Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti



Download 215,69 Kb.
Sana19.03.2020
Hajmi215,69 Kb.
#42616

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI

“_________________________________”kafedasi

________________________________________”



Oraliq nazorati bo’yicha taqdimot

Mavzu:Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy falsafiy qarashlari (Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forob, Abu Rayxon Beruniy va boshqalar)

1. ________________________________guruh:KB-83

2. ________________________________guruh:KB-83

3. ________________________________guruh:KB-83

4. ________________________________guruh:KB-83

Tekshirdi:______________________________________

Oraliq nazorat ximoyasida to’plagan ball:___________

Komissiya a’zolari: _____________________________

Komissiya a’zolari: _____________________________

Тошлент-2018
    • Kirish

1
    • Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari.

2
    • Abu Nasr Forob“Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar.

3
    • Abu Ali ibn Sinoning satsial ogik qarashlari.

4
    • Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.
    • Xulosa va takliflar.
    • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Sotsial-gumanitar bilimlarni egallash jarayonlarida muhim o’rinni sotsiologik ta’limotlar egallaydi. Sotsiologik ta’limning muhim funksiyalaridan biri – bu sotsial tafakkurni shakllantirish, sotsiologik muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari va imkoniyatlarini qidirib topishdan ham iboratdir.

Hayot bir joyda turg’un bo’lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to’xtab qolgani yo’q. Sotsiologiya fanini umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan o’rganish, pirovard amaliy maqsadga erishish, ya’ni totalitar tartibotlar tizimini inkor etish va xalqchillik, adolat hamda keng jamoatchilik fikri, intilishi, maqsadlari asosida ijtimoiy faoliyat yuritish imkonini beradi.

Sotsiologaya boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda ijtimoiy mu-nosabatlarni va shaxs xulq-atvorini aniq shart-sharoit bilan bog‘liqlikda o‘rganuvchi yagona fandir. Sotsiologiya insonni ijtimoiy guruh vakili sifa-tida, ijtimoiy maqom va muayyan ijtimoiy rolni ifodalovchi sifatida o‘rga-nadi.

Kirish

Mavzuning dozartligi: Sotsiologiya kursi shaxsning fuqarolik va professional jihatlarini, uning intelekti va ijodiy qobiliyatlarini, yalpi umumgumanitar madaniyatini shakllantirishga ko’maklashadi shuni korsatish maqsada bajardik. Ayniqsa, sotsiologiyani o’rganish bo’lajak o’qituvchi kadrlar uchun juda muhimdir. Chunki har bir psixologiya-pedagogikaga oid masala sotsial rivojlanishning o’ziga xosligi bilan chambarchas bog’liq. Sotsiologiyani pedagogik oliy o’quv yurtlarida o’qitilishining aktualligi yana shu narsa bilan bog’liqki, xalq ta’limi rivojlanishi, ravnaqi sotsial taraqqiyotning muhim dalilidir.

Shaxs yoki guruh oldida turgan muammolar u yoki bu darajada insoniy munosabatlar xarakteri, atrofdagilar bilan hamkorlikda yashay olish, qad-riyatlarga va axloqiy me’yorlarga tayanish, ularni saqlab qolish, murosaga kirishish yoki murakkab nizoli vaziyatlarni hal qilish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Inson oldida turgan muammolar qanchalik murakkab bo‘lsa, ularni hal qilishda shaxsning o‘zini anglab yetishi, o‘zi yashayotgan jamiyatni chuqur va atroflicha bilishi shunchalik katta ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar o‘z sohalarini bilishlari bilan bir qatorda odamlarning qi-ziqishlari, manfaat va intilishlarini, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanish bo‘lishi kerak. Chunki ular asosida ijtimoiy guruhlar, jamiyat va umuman, butun dunyo hamjamiyati shakllanadi. Sotsiologiyani bilish mu-rakkab ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy institutlarni tahlil qilishga tajriba va bilim bilan qurollanib, hayotni o‘rganishga yordam beradi. Sotsiologik ta-fakkur orqali esa ijtimoiy hayotni ilmiy baholash va obyektiv axborot olish mumkin.



1.Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari

Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari o’sha davr allomalari ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o’zlarining ijtimoiy qarashlarini o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o’zining «Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o’z fikr mulohazalarini bayon qilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga o’ringan. Davlat va jamiyat masalasida davlatni ijtimoiy tuzumini boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqaruv esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog’liq deb bilgan.

K.Yunusov.Sotsiologiya o’quv qo’llanma.. А. 1997 й 20-бет.

«Fozillar shahrining birinchi boshlig’i, - deb ta'kidlagan Forobiy, shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan un ikkita xislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur». U madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisi ijtimoiy jixatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy jixatdan namunali, har bir odam kasb hunarda ozod, hamma barobar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma'nosida ozod bo’ladilar – degan fikrlari Forobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilini ham aloxida ta'kidlab o’tadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni o’zini qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha sir-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shuning uchun u uzidan oldingi allomalarning fikr-xulosalarini hech ikkilanmay o’zlashtirish lozim deb ta'kidlaydi. Forobiy bo’lardan tashqari ijtimoiy fikr masalalariga ham katta axamiyat beradi.

Abu Rayxon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mineralogiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy xayot masalalari yoritilgan. «Mineralogiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, erdagi burchi, oliyjanobligi, shuningdek jamiyat xayoti, ijtimoiy adolat tugrisidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma'noda o’z davri etnosotsiologi ham edi. «Etnosotsiologiya – etnos – millat, logos - ta'limot». «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yaxudiylar, arablar, turklar tug’risida, «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi haqida ma'lumotlar yozib qoldirgan. Beruniy xindlarning bayramlari, nikoh masalasini o’rgangan. Beruniy sotsilogiyasidagi muhim soha ijtimoiy tabaqalashuv haqida ham fikr yuritib, «Tillarning turlicha bulishiga sabab bo’lgan odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hohishlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidir. Uzoq zamonlar utishi bilan haligi iboralar ko’payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan»2. Beruniy ilmiy ijodida, jamiyat hayotini o’rganishda ilmiy kuzatish, taqqoslash, tavsiflash kabi Sotsiologiyaning emperik usullaridan keng va oqilona foydalangan.

Forobiyning shogirdi Ibn Sino (980-1037) ham ijtimoiy hayotni o’rganish va tadqiq qilishga harakat qilgan. Uning aksariyat asarlari ahloqiy qarashlardan iborat bo’lgan. U o’z asarlarida bir qancha ahloqiy fazilatlarga ta'rif beradi. chunonchi, iffat, himmat, adolat, saxiylik, qanoat, sadoqat va boshqalar shular jumlasidandir. Alloma tasavvuf falsafasi va tasavvufiy axloqshunoslikka doir asarlar ham yozgan. U shuning uchun ham «Shayx-ur-Rais» ya'ni shayxlarning raisi degan nom olgani bejiz emas. Ibn Sino tabiat va jamiyat haqida fikr yurita turib, o’z-o’zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi deb ta'kidlaydi. Jamiyat a'zolarining erkin yashashlari uchun o’sha jamiyat, davlat va odamlar birgalikda faoliyat ko’rsatishi shartligini asoslaydi. Yanada oddiyroq qilib aytganda, dunyo kamoloti uchun jamiyatdagi yashaydigan odamlar erkin faoliyat qilishlari lozim. Ana shundagina ijtimoiy xayot o’z o’rniga tushishi mumkin. Jamiyat hodisalarini o’rganish, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy guruhlar muammolari ham Ibn Sinoning diqqat markazida turgan. «Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda gayritabiiy narsalarning yo’qligini ham ta'kidlaydi». Ibn Sino sotsiologiya tegrasida ancha samarali ishlar olib borgan. Buyuk vatandoshimiz savob va jazo masalasida ham mohiyatan tasavvufiy yo’nalishda fikr yuritadi. U yana inson taqdiri masalasi bilan ham qiziqqan.



2.Abu Nasr Forob“Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar.

Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir. Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir. Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.

Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.

Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur.

Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim.

(Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.

(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim.

(To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur.

(Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur.

(Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.

(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur.

(To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur.

(Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak.

(O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur.

(O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur.

(O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.

Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.

Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:

Birinchi – donishmandlik.

Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.

Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.

To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.

Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.

Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.

Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin. Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.

Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda jaholatdagi shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odam o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga begona bo’lishi zarur , mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli birlashadilar, murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir qiluvchi bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar anashu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.



3.Abu Ali ibn Sinoning satsial ogik qarashlari.

Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.

Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma`no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma`nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g`am min al mivt» («O`limdan keladigan g`amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir.

Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.

Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir».

Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib.

Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi.

U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi.

Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:

Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi.

O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.

Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar

Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;

bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;

ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;

olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;

o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish;

bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish

Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.

Talabaga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish;

berilayotgan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi;

ta`limda turli metod va shakllardan foydalanishi;

talabalning xotirasibilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

fanga qiziqtira olishi;

berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi olim

Ibn Sino ta`limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko`rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo`lgan.

Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag`ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o`zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bo`lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.

Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.

Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon ilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.

Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta`rifini beradi: mo`tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq ma`yorlariga to`g`ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;



Sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko`maklashuvchi insoniy quvvat;

G`azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o`z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;

Aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bo`lganda, ular bilan xushmuomalada bo`luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch sifatida ta`rif beradi.

Ibn Sino insonning kamolga yetishida to`siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko`rsatib o`tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o`tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta`riflaydi.

Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do`st bo`lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do`stona yashashga intiladi.

Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo`shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o`zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do`st muhim rol o`ynaydi, deydi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:

Har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan do`stlik;

manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin do`stlik;

O`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do`stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb e`tirof etadi.

Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Minerologiya”, “Hindiston” asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. “Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat to’g’risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan.

Beruniy o’z davrining etnosotsiologi ham edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to’g’risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini insoni-yat tarixining o‘tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag‘ish-langan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Ushbu kitobda ulug‘ mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqi-qotlari, qo‘llagan usullari xususida so‘z yuritib, shunday yozgan.

«Mazkur asarni yozish asnosida o‘zimga ishonch hosil qildimki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo‘li bilan haqiqiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e’tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish bilan belgilanadi. So‘ngra ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqod-larini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi».1

1 Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. Tom 1, 1968, 406-bet.



4.Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.

Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ―

Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir

necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal o`rgangan,

botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik

buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik

chog`idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16

yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib brogan va ma`lum natijaga

erishgan. 21 yoshida esa o`zi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga og`ish

burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon

ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik

ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix,

etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.

Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning

astronomik ta`limotlaridan dars olgan.

Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul

Abbos, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy,

seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xo’jandiy va boshqalarning

asarlarini mustaqil o’rganadi.

995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal

etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha

kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va

kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). Beruniy hali yosh olim bo’lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar o’tkazgan.

Ma'mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy

markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadilar.

Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib

boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.

Jurjonda Beruniy o`zining mashhur “Al-osorul boqiya an il qurun ul holiya” nomli

(“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik”) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar, so`g`diylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan.

Shuningdek falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e`tibor berilgan. O`rta

Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan.

Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy

boyligini mukammal o`rganib, “Hindiston” asarini yaratdi. Unda shu mamlakatning

falsafasi, tarixi, geografiyasi, aholisining etnik tarkibi, urf-odati, e`tiqodlari haqida boy

ma`lumotlar to`plangan. “Hindiston” butun o`rta asr fanidagi mislsiz asardir. Shu asar

orqali Beruniy ko`z oldimizda faqat tarixchi, geograf, falakiyotshunos, lingvist va faylasuf

olim sifatidagina emas, buyuk insonparvar pedagog irqiy va diniy xurofotlarga qarshi

kurashgan ma`rifatparvar sifatida ham gavdalanadi.

Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san'atidan boshlang’ich

tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar,

ma`lumotlar bergan.

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:

- o’quvchini zeriktirmaslik;

- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

- uzviylik, izchillik;

- tahlil qilish va taqqoslash;

- ma`lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;

- takrorlash;

- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e'tibor berish kerakligi o’qtiriladi.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay,

o`sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi

sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim

“Minerologiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda

mas`uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi…

Insonga katta sharaf ko`rsatilgan ― unga aql-zakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a`zolarning bir-biriga

zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe`l-atrof mavjudligi

asoslangan. “Odam, ― deydi Beruniy, ― tabiati jihatidan bir-biriga zid a`zolar

qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`latvofiga ko`ra xilma-xil bo`ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga

o`xshasada, ular ayni chog`da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`l-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi”.

Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’iy nazar, odamlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, axloq-odob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi.

Beruniy o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi

kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va

olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan.

Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb

tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. “Yaxshilik qilish, ― degan edi.

Beruniy, ― umuman hammaga va xususan o`z qarindoshlariga zaiflik chog`ida ― yaxshi

istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg`araz xizmat qilib, yordam

ko`rsatish, odamlar o`rtasida kelishmovchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo

nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan.

Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi

ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma`rifatida deb bilgan.

Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan.

Xulosa qilib aytganimizda «Sharq sotsiologiya maktabi rang-barang ta'limotlar guldastasidan iborat bo’lib, bugungi kunda hayotimizga tobora mustahkam o’rin olayotgan milliy istiqlol g’oyasi uchun falsafiy, diniy va dunyoviy poydevorlar vazifasini o’taydi. Milliy istiqlol g’oyasi uchun xam mazkur ta'limotlar nazariy asos sifatida xizmat qiladi».

Sotsiologiyaning vujudga kelishiga doir bosqichlarini o’rganish bizni sotsiologik tafakkur qilish madaniyatiga o’rgatadi.

Biz yuqorida ko’rib o’tgan Markaziy Osiyo mutafakkirlari yaratgan, ming yillar avval qo’llanilgan ijtimoiy hayot jarayonlarini o’rganish usullaridan voqif bo’ldik. Sharq va G’arb mutafakkirlari qarashlaridagi asosiy farq shundaki, yangi davr Ovrupa fani ijtimoiy tadqiqot shakli. O’rta asr Sharqi ijtimoiy hayotidan tubdan farq qiluvchi, yangi ijtimoiy munosabatlar mazmuniga, o’ziga xos tomonlariga ega bo’lgan jamiyat tuzumini o’rganishga qaratilgan.

Xulosa va takliflar.

Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy Toshkent “A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi”-1993.

Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. Tom 1, 1968, 406-bet.

Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока.. 191-б.

Farobiy ta’limot // «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining majmuasi »to’plamida ). Toshkent, 1963. 255-b.

Farobiy Al-masoyil al-falsafiya va ala javob anxa// «Majmul al-Farobiy»to’plamida . 94, 105-106-b.

Farobiy.Fozil shahar aholisi qarashlari haqida risola // V kn.: С.Н.Григорян. Из истории Средней и Ирана VII-XII веков. –М., 1960. 136-б.

Farobiy siyosat al-madaniya. 40-41-б.

Farobiy Majmut at-rasil al-hukuma.O’z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385raqamli ostidagi qo’lyozma 2a sahifasi.

K.Yunusov. Sotsiologiya o’quv qo’llanma. А. 1997 y 125-bet

E.Giddens Sotsiologiya o’quv qo’llanma

Sotsiologiya. O’quv qo’llanma .Т 2002y . 39 -bet

Google.uz

Ziyonet.uz



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Download 215,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish