilik  tarixi  alohida  ilmiy  tadqiqot  obyekti  sifatida  o‘rganilmaganligi 

ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy 

respublikalarning  davlatchiligi  ko‘pincha  yo‘l-yo‘lakay,  u  yoki  bu  davlatning 

mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi. 

Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 

xonlikning  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  ahvoliga  oid  asosiy 

ma'lumotlarni  chuqur  o‘rganish,  yangicha  qarash  va  yondashuvlarni   

umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi. 

Xiva  xonligining  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  XX  asr  20-30  yillari 

tarixshunosligini  o‘rganishning  dolzarbligi  shu  bilan  belgilanadiki,  bunday 

tadqiqot  vatan  olimlari  tomonidan  muammoni  o‘rganishning  manbalarini 

aniqlash,  sovet  va  xorij  tarixchilari  tomonidan  uni  o‘rganish  bosqichlarini 

tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini 

ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu 

muammoni  kompleks  tadqiq  etish  va  qayta  baholash  tahlillarning  yangi 

yo‘nalishlarini  belgilab,  mustaqil  O‘zbekiston  davlatchiligining  ko‘p  jildli 

tarixini yaratish maqsadlariga  xizmat qiladi. 



Mavzuning 

o‘rganilganlik 

darajasi. 

Ilmiy 


adabiyotlarning 

tarixshunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligining  XIX asrning ikkinchi 

yarmi  -  XX  asr  20-30  yillari  davri  tarixshunosligi  shu  kunga  qadar  maxsus 


 

 



 

o`rganish  obyekti  sifatida  alohida  tadqiq  etilmagan.  Xiva  xonligi  tarixi  va 

tarixshunosligiga  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XX  asrning  20-30  yillariga  oid 

mahalliy tarixchilardan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy “Zubdat ut-

tavorix”  “Shohid  ul-iqbol”

5

  va  Muhammad  Yusuf  Bayoniy  “Shajarayi 



Xorazmshohiy”,  “Xorazm  tarixi”

6

,  Sayyid  Homid  To‘ra  Kamyob  “Tavorix  ul-



xavonin”

7

  nomli birlamchi manbalarda muarrixlarning o`zi tarix jarayonida yuz 



bergan voqeotlarni ko`rib, eshitib yozganligi bilan qimmatlidir.  

Sovet davrida bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlar P.P. Ivanov va M.Y. 

Yo‘ldoshevga  tegishli  bo‘lib,  tadqiqotchilar  Xiva  xonlari  arxivi  hujjatlaridagi 

ma'lumotlarni  o‘rganganlar  va  nashr  etganlar

8

.  Ushbu  tadqiqotlarning  so‘z 



boshisida  tarixshunoslik  tahlili  berilgan.  Bundan  tashqari,  asarga  hujjatlar, 

ularga berilgan izohlar va ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. 

B.V.Lunin  tomonidan  esa,  rus  sharqshunosligida  O‘rta  Osiyo 

xonliklarining  o‘rganilishi,  rossiyalik  tadqiqotchilar  olib  borgan  izlanishlar 

natijalari va tahliliy fikrlari taqdim etilgan

9



XX  asrning  70-yillariga  kelib,  Xiva  xonligining  XIX  asr  ikkinchi  yarmi 

XX  asr  20-30  yillari  davri  ijtimoiy-iqtisodiy  sohalariga  oid  masalalar 

umumlashma  tadqiqotlarda,  ilmiy  adabiyotlarda  o‘z  aksini  topgan.  Xususan, 

“Qadimgi  Xorazm”  deb  nomlangan  monografiyaning  kirish  qismida  mavzu 

tarixshunosligining  umumiy  sharhi,  shu  jumladan,  Xiva  xonligining 

Qo‘ng‘irotlar  sulolasi  davri  ijtimoiy-iqtisodiy  sohalarining  o‘rganilish  darajasi 

                     

5

Огаҳий Муҳаммад Ризо. Зубдат ут-таворих (Тарихлар сараси) // Нашрга тайёрловчи Н. Жабборов. – Т.: 



O’zbekiston, 2009. – 240 б.;Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // 

Нашрга тайёрловчи Н. Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – 336 б 

6

Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий // Мерос тўплами. – Т.: Камалак, 1991. – Б. 



256.;Юлдашев М.Ю. Ценный источникпо истории Хорезма (О рукописи Баяни «История Хорезма») // 

Известия АН УзССР. Серия Общественные науки. – Т, 1958. – № 6. – С. 71-72. 

7

Кaмёб Сайид Ҳомид Тўра. Таворих ул-хавонин. – Т.: Академия, 2002. – Б. 7. 



8

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов систорическим 

введением // Новые источники для истории народов Средней Азии. – Л.: Изд-ие Государственной 

Публичной Библиотеки, 1940. – С. 8-31; Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат 

ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. Т. II. – Б. 5-29. 

9

Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Т.: Наука, 1965. – С. 5-25; 



Ўша муаллиф. История Узбекистана в источниках. Узбекистан в сообщениях путешественников и 

учёных (20 – 80-е годы XIX в.). – Т.: Фан, 1990. – С. 3-4; Ўша муаллиф. Известия путешественников, 

географов и учёных (XVI – первой половины XIX в.). – Т.: Фан, 1998. – С. 3-11. 


 

 



 

yoritilgan

10



Shunga  ko‘ra,  sovet  tarixshunosligida  Rossiya  imperiyasining  O‘rta 



Osiyoni bosib olish imasalasi XX asrning 20-30 yillarida “mutlaq jaholatdir”, 30 

–  40  yillarda  “qisman  jaholatdir”,  50-yillarning  boshlarida  “Rossiyaga  qo‘shib 

olinishi  progressiv  fakt  bo‘lgan  edi”,  deb  talqin  qilingan

11

.  Ushbu  muammo 



bilan  shug‘ullangan  olimlar  “bosib  olish”  atamasini  rad  etgan  holda,  “o‘z 

ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” atamasini qo‘llay boshlaganlar

12



60–80-  yillarning  birinchi  yarmiga  kelib,tadqiqotlarning  muammoviy 



doirasi  kengayib,  Xiva  xonligining  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  hayotining 

ko‘pgina  masalalarini  o‘rganish  kabi  vazifalarni  qo‘ygan  va  ular  bir  qator 

tadqiqotlarda  hal  qilingan  bo‘lsa

13

,  80-yillarning  ikkinchi  yarmidan  boshlab, 



“ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipining tiklana borishi 

bilan,  Rossiya  imperiyasining  O‘rta  Osiyoni  bosib  olishi  masalasi,  davlatchilik 

tarixi,  mustamlaka  va  sovet  hokimiyati  boshqaruv  tizimi  mohiyatini  aniqlash 

kabi masalalarni o‘rganishga e'tibor kuchaygan

14

.  


Xiva  tarixi  manbalarini  o‘rganishda  xorijlik  sharqshunos  olimYu.Bregel 

tadqiqotlari  muhim  o‘rin  egallaydi.Tadqiqotchi  Ogahiylarning  “Firdavs  ul-

iqbol”  asarining  tanqidiy  matni  nashr  qilingan.  Asarning  so‘z  boshisida  mavzu 

tarixshunosligi  berilgan  bo‘lib,muallif  asarning  qay  darajada  o‘rganilganligiga 

asosiy e'tiborini qaratgan

15

. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xorijiy 



                     

10

История Хорезма. С древнейших времен до наших дней. – Т.: Фан, 1976. – С. 5-28. 



11

Блиев М.М. О некоторых проблемах присоединения народов Кавказа к России // История СССР. 

– № 6. – М, 1991. – С. 67-84. 

12

Ниғматов Т.Н. XIX асрнинг 20 – 50 йилларида Хива хонлиги билан Россия ўртасидаги 



муносабатларга оид босилиб чиққан асосий манбаларга характеристика.: Тарих фан. номз. ...дисс. 

– Т, 1955. – Б. 47-174; Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60 – 90 годы 

XIX в.). – М.: Наука, 1965. – С. 3-51; Садыков А.С. Экономические связи Хивы с Россией. – 

Т.: Наука, 1965. – С. 5-14. 

13

Гордиенко А.А. Создание народно-советского государства и права и их революционно-преобразующая 



роль в Хорезме и Бухаре. – Т.: САГУ, 1959. – С. 3-7; Аминов А.М.Экономическое развитие Средней 

Азии (колониальный период). – Т.: Уздавнашр, 1959. – С.5-20; Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш 

тарихи (қадим замонлардан ҳозиргача). – Т.:ЎзССР ФА, 1959. – Б. 7-18; Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в 

конце XIX – начале XX века. – М.:Наука, 1969. – Б. 3-6; Садыков А.С. Россия и Хива в конце XIX – 

начале XX века. – Т.:Наука, 1972. – Б. 3-8. 

14

Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. – Т.: Академия,2002. – Б. 20-



21. 

15

Munis Sh. M.M. Firdaws al-iqbal: History of Khorezm / Edited by Yury Bregel / E.J. Brill. – Leiden-New 



York-Kobenhain-Koln, 1988. – 1280 p. (60 betlik kirish qismi bor).

 


 

 



 

tadqiqotchilarning  ham  undan  foydalanishiga  imkon  yaratdi.Jumladan,  ingliz 

tarixshunosligida  Xiva  xonligiga  oid  ma’lumotlar  hajmi  kengayib,  asarlar  soni 

ko‘paydi.  Bu  davrda  faoliyat  ko‘rsatgan  M.  Xoldsvort

16

,  Uiler


17

,  Allworth

18



Rambaud



19

,  Qrauset

20

  va  boshqalar  Xiva  xonligi  tarixi  masalalariga  ham 



o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan. 

Mustaqillikdan keyin nashr qilingan bir qator  to‘plamlardan Xiva xonligi 

tarixshunosligiga  oid  maqolalar  o‘rin  olgan.  Jumladan,  “O‘zbekistonda  tarix 

fani:  yutuqlar  va  rivojlanish  muammolari”  to‘plamida  O.G.  Pugovkina,  U.A. 

Abdurasulov,  M.U.  Qayumovlar  tomonidan  Xiva  xonligining  Qo‘ng‘irotlar 

sulolasi  davri  tarixining  tarixshunoslikdagi  talqini,  Rossiya  tarixshunosligida 

Xivaga  yurishning  yoritilish  masalalari  yangicha  yondashuvlar  asosida 

yoritilgan

21



E.E. Karimovning Xiva qozilik hujjatlari va xon yorliqlari tavsifini o‘zida 



mujassamlashtirgan  asariga  doir  muhim  ma'lumotlar  mavjud

22

.  Jumladan,  Q. 



Munirov  asarida  Xiva  xonligining  XVII  –  XX  asr  boshidagi  tarixi,Ogahiy, 

Kamyob, Bayoniyning tarixiy asarlari mazmuni tahlil qilingan va bu asarlarning 

O‘rta  Osiyo  xalqlari  tarixini  o‘rganishdagi  ahamiyati  ko‘rsatilgan.G‘.A. 

Ahmadjonovning  tadqiqotlari  mazmuni  Rossiya  imperiyasining  Turkistondagi 

mustamlakachilik  siyosati  tarixi  va  tarixshunosligiga  bag‘ishlangan  bo‘lib, 

ushbu  tadqiqotlar  o‘rganilayotgan  muammoni  tahlil  etishda  nazariy  asos  bo‘la 

oladi

23



                     

16

Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.80. 



 

17

 Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45. 



18

 Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford. 

1990.-P.15 

19

 Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambridge 1988. 



–P. 45-49. 

20

Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.60-687.. 



21

 Пуговкина О.Г. Освещение Хивинского похода в российской историографии Средней Азии (70-е годы 

XIX – начало XX века) // Ўзбекистонда тарих фани: ютуқлар ва ривожланиш муаммолари. – Т, 2006. I 

қисм. – Б. 24-29; Абдурасулов У.А. Аграрные отношения в Хивинском ханстве в историографии 30 – 80-

х г. XX века // Ўша асарда. – Б. 30-35; Қаюмов М. XIX аср охири – XX аср бошидаги Хива хонлиги 

тарихи масалалари // Ўша асарда. – Б. 35-39. 

22

 Каримов Э.Э. Регесты казийских документов и ханских ярлыков Хивинских ханов XVII – начала XX в. 



– Т.: Фан, 2007. – 224 с. 

23

 Ахмеджанов Г.А. Советская историография присоединения Средней Азии к России. – Ташкент, 1989. – 



156 с.; Ўша муаллиф. Российская империя в Центральной Азии (история и историография  олониальной 

политики царизма в Туркестане). – Т.: Фан, 1995. – 230 с.; Ўша муаллиф. Россия империяси Марказий 



 

 



 

Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov 

va  N.  Polvonov  monografiyasining  birinchi  bobida  Xiva  xonligi  tarixining 

so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan

24



XIX  –  XX  asr  boshlaridagi  Xiva  xonligining  tarixiga  oid  ma'lumotlar 



nomzodlik  dissertatsiyalarida  ham  keng  o‘rin  olgan.  Jumladan,O.  Masalieva 

tadqiqotida  e'tiborini  Xiva  xonligi  tarixining  XX  asr  xorijiy  tarixshunosligida 

o‘rganilishiga  qaratsa

25

,  U.A.  Abdurasulov  tadqiqotida  Xiva  xonligidagi  yer 



munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan

26



Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillari davri 

siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining ayrim masalalariga oid asarlar 

va  tadqiqotlar  mavjudligiga  qaramasdan,  Xiva  xonligining  davlatchilik 

muammosi  tarixshunoslik  nuqtai  nazaridan  hozirga  qadar  yaxlit  tarzda  jamlab 

tahlil etilmagan va tarixshunoslik fanida o‘z yechimini kutayotgan muammolar 

sirasini tashkil qiladi. 



Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu Kurs ishining asosiy maqsadi – 

Xiva  xonligining  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XX  asr  20  –  30  yillari  davri 

tarixi tarixshunosligida xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli 

masalalarining  qay  darajada  yoritilganini  ko‘rsatib  berish,  muammo  bilan 

bog‘liq  yangi  ma'lumotlarni  ilmiy  muomalaga  kiritish,  mavjud  tadqiqotlardagi 

tarixiy  ma’lumotlarni  qiyosiy  tahlil  qilib,  ilmiy  jihatdan  umumlashtirishdan 

iborat. 

Mavzu  yuzasidan    oldiga  qo‘yilgan  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda 

quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

                                                                

Осиёда (Чоризмнинг Туркистондаги мустамлакачилик сиёсати тарихи ва тарихнавислиги). – Т, 2003. – 

270 б.; Ўша муаллиф. Россия и Центральная Азия.Взаимосвязь в историческом развитии. М.:-Т.: Радуга-

принт, 2008. – 184 с. 

24

 Қўшжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва ҳаракатлар (XIX аср иккинчи 



ярми – XX аср биринчи чораги). – T., 2007. – Б. 10-22. 

25

 Масалиева О. XX аср инглиз-америка тарихшунослигида Бухоро, Хива ва Қўқон хонликлари тарихи.: 



Тарих фан. номз. … дис. – Т., 1999. – 165 в. 

26

 Абдурасулов У. Земельные отношения в Хивинском ханстве во второй половине XVII – первой 



четверти XIX в.: Дисс… канд. истор. наук. – Т., 2008. – С. 10-45.

 


 

 



 

– Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi  - XX asr 20-30 yillarida 

siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining  mahalliy va xorijiy olimlarlar 

asarlarida yoritilishini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish;  

–  Xiva  xonligining  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XX  asr  20-30  yillari 

davri tarixining sovet tarixshunosligidagi talqinini o‘rganish, asosiy nazariya va 

yondashuvlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish

– mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va 

yondashuvlarni  o‘rganish,tarixchilar  tadqiqotlarining  qiyosiy  tahlili  orqali 

xulosa chiqarish; 



Tadqiqotning  obyekti  va  predmeti.  Tadqiqotning  obyektini  Xiva 

xonligining  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  XX  asr  20  -30  yillari  davri  tarixi, 

tadqiqotning  predmetini  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  –  XX  asr  20-30  yillarida 

xonlik tarixining o‘rganilish darajasi tashkil qiladi. 



Ilmiy  yangiligi  va  amaliy  ahamiyati.  Mahalliy  tarixnavislarning 

xronologik tartibda yozilgan asarlaridagi ma'lumotlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 

va madaniy sohalarga ajratilgan holda o‘rganildi; 

–  Rossiya  imperiyasi  mustamlakachiligi  va  sovet  davri  tarixshunosligida 

qayd qilingan ma'lumotlar mustaqillik yillarida qiyosiy o‘rganildi; 

–  xorijiy  mamlakatlarda  nashr  etilgan  adabiyotlardagi  ma'lumotlar  tahlil 

qilindi; 

– mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va 

yondashuvlari o‘rganildi; 

–  Xiva  xonligi  tarixining  kam  o‘rganilgan  tomonlari  har  bir  bob 

xulosasida  ko‘rsatib  berildi,  yangi  ma'lumotlar  ilmiy  muomalaga  kiritildi  va 

muammoning  yechimini  keng  ko‘lamda  o‘rganilishiga  oid  amaliy  tavsiyalar 

berildi. 

Ishning  tuzilishi.  Ushbu  Kurs ishi, kirish,  ikki  bob, to‘rt bo‘lim, xulosa, 

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. 



 

 

 

 

10 



 


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish