Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


Kirish  Mavzuning  dolzarbligi



Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana04.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kirish 

Mavzuning  dolzarbligi.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  О‗zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasi  qabul  qilinganining  21  yilligiga  bag‗ishlangan 

tantanali  marosimda  2014  yilni  mamlakatimizda  «Sog‗lom  bola  yili»  deb  e‘lon 

qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi

1



Binobarin,  Davlatimiz  rahbarining  bunday  oqilona  qarorga  kelishi 



mustahkam  asoslarga  ega.  Boisi,  mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  yurtimizda 

«sog‗lom ona — sog‗lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yо‗nalishiga 

aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bо‗lmay ta‘lim-tarbiya olishlari, о‗z 

bilim  va  iqtidorlarini  namoyon  qilishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlar 

yaratilmoqda.  Natijada  bugungi  yosh  avlod  о‗zining  intellektual  va  jismoniy 

salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda 

zafar qozonib, yuksak marralarni qо‗lga kiritmoqda. Davlatimiz siyosatida nafaqat 

meyorida  rivojlanayotgan  bolalar,  balki  rivojlanishida  muammolari  bо‗lgan 

bolalarga ham e‘tibor juda kuchli.  

Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligini yanada kuchaytirish bо‗yicha 

tasdiqlangan  chora-tadbirlar  majmuasi  doirasida  farzand  tarbiyasida  va  ta‘lim 

olishida  ota-onalarning  mas‘uliyatini  oshirish,  о‗quvchilarning  davomatini 

ta‘minlash borasida ham  muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, birgina 

joriy yilning о‗tgan davri mobaynida ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya sifatini 

о‗rganish  maqsadida  25  mingdan  ortiq,  о‗quvchilarning  dars  jarayoniga  jalb 

etilishi bо‗yicha 21 mingta tadbirlar о‗tkazilib, о‗qishga muntazam qatnamaydigan 

bolalarning  ota-onalari  bilan  30  mingdan  ortiq  tushuntirish  ishlari  olib  borilgani 

ham yuqoridagi fikrning isbotidir. 

                                                           

1

 Prezident Islom Karimovning О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga 



bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasi 


 

       О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonuni



2

 talablari asosida 

maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim —tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh 

avlodni milliy mafkurasi asosida sog‗lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 

tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish 

uchun maktabgacha yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xam turli ishlar 

amalga  oshirilmoqda.  Ularning  bilish  faoliyatidagi  nuqsonlarini  bartaraf  etish 

ishlari korreksion ishlar tizimi asosida amalga oshirilishi lozimligi barcha maxsus 

adabiyotlarda  ta‘kidlab  о‗tilgan.  Bu  о‗rinda  maktabgacha  ma‘lim  muassasasining 

rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  bolani,  xususan    aqli  zaif  bolani  tarbiyalashda 

uning  oilasi  bilan  hamkorligi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Defektolog 

rivojlanishida 

nuqsoni 

bо‗lgan  bolani  faqatgina  maxsus  muassasada 

tarbiyalashnigina amalga oshirmasdan, balki uning oilasi bilan ham ish olib borishi 

zarur.  Defektolog bolaning oilasiga psixologik, bolani tarbiyalashning tashkil etish 

yо‗llari,  usullarini  kо‗rsatib  borishi  lozim.    Aqli  zaif  bola  bilan  ishlashga  jalb 

etilgan  mutaxassis  bolaga  yaqindan  yordam  berish  uchun  uning  oilaviy  sharoiti 

xususiyatlarini tushunishi muhim. 

                  Sо‗nggi  yillarda  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  ijtimoiylashuvi 

masalalari respublikamiz va chet elda pedagogika,  psixologiya va sotsialogiyaning 

dolzarb muammolariban biri safiga kirgan. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning 

tuzilishida bolaning о‗rni  uning psixik  rivojlanishida  muhim  ahamiyat  kasb etadi. 

Maxsus  muassasalar  amaliyotida  shunday  yondoshish  mavjudki,  bunda 

rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bola  tarbiyalayotgan  oilaning  muammosi  bolaning 

о‗zidagi muammolar prizmasidan qaraladi.  Ammo,  keyingi paytlarda u yoki bu 

nuqsonga ega bо‗lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammosigina emas, balki 

ular  tarbiyalanayotgan  oilalar  muammolariga  ham  e‘tibor  qaratilmoqda.  Maxsus 

ta‘lim muassasalari pedagoglari  kо‗pincha ota-onalarga farzandlarining psixik va 

jismonyi rivojlanishi xususiyatlari hamda oila sharoitida korreksion ish yuzasidan 

                                                           

2

 О‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim tо‗g‗risida"gi Qonuni. T.: "Sharq‖ , 1997. 



 


 

ba‘zi  bir  tavsiyalar  berish    yetarli  deb  hisoblaydilar.    Ammo,  bu  tavsiyalar  va 



tushuntirishlar  yetarlicha  bо‗lmaydi,  chunki  ular  rivojlanishida  muammolari 

bо‗lgan  farzandga  ega    ota-onalarning  turli    yо‗nalishdagi  mutaxassislardan 

malakali  yordamga  bо‗lgan  ehtiyojlarini  qondira  olmaydi.  Bundan  tashqari,  kо‗p 

ota-onalar bu tavsiyalarga rioya qilmaydilar.  Buning sababi ota-onalar shaxsidagi 

о‗ziga  xos  о‗zgarishlar  bо‗lib,  bu  о‗zgarishlar  ularga  rivojlanishida  nuqsoni 

bо‗lgan  bola  bilan  bog‗liq  vaziyatni  tо‗g‗ri  baholash,  bola  va  uni  о‗qitayotgan 

pedagog  bilan  zarur  bо‗lgan  munosabatlarni  о‗rnatishga  imkon  bermaydi.  

Kundalik  hayotda  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan    ota-onalar    juda  kо‗p 

muammolarga  duch  keladilar.  Bir  tomondan  ular  о‗zlarining  farzandlari  tarbiyasi 

va ta‘limi bilan bog‗liq vositalarni tanlashda qiynalsalar, ikkinchi tomondan, oilada 

nuqsonli bola dunyoga kelishi bilan bog‗liq bо‗lgan chuqur psixologik muammolar 

yuzaga keladi.   

Nuqsonli  bola  oilasining  alohida  muammolari    Bogdanova,  T.A.  , 

Shoumarov  G‗.B.,  Dobrovolskaya,  A.I.,  Zaxarova,  I.Y.  Levchenko,  Mamaychuk 

I.I.,  Martinova  V.L.,  Pyatakova  G.V.,  Mastyukova  YE.M.,  Mishina  G.A.,  Raku 

A.I.,  Semago  M.M.,  Skvorsova  I.A.,  Osipenko  T.N.,  Spivakovskaya  A.S.,  N.B. 

Shabalina,  A.R.  Sharipova,  N.N.  Shkolnikova,  V.V.,  Yurtaykina  boshqalar 

tadqiqotlarida yoritilgan.  

Bizning respublikamizda Nurmuxamedova L.SH. ―Oilada nogiron farzandni 

tarbiyalashning  pedagogik  xususiyatlari‖

3

  mavzusida  tadqiqot  ishini  olib  borgan 



bо‗lib,  uning  tadqiqoti  ota-ona  va  nogiron  farzandni  tarbiyalashning  pedagogik 

holatlarini о‗rganish va  pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‗ishlangan.  

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bola,  agarda  u  ma‘sus  ta‘lim  muassasasiga 

qatnayotgan  bо‗lsa  shaxsini  rivojlanishi,  ijtimoiy  yetukligining    muhim 

shartlaridan  biri  uning  atrorfdidagi  kattalarning:  ota-onalar  va  о‗qituvchilarning 

hamkorlikdagi  ishidir.    Bu  ishning  samarali  bо‗lishi  va  bolaning  ijtimoiy 

                                                           

3

 Nurmuxamedova L.SH.  Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. 



Ped.fan.nomz.dis....avtoref. – T.:Nizomiy nomidagi TDPU.2005. -26 b.

 

 




 

rivojlanishiga  tо‗laqonli  yordam  berishi  uchun  nima  qilish  lozim,    maktab  va 



bolaning  oilasini  hamkorligini  qanday  tashkil  etish  kerak  va  bundan  faqatgina 

pedagoglar  emas,  balki  kо‗p  jihatdan  ota-onalarning  qoniqishi  –  bu  masalalar 

maxsus pedagogika, korreksion pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir. 

        Shu  sababli    oiladagi  muammolarni    bilishi  va  ota-onalarni  aqli  zaif  bolani 

tо‗g‗ri  tarbiyalash  tamoyillari  va  metodlariga  о‗rgatish  kerak.  Bularni  amalga 

oshirish  uchun  maktabgacha  tar‘lim  muassasasi  doimo  ota-onalar  bilan 

hamkorlikda  ish  olib  borishi  zaruriyati  kelib  chiqadi.  Ana  shu  hamkorlikning 

muvaffaqiyatli  bо‗lishi  uchun  uning  tashkil  etishning,  olib  borishning  samarali 

usullarni,  yо‗llarini  bilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ana  shunga  bog‗liq 

ravishda 

tadqiqotimizning 

bitiruv 


malakaviy 

ishimizning 

mavzusini 

―Rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  bolani  tarbiyalashda  oila  va  maktab 

hamkorligining shakl va metodlari‖ deb belgiladik  


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik