Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsial institut vazifalari



Download 0.98 Mb.
bet54/127
Sana16.05.2020
Hajmi0.98 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Sotsial institut vazifalari. Amerikalik sotsiolog olim R.Merton tomonidan sotsial institutlarning “yashirin” va “oshkora” funksiyalarini99 ajratib ko‘rasatish kerakligini taklif qilgan. U ba'zi hollarda sotsial institutlar faoliyatida kuzatiladigan va jamiyatga salbiy ta'sir qiladigan holatlarni o‘rganish davomida shunday xulosaga kelgan. Chunki odatda tadqiqotchilar sotsial institutlarning barcha uchun ma'lum bo‘lgan, kuzatilayotgan funksiyalarinigina o‘rganib, yashirin funksiyalari tufayli jamiyatda yuz bergan ba'zan salbiy holatlarni inobatdan qochirishgan. Mertonning yozishicha, “oshkora va latent funksiyalarga ajratishda quyidagilar asos sanaladi: oshkora funksiyalar sotsial harakatning ob'ektiv va oldindan rejalashtirilgan oqibati sanalib, sotsial birlikning moslashishi va ko‘nikishiga olib keladi; Latent funksiyalar esa o‘sha tartibning anglanmagan va ko‘zlanmagan oqibati hisoblanadi100”. Misol tariqasida Merton xopi qabilasining yomg‘irni chaqirishga qaratilgan ritual raqsini keltiradi. Bu raqsning latent funksiyasi guruh ichidagi birlikni mustahkamlash va qabila davomiyligini ta'minlashdan iborat.

Sotsial institutlarning oshkora funksiyalari odatda avvaldan rejalashtirilgan, ko‘zlangan va guruh a'zolari tomonidan anglangan bo‘lib, formal jihatdan belgilangan va status hamda rollar tizimida mustahkammlanadi. Misol uchun sog‘liq saqlash, ta'lim, ijtimoiy ta'minot masalalarida mahsus qonun yoki qoidalar to‘plamining qabul qilinishi. Shu nuqtai nazardan sotsial institutlarning oshkora funksiyalari bevosita jamiyat tomonidan boshqarilishi mumkin.

Har qanday sotsial institutlarning asosiy va umumiy funksiyalaridan biri uning maqsadidan kelib chiqqan holda a'zolarining va jamiyatning sotsial ehtiyojlarini qondirish. Mazkur funksiyani bajarish uchun har bir institut bir qator boshqa funksiyalarni bajarishi kerak. Bularga ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish; nazorat funksiyasi; birlashtirish (integrativ) funksiya; uzatish funksiyasi; komunikativ funksiya101.


  • ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish funksiyasi qat'iy belgilangan norma hamda qoidalar asosida sotsial institut elementlarining harakatlarini oldindan aytish imkonini yaratadi;

  • nazorat (regulyativ) funksiyasi – sotsial institut tomonidan ishlab chiqilgan xatti-harakat, norma va nazorat shabloni asosida guruhdagi a'zolarning o‘zaro munosabatlari boshqariladi.

  • Birlashtirish (integrativ) funksiyasi – bu sotsial guruh a'zolarining o‘zaro birlashishi, o‘zaroaloqadorligi va bir-biriga bog‘liqlik hissi, bir-birining oldidagi mas'uliyat hissining sotsial institut tomonidan mustahkamlangan norma, qoida, sanksiya va rollar tizimi orqali ta'minlanishi.

  • Uzatish funksiyasi – bu avlaodlar almashinuvi hamda sotsial institut chegaralarining kengayishi natijasida sotsial institutga qo‘shiluvchi yangi a'zolarga o‘z ijtimoiy tajribasini (bilim va ko‘nikmalarini) qoldirish mexanizmining shaklantirilishi. Mazkur mexanizm asosida yangi a'zolar sotsial institutning qadriyatlari, norma va rollariga tez fursatda ijtimoiylashadi.

  • Kommunikativ funksiya – sotsial institutda shakllantirilgan axborotlarni institutning ichki tuzilmalari orasida, shuningdek, tashqi institutular bilan aloqalar paytida uzatish.

Agar institut o‘zining oshkora funksiyalarini bajara olmasa, u takshiliy jihatdan yemirilib, qator o‘zgarishlarga va inqirozga uchraydi.

Sotsial institutlarning latent (yashirin) funksiyalari rejalashtirilmagan bo‘ladi va ularning oqibatlarini har doim ham oldindan bashorat qilish mumkin emas.

Ba'zan amaliyotda ayrim sotsial institutlar o‘zining oshkora vazifalarini bajarmasada faoliyat olib borishi kuzatilgan. Bu mazkur institutning guruh a'zolari ehtiyojlarini qondiruvchi yashirish funksiyalari mavjudligi va yuqori darajada rivojlangani haqida dalolat beradi. Shu bilan birgalikda sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlash mushkul ish sanaladi.

Mertonning fikricha, sotsiologiya sotsial instiutlarning barcha funksiyalarini tadqiq qilishi lozim, ammo ba'zilar faqatgina oshkora funksiyalarni o‘rganishadi. Haqiqiqy sotsiolog aynan latent funksiyalarni o‘rganishi lozim. Chunki jamiyat taraqqiyoti uchun kutilmagan salbiy oqibatlar aynana yashirin funksiyalar tufayli yuzaga keladi. Sotsiolog sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlashi hamda ularning istiqbolini oshkora funksiyalar bilan birgalikda ko‘rsatib berishi orqali jamiyatga va fan rivojiga hissa qo‘sha oladi102.

R.Mertonning fikricha, latent funksiyalar sohasidagi kashfiyotlar, oshkora funksiyalar borasidagi kashfiyotlarga qaraganda sotsiologik bilimlarga ko‘proq hissa qo‘shadi103. Ko‘p hollarda latent funksiyalarni o‘rganish qarama-qarshiliklarga olib keladi. Misol uchun insonlar qimmat narxdagi narsa-buyumlarni faqatgina ularning sifatiy jihatdan yaxshiroq ekanligi uchun amalga oshirmaydi. Qimmat narxdagi tovarlar ularni sotib oluvchi haridorning “moliyaviy kuchi”, “yuqori sotsial statusi”ni belgilab beradi. Demak, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasi insonlarning jamiyatda o‘z prestijini ko‘tarish kabi latent funksiyani bajaradi. Inson tomomnidan namoyishkorona tarzda “yuqori” toifali tovarlarni iste'mol qilinishi shaxsning yuqori statusini belgilaydi.

Sotsial institutlarning latent funksiyalarini o‘rganish natijasida sotsial hayotning haqqoniy holati namoyon bo‘lib, bu sotsial aloqalar va sotsial ob'ektlarning rivojlanishini hamda ularda kechayotgan jarayonlarni boshqarish imkonini beradi.

Ya.Shepanskiyning fikricha104, sotsial intitutlar jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:


  • Individlar uchun o‘zining turli xil ehtiyojlarini qondirish imkonini yaratadi;

  • Sotsial munosabatlar doirasida individlarning xatti – harakatini nazorat qiladi;


  • Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat