Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 146.85 Kb.
bet2/24
Sana27.05.2020
Hajmi146.85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi.          Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makromiqyosda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir.    Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin.   Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof  holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo’lishini kafolatlash , o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda , avvalo , bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi , uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi . Natijada bugun tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56.5 %ga yetdi. Ish bilan band aholi soning 78%i aynan shu tarmoqda mehnat qilib , ro’zg’or tebratmoqda , el-yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shmoqda.Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini izchil davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo’ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon , demokratik O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini , avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter to’kib harakat qilmoqda. Bunday kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning subyektlari hajmining ortib borishi mamlakatning iqtisodiy o’sishini ta’minlaydi. Mamlakatda iqtisodiy o’sishning ta’minlanishi orqali biz ishsizlikning kamayishiga erishamiz . Ishsizlikning kamayishi esa ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi, va buning natijasida aholi turmush tarzining farovonligining oshishiga erishamiz. Zero , Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev aytganlaridek “Xalq boy bo’lsa , davlat ham boy va qudratli bo’ladi” . Shuning uchun hozirgi kunda ishsizlik muammosi bartaraf etilishi lozim bo’lgan eng katta muammolardan biridir.


Download 146.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik