Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


 Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning



Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana04.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1.2. Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning 

tarixiy jihatlari 

Nuqsoni bо‗lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli 

doiralarida namoyon bо‗ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning  va 

jamiyatning о‗zaro munosabatlari  sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‗lgan 

diqqatning  turli  darajalari  bilan  xarakterlanadi.  Adabiyotlarning  taxlili  bunday 

о‗zaro munosabatlarning turli bosqichlarini ajratish imkonini yaratgan

14

 .  


Rossiyada XIX asrda oila muhitida  turli psixik buzilishlarni oldini olish va 

davolash  uchun  foydalanishga  e‘tibor  bera  boshlangan.  1859  yildan  oilaviy 

patronajni  rivojlanishi  doirasida  davolovchi  vrach  tomonidan  bemor  oilasiga 

maxsus  ta‘sir  masalasi  muxokama  qilingan.    Bunda  bemorning  holatini  doimo 

kuzatish va nazorat qilishgina emas, balki ―oila a‘zolari bilan tushuntiruvchi suhbat 

о‗tkazilib,  ular  bemorga  hamdardlik  bilan  munosabatda  bо‗lishlari  va  о‗zlarining 

gaplari  bilan  uning  sog‗lig‗iga  ijobiy  ta‘sir  kо‗rsatishlari  kerak‖ligi  nazarda 

tutilgan . 

Shu  tarzda  dastlab    nuqsonga  ega  farzandi  bо‗lgan  oilaning  muammolari 

uning  a‘zolari  tomonidan  bemorning  holatiga  ijobiy  ta‘sir  kо‗rsatishga  jalb  etish 

jihatidan kо‗rilgan.   

A.M.Shereshevskiyning  ta‘kidlashicha,  oilada  psixologik  davolash  oilani 

territoriya jihatidan yaqin bо‗lganda yaxshi natijalar bergan.  

Bemorning  oilasi  faqatgina  davolov  va  psixoterapiya  tadbirlarini  о‗tkazish 

uchun fon bо‗lib qolmasdan, balki uning ma‘lum bir komponentiga aylangan. Oila 

vrachga  davolashning  metodini  tо‗g‗ri  tanlashda  yordam  bergan  va  uni  amalga 

oshirishda  tegishli  muhitni  yaratgan.  XX  asrning  boshida  Rossiyaning  yirik 

shaharlarida  ruhiy  kasallarni  oilada  davolashning  turli  shakllari  yuzaga  kelgan  va 

joriy  etilgan.  Bu  sohaning  yirik  namoyondalari  boladagi  nuqsonni  yuzaga  kelish 

                                                           

14

 Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: 



Педагогика, 1986.- 243с. 

 



14 

 

sabablari  haqida  ota-onalar  bilan  tushuntirish  ishlarini  olib  borishga,  oiladagi 



tarbiyaning  kamchiliklari  alohida    va  ota-onalarga  yordam  berish  masalalarini 

yoritishgaalohida  e‘tibor  berganlar.  Masalan,oilaning  bemorga  ijobiy  ta‘siri  unda 

autizmni yuzaga kelishini oldini oladi deb kо‗rsatgan.   

V.P.Kashenko 

psixik 

buzilishlarni 

davolashda 

oilaning 

individual 

xususiyatlarini,  uning  bemorga  ijobiy  ta‘sirini    ham  e‘tiborga  olish  lozimligini 

kо‗rsatgan (V.P.Kashenko, 1905). 

 Bolani  tarbiyasida  ota-onalarga  yordam  kо‗rsatib,  u  birinchi  navbatda  ota-

onalarga  ―bunday  boladagi  nuqsonning  xarakterini    va  uni  tarbiyalash 

murakkabligini tushuntirgan, shuningdek kun tartibiga rioya qilish zarurligi haqida 

ta‘kidlagan,  maxsus  adabiyotlarni  tavsiya  qilgan.    Korreksion  tarbiya  tizimini 

amalga  oshirishda    ota-onalarga  yordam  uchun  pedagog-defektologni  taklif  etish 

kerakligini uqtirgan.   

Ota-onalar 

mavzusini 

muhokama 

etilayotgan 

masalalar 

jumlasiga 

kiritilganligini  XX  asrning  boshidagi  mashhur  psixiatr,  psixologlar  va 

pedagoglarning ilmiy  ishlarida kо‗rish  mumkin.  Bu  mavzuni  yoritishda  J.Demura 

tadqiqotlari qiziqish uyg‗otadi, G.I.Rossolimoning fikricha J.Demura о‗sha vaqtda, 

Yevropada  nuqsoni  bо‗lgan  bolalar  bо‗yicha  eng  yaxshi  mutaxassislardan  biri 

bо‗lgan. Uning  Rossiida  v 1909 yil nashr etilgan  "Nuqsonga ega bolalar,  ularni 

uyda  va  maktabda  tarbiyalash"  monografiyasi  ota-onalar  uchun  juda  qimmatli 

bо‗lgan.  Nemis  olimi  va  pedagogi    B.Mennelning  ―Aqli  zaif  bolalar  uchun 

maktablar‖  monografiyasi  1911  yili  vrach  M.Vladimirskiy  tomonidan  rus  tiliga 

tarjima  qilingan.  Monografiyada  Germaniyada  aqli  zaif  bolalar  uchun 

maktablarning  holati  tizimli  yoritilgan  va  ―Ota-onalar  va  о‗quvchining  hayot 

sharoiti‖  nomi  bilan  alohida  bо‗lim  ota-onalar  va  farzandlari  muammolariga 

bag‗ishlangan.  

Rosssiyada  oilaviy  psixoterapiyaning  yuzaga  kelishi  davolov-tarbiyaviy 

muassasalarni  va  ruxiy  kasallar  uchun  oilaviy  patronajni  tashkil  etilishi  bilan 

bog‗liq.   




15 

 

Bunday  davolov-tarbiyaviy  muassasasi    1882  yilda  Peterburgda  tashkil 



etilgan bо‗lib, uni taniqli vrach va pedagog  I.V.Malyarevskiy boshqargan.  

Bu  tarzdagi  muassasalar  tajribasi  bilvn  о‗sha  davrda  chet  elda  ham  qiziqib 

qolingan.  Muassasalar  haqidagi  savolga  javoban  V.M.Bexterev  ―    tashkil    etilgan 

12ta  muassasalar  faqatgina  davolash  bilangina  emas,  balki  muassasadagilarni 

tarbiyalashda g‗am yutuqlarga erishmoqdalar‖ deb kо‗rsatgan.  

I.V.Malyarevskiy  va  uning  izdoshlari  tomonidan  tibbiy  ta‘sir  bilan 

birgalikdagi  tarbiya  ishlarida      "oiladaigi  о‗zaro  munosabatlarni  tashxis  qilish  va 

ruxiy bemorlarni  tarbiyasidagi xatoliklarni aniqlash‖ ga alohida diqqat qaratilgan. 

Oilada  tarbiyalashga  alohida  e‘tibor  qaratib  Malyarevskiy    "  ota-onalarning 

pedagogik  nо‗noqligi  ouy  sharoitida  bolalarga  egoizmni  yuzaga  keltiradi, 

atrodagilar  oldida  hech  qanday  majburiyatni  shakllanmasligiga,  о‗zini  haddan 

tashqari yaxshi kо‗rishga olib keladi‖ deb ta‘kidlagan.  

Tarbiyadagi  buzilishlar  vrach  tomonidan  bola  bilan  alohida  yoki  lozim 

bо‗lganda   ota-onalari bilan birgalikda  suhbat  jarayonida  amalga oshirilgan.  Ota-

onalar uchun ―majlislar‖ о‗tkazilib, ularda oiladagi tarbiyaning kamchiliklari ochib 

berilgan.   

Bunday  markazlarda  ―idiotlikning  yengil  darajasidagi,  asab  tizimida  va 

hissiy  a‘zolarida  buzilishlari  bо‗lgan,  psixik  buzilishlarga  ega  bolalarga  (ya‘ni 

bolalar  rivojlanishidagi  nuqsonlarning  о‗sha  vaqtdagi  tasnifi  asosida)  yordam 

kо‗rsatilgan [3, 64].  

1912 yili Peterburgdagi Psixonevrologik  institut qoshida yordamchi maktab 

ochilib,  unda  ota-onalar  uchun  kurslar  faoliyat  yuritgan.    Ushbu  kurslarning 

dasturiga  ―bolalar  psixoptologiyasi  va  kasalliklarining  xarakteri  bilan  tanishish‖ 

bо‗limi kiritilgan. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikdagi mashg‗ulotlar о‗tkazilib, 

ularda  oiladagi  murakkab  nizoli  vaziyatlargina  muhokama  etilmasdan,ularni 

bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berilgan.  

1907  to  1912  yillargacha  bunday  ―birgalikda  tarbiyalash  va  о‗qitish 

tо‗garaklari‖  Moskvada ham tashkil etilgan va  uning dasturi bilan V.M.Bexterev 

ham tanish bо‗lgan.  



16 

 

Shunday  qilib,  oiladan  tashkiliy-davolov  va  tarbiyaviy  komponent  sifatida 



foydalanish  Rossiyada  tibbiyot  va  pedagogika  sohasining  taniqli  namoyandalari 

tomonidan  о‗zoq  vaqtgacha  va  turli  shakllarda    amalga  oshirilgan.  Bu  fikr  о‗sha 

vaqtdagi  taniqli  psixologlar,  pedagoglar,  psixiatrlarning  topgan  (D.  I.  Azbuka  na, 

T.A.Vlasova,  G.L.Vigodskaya,  L.S.Vigotskiy,  M.F.Gnezdilov,  A.N.Graborov, 

YE.K.Gracheva, 

G.M.Dulnev, 

S.D.Zabramnaya, 

M.V.Ippolitova, 

K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, 

B.I.Pinskiy, L.I.Solnseva, I.M.Solovyev, YE.A.Strebeleva, G.V.Sikoto, J.I.Shif, va 

boshqalar) ilmiy ishlarida о‗z aksini topgan. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik